Hayotimga nur olib kirgan ustozlarim
Bolaligimda tinmay orzu qilardim. Orzularimni eşitib, baʼzida sinfdoşlarim ustimdan kulişardi. Negaki, yaşirmayman, mening bolaligim dadamning işlari yurişmay qolgan davrlarga töğri kelgan… Lekin baribir juda quvnoq, baxtiyor edim! Öşa vaqtlari maktabdan paxtaga olib çiqişardi, hammadan köp paxta terardim, “köp pul yiğib, Toşkentga ketaman, öqiyman” degan xayol edi qalbimda. Maşhur sanʼatkorlarning qöşiqlarini baland ovozda kuylab öynab yurardim.
Men tuğilganda Sanobar Rahmonova juda maşhur bölgan ekan, dadam şu sanʼatkorga havas qilib ismimni Sanobar qöygan ekanlar. Yuragimga nimadir kirib olgandi. Doim uzoqlarga ketgim kelardi. Orzularim şu qişloqning çang va tor köçalariga kömilib qolib ketişidan juda qörqardim. Maqtanişmas, maktabda aʼloçi edim, hali maktabga çiqmasdan öqiş-yozişni akamlarning kitobidan bilib olgandim. Tört yoşlarimda gazetani qölimga olib, öqişni bilmasam-da, gazetaga qarab xuddi öqiyotgandek özimdan hikoya töqirkanman. Buni keyinçalik opam aytib bergandi. Ayniqsa, “Feruza xolaning uyi” hikoyam hanuzgaça yodimda qolgan. Xolamning men tengi qizlari haligaça buni aytib kulişadi.
Maktabda adabiyot ustozim Husan Rajabov meni juda yaxşi körardilar. Har gal inşo yozganimizda, hamma sinfdoşlarimning inşosini tarqatib berardilar-da, mening inşomni darsda erinmasdan öqib berardi. 11-sinfni bitirişda adabiyotdan erkin mavzuda kelajak hayot haqida inşo yoziş topşirildi. Men oxirgi partaga ötirib olib, öşa paytda “Adabiyot — nurli hayot” mavzusida inşo yozganman. Balki, öşa paytlari adabiyot hayotimga nur olib kelişini Alloh könglimga solgandir… Imtihon javobini bilgani sinfdoşim Nigora bilan keçikibroq borib qoldik. Sinfga yaqinlaşsak, jimjit. Nigora: “Hamma ketib bölgan, şekilli”, dedi. Sekin sinf eşigini oçib möralasam, ustoz nimanidir öqib beryaptilar, sinfdoşlarim jim eşityapti. Salom berib sinfga kirdik, ustoz öqişdan töxtadilar-da, menga qarab: “Sen nima iş qilding?” deb jiddiy turib söradilar. Oçiği, juda qörqib ketdim, yomon yozibmanmi deb. Keyin ustoz jilmayib, közlariga yoş oldilar: “Sanobar, sen albatta öqigin, seni duo qilaman”, dedilar-da, inşomni öqişda davom etdilar. Öqib bölgaç: “Inşongni özimda olib qolsam maylimi?” dedilar.
Eşitdim, öşa inşoim haligaça ustozimda turgan ekan.
Men maktabni bitirgan yilim bir neça yil oilaviy şaroit sabab öqişga topşirolmadim. Kutilmaganda hayotimda sinovli kunlar boşlandi. Bir falokat (bu alohida mavzu) sabab yetti yil töşakka mixlanib yotib qoldim. Kasal yotgan paytlarim akam kötarib köçaga olib çiqardilar. Köçada ötirsam, öşa men bir oiladek ön bir yil birga öynab katta bölgan ayrim döstlarim teskari qarab ötib ketişardi. Xuddi özimni bir gunoh iş qilganman-u, evaziga şu ahvolga tuşgandek his qilardim. Ön yillik sinovli hayotim menga odamlarning, yonimdagi insonlarning, döstlarimning aslini körsatib bergandi. Men esa sekin-asta hayotdan, odamlardan uzilib, özimning dunyomga singib borardim. Oğriqlardan ingrab yotgan paytlarim menga bir şifokor: “Qizim, sen qanday yaşaşni xohlagan bölsang, şuni xayol qilib yotgin, “heç qayerim oğrimayapti” deb tasavvur qilgin, “bular tuşimda bölyapti deb öylagin”, degandi. Öşa gap sababmi, har gal jonlantiriş bölimida oğir yotganimda köz öngimda faqat bir manzara gavdalanar edi. U – bugungi kunlarim! Men uçun qayta oyoqqa turib ketiş bir tuş edi. Sekin-sekin özimga, özligimga singib, odamlardan, hayotdan uzilib, qoğozga mehr qöydim.
Kasal yotgan paytlarim konfet qutisining ustiga qöyib, birinçi badialarim — qalbimning qatralarini yozib, konvertga solib qöyardim. Bularning manzili qayerdaligini bilmasam-da, men uçolmagan bölsam ham qalbim uçsin, degan niyatim bor edi. Şahardagi opam har gal körişga kelganlarida olib ketardilar va manzil yozib, poçtadan gazetalarga jönatib yuborar edilar. Yozganlarim gazetalarda çiqardi. Bu mening umidlarimni ulğaytira boşladi. Dadam har gal maşhur şoirlarning kitobini olib kelib, erinmasdan öqib berardilar. Qalbimda “Men ularni hayotdayam körarmikanman?” degan öy-xayollar ötardi. 2010 yili baʼzi şeʼrlarim men sevgan sanʼatkor, Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tomonidan maşhur qöşiqqa aylandi.
Maşhur sanʼatkor yuksak maʼnaviyat va mehr bilan meni sahnaga olib çiqib, şeʼr yozgan qölimni közlariga surtganlarida, yuragimdagi bor alam-dardlarim tarqab ketgan. Menga juda katta kuç, ruhiy dalda böldi bu.
Qaçonki yaxşilik, ezgulik timsoli sifatida kimningdir qiyofasini qalbga çiziş kerak bölsa, men ikkilanmay ana şu inson timsolini ezgulik timsoli qilib qalbimga çizib qöyganman… Meni hamma taşlab ketib, eşik yopgan paytlari menga qalb uyidan mehr eşigini oçgan, “Maşhur yulduzman, menga nima?” demagan, dardlarimga burnini jiyirib qaramagan şunday bir inson sabab, şu kişining daldasi sabab oyoqqa turib ketdim. Men buni heç qaçon unutmayman! Aksinça, ulardan örnak, ibrat olaman. Ammo tan oğriğidan qalb oğriği yomon ekan. Qalb oğriqlari nari ketib, özimga kela boşladim, faqat şu insonning fariştali qalbi, mehri sabab. Şeʼrlarim köp-köp çiqa boşladi, hayotga bölgan mehrim, intilişim oşib bordi.
Keyin… keyin men bolalik orzuimdagi şahar — Toşkentga ketdim. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga opam bilan bordik. Meni birinçi marta Munavvara opa Usmonova kutib olgan. Bunda ham bir hikmat bor edi şekilli, munavvar sözining maʼnosi — yoruğlik, nur degani ekan-da. Men öşa dovonlar oşib, qaro kunlarimni taşlab kelişim va Munavvara opamning peşvoz çiqişida katta hikmat bor deb bildim.
Keyingi haftasiga “Yoşlik” jurnalida “Orzu körpasida uxlaydi köngil” sarlavhasi ostida bir turkum şeʼrlarim bosildi. Mening orzularimni, qalbimni şeʼriyat davosi va ustozlarimning daldasi uyğotdi!
Bilasizmi, şundan söng men öşa kitoblarini kasal paytlarim yostiğimning tagiga qöyib uxlasam, oğriqlarim çekinadigan, bolaligimda körişni orzu qilgan sevimli şoirim, ustoz Sirojiddin Sayyid bilan uçraşdim. Menga otalarça mehr körsatdi bu inson. Ustoz Iqbol Mirzo, Nodir Jonuzoq, Ğayrat Majid, Botirjon Ergaşev, Faroğat Xudoyqulovalar sabab köp-köp ziyoli davralarga kirdim, köp körsatuvlarga çiqdim.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi — mening Toşkentdagi oilamga aylandi! Ustozlarim otam, onam, akam, opam bölib, mening şakllanişimda, ösişimda katta mehnatlari singdi. Qalbi vayron Sanobarning qalbi şoir Sanobarga aylanişida katta zahmat çekdi bu insonlar. Beminnat mehr, behisob eʼtibor berişdi menga. Hayotda nima yutuqlarga erişayotgan bölsam, katta ilmi va insoniyligi bilan menga katta mehnati singdi şu insonlarning!
Yillar sabrimni sinadi! Va men yengilmadim! Davlat granti bilan öqişga kirdim. Yil söngida taqdir menga şunday bir sovğa berdi. Men Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilindim! Aʼzolik guvohnomasini ustoz Sirojiddin Sayyidning qöllaridan olar ekanman, ikki közim guvohnoma yuzidagi kitobning orasidan çiqib kelayotgan quyoş suratida edi. Ustozning qöllaridan guvohnomani olib, yuragimning ustiga bosib ötirdim! Adabiyot nurli hayot bölib hayotimga kirib kelganligining bir timsoli edi bu quyoş!
Adabiyotning mohiyati ezgulik! Adabiyot ahlining amali ham faqat yaxşilikka olib borişi kerak. Bejizga Prezidentimiz adabiyotga, kitobga katta eʼtibor qaratmadilar.
Mening öksik qalbimga mehri, eʼtibor bergan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga, uning rahbari Xalq şoiri, senator Sirojiddin Sayyidga çeksiz minnatdorçiligimni bildirişni istayman. Uyuşma aʼzolariga imtiyozli ravişda berilgan xonadonlardan biri menga ham berildi. Poytaxtda uyli böldim, vatanli böldim. Ming rahmat, ming taşakkur, ey aziz insonlar! Bu uyni bir öksik singlimiz bitta qölda ijarama-ijara çamadon sudrab yurmasin deb berdingiz. Adabiyotning amali faqat yaxşilik ekanligini, şu uyda şu yurtning mehrini, yaxşilarning yaxşiligini his qilib yaşasin deb lozim topdingiz.
Menga mehnati singgan barça ustozlarimga va adabiyotga, adabiyotçilarga Vatan qurib bergan va menga yuksak işonç bildirgan Prezidentimizga va hayotimda menga yelka tutgan, işongan barça yaxşi insonlarga çin qalbimdan taʼzim qilaman! Sizlarni insonlar orasidagi quyoşlardir degim keladi. Qalbimdagi quyoşlarim, nurlaringiz Özbekiston qalbini, Özbekiston qalbli insonlar hayotini va xayolini yoritib tursin, hamişa!
Sanobar QULMIRZAYEVA,
şoira, sanʼatşunos,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
aʼzosi.
