Odri AZULE: Samarqandda biz taʼlim, madaniyat va fan tillarida gaplaşamiz
YUNESKO Boş direktori “Dunyo” axborot agentligi muxbiri savollariga javob berdi.
Maʼlumki, şu yilning 31 oktyabr – 13 noyabr kunlari Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi bölib ötadi.
YUNESKOning asosiy yiğilişi sönggi 40 yil içida birinçi marta Parijdan taşqarida bölib ötadi. Uşbu qaror taşkilotning taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohasidagi maqsadlarini ilgari surişda Özbekistonning roli ortib borayotganini eʼtirof etiş va xalqaro hamjamiyat işonçining tasdiğidir.
Bunday nufuzli forumning Samarqandda ötkazilişi nafaqat Özbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi yuksak darajasi, balki mamlakatning global gumanitar kun tartibini şakllantirişda faol iştirok etişga intilişayotgani ramzi hamdir.
Uşbu tarixiy voqea oldidan YUNESKO Boş direktori Odri Azule “Dunyo” AA uçun bergan eksklyuziv intervyusida taşkilot bilan Özbekiston örtasidagi jadal rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuqori baholadi. U YUNESKO vakolatining asosiy yönalişi bölgan madaniy merosni asrab-avaylaş, taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilm-fanni qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar va yoşlarning jamiyatdagi rolini kuçaytiriş borasida erişilgan ulkan muvaffaqiyatlarni alohida taʼkidladi.
— Boş direktor xonim, bu yil YUNESKO özining 80 yilligini nişonlamoqda. Taşkilot tarixidan qanday muhim saboqlarni oliş mumkin, deb öylaysiz va nega uning mandati bugungi kunda ham dolzarbligiça qolmoqda?
— Köp qirralilik tobora köproq söralayotgan bugungi dunyoda bu paradoksal ravişda har qaçongidan ham zarur bölib bormoqda. Global muammolar – iqlim özgarişlari va mojarolardan tortib, yangi texnologiyalardagi özgarişlargaça – heç bir davlat yolğiz harakat qila olmasligini eslatib turadi. Bunday paytda odamlar ayniqsa zaif bölib qoladilar. Va biz hamkorlik va hamjihatlik orqali ularni noaniqlikdan işonçli tarzda ötiş, yanada barqaror va tinç kelajakni quriş uçun zarur bölgan bilim hamda könikmalar bilan ruhlantirişimiz mumkin.
YUNESKO 80 yil davomida sifatli taʼlimni ilgari suriş, madaniy merosni muhofaza qiliş, ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va axborotdan foydalanişni taʼminlaş kabi vazifalar ajralmas bölib qolayotganini isbotlab kelmoqda. 1945 yildan beri dunyo tubdan özgardi, ammo YUNESKOni taşkil etişga ilhom bergan qadriyatlar – muloqot, özaro hurmat va xalqaro hamjihatlik murakkab global voqelikni yölga qöyişimizga yordam beradigan kompas bölib qolmoqda.
— Özgaruvçan xalqaro muhitda YUNESKOning muloqot, özaro tuşuniş va madaniy xilma-xillikni rivojlantirişdagi rolini qanday baholaysiz?
— YUNESKO öz vakolatining barça sohalarida – taʼlim, madaniyat, ilm-fan va axborotda xilma-xillikni odamlar, jamoalar va mamlakatlar örtasida özaro tuşunişni kuçaytiruvçi manba sifatida köradi. Biz odamlarga farqlarga qaramay hurmat bilan munosabatda bölişga imkon beradigan qadriyatlar, bilim va könikmalarni mustahkamlaşga intilamiz.
YUNESKO öz dasturlari va madaniy konvensiyalari orqali umumiy merosni tuşunişga yordam beradi va çegaralar böylab muloqotni rivojlantiradi. YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan köp millatli obʼyektlar soni ortib borayotgani bu jarayonni yaqqol aks ettiradi. Masalan, 2018 yildan buyon 67 ta köp millatli element nomoddiy madaniy meros röyxatiga kiritildi.
Özbekiston bu umumiy işimizga faol hissa qöşmoqda. Masalan, Ipak yölining Zarafşon-Qoraqum yölagi YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilişi, şuningdek, sakkizta madaniy elementning boşqa davlatlar bilan birgalikda eʼtirof etilişi merosning madaniyatlar örtasidagi köprikka aylanişi mumkinligini körsatadi.
— Sönggi yillarda Özbekiston xalqaro maydonda öz iştirokini sezilarli darajada mustahkamladi. Mamlakatda röy berayotgan yangilanişlar hamda ularning mintaqa va jahon hamjamiyati uçun ahamiyati xususidagi fikrlaringiz ham biz uçun muhim.
— Özbekistonning xalqaro miqyosdagi faolligi ortib borayotgani mamlakatning muloqot va hamkorlikka intilişidan dalolat beradi. Bu köp tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş zarur bölgan bir paytda, ayniqsa, muhimdir. Bu saʼy-harakatlar nafaqat mintaqaviy birdamlikka sadoqatni, balki xalqaro hamkorlik muhimligini anglaşni ham namoyiş etadi.
Turizm barqaror taraqqiyotni taʼminlaşning muhim omiliga aylandi. 2024 yilda mamlakatingizga 8 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi va bu Özbekistonning boy madaniy merosi va gözal tabiatiga bölgan yuqori qiziqişdan dalolatdir. YUNESKOning “Kreativ şaharlar tarmoğiga” qöşilgan Buxoroda xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi ötkazilyapti. Uşbu loyiha mamlakatning madaniy öziga xosligini jahon miqyosida keng tarğib qiliş borasidagi saʼy-harakatlarini yaqqol aks ettiradi.
— YUNESKO va Özbekiston örtasidagi hamkorlik yangi surʼat kasb etdi. Uşbu hamkorlikning asosiy yönalişlari va istiqbollarini qanday tavsiflagan bölardingiz?
— Boş direktor sifatidagi faoliyatim boşida (2019 yilda) Özbekistonga taşrif buyuriş va Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşiş şarafiga muyassar böldim. Biz YUNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari – Samarqand, Buxoro va Şahrisabzning restavratsiya qilişdagi kömagini muhokama qildik. Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiliş töğrisida qabul qilingan tarixiy qaror bilan yakunlangan hamkorligimiz qançalik rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etişdan mamnunman.
Madaniyat hamkorligimizning asosi bölib qolmoqda. Özbekiston YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosini muhofaza qiliş töğrisidagi konvensiyasida faol iştirok etmoqda. 2024 yilda mamlakatingiz taşabbusi bilan ikki madaniy element – Rubob yasaş va ijro etiş sanʼati va mintaqadagi 13 davlatni birlaştirgan Navröz bayramini nişonlaş anʼanalari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ röyxatiga kiritildi. Öşa yili Özbekiston Kreativ iqtisodiyot böyiça IV Butunjahon konferensiyasiga mezbonlik qildi va bu bilan mamlakat madaniyatga barqaror rivojlaniş omili sifatida alohida eʼtibor qaratilayotganini yana bir karra tasdiqladi.
Taʼlim sohasidagi hamkorligimiz kasbiy taʼlimni qöllab-quvvatlaş, suv resurslarini boşqariş va inklyuziv boşqaruvni, xususan, axborotdan foydalaniş va mediasavodxonlikni rivojlantirişni öz içiga oladi. 2022 yil noyabr oyida Toşkentda YUNESKOning erta yoşdagi bolalarni tarbiyalaş va taʼlim beriş böyiça II Butunjahon konferensiyasi bölib ötdi. Mazkur forum erta taʼlim böyiça global kun tartibidagi muhim bosqiç bölib, kelgusidagi hamkorlik uçun poydevor yaratdi.
2018 yildan beri YUNESKO sunʼiy intellekt sohasida axloqiy meʼyorlarni işlab çiqiş böyiça xalqaro saʼy-harakatlarni boşqarib kelmoqda, natijada 2021 yilda uşbu sohadagi birinçi xalqaro meʼyoriy hujjat qabul qilindi. Özbekiston va YUNESKO tomonidan sunʼiy intellekt sohasida etikani tarğib qiliş orqali ilmiy muloqotni rağbatlantiriş maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofotning taʼsis etilişi axloqiy ilm-fan tamoyili uçun muhim ahamiyatga ega.
— Yana bir neça kundan söng Samarqand birinçi marta YUNESKO Boş konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Uşbu tarixiy voqelik taşkilot uçun qanday ahamiyatga ega?
— Bu haqda 2019 yildagi taşrifim çoğida aytgandim: Samarqand – turli madaniyatlar tutaşgan çorraha. Özbekiston uşbu jahon merosining saqlovçisi hisoblanadi. Şu bois YUNESKO Boş konferensiyasini Samarqandda ötkazişda ham çuqur ramziy maʼno bor – ayniqsa, u oxirgi marta deyarli 40 yil avval Parijdan taşqarida ötkazilganini hisobga olsak.
Bu YUNESKOga aʼzo barça davlatlarni muloqot va hamkorlik ramzi bölgan makonda birlaştiriş uçun noyob imkoniyatdir. Konferensiya mamlakatlar taşkilotning yaqin yillardagi ustuvor yönalişlarini belgilab beradigan va neyrotexnologiyalar böyiça birinçi xalqaro hujjatni qabul qiladigan muhim pallada bölib ötadi. Yaʼni YUNESKOning Samarqand forumi – kelajakka muhim qadam böladi.
Biz Özbekiston Prezidentiga va barça özbekistonlik hamkorlarimizga uşbu tarixiy voqeani amalga oşirişga körsatgan kömagi, sadoqati, mehmondöstligi va qöllab-quvvatlaşi uçun çuqur minnatdorlik bildiramiz.
— Samarqand yirik xalqaro anjumanlar markaziga aylanib bormoqda. Sizningça, nima uni global muloqot uçun jozibador va salohiyatli manzil sifatida tanitmoqda?
— Qadimiy Ipak yölining Ğarbiy Yevropa va Şarqiy Osiyoni tutaştiruvçi çorrahasida joylaşgan Samarqand ming yillar davomida tovarlar, ğoyalar va madaniyatlar almaşinuvi uçun uçraşuv joyi bölib xizmat qilgan. Bu uni xalqaro forumlar uçun tabiiy maydonga aylantiradi.
Samarqandning madaniy boyligi haqiqatan ham ulkan: Registon maydonining Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan yodgorliklaridan tortib, fan, sanʼat va adabiyot markazi sifatidagi tarixiy roligaça Samarqand turli madaniy taʼsirlarning uyğunligini özida mujassam etgan.
Samarqand öz tarixi davomida köplab ijodkorlarga ilhom manbai bölib kelgani va badiiy ruhi bilan maşhur. Bu xilma-xillik va almaşinuv uçun oçiq bölgan madaniyatlarning tabiiy çorrahasidir. Bularning barçasi uni muloqotni davom ettiriş va hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaşi mumkin bölgan yirik xalqaro forumlar uçun muhim maydonga aylantirmoqda.
— Samarqandda bölib ötadigan Boş konferensiyadan jahon hamjamiyati xabardor bölişi kerak bölgan asosiy yangiliklar nima deb öylaysiz?
— Bölinişlar muloqotga soya solişi mumkin bölgan davrda mazkur anjuman kelajagimiz özaro boğliq ekanini eslatişib turişi kerak. YUNESKO Boş konferensiyasining xabari aniq bölişi şart: umumiy meros va jamoaviy bilim – bu biz tinçlik va barqaror rivojlanişni barpo etişimiz mumkin bölgan poydevordir. Samarqandda biz taʼlim, madaniyat va fan tillarida gaplaşamiz.
— Boş kotib xonim, mazmunli suhbat uçun rahmat va Samarqandda bölib ötadigan forum işiga muvaffaqiyat tilaymiz.
— Rahmat.
“Dunyo” AA.
