Xalq dardini kulgi bilan aytgan adib

yoki Şarof Boşbekovning “Temir xotin” asari jamiyatni öylaşga, odamlarni esa özligini anglaşga undaydi

Şunday asarlar borki, ularning tub mohiyati insonlar hayotiga taʼsir kuçini ötkazmasdan qolmaydi. Ayniqsa, jamiyatdagi nuqsonlar hajv ostiga olingan sahna asarlari ötkir syujet va çuqur maʼnolari bilan doimo diqqat markazida bölib keladi. Şunday asarlardan biri taniqli dramaturg Şarof Boşbekovning “Temir xotin” asaridir.

Uşbu asar sahnada kulgi, yurakda esa oğriq uyğotadi. U oddiy insonning içki keçinmalarini, hayotdagi adolatsizliklarni, erkak va ayol örtasidagi nozik munosabatlarni, mehnat va hayot haqiqatlarini samimiy, lekin ötkir ohangda tasvirlaydi. Asarda kulgi dardni yaşira olgan. Qöçqor aka içkilikka berilgan, oilasidan uzoqlaşgan inson sifatida körinadi. Uning hayoti befoyda ötayotgandek tuyuladi, ammo içida yaşirin iztirob, hayotdan norozilik, özini topişga bölgan içki kuraş mavjud.

Xotini Qumri va farzandlari undan çarçab, uyni tark etganda, Qöçqor özini butunlay yolğiz his qiladi. Bu holat, aslida, jamiyatda erkak obraziga yuklangan bosimni ham eslatadi: “har doim kuçli bölişi kerak”, “his-tuyğusini bildirmasligi lozim”, “oila tebratişi şart” va hokazo. Biroq hayotda bu andozalar hamişa töğri işlamaydi, erkak köpinça içidan sinadi, lekin buni yaşiradi. Asarda Qöçqor aka obrazi xuddi şu tarzda oçib berilgan. Olimtoy esa ilm-fan va texnologiya timsoli sifatida paydo böladi. U yaratgan robot Alomatxon Qöçqor aka hayotiga kiritilgan ğayritabiiy, ammo ramziy qahramon. U “xotinlik” vazifalarini mukammal bajaradi. Pişiradi, supuradi, mollarga qaraydi, dalaga çiqadi, hatto erining ruhiyatini ham tuşunişga harakat qiladi. Bu kulgili, ammo çuqur mazmunga ega jarayon, çunki Alomatxon ayolga yuklatilgan “ideal” tasvirni, yaʼni jamiyat kutadigan mukammal, tinç, itoatkor, şikoyatsiz ayol timsolining xayoliy ifodasi. Ammo şu “ideal”lik, aslida, insoniy hislardan xoli, sovuq mexanizmdir. Bu orqali yozuvçi ayollarning mehnati, ularning sabri va qadriyatini çuqur tan oladi. Inson nuqsonlardan xoli bölmasligini, qançalik mukammallikka intilgan sari u şunçaki robotdan farqi qolmasligini isbotlaydi. Qumri obrazi bu — asarning yuragi. U oilaning ustuni, sabrning ölçovi. U köpgina qişloq ayollari singari jim yuradi, ammo içida oğriq, sabr, dardni kötarib yuradi. Uning har bir sukuti, har bir qaraşida “yetar, endi özgaring” degan bir ilinj bor. U öz oilasini saqlab qolmoqçi, ammo şu bilan birga özini ham yöqotmay yaşaşni istaydi. Bu holat bugungi zamon ayollariga ham juda öxşaş: ular işda, öqişda, hayotda öz örnini topişga intilmoqda, lekin hanuz “uy ayoli”, “sabrlilik” kabi qadimiy tamğalar bilan yaşaşga majbur. Demak, yozuvçi Şarof  Boşbekov öz asari orqali faqat bir oilaning muammosini emas, balki jamiyatdagi ayolning holatini, uning tinç, lekin çuqur dardini sahnaga olib çiqqan.

Qöçqor va Alomatxon örtasidagi sahnalar kulgili tuyuladi, lekin ularning har biri, aslida, insoniy iztirobdan tuğilgan. Qöçqor akaning robotga nikoh taklif qilişi absurd, ammo ayni paytda fojiali sahna. Çunki bu taklif insonning tan olinmaslik, mehr topmaslik, yolğizlik azobini ifoda etadi. Robot esa sunʼiy mavjudot bölsa-da, baʼzan tirik insonlardan köra köproq hamdardlik bildiradi. “Yiğlaysiz… Çunki juda ezilgansiz… Yuragingizga qil ham siğmaydi…” degan sözlar orqali yozuvçi insoniylikni maşinadan eşittiradi: bir temir tuşungan narsani butun boşli ong va his-tuyğuga ega insonlar anglay olmayapti.

“Temir xotin” komediyasida kulgi bilan bir qatorda hayotiy haqiqat yaşiringan deb ayta olamiz. Masalan, “Paxtakorman deb kökragingizga muştlaysiz-u, körpangizga paxta topolmaysiz!” degan gap kulgili bölsa ham, xalqning hayotiy iztirobini oçib beradi. Bunday satrlar orqali muallif insonning ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy ahvolini keskin aks ettiradi. Bugungi kunda ham bu satrlar öz kuçini yöqotmagan: qançadan-qança insonlar mehnat qiladi, ammo mehnatining huzurini körmaydi. Agar asarni hatto hozirgi davr bilan boğlasak, unda juda köp öxşaşliklar topamiz. Bugungi kunda sunʼiy intellekt, texnologiya, avtomatlaştiriş hayotimizni özgartirmoqda. Iş joylarida, uyda, hatto insonlar örtasidagi munosabatlarda ham “mexanik”lik kuçaymoqda.

Asardagi robot Alomatxon, aslida, bugungi zamonning ramzidek: u hayotni osonlaştiradi, lekin hissiyotlarni yöqotadi. Inson esa texnologiya qulayligida yaşab, köpinça özini unutadi. Bu jihatdan yozuvçi asari orqali öz zamonidan özib ketgan, bugungi insoniyatni oldindan köra olgan deyiş mumkin. Bundan taşqari, asar bugungi gender tenglik masalalari bilan ham hamohang deb ayta olamiz. Qöçqor aka ayolining qadrini uni yöqotgaç anglaydi.

Bu, aslida, hozirgi jamiyatdagi öxşaş holat: köplab erkaklar ayollar qilayotgan “oddiy” işlarning naqadar oğir va muhimligini keç tuşunişadi. Ayollar esa sabr bilan, ammo öz qadri uçun kuraşmoqda. Şuning uçun “Temir xotin” bu faqat kulgili komediya emas, bu insoniy qadriyatlar, mehr va özaro hurmat haqida bitilgan asar. Şarof Boşbekovning “Temir xotin” asari kulgini fojia bilan uyğunlaştirgan, jamiyatni öylaşga, özini anglaşga çorlaydigan sanʼat namunasi. U bizga bir haqiqatni eslatadi: inson na temir, na mexanik. U yurak, tuyğu, mehr bilan yaşaydi…

Zarşed HALIMOV,

Özbekiston Jurnalistika va

ommaviy kommunikatsiyalar

universitetining

4-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan