Bu zaminda buyuk toğlar bor…
Yor MUHAMMAD
Muallif haqida:
Yor Muhammad (Yormamat Rustamov) Jomboy tumanida tuğilgan. Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini bitirgan.
Jomboyda maktab direktori, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida muxbir, maxsus muxbir, muharrir, boş muharrir örinbosari bölib işlagan.
Keyinçalik “Pravda Vostoka”, “Mahalla” gazetalarining Samarqand viloyatidagi maxsus muxbiri sifatida faoliyat körsatgan. Hozirda u viloyat “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlaşgan tahririyatining maxsus muxbiri bölib işlamoqda.
Muallifning “Muhabbat bekati”, “Yurtim nafasi”, “Köngilga taşrif”, “Quyoşni siğdirgan yurt”, “Mangulikning 30 lahzasi”, “Mehr daraxti” kabi 10 ga yaqin kitoblari naşr etilgan.
Şuningdek, M.Lermontov, S.Yesenin, M.Svetayeva, A.Blok, L.Xaustov kabi taniqli rus şoirlarining ayrim şeʼrlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
* * *
Bu zaminda buyuk toğlar bor,
Oq soçlarin çöqqilar tarab.
Yulduzlardan narida bedor,
Şoh Uluğbek turibdi qarab.
Ohista bos qadamlaringni,
Amir Temur olmoqda orom.
Hadislarni tutgança qölda
Qarab turar Buxoriy bobom.
Qalaştirib uç-törtta sözni,
Maqtanmagin yozdim deya şeʼr.
Qadamingdan uzolmay közni,
Kuzatmoqda Hazrat Alişer.
Oqil bir yon, johil bir taraf,
Çayqalmoqda bu köhna dunyo.
Iymon, Haqning kalitin uşlab,
Qarab turar Moturidiy bobo.
Bu zaminda yurmoq osonmas,
His etgança şunça nigohni.
Bu zaminda turmoq osonmas,
Kötargança şunçalar toğni…
Bu zaminda buyuk toğlar bor…
QAÇON UYĞONASAN?
Qodiriy otildi, çopildi Çölpon,
Behbudiy çöldami, daştda berdi jon,
Bir söroq dilimni örtaydi hamon,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Yeringni tuz bosdi, iymoningni — çang,
Nafsing darvozasin oçib qöyding lang,
Içingga in qurgan qandayin nahang,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Qiblagohing — dollar, hukmdoring — pul,
Intilganing — boylik, maişat nuqul,
Bolang — çalasavod, özing esa — qul,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Kalamuşlar — mudir, tulkilar — qozi,
Tört tomonda töti, mayna ovozi,
Puldorning qölida bugun tarozi,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Yana zamon deysan. Zamonda ne ayb?
Sayyod noşud bölsa, kamonda ne ayb?
Don tökilib yotsa, somonda ne ayb?
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Keça gödak eding, bugun kayvoni,
Mudraş bilan ötdi umring har oni.
Endi bolang mudrar — bu eng yomoni,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
Şunday ötib borar yillar, asrlar,
Tökilar bobolar qurgan qasrlar,
Mudrab kelib-ketar neça nasllar,
Qaçon uyğonasan, ey ğofil banda?
VATAN HAQIDA
Vatanni til uçida
Sevguçilar köpaydi,
Unga “jonlarin fido”
Qilguçilar köpaydi.
Ularga Vatan emas,
Kerak şuhratu şoni.
Olgan temir taqa-yu,
Kiygan zarrin çoponi.
Agar biror bosqinçi
Kirib kelsa Vatanga,
Ular uçun siçqonning
Ini bölar ming tanga.
Undaylarning yaltiroq
Söziga uçma, Vatan.
Makr töla nigohi,
Köziga uçma, Vatan.
Daladagi dehqonning
Art peşona terini.
U jimgina sevadi,
Şu bir parça yerini.
Erta yomon kuningda
Ketmoni qalqon bölar.
Bu muştlarning zarbidan
Duşmanlar tolqon bölar.
Bu qöllarni tavof qil,
Kötar yelka, boşingga.
Axir öşalar bois
Paşşa tuşmas oşingga.
Sözbozlarning yaltiroq
Sözlariga işonma,
Öz nafsini közlagan
Közlariga işonma.
Vatanni til uçida
Sevguçilar köpaydi.
Unga “jonini fido”
Qilguçilar köpaydi…
ŞOIRLIKKA DAʼVO QILMASMAN…
Şoirlikka daʼvo qilmasman,
Ammo qiynar dildagi oğriq.
Bu yaraning nomin bilmasman,
Bitiklarim şu bilan boğliq.
Şoirlikka qilmasman daʼvo,
Qiynar meni buqalamunlar.
Ayting nega bunça tor dunyo,
Şundan yuragimda tugunlar.
Şoirmasman, ammo uzganim
Gullarning eng saralaridir.
Söz emas bu qoğozga tuşgan,
Yuragimning yaralaridir…
AYRIMLARNING HAYOTI…
Baʼzilarning hayoti jannat,
Qahratonda çöponga qiyin.
Bolam deya çekadi zahmat,
Saratonda dehqonga qiyin.
Artib qöygin yuzdan terini,
Qadoq qölin közlaringga surt,
U jimgina sevar yerini,
Ketmonidan boşlanadi yurt.
Mehnatsevar, fidoyi, kamtar,
Bandasiga sajda qilmaydi.
Bir aybi bor: törga çiqmas u,
Yana… arz qilişni bilmaydi!..
ŞARQ TARONASI
Deydilar, kuy bilan yaratgan Egam,
Jon ato etganmiş Odam zotiga.
Şundan yuraklarga kirsa quvonç-ğam,
Qöşiq aylanadi dil bisotiga.
Şundan yorişadi köngil xonasi,
Şarq taronasi bu, Şarq taronasi!
Derlar, osudalik iqbolga mezon,
Totuvlikdan yaşnar Vatanning boği.
Qöşiqqa aylanar zaminu osmon,
Avlodlar orzusi, ajdodlar ohi.
Tinçlikdir sanʼatning asl onasi,
Şarq taronasi bu, Şarq taronasi!
Derlar, til yo millat tanlamas qöşiq,
Dildagi tuyğular ohanglarda jo.
Faqat Mustaqillik, Istiqlol bois,
Özbek qöşiğini tingladi Dunyo.
“Munojot”, “Lazgi”ning “yona-yona”si,
Şarq taronasi bu, Şarq taronasi!
Derlar, Samarqanddir dunyo sayqali,
Bunda buyuklarning ruhi madadkor.
Bundagi har bir ğişt sanʼat haykali,
Har bitta koşinda sonsiz qöşiq bor.
Maʼrifat beşigi, Şarq darvozasi,
Şarq taronasi bu, Şarq taronasi!
Ha, katta töy qilar bu köhna zamin,
Qança elatlarga şu yer oşiyon.
Qöşiq birlaştirar bugun dunyoni,
Yana Samarqandda jamlanar jahon.
Yetti iqlimda ham bor ovozasi,
Şarq taronasi bu, Şarq taronasi!
MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA
Şoir ötdi. Bir şoir ötdi,
Yiğladilar qaldirğoç, jayron.
Navoiyning yoniga ketdi,
Qizğaldoqning bağri böldi qon.
Şoir ötdi. Köksini yorib,
Şer naʼrasi, ötli nolalar.
Toğu-toşni kezganda horib,
Boş egardi alvon lolalar.
Şoir ötdi. Qoğozga emas,
Yuraklarga yozib şeʼrini.
Qarşisida “osmon böldi past”,
Uluğladi ona yerini.
Şoir ötdi. Yolğonçi, qörqoq,
Maddohlarni siylamas edi.
Yurt haqida gap ketsa biroq,
Jonini ham ayamas edi.
Şoir ötdi. Tebrandi dunyo,
Har kalomi Haqqa doirlar.
Yuz yilda bir tuğilar ammo,
Haqiqatni aytgan şoirlar.
Şoir ötdi. Jarang soz tindi,
Tindirolmay yomonlarini.
Samolardan kuzatar endi
Bu dunyoning yolğonlarini.
Şoir ötdi. Biroq endi u
Yuraklarda, tilda, niyatda.
Şeʼriyatdek yaşagay mangu,
Daxldordir Abadiyatga…
UÇRAŞUV
Şiypon. Dam oliş payti,
Birdan taraldi şov-şuv.
Şoir kepti şahardan,
Bölarmiş zör uçraşuv.
Suv sepildi köçaga,
Bolalar yelib qoldi.
Va nihoyat, kutilgan
Şoir ham kelib qoldi.
Boşlandi muşoira,
Oy haqida şeʼr öqildi.
Obi-havo, narx-navo,
Soy haqida şeʼr öqildi.
Biroq, biroq uçraşuv,
Yuraklarni ğaşladi.
Birozdan söng muxlislar
Bir-bir esnay boşladi.
Şoir esa töxtamas,
Borgan sari qaynardi.
“Biz zörmiz, ura!” deya,
Bitta gapni çaynardi.
Şunda şamol turdi-yu
Uçib ketdi qoğozlar.
Çiday olmay xörlikka,
Qoçib ketdi qoğozlar.
Kulgi, qarsak, qiyqiriq,
Yangrar hamma tomonda.
Şoirning şeʼrlari-çi,
Uçib yurar osmonda.
Bu holdan barça xursand,
Ammo şoir lol edi.
Ahmad çörtkesar şu payt
Hazil aralaş dedi:
“Şoirim, şeʼr yozsangiz,
Endi biz tomon yuring.
Şamol, quyoşimizga
Ularni tutib köring!
Şoyad şamolimizga
Şeʼringiz berolsa doş,
Şunda mehnatingizga,
Baho beradi Quyoş…”
Şundan uçraşuv desa,
Köplar eslar şu holni.
Negadir şeʼrlarnimas,
Şoir, Ahmad, şamolni…

