Ğuborlarsiz hayot orzusi
Korrupsiya halol hayotni, taraqqiyotni tösuvçi illat ekanligi maʼlum. Lekin ayrim kimsalar uçun korrupsiya va taʼmagirlik “yaşaş qonuni”ga aylanib ketgan. Xizmat xonasida savlat tökib ötirgan amaldor bitta imzo bilan hojatingizni çiqarişi mumkin, lekin şu imzo uçun “yötalişingizni” kutadi. “Yötalmasangiz”, “yana hujjat olib keling” deb quruq sarson-sargardon qilaveradi. Umuman, korrupsiya avj olgan joyda haqiqat, adolat mezonlari iş bermaydi. Odamlarning adolatga işonçi öladi.
Biz ana şu illatni bartaraf etişimiz, aholi uçun qulay va şaffof şaroit yaratişimiz kerak. Davlatimiz rahbarining bugungi kundagi taşabbusi şu ezgu maqsadni közlaydi. Uni amalga oşiriş uçun nima qiliş kerak? Hamma, butun jamiyat şu maqsadni köngliga tugib, birlaşgan holda harakat qilişi zarur.
Aytaylik, iqtisodiyotimizda xorijdan keladigan sarmoya uçun qanday omillar talab etiladi, degan savol berilsa, şu mamlakatda tinç va osoyişta hayot barqaror, qonunlar ustuvor deyiş bilan birga bu ölka byurokratiyadan, korrupsiyadan xoli desak, investorlarda işonç mustahkam böladi.
Faraz qilaylik, siz oliy öquv yurtini bitirdingiz. Işga joylaşiş uçun bevosita biron taşkilotga emas, Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlarining yagona oçiq portaliga murojaat qilasiz. Uşbu portalda davlat organlari va taşkilotlarining vakant lavozimlarini malakali va eng munosib nomzodlar bilan töldiriş maqsadida oçiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilib boriladi. Tanlovda iştirok etiş istagida bölgan nomzodlar bir vaqtning özida davlat taşkilotining uçtagaça böş iş örni uçun ariza bilan murojaat qilişi mumkin.
Albatta, mutaxassis sifatida iş boşlaş uçun muayyan talablar qöyiladi. Bu jarayon inson omili aralaşuvisiz keçadi, belgilangan mezonlar mutanosibligi taʼminlanadi. Bu tizim hozirgidek “baʼzida bundoq, baʼzida undoq” emas, çinakam halollik, xolislik mezoniga aylanişi şart. Bugun kadr tanlaşda turli öyinlar, taniş-bilişçiliklar ham bölayotgani sir emas-ku! Buni yaşirişga hojat yöq. Hamma bilib, körib turibdi.
Zero, byurokratiya va korrupsiyadan xoli böliş hayotimizni ğubordan tozalaş, halol va erkin turmuş tarzidan iborat böliş demakdir. Byurokratiya biz nafratlanayotgan korrupsiya uçun zamin hisoblanadi. Kimningdir nasibasidan yulib oliş, özgalar hisobidan daromadga ega böliş uçun bitib turgan iş bitmaydi, arzimas sabablar bilan tösiqdan ötmaydi.
Kuni keça bölib ötgan bir tadbir korrupsiyaga yöl qöymaslik, bunday nopok illatlarni bartaraf etişga bağişlandi. Tadbir söngida u sunʼiy intellekt afzalligini namoyon etadigan anjumanga ulanib ketdi. Bu tasodifiy emas. Inson aql-zakovatining mevasi sanalmiş sunʼiy intellekt har bir yumuşni risoladagidek bajaradi. SI taniş-bilişçilikni, oşna-oğaynigarçilikni, zimdan iş bitirişni tan olmaydi.
Bir misol. Bugungi kunda hayotimizda keng tatbiq etila boşlagan quyoş panellari haqida gapiraylik. Bu öylab körilsa, ajoyib imkoniyat. Masalan, Qöşrabot tumanining çekka qişloğida yaşayotgan döstimiz xonadoniga quyoş batareyasi örnatişga ahd qilibdi. Buning uçun buyurtma bergandan söng tegişli mutasaddilar 10 kilovattlik quyoş batareyasi örnatibdi. Bu 35 million sömga tuşibdi. Hozir şu xonadonda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasini davlat sotib olyapti, har oy xonadon sohibining hisob raqamiga 1-1,2 million sömdan mablağ tuşib turibdi ekan. Ayni paytda elektr energiya uçun haq tölaşdan ozod etilgan, mol-mulk va yer soliği tölanmaydi. Hisob-kitobga köra 3 yil içida dastlabki xarajat qoplanadi. Bunday qulaylikni körgan qöni-qöşnilar ham yangilikni özlarida joriy etişga qiziqib qolişibdi. Demoqçimizki, daromad oliş uçun albatta kimnidir çuv tuşiriş, aldaş şart emas, balki, bugungi imkoniyatlardan oqilona foydalanişning özi kifoya ekan.
Yangi Özbekiston byurokratiyani, korrupsiyani bartaraf etiş, hayotimizga zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş hisobiga tobora jozibador manzara yaratmoqda. Buni har bir yurtdoşimiz — keksayu yoş yurakdan anglab yetişi kerak. Zero, Vatanimiz 2030 yilgaça dunyodagi jadal rivojlanayotgan davlatlar safidan joy olişi niyat qilingan. Nasib bölsa, bu orzumiz albatta amalga oşadi, yangi Özbekistonni butun dunyo ahli har jihatdan yuksak, poklik va halollik, qonun ustuvor mamlakat sifatida kaşf etajak.
Şuhrat JABBOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
