Onlayn taʼlim kerakmi?

uni kim nazorat qiladi?

Qiziqişi ortgan suhbatdoş yana söraydi:

— Xöş, onlayn darslar qanday bölyapti? Qiyin emasmi?

Bunisi şaraqlab kulib yuboradi:

— E, dugona, dars qilişga vaqt qayerda?! Erta bilan uy yumuşi, bola-çaqa, keçgaça iş. Ustozlar telegram guruhga dars mavzularini taşlab boradi. Vaqtim bölsa, kirib qarayman. Tayyorlanişga xohiş ham, vaqt ham yöq.

Avtobusdagi bu suhbatni eşitgan har qanday kişi, ehtimol, ilk qaraşda buni oddiy hayotiy voqeaga yöyar.

Ammo bu misol zamirida taʼlim tizimidagi oğriqli nuqtalar közga taşlanadi, mening nazarimda.

Köpçilik yaxşi eslaydi, beş yil oldin “Covid-19” hammani uy-uyiga qamab qöydi. Pandemiya turmuş tarzi bilan birga taʼlim tizimida ham tub burilişlarni yuzaga keltirdi. Şu burilişlardan biri — onlayn taʼlimning ommalaşuvi böldi. Töğri, u paytdagi global xavfsizlik va sanitariya şaroiti bunday yondaşuvni taqozo etgandi. Hatto bu tizim pandemiya şaroitidagi yagona oqilona çora sifatida qabul qilindi. Ammo bugun hayot iziga tuşgan, taʼlim muassasalari eşiklari oçilgan bir paytda ham onlayn taʼlimning hali-hanuz keng qöllanilayotgani öylantirib qöyadi kişini.

Ayrimlar onlayn taʼlimning afzalliklaridan menga gapirişi turgan gap. Ha, afzalliklari bor, yonib-öçgan şam yoruğiçalik. Eng avvalo, masofaviy imkoniyatlari ustuvor. Juğrofiy jihatdan olis hududlardagi talabalar uçun öqiş imkonini beradi. Vaqt, safar, transport xarajatlari tejaladi. Vaqtinçalik yaşaş muammolariga yaxşi yeçim. Multimedia resurslaridan unumli foydalaniş mumkin. Darslar yozib olinib, ularni qayta köriş imkoni paydo böldi va hokazo. Şu nuqtai nazardan qaraganda, onlayn taʼlim texnologik taraqqiyotning qonuniy mahsuli bölib körinadi.

Onlayn taʼlimning közga körinmas kamçiliklari taʼlim mazmuni, samaradorligi va sifatini jiddiy savol ostida qoldiradi. Ularni inkor etiş — javobgarlikdan qoçiş bilan barobar.

Öqituvçi va talaba örtasidagi ruhiy aloqa taʼlim sifatida rol öynaydi. Ustoz-şogird munosabatlarining mazmun-mohiyati ham şunda körinadi. Bu munosabat faqat bilim beriş emas, balki qalb va tafakkur tarbiyasini ham öz içiga oladi. Onlayn tarzda esa bu ruhiy boğlanişga erişib bölmaydi. Onlayn dars jarayonida talabaning darsga real munosabatini baholaş juda qiyin. Barça mezonlar “Yopiq ekran ortida”gi saboq tufayli yöqqa çiqadi.

Nima bölganda ham talaba oliy dargoh ostonasini körişi, auditoriyalar havosini olişi kerak.

Sönggi yillarda oliy taʼlimda sirtqi taʼlimni çeklaş yölidagi saʼy-harakatlar taʼlim samaradorligini oşiriş maqsadida taşlangan qadam böldi. Talabalar sirtdan öqib, yuzaki bilim olmasin, öz sohasini puxta egallasin, degan maqsad bor edi bu dadil qadamlarda. Sirtqi taʼlim tugatildi-yu, ammo biz aytayotgan muammolar taʼlimning onlayn şaklida saqlanib qolayotgandek. Xöş, biz nima qilmoqçi bölyapmiz-u, pirovardida, nimaga erişyapmiz?

Zero, sirtqi taʼlimda harna talaba auditoriyada ötirib, ustozlarning saboğini olardi-da. U işlab yurib öqirdi, biroz mustaqil va erkin bölardi. Öz ustida işlardi. Nazariy va amaliy bilimlarini uyğun holda boyitib borardi.

Onlayn taʼlimda buning aksi emasmi? Bunda talaba yuqoridagi afzalliklardan mahrum holda, faqat nomigagina darslar “iştirokçi”siga aylanib qolmaydimi? Talaba uyida ötirib, heç qanday auditoriya muhiti, muloqot, bahs-munozara, amaliy maşğulotlarsiz diplom olişga intilmaydimi? Bu esa, albatta, taʼlim sifatiga putur yetkazadi. Çunki ayrim OTMlarda onlayn darslar uçun kommunikatsion tizim tölaqonli işlamayotgani haqida ham eşityapmiz-da. Agar şu gaplar rost bölsa, unda ahvol biz tasavvur qilgandan-da yomonroq bölib çiqadi.

Talaba öqişini qaysi mezonlar asosida onlayn taʼlimga ötkazyapti, bu ham, menimça, savol ostidagi masala. Yoki bunda meʼyor yöqmikan?

— Yolğiz onaman. Ötgan öquv yilida öqişimni bir OTMdan boşqasiga köçirişga majbur bölgandim. Sababi — şartnoma pulining qimmatligi. Oilaviy şaroitimiz esa buni kötara olmadi. Boz ustiga, ikki farzandim öqiydi, ular ham “kontraktçi”. Ilojsizdan arzonroq tölov taklif etiladigan oliy taʼlim muassasasiga ötdim. Ammo “arzonning şörvasi tatimas” degan gap bejiz emas ekan. Bu yerdagi taʼlim sifati, afsuski, kutganimday bölmadi. Öqituvçilar auditoriyadan maʼruza öqib çiqiş bilan çeklanişadi, talabaning mavzuni qançalik özlaştirgani bilan deyarli qiziqişmaydi. Onlayn darslar ham jiddiy muammolarga töla: videoaloqa sifati past, texnik kamçiliklar doimiy. Baʼzi öqituvçilar esa bu kamçiliklarni bahona qilib, umuman onlayn dars ötmay qöyişgan. Xullas, nazorat yöq. Masofaviy tahsildagi talabalar bu şaroitda nimani örganişi mumkin? Haqiqatan ham, bu savol mening öy-xayolimni band qilgan, — dedi oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olayotgan talabalardan Gulşoda Saidqulova.

Texnologiya jamiyat rivoji uçun muhim vosita. Uni inkor etib bölmaydi. Lekin taʼlim — bu faqat texnologiya emas. U inson ruhi, ijtimoiy muhit, fikrlaş madaniyatiga taalluqli jarayon. Onlayn taʼlimda töliq samara kutilsa, u holda uni öqituvçi salohiyati, nazorat tizimi, metodik bazasi va masʼuliyat muhiti bilan quvvatlaş kerak. Aks holda, bu yondaşuv “ilm” degan muqaddas tuşunçani öz mohiyatidan ajratib qöyadi.

Hamzabek TURDIYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan