Ahli maʼni allomasi
Bilasiz, talaba qavmi nihoyatda ziyrak keladi. Ayniqsa, domlalarning feʼli-xöyi bilan boğliq maʼlumotlarni töplab yuriş hayot-mamot masalasi. Qay biri qattiqqöl, osonlikça “zaçöt” qöymaydi, qaysi birini öngu sölidan ötib, yalinib-yolvorib dovondan oşib olsa böladi…
Talaba kezlarimiz, adaşmasam, 1999 yil edi, biz öqiydigan Milliy universitetning özbek filologiyasi fakultetida gap tarqaldi – yangi domla kelgan emiş! Özbek adabiyotining katta bilimdoni, alloma Begali Qosimov Milliy uyğoniş davri özbek adabiyoti degan kafedra oçgan edi, yangi domlamiz şu kafedraga kelgan ekan. Darrov suriştiruv-izlaştiruv işlarini boşlab yubordik: qayerlik, qayerdan kelgan, bilgir domlami yo “özimiz qatori”, qattiqfeʼlmi yo “uç”ni sadaqa qiladigan hotamtoy va hokazo. “Ilmiy tadqiqot”larimiz oxiriga yetib-yetmay, yangi domlaning özlari köriniş berdi. Alpomiş kelbatli, ovozi momaguldurakday!
Xullas, bundan çorak asr avval bugungi professor Nurboy Jabbor bilan tanişuvimiz şunday keçgan. Ilk uçraşuvdayoq domlaning özbek adabiyotining hamma davrlari va bosqiçlarining bilgiri; folklordan dastlabki yozma adabiyotgaça, mumtoz adabiyotdan hozirgi adabiy jarayongaça, aruzdan tortib adabiyot nazariyasigaça – hammasining bilimdoni ekani maʼlum böldi. Ayniqsa, biz, talabalar uçun “toşyonğoq” bölgan Navoiy va aruz ilmini bilişi, umuman, filologiyaning barça yönalişlari zakiysi ekani bizni köp öyga toldirgani rost. Axir insof bilan ayting, şunday domlani talaba yaxşi körib qolişi, öziga döst deb bilişi mumkinmi? Heçam-da! Bunday domlalar talabaning ofati, “arra”si deyavering. Masalan, domla dabdurustdan sörab qolsalarki: “ramali musammani maqsur” yoki “mutaqoribi musammani mahzuf” haqida ayting-çi?” deb. Şunda nima bölişini bilasizmi?
Bunday domlalarning haqiqiy bahosi keyinroq, masalan, diplom qölga tekkaç, tan olinadi. Hatto katta-kiçik davralarda akang qarağay mana şu domlaning şogirdi bölgan, qölida tahsil körgan, deb kökrak keriladi. Lekin talabalik paytida bunday deyiş uçun kamida ana şu domlaning öziday tolibi ilm böliş kerak-da!
Nurboy domla mansub bölgan kafedrada Begali Qosimov rahbarligida Şarif Yusupov, Uluğbek Dolimov, Sunnatilla Ahmedov, Şuhrat Rizayev, Uzoq Jöraqulov kabi olimlar faoliyat yuritardi. Bu sohaga ziğirday aloqasi bor mardum borki, bu domlalarimizning özbek ilm-faniga, maʼnaviy-maʼrifiy dunyosiga qançalik hissa qöşganlarini biladi, eʼtirof etadi.
Professor Şarif Yusupov maʼrifatparvarlik davri tarixi va adabiyotining bilimdoni, Furqat ijodi bilan köp va xöp şuğullangan alloma edi. Nurboy Jabbor domlaning ilmiy izlanişlari ham furqatşunoslikka oid. Bu sohada katta mutaxassis bölgan Şarif Yusupov yoş tadqiqotçining isteʼdodi va mehnatiga rağbat berib: “Endi mavlono Furqatni Nurboy domlaga bermasak bölmaydi”, degan lutflariga guvoh bölganman. Bu eʼtirof yoş olimga şunçaki dalda, bugungi kun taʼbiri bilan aytganda, motivatsiya beriş emas, uning serzahmat mehnatiga tahsin ham edi. Çunki Nurboy Jabborov 1994 yilda himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyasida furqatşunoslikda şu vaqtgaça heç kim jurʼat qilmagan işga qöl urganini katta ustozimiz yaxşi bilardilar. Gap şundaki, Furqat asarlarini töplab naşr qiliş, darsliklarga kiritiş, uning tarjimai holini yaratiş, u yaşagan davr bilan boğliq tadqiqotlar maʼlum maʼnoda amalga oşirilgan edi. Lekin Furqatning turli joylarda saqlanayotgan qölyozmalari, kotiblar tomonidan köçirilgan nusxalar, toşbosmalar, umuman, uning asarlari manbaşunoslik va matnşunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilinmagan edi. Nurboy domla fandagi şu kemtiklikni butladi. Albatta, bu gap aytişga oson, lekin sohadan xabardor kişilarga yaxşi maʼlumki, bir ğazal, ruboiy yo masnaviyning bir neçta nusxalari böladi, bir-biridan farq qiladi: muallif qayta işlagan, kotib xato köçirgan bölişi mumkin-da. Bularning hammasini örganib çiqiş, farqli jihatlarini aniqlaş, obrazli qilib aytganda, “uç yuz Köhi Qofni kelida tuymoq”day gap. Boz ustiga, bu manbalarning bari eski özbek yozuvi – arab imlosida ekanini hisobga olsangiz, masalaning yanada çigalligini anglaysiz.
Şu davrga oşuftalikmi yoki kafedra domlalariga havasdanmi, diplom işimni maʼrifatparvarlik va uning davomi bölgan jadidçilik davri adabiyotini özaro qiyoslaş mavzusidan oldim. Diplom rahbari etib professor Şarif Yusupov belgilandi. Domla mavzuga aloqador adabiyotlar röyxati – bibliografiyani qilib berdi, yöl-yöriq körsatdi. Şu asosda iş boşlab turgan edim, domla betob bölib, universitetga kelolmay qoldi. Yana biroz ötib, domla işni davom ettirolmasligi maʼlum bölgaç, kafedra mudiri, professor Begali Qosimov (Alloh rahmat qilgan bölsin) çaqirtirdi, vaziyatni tuşuntirdi va endi diplom rahbari sifatida Nurboy Jabborov menga yordam berişini tayinladi. Şu kundan boşlab to hanuz Nurboy domla mening har jihatdan rahbarim, rahnamoyim böldi.
Diplom qölga tekkaç, rizq teriş ilinji bilan boşqa sohalar etagini tutib ketdim. Afsuski, ilm yölida sobit qolib, domlaning munosib şogirdlari safida bölolmadim. Lekin ustoz Nurboy Jabbor men kabi “palağda” şogirdlariga ham eʼtiborini zarraça susaytirgan emas. Nedir sabab bilan körişib qolsak, ustoz hamon mehribonlik bilan pand-nasihatlarini ayamaydi. Ilm-ku yöq, işdagi arzimas muvaffaqiyatlardan özimdan köra köproq suyunib yuradi.
Diplom himoyasi kuni mendan avval Alanga ismli kursdoşim maʼruza qildi. Ilmiy salohiyati menikidan peşroq, işi ham yaxşi yozilgan bölsa-da, nutqi ravon emasdi. Kaminaniki teskarisi, iş örtamiyona bölsa ham, til bir qariç emasmi, biroz köpirtirgan bölsam kerak, himoyaga taklif etilgan taşqi taqrizçilardan biri: “Aslida unisi emas, bunisi Alanga ekan”, deya maqtagan. Domla çorak asr naridagi şu gapni hozirgaça har davrada ğurur bilan gapirib yuradi.
Ayrim olim va ijodkorlarning sohada zabt etgan çöqqilari bilan hayotda yoxud oilasidagi yutqiziqlari örtasidagi tafovutdan ajabsinib qöyamiz. “E, attang, şunday odamni-ya…” degan taassuflar böladi. Bu borada ham domlamning peşonasi beş qariç. U kişining ilmi-yu aʼmoliga biz şogirdlar doim havaslanib yuramiz. Yoşi yuzdan ötib qaytiş qilgan Abduhakim boboning zurriyotlari içida ahli ilmlari köp. Hatto kelinlar, nevaralar va boşqa uzoq-yaqin aqrabolardan ham turli fanlar olimlari yetişib çiqqan. Bu anʼana bardavom bölib, keyingi avlod vakillari ham ilm osmoniga uçirmaga şay turişibdi. “Olmaning tagiga olma tuşadi”, degani şu bölsa kerak-da!
Yaqinda gazetada bir muhtaram domlamizning olim şogirdlari yubiley sanasi munosabati bilan yozilgan tabriknomasida bir davra mumtoz adabiyot muhiblari şogirdning şogirdligiga işonqiramay, asli u kişi ustoz bölsa kerak, degani-yu, şunça işni amalga oşirgan olimning endi “bor-yöği” oltmişga kirgani ajablantirganini eslabdilar. U kişi haqida mendan boşqalar ham şunday öylaganiga taajjublanib qöygan edim. Şunda inson umri yaşagan yillari bilan emas, qilgan işlari bilan ölçanişi haqidagi gaplar haqiqatligi köngildan ötadi. Bugun ayni hikmatning amaliy tasdiğini yana bir karra yurakdan tuyib turibman.
Professor Nurboy Jabborov hayotda va ilmda erişgan muvaffaqiyatlar salmoği şu qadar çöngki, oltmişga kirgani iştibohga soladi kişini. Önlab olimga ustozlik, yuzlab talabaga murabbiylik, ulkan davrni qamraydigan kafedraga mudirlik, bir namunali oilaga rahbarlik, Abduhakim bobodan söng olimlar yetişib çiqayotgan katta sulolaga boşçilik, xullas, sanayversa, ado bölmaydigan yutuqlar. Işqilib, köz tegmasin! Gazeta-jurnallarni varaqlasangiz, Nurboy domlaning hikmatga yöğrilgan bitiklari, televizorni yoqsangiz, kun-kunora alpqomat Nurboy Jabborning nurli qiyofasi, radio murvatini burasangiz, qaysidir kanalda domlaning maʼrifat taratayotgan salmoqdor ovozi, önlab kitob-monografiyalar, mahalliy va xorijiy ilmiy anjumanlardagi maʼruzalar…
Bu faoliyatlarning hammasini birlaştiruvçi omil bor, bu – haqiqiy OLIMning xalqqa çin dildan xizmat qiliş, tamaddun yaratib dunyoni hayratga solgan bu köhna millatning bugungi nasllari qaddini kökka qadar yuksaltirişdek oliyjanob maqsad, ezgu muddaolardir.
Bu yölda ustozimizga Xudoning özi yor bölsin, barakali umr, ilmiy-ijodiy barkamollik nasib etsin. Tabarruk yoş, qutluğ sana muborak bölsin, deyman.
Ikromjon ÇORIYEV,
“Mahalla” teleradiokanali
direktori.
