Kitoblar bilan oşnolikda

yoxud Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov huzurida

Ötgan payşanba kuni taniqli adib Xurşid Döstmuhammad, birodarlarimiz Said Siddiqov, Habib Temir törtovimiz Ibrohim aka Ğafurovni yöqlab xonadoniga bordik. Soğinişgan ekanmiz, bir-birlarimizni körib, hammamiz xursand böldik. Haqiqiy adabiyotşunos xonadoni. Zero, ustoz Ibrohim Ğafurovning özini ham,  uyini ham kitobsiz tasavvur qilib bölmaydi.

Ustoz hordiq olib ötirgan joyda – qöluzatar joyda kitoblar, kitoblar: Qurʼoni karimdan Alişer Navoiygaça, mumtoz adabiyotimiz namunalaridan, jahon adabiyoti, bugungi kun özbek adabiyotigaça – hammasi bor. Demak, Ibrohim aka öqiyapti, demak, kamida 80 yildan buyon kitob mutolaasini inson umrining javhari, bezagi va mazmuni deb bilgan mutafakkir ziyoli fayzli yoşida, andak salomatlik “erkalik” qilayotgan kunlarda ham kitobga, mutolaaga, demak, muttasil fikrlaşga oşno!

Ustoz hammamizdan alohida-alohida hol-ahvol söradi.

— Zuhriddin aka Isomiddinov ham birga kelişi kerak edi, şamollab qolibdi, lekin salom aytib yubordi, — dedim Ibrohim akaga yuzlanib.

— Salomat bölişsin, Dilmurodjon, siz bilan ançadan beri körişmadik, — deganida biroz xijolat böldim. Keksa insonni betobligida köpam bezovta qilmayin degan yuz-xotirga boribman-da…

Ibrohim aka hamrohimiz — fan nomzodi Saidjon Siddiqovning bir neça yil muqaddam çop etilgan “Ustoz siymolar” nomli kitobidan söz oçdi:

— Qarang, sobiq Aloqa institutida şu-unça katta olimlar bölişgan ekan, hammalari zalvorli ziyoli kişilar. Millatning faxri-iftixori ular. Saidjon ularning hurmatini joyiga qöyib xotirlabdi, yaxşi yozibdi, xursand böldim.

Ibrohim aka qalblarga taʼsir etuvçi yaxşi sözni topib aytadi.

Said aka beğubor, qalbi adabiyotga oşno inson. Şuning uçun ham u biz ijodkorlar bilan yaqin. U maqtovdan keyin erib ketdi. Ötirgan stulini Ibrohim akaga yaqinroqqa surib oldi.

Bundan 71 yil avval taşkil etilgan Toşkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti)da nafaqat Özbekistonga, Markaziy Osiyoning barça respublikalariga malakali muhandislar tayyorlab berişgani, kitobda olimlar Anvar Islomov, Marat Zohidov, Şokir Tojiboyev, Xayrullo Aripov va boşqa olimlar haqida maʼlumotlar borligi haqida gapirdi.

Ziyoli kişilarimizning borligi neçoğliq katta maʼnaviy mulk – maʼnaviy boylik hisoblansa, ularni yoddan çiqarmaslik, ular yaratgan va qoldirgan merosni asrab-avaylaş, ommalaştiriş şunçalar ahamiyatlidir.

Ustozning yonboşida turgan Vasiliy Aksyonovning qalamiga mansub “Negativ” kitobi davrani adabiyotga, ötgan asrning 60-yillar avlodi bölmiş qator-qator atoqli nomlar tomon tortdi.

— Ötgan asrning 60-yillar avlodiga mansub qator şoir, yozuvçi, adabiyotşunoslar bölgan. Katayev, Yevtuşenko, mana bu Aksyonov… “Şestidesyatniki” deb tilga olinardi. Köpgina özbek ijodkorlarining tafakkuri öşalarning asarlari bilan çarxlangan.

— “Şestidesyatniki” degan söz faqat öşa bir toifa ijodkorlarning yoşini emas, balki ularning ruhi, qaraşlari, hayotiy qadriyatlari va maslaklarini ifodalagan. Şunday emasmi?

Habib Temir masalani bu tarzda qöygani ustozga yoqdi.

— Töğri, — dedi Ibrohim aka yanayam  jonlanib, — Mandelştam, Soljenitsin, Kaverin, Saxarovgaça — qaçon tuğilganidan, yoşidan qatʼi nazar, öşa “oltmişvoylar” ruhi atrofida birlaşgan.

— Babelning hikoyalarini öqidim, — dedi Xurşid aka.

— Ö-ö, Babel — öziça bir dunyo!

— Tili, tasvirlaş uslubi juda tiniq ekan. Şukur Xolmirzayev jiddiy öqigan körinadi Babelni.

— Isaak Babel, – aniqlik kiritdi Habib Temir.

— Şukur öqigan, albatta… Ğalati uslubda yozadi, dastlab harbiyda xizmat qilgan… — ilova qildilar mezbonimiz.

Xurşid aka Fyodor Dostoyevskiyning “Ayrilmas er” qissasi va u bilan boğliq taassurotlarini örtoqlaşa ketdi.

— Ikki yil ilgari şu qissa haqida suhbatlaşgandik, öşanda siz qissa tarjimasini tugatgan edingiz, — dedi Xurşid Döstmuhammad Ibrohim akaga qarata, — öşandan buyon uşbu mavzudagi bir neça asarlarni öqidim. Floberning “Bovari xonim”, Tolstoyning “Anna Karenina”, Turgenevning “Provinsialka” dramasi, Leskovning “Ledi Makbet…” hikoyasi.

— “Msenskogo uyezda”, — deya aniqlik kiritdi Habib Temir.

— Hammasi oilaviy sadoqat va xiyonat mavzusiga bağişlangan. Şularni öqiş asnosida bir savol çiqib qoldi. “Provinsialnыe nravы”, “Provinsialka” sözlarining özbekça muqobili topilmagan körinadi. Masalan, “Bovari xonim”ni tarjima qilgan Habiba Ziyoxonova roman nomlanişi ostida keladigan şu iborani tuşirib qoldirgan. Göyo sözning tarjimasiga qiynalgandek.

Ibrohim akadek tarjima ustasi bir zum öylanib qoldi.

— Tajribadan maʼlum, ayrim sözlarning aniq va lönda tarjimasi topilmaydi. “Provinsialka” ham şunga öxşaş. Misol uçun “meşçan” degan söz bor.

Universitet davridagi kitoblarni qaytadan öqib, öşa paytlarni eslayapman.

Ustoz körinişidan soğliqlari biroz qiynayotganga öxşamasdi, tetik, fikrlar, xotira aniq va tiniq. Şunday bölsa-da, mehmonlar özaro imo-işora qilib, turişga çoğlanişdi.

— Qayerga şoşasizlar? Men juda yaxşiman, sizlar bilan bemalol gurunglaşib ötiribmiz.

Haqiqatda uluğ mezbonimiz — adabiyotşunos va mohir tarjimon Ibrohim aka mana şunday suhbatni soğingani sezilib turardi. Jiddiylaşib ketgan suhbatni piça “yumşatgisi” keldimi, Xurşid aka mahoratini işga solib, Said Ahmad, Vahob Rözimatov, Nosir Fozil iştirokida yuz bergan kulgili mutoyibalardan oldi. Davrada qahqaha yangradi, ustozimiz esa miriqib, butun vujudi siltanib uzo-oq kuldi.

Törtovlon mehmonning taşrifidan muddao ham şu — Ibrohim Ğafurov ustozning vaqtini piça bölsa-da çoğ etiş edi.

— Mayli, hammangizga rahmat, Xurşidjon duo qilsin.

Xurşid aka duoga qöl oçdi:

“Ustozimizning umrlari uzoq bölsin, bizlarga duogöy bölib yursin”.

“Insonlarning yaxşisi amali gözal bölganidir”, degan gap yodimga tuşdi. Ha, yaxşi amallar bilan uzoq yaşagan inson baxtli-saodatlidir. Ustoz Ibrohim Ğafurov ham şunday uluğlar sirasidandir.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan