Özbekça şeʼr — qoraqalpoqça qöşiq

Şeʼrning qadri va bahosi odamlar yuragidagi oğriqni, ularning dardini – umumbaşariy ijtimoiy mavzularni qay darajada badiiy tasvirlagani bilan belgilanadi. Odamlar baxti-saodati uçun fidoyilik qilgan şoirlargina “Başariyat qöşiği”ni kuylay oladi.

Atoqli şoir Ötkir Rahmatning Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi “Adabiyot” naşriyoti tomonidan naşr etilgan “Mangu ovoz” nomli şeʼrlar va dostonlar töplamida bugun zamondoşlarimizni iztirobga solayotgan, dunyoni bezovta qilayotgan muammolar haqida bong urilgan. Kitob deboçasida berilgan sözboşi maqolada Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid Ötkir Rahmat davrimizning dolzarb mavzularini mahorat bilan qalamga olganini munosib eʼtirof etadi:

“Ötkir akaning matbuotda eʼlon qilingan, zaminu zamonning ogohlik bongi yangliğ jaranglagan “Mangu ovoz” nomli yangi dostonida, jumladan, ustozlar ovozi ham nazarda tutilganki, bu ölmas sadolar odam bolalarini yaxşilik va töğrilikka çorlab turaveradi.

Demakki, haq ovoz dildagi bayot,

Uning bilan uyğun hattoki taqdir.

Dunyoda ovozni baxtdir tanimoq,

Dunyoda ovozga aylanmoq baxtdir.

Öz xalqini şeʼrlarida sevib ardoqlagan şoirni nafaqat öz xalqi, balki boşqa xalqlar ham sevib ardoqlaydi, asarlarni öz ona tiliga tarjima qiladi, kitoblarini naşr etadi. Ötkir Rahmatning “Oyansaңşы, taң attы, aqыr” (“Uyğonsang-çi, tong otti, axir”) nomli şeʼrlar va dostonlar kitobi qoraqalpoq tilida çop etilgani adabiy hayotimizda muhim voqea böldi.

Kitob Özbekiston xalq yozuvçisi Kengesboy Karimovning “Qosыqlarda tabiyat reңleri” sarlavhali maqolasi bilan oçiladi. “Şoirning şeʼrlarida tabiat manzaralari muttasil harakatlanib turadi. Uşbu harakatlar tizimi esa şoir yuragini beixtiyor tebrantiradi. U köz öngimizda sodir bölayotgan harakatlar silsilasini yuragimizdan ötkazib, umuminsoniy körinişlarga aylantiradi. U siyqasi çiqqan falsafiy fikrlarni olğa surmaydi, aql örgatmaydi, çaqirib jar solmaydi, şeʼr satrlaridan pand-nasihat, hikmatli daʼvatlar ovozi öz-özidan çiqib kelaveradi”. Kengesboy Karimovning uşbu sözlari kitobning ğoyaviy-badiiy mazmunini aniq-tiniq ifodalaydi.

“Uyğonsang-çi, tong otdi, axir” nomli kitobda qoraqalpoq mavzusi, Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan islohotlar tasvirlangan şeʼrlar va dostonlarga keng örin berilgan. Ularning asosiy qismini Kengesboy Karimov tarjima qilgan. Isteʼdodli şoirlar Jumaniyaz Öteniyazov, Baxitli Saribayev, Anar Jaqsimuratova tarjimalari ham töplamdan örin olgan.

“Orol soğinçi” balladasini öqir ekansiz, Kengesboy Karimov tarjimasi orqali qoraqalpoqça sözning jozibasini his etasiz:

Nurlы kүn sәölesi kѳksinde janar,

Kѳksinde qozğalar әrmanlar seңi.

 

“Nurafşon kunlarga yöl olgan sekin, Köngliga ming turli orzular joylab” satrlari qoraqalpoq tilida Orolning köksida kun şuʼlasining yonişi, yuragida armon sengi – armon muzlarining erib qözğalişi obrazlari bilan jonli va taʼsirli ifodalangan.

Şeʼr öqib, qöşiq kuylaganida, sözlaganida turkiy xalqlarning, aynan qoraqalpoqlarning tilini tuşunamiz, biroq badiiy matnni qoraqalpoqçadan özbekçaga yoxud özbekçadan qoraqalpoqçaga tarjima qiliş ançayin murakkab ijodiy mehnat ekanini alohida taʼkidlaş zarur. Ayniqsa, fonetik farqlar, xalqona iboralar va boşqa lisoniy xususiyatlar yangi qofiyalar topişni, şeʼr kompozitsiyasini özgartirişni talab qiladi. Ana şu jarayonda tarjimonning badiiy mahorati, topqirligi, aynan xalq tilini çuqur va mukammal bilişi zarur böladi. Bu iş ança-munça tarjimonlarning qölidan kelmaydi.

Soliştiramiz.

Nogahon avzoyi buzildi kökning,

Birdan yetib keldi darğazab şamol.

Ertayu bugundan umidi yöqning

Öyin boşlagani şudir, ehtimol.

Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, şeʼr turkiy tillarning biridan ikkinçisiga tarjima qilinganda “yöq”ni “jöq”, “oy”ni “ay”, “böston”ni “böstan” şaklida ögirib, sartlardagi sözlarni joy-joyida qoldirib, aynan sözma-söz tarjima qiliş bilan iş bitmaydi. Sözma-söz tarjima badiiy tarjima hisoblanmaydi. Masalan, “Nagahan qыyalы buzыldы kѳktiң, Birden jetip keldi darğazap samal. Yerte hәm bүginnen үmiti joqtың Oyыn baslağanы soldur itimal”, deb qoraqalpoq tiliga ögirsak, bu tarjima sifatida tan olinmaydi.

Yuqoridagi matn özbek tilidan qoraqalpoq tiliga quyidagiça tarjima qilingan:

Tosыnnan tүnerdi әjayыp aspan,

Qaydan jetip keldi qutыrğan samal?

Bultlar dizilisip kѳşti qay taman,

Sahranың ğazebi qozdы itimal.

Osmonning tunarişi – tund bölişi, şamolning quturişi orqali alğov-dalğov holat börttirilib tasvirlanadi. “Qutыrğan samal” frazeologik birikmasi şeʼr badiiyligini kuçaytirgan. “Bultlar dizilisip kѳşti qay taman”, “Sahranың ğәzebi qozdы” satrlari esa tarjimon topilmasi. Tarjimada şeʼrning mazmuni va ruhi çiroyli ifodalanmoqda. Qofiyalarning “aspan”, “taman” şaklida özgarişi yangi obrazlar yaralişiga asos bölgan.

Şu dam xayolimda jonlanar moziy,

U ham şular haqda öy surar çoği:

Çangalin soldimi ğalamis osiy,

Qaylarga yöqoldi yaşil gulboği?

Şeʼriyatda köçim nomli sehrli hodisa bor. U metafora deb ham ataladi. Ana şu sanʼatning afsuni bilan jonsiz narsalarga jon bitadi, gapirmaydigan ösimliklar, suvlar va boşqa narsalar gapiradi. “Orol soğinçi” balladasida ham ana şunday badiiy hodisalar bor. Ular tarjimon mahorati bilan qoraqalpoq tiliga nihoyatda gözal va betakror körinişda köçgan.

Sonda qыyalыmda ѳtmis janlanar,

Magar Araldağы oy sүrer tağы:

Sыrqыrağan yaңlы yeski jaralar,

Yadыna tүskendey jasыl gүlbağы.

Asliyatda birinçi satrdagi “moziy” sözi bilan uçinçi satrdagi “osiy” sözi, ikkinçi satrdagi “çoği” sözi bilan törtinçi satrdagi “gulboği” sözi qofiyalangan. Tarjimada asliyatdagi törtinçi satrdagi sönggi söz “ gulbaği” qolgan, xolos. Qolgan satrlarda qofiyalar özgargan, satrlar yangilangan. Tarjimon topgan “Sыrqыrağan yaңlы yeski jaralar” degan satr odamning yuragini örtab yuboradi. Mana, tarjimon mahorati nimalarga qodir.

Orolning tölib-toşib oqqan zamonlari tasviri bilan birga işoralar vositasida yovuz zamon haqidagi ijtimoiy fikrlar ham ifodalanadi:

Bir payt moviy edi, qanday zör edi,

Mavjlangan tölqini saçrar osmonga.

Biroq hardamxayol, ança ğör edi,

U siğmay qolgandi manfur zamonga.

Bu satrlar qoraqalpoq tilida öziga xos sözlar, xalqona iboralar va ohanglar bilan tarjima qilingan:

Bir öaq bul atirap kök tengiz yedi,

Aqbas tolqinlari tiygen aspanğa.

Bazda qiyalparaz, sal tentek yedi,

Bazda siymay qaldi sol tar zamanğa.

Asliyatda birinçi satrdagi “zör” söziga uçinçi satrdagi “ğör” sözi qofiya qilingan, “edi” sözi qofiya ortidan takrorlanib kelgan. Demak, “edi” sözi qofiya hisoblanmaydi. Qoraqalpoqça matnda ham “yedi” sözi asliyatdagidek takrorlanadi. Unda birinçi va uçinçi satrlarda “yedi” sözidan avval kelgan “tengiz” va “tentek” sözlari şaklan qofiyadoş bölmaydi.

Biroq bu ikki söz bir-biriga mantiqan boğlanadi. Dengizni tentak dengiz deb sifatlaş jöyali böladi. Şunga qaramay, tarjimadagi “Aqbas tolqыnlarы tiygen aspanğa” satri tasavvurni zavqlantirib, şuurni kengaytirib yuboradi. Tentak dengizning tor zamonga siğmay qolişi iborasida ham gözal sifatlar, sözning maʼno tovlanişlari mujassam.

Şörlik yiğlab-yiğlab yana kiçraydi,

Ahvolin sörarga kimsa bölmadi.

Baxtsizning yölida kim ham uçraydi,

Qirğoği çekindi, vale ölmadi.

Uşbu satrlar tarjimasida tarjimonning yana bir betakror mahorati, söz boyligi va tajribasi namoyon böladi. U birinçi satrdagi “kiçraydi” sözining mazmunini törtinçi satrga olib ötib, şeʼr ruhiga singdirib yuboradi.

Teңiz tolqыp-tolqыp şegine berdi,

Dadыn yesitiöşi kimse bolmadы.

Şeksiz aydыnlarы kѳmile berdi,

Kişireyip qaldы, biraq ѳlmedi.

Bir qarasang, heç nima özgarmagandek, hamma söz örni-örnida qolgandek tuşunarli, aniq va yorqin. Sanʼatkorona tarjima qilingan va qaytadan yaratilgan obrazli ifodalar va tasvirlarga nazar taşlasangiz, bir hofiz qöşiq aytayotib, avjiga çiqqanda tinglovçilar “Voydod!” deb hayratga tuşgan holatdagidek hayajonlanasiz. “Şeksiz aydыnlarы kѳmile berdi, Kişireyip qaldы, biraq ѳlmedi” – dengizda suv tölqinlanib, poyonini köz ilğamas çeksiz kengliklar oydinlar deb ataladi. “Aydinlar” qöşiğidagi “Aydinlar, aydinlar, şalqar aydinlar” degan manzara dengizning bepoyon sathini tasvirlaydi. Orolning ana şunday çeksiz oydinlari qumlarga kömilaverdi, degan ifoda bilan tarjimon dengiz fojiasini yaqqol ifodalaydi, alamdan közlarga yoş keladi.

Mardum orasida bordir begona,

Bu fitnani ana şular çiqardi!

Bir kunda ming yoşga qaridi ona,

Bir kunda otaning soçi oqardi.

Uşbu satrlarni balladaning eng taʼsirçan, kulminatsion nuqtasi deyiş mumkin. Uşbu törtlikda Orol fojiasiga tabiat emas, odamlarning özi sababçidir, degan fikr badiiy ifodalangan. Bu satrlarning ğoyaviy-badiiy mazmuni teran. Vatan, xalq boşiga tuşgan kulfatlarning asosiy sababçisi xalq orasidan çiqqan sotqinlardir. Ozodlik yölida qurbon bölgan vatanparvar ota-bobolarimizning ham boşini yegan şular. Millat boşiga tuşgan bu sinovlar qoraqalpoq xalqini ham çetlab ötmagan. Bu dard qoraqalpoq tiliga şunday tarjima qilingan:

Biygana barmeken kѳp arasыnda,

Magar bir pitneni olar şыğardы?

Bir kүnde mың jasqa qartaydы ana,

Bir kүnde atanың şaşы ağardы.

“Biygana barmeken kѳp arasыnda” degan obrazli ifoda xalqonaligi bilan köngildan joy oladi. Ohangning özgarişi, şubha-gumonning mantiqiy tasdiqlangan maʼnosining berilişi şeʼriyatdagi “bilib bilmaslikka oliş” – “tajohilu orifona” sanʼatining ajoyib ifodasidir.

Asarda zamon ruhining aks etişi badiiy tasvir sanʼatining muhim va eng zarur talablaridan biridir. Zamon ruhi bor asar doimo yangi va zamonaviy bölib qolaveradi. Oradan neça yillar ötsa ham, bu asar dolzarb mazmun kasb etaveradi. Quyidagi satrlarga singdirilgan zamon ruhi ötmişga ham, bugungi kunga ham, kelajakka ham daxldor.

Ey döstim, ogoh böl, yölingda tuzoq,

Çalğitib qöymasin ğanim tikkan ğov.

Özingni asragin, qadrdon Möynoq,

Kök qadar yuksalgin, aziz Bözatov.

Kengesboy Karimov Ötkir Rahmat şeʼrlari haqida alohida taʼkidlab aytgan “hikmatli daʼvatlar ovozi”, yaʼni ogohlikka çorlovçi nido qoraqalpoq tilida şunday yangraydi:

Hey dostыm, abayla, jolыңda duzaq,

Adastыrmağay-de jolыңnan bir jaö.

Ѳziңdi qolğa al, qәdirdan Moynaq,

Gүllenip bara ber, janыm Bozataö.

“Adastыrmağay-de jolыңnan bir jaö”, “Gүllenip bara ber, janыm Bozataö” singari satrlar samimiyligi, beğubor köngilning haroratli izhori bilan taʼsirçan.

“Mangu ovoz” “Mәngilik haöazы” deb, “Nidosini tinglay oldingizmi heç” “Ahыö-zarыn tыңlap kѳrgensiz be heş”, “Aks-sado berar” “Jaңğыrыq beredi” deb tarjima qilingan. Uşbu sözlarning rangi, jilosi va ohangi öquvçini rom etadi.

Özbekiston Qahramoni, xalqimizning ardoqli şoiri, ustoz Abdulla Oripov Ötkir Rahmat şeʼrlaridagi tabiatga muhabbat mavzusi haqida şunday taʼrif bergan edi: “Şoir tabiat bilan bamisoli qadrdon dösti kabi sirlaşadi, eng muhimi, u tabiat bilan til topişa oladi. Şu sababli u tom maʼnoda “tabiat oşiği” sifatida fikr uyğotadi”.

Lirik qahramonning hassos yuragi, uning tabiatga bölgan otaşin muhabbati  “Oyansaңşы, taң attы, aqыr” kitobida qoraqalpoq tilida ham yaqqol namoyon böladi.

Bevaqt uvol bölgan mevalarga kuygan köngil yarasi suvi qurigan Orolni körib, örtangan yurak jarohati bilan bir xil:

Qurt darыğan almalar jerde –

Jaralanğan – jatar ѳksinip.

Tabiat manzaralarining fusunkor tasviri, özgaça taşbeh öquvçi köz öngida şarqiroq irmoqlarni namoyon etadi:

Jыlan kibi jыljыp ağar suö…

Fasllar almaşinuvining tasavvurdagi tasviri ruhni yayratadi:

Bәhәr jasыl kѳylek kiydirip,

Şeşindirip jiberedi gүz.

Suvni qismlab tutib bölmaydi, şamolni ham hovuçlab eltiş mumkin emas, lekin şoirona tasavvur va xayol quçi bilan jazirama yoz tabiatni barmoqlari bilan qisimlab siquvga oladi, öşanda soyalar ham bir tutamgina bölib qoladi:

Saratan hәm alar qыsыmğa,

Sayalar da bүgin bir tutam.

Osmonni suluv ayolga öxşatiş kimning ham xayoliga kelibdi, deysiz? U soçlarini silkitsa, şovullab yomğir yoğar emiş:

Şaşlarыn bir silkitse aspan,

Jamğыr bolыp şuöыldar birden.

Qoraqalpoqlar şudringni “şыq” deydi. “Yuzini şabnamga yuvar subhidam” iborasi qoraqalpoq tilida ham nafis ifodalangan:

Jүzin şыqqa şaymaqta sahar…

Umuman, tabiat hodisalarining tasavvurdagi manzaralari jonlantiriş, sifatlaş, öxşatişlar bilan tasvirlanişi badiiy söz harorati, kuçini namoyon etadi. Bahor osmonida momaqaldiroq gumburlab, yaşin çaqnaşi söz bilan quyidagiça çiziladi:

Tѳmenlegen aspan jүzinen

Şaşыrap-şaşыrap ketedi otlar.

Jalt-jult yetken jasыn izinen

Janыp keter qap-qara bultlar.

“Tѳmenlegen” pastga tuşgan, pasaygan, yerga engaşgan degan maʼnolarni anglatadi. Pasaygan osmonning yuzidan saçrab-saçrab ketar alanga, deb ögiradi tarjimon. Takrorlar, juft sözlar, tovuşlar uyğunligi ifodani yanada yorqinlaştirgan. “Janыp keter qap-qara bultlar”…

Biz qoraqalpoqça matnlarni Kengesboy Karimov tarjimalaridan oldik. Boşqa tarjimonlar ögirgan şeʼrlarda ham misol keltirib, maqtaydigan obrazli tasvirlar bor ekanini eʼtirof etamiz.

Şeʼrni qozoqlar “ölan”, qoraqalpoqlar “qöşiq” deb ataydi. Şoir şeʼrlari jozibasi, tarjimonlarning mahoratidan kelib çiqib, Ötkir Rahmatning özbekça şeʼrlari qoraqalpoqça qöşiqqa aylangan, deyiş ayni haqiqat.

Rustam MUSURMON,

Qoraqalpoğiston xalq şoiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan