Kölami katta işlar bösağasida…

Prezidentimizning şu yil 19 iyunda Qaşqadaryo viloyatiga qilgan navbatdagi taşrifi samimiy muloqotlar, unutilmas voqealarga boy böldi

Atrofga boqsangiz, har kuni özgariş, yana bir yaxşi yangilikka guvoh bölasiz. Keçagi kundan bugun yaxşiroq yaşamoqni, bugunidan ertasi yaxşi bölişini yer yuzida yaşayotgan har bir kişi istaydi. Ammo hozirgi şiddatli keçayotgan zamonda bu oson emas. Bu har bir sohada islohotni talab etadi. Islohotki, raqobatbardoş bölmoği kerak. Islohot uçun tafakkur qilinmoği, reja va maqsadlar sari dadil odimlar zarur. Mehnat mahsuli esa yuqorida taʼkidlaganimiz yaxşi yaşamoqqa olib boradi.

Yaxşi yaşaş uçun şinam uy, xotirjam oila davrasi, bolalar kamoloti uçun işonçli maskan talab etiladi. Bularni biror oila vakili bir özi yarata olmaydi. Bu bevosita jamiyat bilan uzviy boğliq. Siz yaşayotgan jamiyatda özgarişlar, yangilanişlar bölaversa, sizning ham rejalaringiz yangilanib, hayotingiz yaxşilanib boraveradi. Yurtimizning qaysi hududiga bormang, yangilik, odamlar yaşaş tarzining yanada yaxşilanib borayotganiga guvoh bölaciz. Nafaqat oila kattalarining, balki yoş avlodning ham orzu, reja va maqsadlari aniq. Bu muloqotlar jarayonida tilga çiqadi. Yurt rahbarining şu yil 19 iyundagi Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi samimiy muloqotlar bilan boşlandi.

Qarşi şahridagi “Alp texno servis” eksportçi korxonasi faoliyati juda keng. Qiymati 10 million dollar bölgan mazkur loyiha elektr texnikasi yönalişida iş yuritadi. Qaşqadaryo viloyatida televizor işlab çiqariladi, desa, birov işonmas edi. Ammo bu — islohotning natijasi. Hozir korxona xorijiy “TSL”, “HOFFMANN” brendlari uçun buyurtmalar tayyorlab bermoqda. Şuningdek, mahalliy “SMART” brendiga asos solingan. Şu nomlar ostida yiliga 500 ming donagaça televizor va elektron platalar işlab çiqarilmoqda.

Davlatimiz rahbari muloqot davomida bu tarmoqni yanada rivojlantiriş zarurligini taʼkidladi.

— Bu sohada tajriba orttirdik, taşqi bozorga yöl topdik. Endi bu korxonani kengaytiriş kerak. Odamzod bor ekan, bunday mahsulotlarga talab böladi. Faqat sifat va nomenklatura böyiça ösiş, raqobatbardoş böliş zarur, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Korxonada 200 kişi iş bilan taʼminlangan. Qarşi davlat texnika universiteti bilan dual taʼlim yölga qöyilgan. Yoşlar ham öqiş, ham amaliy jihatdan munosib kadr böla olişyapti.

Bu viloyatdagi taşrif davomida uçraşuv manzilining birinçisi edi.

Davlatimiz rahbari Qarşi şahridan Şahrisabzga ketayotib, poyezdda qaşqadaryolik faollar bilan samimiy muloqotda böldi. Yöldagi suhbatlar, atrofni kuzatiş, xolis bir nazar soliş, rejalarni qayta közdan keçiriş, ğoyalarni muhokama qiliş, şu hudud odamlari fikrini eşitiş, ular uçun qanday qilsa yanada yaxşi bölişini biliş, bir söz bilan aytganda, dardini eşita oliş fursatlari böldi. Bu ham yölovçi böliş, ham yurtimizga kelgan xorijiy mehmonlarning nigohi bilan qaraşni anglatdi. Zukko rahbar fursati bilan yölda ham, poyezdda ham fikrlaşadi, ularga ğoyalar beradi, maqsadlarni aniqlaştiradi, masalalarni muhokama qila oladi. Biz buni katta hayajon bilan kuzatib turdik.

Masalalar yuzasidan topşiriqlar berildi. Bugun bu topşiriqlar böyiça Qaşqadaryoda amaliy işlar boşlab yuborilgan.

Yurtboşimiz taşrif buyurgan keyingi manzil Şahrisabz şahridagi köp tarmoqli kardiologiya markazi böldi. Rossiyalik tadbirkor bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Oq saroy” klinikasi yaqinda işga tuşdi. Bu yerda 4 ta jarrohlik va 6 ta reanimatsiya xonalari, 100 dan ortiq şifo örinlari mavjud. Bir vaqtning özida 4 ta va kuniga 25 tagaça yuqori texnologiyali kardiojarrohlik amaliyotlarini ötkaziş imkoniyati yaratilgan. Buning uçun Rossiya, Turkiya va Quvaytdan malakali şifokorlar işga jalb etilgan. Stentlaş, aorta koronar şuntlaş, tuğma nuqsonlarni bartaraf etiş, endoprotezlaş kabi davolar samarasi yuqori.

Markaz yuqori aniqlikda taşxis xizmati ham körsatadi. Masalan, zamonaviy exokardiografiya uskunasi sunʼiy intellekt yordamida işlaydi. Bunaqasi hozirça Özbekistonda yagona. Sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş sohada innovatsiyaning qançalik natijadorligini körsatmoqda.

— Bu yerdagi tizimni andoza qilib olib, 14 ta hududimizda şunday klinikalar taşkil etiş zarur. Bunga qança mablağ kerak bölsa, topamiz. Faqat zamirida xalqimiz uçun kafolatlangan sifatli davo bölişi lozim. Muqobillik, raqobat bölmasa, sifatga intiliş bölmaydi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga bu borada taklif tayyorlaş, klinikalarni birlamçi böğin va tibbiy suğurta tizimi bilan uyğunlaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Şifoxonada 130 ta iş örni yaratilgan. Yana bir jihati, malakali mutaxassislar tayyorlaş uçun şu yerning özida klinik ordinatura yölga qöyilgan.

Prezidentimiz bunga alohida ahamiyat qaratib, talaba va şifokorlarning malakasini oşiriş, xorijlik mutaxassislar bilan telemeditsinani kengaytiriş muhimligini taʼkidladi.

Markaz tomonidan mobil diagnostika maşinalari yölga qöyilgan bölib, çekka hududlardagi aholiga UTT, MSKT, EKG kabi tibbiy xizmatlarni körsatadi. Yana bir islohot. Tasavvur qiling, uyidan, rözğoridan, dala işlaridan, çorvadan vaqt ajratib, döxtirga borolmagan kişining yoniga mobil diagnostikaning özi kelib tursa, bundan u albatta unumli foydalanadi. Özi haqida qayğuradi. Uning salomatligini öylagan, ğamxörlik qilayotgan davlatidan minnatdor böladi. Bu ham Qaşqadaryoda şu keça-kunduzda olib borilayotgan islohotlardan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Yakkaboğ tumanida barpo etilgan “Yangi Özbekiston” massivida ham bölib, u yerdagi yangilanişlar bilan tanişdi.

Yakkaboğ tumanida barpo etilgan “Yangi Özbekiston” massivi  körgan közni quvontiradi. 18 gektar maydonni egallagan massivda 54 ta beş qavatli uy qurilgan. Bu 1 ming 400 ta xonadon aholiga taqdim etiladi. Bu hududni özingiz kelib körmasangiz bölmaydi. Zamonaviy arxitektura, infratuzilmaning qulayligi şundoq körinib turibdi. Ozoda, körkam, batartib binolarning bolalar maydonçalari va avtoturargohlari bor. Bu bolalar maydonçalarida özimizning bolajonlar öynaydi, döst böladi, ulğayadi. U ham şu Vatanga fidoyi inson bölib xizmat qiladi. Qaytar dunyo, deyişadi-ku. Yaxşilikni, gözallikni körgan, yaxşilikdan suv içgan inson, albatta, qalban yaxşi inson böladi. Men bunga işonaman.

Hududda qurilgan uç qavatli “Ekobozor”da mahalliy dehqonlar öz mahsulotlarini töğridan-töğri isteʼmolçilarga yetkaziş imkoniga ega. Bu esa ham sifat, ham narx jihatidan odamlarga maʼqul bölmoqda. Bozorda 640 ta iş örni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari uşbu ekobozorda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi, sotuvçi va xaridorlar bilan muloqot qildi.

— Bozorlar tökinlik, farovonlik va xalqning madaniyatini körsatadi. Yakkaboğda şunday obod maskan bunyod etilgani quvonarli. Xalqimizning xarid qobiliyati, bozor madaniyati oşyapti. Şunga munosib bunday qulay savdo markazlarini köpaytiriş kerak, — dedi Prezident.

Hududda energiya tejamkorligi va uzluksizligi, ekologik xavfsizlik taʼminlangan. Qanday deysizmi? Massivdagi infratuzilma inşootlariga quyoş panellari va geliokollektorlar örnatilgan.

Aholining dam olişi, bolalar va yoşlarning faol vaqt ötkazişi uçun ham qulayliklar yaratilgan. Xususan, sayilgohlar, bolalar boğçasi, sport maydonlari, soğlomlaştiriş maskanlari hamda servis nuqtalari yagona konsepsiya asosida barpo qilingan.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning yana bir  uçraşuv manzili Şahrisabz tumani Hisor toği yon bağridagi sayyohlik hududlari böldi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 noyabrdagi qarori asosida Qaşqadaryo viloyatining toğli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat körsatiş va turizm majmualari barpo etilmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va yetakçi kompaniyalari iştirokida Miraki, Amir Temur, Uloç va Polmon mahallalarida sayyohlar uçun qulayliklar yaratilmoqda. Umumiy 240 gektar maydonda 400 million dollarlik 117 ta loyiha amalga oşirilayotir. Buning natijasida esa 1 ming 700 ta doimiy iş örni oçiladi. Katta raqamlar, katta işlar ortida katta mehnat turibdi. Katta dovonlarni oşib ötayotgan Qaşqadaryo bu.

Bugun Mirakidagi özgarişlar mazkur qaror va turizm böyiça ötkazilgan yiğilişlar, olib borilgan samarali mehnat natijasi. Bu manzil yaxlit turizm klasteriga — “Miraki” xalqaro turizm markaziga aylandi.

Oqsuv daryosining ikki qirğoği böylab piyoda va velosipedda yuriş uçun ön kilometrlik “eko yölak” taşkil etilgan. Bolalar maydonçasi, köngiloçar boğ, nuroniylar maskani, oilaviy mehmon uylari hamda köçma savdo şoxobçalari mahalla körkini oşirgan.

— Şahrisabzning ustun tarafi — yil davomida sayohatga keliş mumkin. Buning uçun yöl, kommunikatsiya, mehmonxonalar quryapmiz. Endi xizmat turlarini köpaytirişni öylaş kerak. Masalan, Mirakiga kelgan mehmon vaqtini qanday ötkazadi, nimalar xarid qiladi? Şu talablardan kelib çiqib, xizmatlar taklif qiliş, bu yerning tabiati va şaroitini çet ellarda keng tarğib etiş kerak, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bunday keng qulayliklar Qaşqadaryoga keluvçi sayyohlar sonini oşiradi. Kelgan sayyoh uçun ham, Vatan içra sayr qilgan yurtdoşimiz uçun ham özgarişlar xursandçilik olib keladi. Atrofni kuzatib, sayohatga borgan kişining bahri-dili oçilsa, albatta, bu manzilga takror keladi. Taassurotlarini döstlariga aytadi. Borgan manzilidan, yurgan yölidan rozi böladi. Bu obodliklar bir kunda yaratilmadi. Buning ortida qança mehnat, islohot bor.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Şahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kiçik gidroelektr stansiyasini közdan keçirdi. Bu yerda işlab çiqariladigan elektr energiya 7 ming 300 ta xonadonga yetadi.

Davlatimiz rahbariga daryo suvidan energiya oliş böyiça kelgusi rejalar haqida axborot berildi.

Hozirda viloyatda umumiy quvvati 49 MVt bölgan 3 ta GES faoliyat yuritmoqda. Istiqboldagi loyihalar tufayli bu körsatkiç sezilarli darajada oşişi kutilmoqda. Gidroenergetika orqali viloyatda aholi elektr energiyasi isteʼmolining 15 foizini qoplaş maqsad qilingan.

Mamlakatimizda sönggi sakkiz yil içida elektr energiyasi işlab çiqariş 38 foizga oşib, 81,5 milliard kVt/soatga yetdi. Joriy yilda respublika böylab umumiy quvvati 24,7 MVt bölgan 5 ta yangi kiçik GES foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.

Aziz zamondoş, Italiya, Fransiyaning landşaftli boğlari, qir-adirlaridagi tokzorlarini körganmisiz? Öşanday hudud Şahrisabzda bor.

Davlatimiz rahbari Qaşqadaryoga taşrifi çoğida uşbu agroturizm majmuasini borib kördi.

Majmua 520 gektardan iborat bölib, adirlik qismida “terrasa” usulida uzum, gilos va olma ekilgan hamda örmon barpo etilgan. Fransiyadan eng sara navlar olib kelingan.

— Çöl-adirlarni özlaştirişimizga şubha qilganlar şu boğni kelib körsin, — dedi Prezident.

7,5 ming tonna mahsulot yetiştiriş imkoniyatiga ega majmuaning eksport quvvati 5 million dollarga teng. 100 ta doimiy va mingdan ortiq mavsumiy iş örni yaratilgan. Köçatlar rivojini fransiyalik mutaxassis kuzatib boradi, yoşlarga dehqonçilik sirlari va bozor talablarini örgatadi.

Hududda, şuningdek, 120 örinli restoran va 100 örinli mehmonxona qurilgan. Agrologistika va öquv markazi, qayta işlaş, saqlaş quvvatlari qurilmoqda.

Mutasaddilar bunday boğlarni kengaytiriş, boşqa toğli tumanlarda ham taşkil etiş rejalari haqida aytdi. Davlatimiz rahbari suğorişni taşkil etib, boğlarni aholiga bölib beriş, odamlarga daromad manbai yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.

Bir nihol ekib, uning daraxt bölişi zahmatini boğbondan köra heç kim yaxşiroq bilmasa kerak. Butun bir mevali daraxtlarning sara navlari, boğdorçilik hamda ilm bilan yaratilgan yaşil manzarani körgan kişining qoyil qolişdan boşqa imkoni yöq.

Yurtimizda jadal rivojlaniş dasturiga kirgan tumanlarda “Islohotlar ştabi” tuzilmoqda. Şahrisabz, Yakkaboğ va Kökdalada işga tuşgan yangi loyihalar bunda tayyor andoza ekanligi qayd etildi. Endi şunday ştab Qaşqadaryoda ham bölişi belgilandi.

Davlatimiz rahbari viloyatni har tomonlama rivojlantiriş böyiça qöşimça imkoniyatlarni körsatib ötdi.

Yurt rahbarining har bir viloyatga safari ana şunday izçil, dolzarb masalalarga yeçim beriş, yangi ğoyalar, yuksalişni rağbatlantiriş, kelajak uçun yangi odimlar ila keçadi.

Kölami katta işlar oldida turibmiz. Islohotlar samarasi özini köp kuttirmaydi. Bu odamlarimiz turmuş şaroitining yaxşilanişiga olib keladi.

— Körib turganingizdek, Qaşqadaryoda rejalaştirgan işlarimiz köp. Amir Temurdek buyuk ajdodimizdan jasorat, matonat, bağrikenglik kabi fazilatlarni meros qilib olgan mehnatsevar, samimiy va oliyjanob viloyat ahli bilan oldimizga qöygan ulkan marralarga albatta erişamiz. Aminmanki, qaşqadaryoliklar barça islohotlarimizning oldingi safida böladi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari axborot berdi, tadbirkorlar va jamoatçilik vakillari bilan muloqot qilindi. Muloqotki, samimiyatga yöğrilgan.

Taşrif barça soha vakillari qatori biz ijodkorlarni ham ilhomlantirdi. Biz ham öz işlarimiz sarhisobini qiladigan bölsak, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi tomonidan har yili qator taşkilotlar bilan hamkorlikda yil davomida uyuşma taşabbusi bilan 200 ga yaqin maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uçraşuvlar, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar va yangi kitob taqdimotlari ötkazib kelinadi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Qaşqadaryo viloyat bölimi qoşida 11 ta ijodiy tögarak oçilgan. “Qaşqadaryo ilhomlari”, “Isteʼdod çorlovi”, “Nasaf oqşomlari”, tumanlarda “Abdulla Oripov izdoşlari”, “Mitti buloqlar”, “Qalamkaşlar”, “Nasaf ilhomlari”, “Umid uçqunlari”, “Yoş qalamkaşlar”, Qarşi davlat universiteti qoşida “Yoş ijodkorlar” deb nomlangan adabiy tögaraklar faoliyat yuritmoqda.

Şahrisabz davlat pedagogika institutida “Yuzma-yuz” ijodiy tögaragi taşkil qilingan. Tögarak aʼzolar soni 162 nafardan iborat. Maşğulotlar bir oyda ikki marotaba ötkaziladi.

Tögaraklar faoliyati davomida viloyat ijodkorlarining ijod namunalari tahlil qilinadi, saralanadi. Kamçiliklarni tuzatiş böyiça tavsiyalar beriladi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida şu kungaça Böritoş Nosirovaning “Armuğon”, Xosiyat Lutfullayevaning “Eʼzoz abadiyati”, Lola Öroqovaning “Qönğiroq”, Neʼmat Arslonning “Yozuvçi uçun atir”, Ibrohim Muhammadning “Dengizga termulgan qiz” va Jamşid Haqberdiyevlarning kitoblari çop etildi.

Hududiy bölim taşabbusi bilan har yili qator badiiy kitoblar naşr etib kelinmoqda. Jumladan, 2025 yilda tögarak aʼzolarining “Qaşqadaryo yoşlar bayozi”, Murod Zaripovning “Qalb yoğdusi”, Davron Sultonning “Maktub”, Şuhrat Sayyidning “Yurtim yoxud jadidlar”, Dilfuza Normatovaning “Orzular yöli”, Xurşida Şaropovaning “Yurakka yöl” hamda Latofat Amirovaning “Yölovçi” deb nomlangan kitoblari naşr qilindi. 2022 yildan hozirga qadar 52 nafar ijodkorning kitoblari naşrga tayyorlanib, öz mablağlari hisobidan naşr qilindi.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin anʼanaviy seminarida iştirok etiş istagida bölgan yoşlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Birgina 2024 yilda 51 nafar yoş ijodkor hujjat topşirgan bölsa, joriy yilda bu raqam 67 nafarga yetdi.

Olti nafar qaşqadaryolik ijodkor-yoşlar Şohruh Usmonov “Tadorik”, Zikrilla Mamatov “Umidli dunyo”, Gulsevar Umrzoqova “Yomğir”, Durdona Bobomurodova “Mahzunim”, Bibigul Adiyeva “Xayol kemasi”, Muhammadali Ğafforovlarning “Işq safari” nomli ilk kitoblari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Mening birinçi kitobim” loyihasi dasturida 10 ming nusxada çop qilindi.

Bundan taşqari, Zomin seminariga, ikki yildirki, kvota asosida Prezidentimiz taşabbusi bilan Abdulla Oripov ijod maktabidan ham 5 nafar iqtidorli yoşlar iştirok etib kelmoqdalar.

Quvonarlisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yönalişi böyiça Rohilabonu Ğöççiyeva (2022), Maʼmura Törayeva (2023) hamda Madina Muhammadrizayevalar (2025) uşbu yuksak mukofotga sazovor böldilar.

Abdulla Oripov ijod maktabida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari tomonidan har yili 15 ga yaqin mahorat darslari va ijodiy uçraşuvlar taşkil qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi bilan bevosita hamkorlik asosida viloyatimizdagi harbiy qismlar va “Temurbeklar maktabi”da ham 40 ga yaqin ijodiy uçraşuvlar, kitobxonlik tadbirlari taşkil qilinmoqda.

Bundan taşqari, Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni tarbiyalaşning tubdan yangilangan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida yil davomida viloyatdagi “Oilaviy mehribonlik uylari” tarbiyalanuvçilari bilan har oyda bir marta uçraşuvlar taşkil etilib, ularga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişib, bolalar holidan xabar olib kelinmoqda, kitoblar sovğa qilinyapti.

Viloyat bölimida qardoş xalqlar adabiyoti vakillari bilan xalqaro adabiy-badiiy aloqalar ham keng yölga qöyilgan. Qozoğiston, Qirğiziston va ozarbayjonlik şoir va yozuvçilarning asarlari jamlangan “Qozoq-özbek ijodkorlari”, “Qirğiz-özbek ijodkorlari” antologiyalari ikki tilda çop etildi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan uyuşma aʼzolari Dilrabo Boboqulova, Norqizil Kengboyev, Hafiza Egamberdiyeva va Ibrohim Paydoyevlarga bir martalik moddiy yordam körsatildi.

Har yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan viloyat bölimiga ajratiladigan 2 mingga yaqin adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy kitoblar yil davomida ötkazilgan tadbirlarda iştirokçilarga bepul tarqatiladi.

2021 yilgaça viloyatimizda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari soni 34 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirda aʼzolarimizning safi bir barobarga oşib, 62 nafarga yetdi.

2025 yilda Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi faoliyatini yanada rivojlantiriş uçun bir qator reja-dasturlar işlab çiqilgan.

Jumladan:

– “Yaşil makon” umummilliy davlat dasturiga asosan viloyatimizda yaşab ijod qilayotgan şoir-yozuvçilar va ijodkorlarning maʼnaviy hordiq olişlari va turli tanlovlar, “Nasaf oqşomlari” muşoira keçalarini ötkaziş uçun “Ijodkorlar boği”ni taşkil etiş;

– viloyatimizda yaşab ijod qilgan va ijod qilib kelayotgan taniqli adib va şoirlarning ijodiy merosini yanada çuqurroq örganiş maqsadida maktab öquvçilari, talabalar va ijodkorlar örtasida “Adabiyotimiz iftixori” nomli adabiy tanlov taşkil qiliş;

– iqtidorli ijodkor yoşlarni maʼnaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida ularning kitoblarini çop etişda amaliy yordam körsatiş;

– viloyat bölimi taşabbusi bilan Qarşi şahridagi mahallalarda yangi loyiha — kutubxonalar taşkil qiliş möljallangan.

Rejalarimiz bisyor. Prezidentimiz qöllab-quvvatlamoqda, elimizga ziyo, maʼrifat ulaşişga munosib hissa qöşiş, maʼnaviyati boy xalqimiz bilan milliy anʼanalarimizni qadrlagan holda jahonga çiqmoq, adabiyot bilan, söz bilan qadr topmoq asosiy maqsadimizdir.

Ğulom ABDIYEV,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi Qaşqadaryo viloyati

bölimi rahbari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan