Toşkent metropoliteni — mamlakatimiz faxri
Mamlakatimiz fuqarolari va xorijlik sayyohlarning xavfsizligi, öz manzillariga tinç va osoyişta yetib olişlarida Toşkent metropolitenida faoliyat olib borayotgan içki işlar organlari xodimlarining xizmatlari beqiyosdir.
Toşkent metropoliteni yölovçilarga xizmat körsatiş sifati va samaradorligini oşiriş yölida kundan-kun rivojlanib, takomillaşib bormoqda. Dunyoda yölovçi taşişning eng qulay, unumdor va samarali vositalaridan bölgan yer osti metropoliten bekatlari bugun bor böy-basti bilan öziga xos, gözal va mahobatli “Yer osti qasri” maqomini oqlamoqda.
Yer usti halqa yöli bekatlari esa son jihatdan tobora kengayib, uzayib bormoqda. Bekatlarda jahon va mamlakatimiz mohir ustalarining köz nuri, qalb qöri bilan sayqal berilgan, tariximiz va bugungi farovon turmuşimizdan dalolat beruvçi sanʼat asarlari sayyohlarni rom etmoqda, dunyo hamjamiyatida munosib örniga ega bölmoqda.
Hozirgi kunda poytaxtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari qatorida metropolitenlar tizimining yildan-yilga kengayib, yangidan-yangi bekatlarning işga tuşirilişi poytaxt aholisi va şahrimizga kelib ketuvçi mehmonlar qalbida yuksak faxr, ğurur va sevinç bağişlamoqda. Toşkent metropoliteni istiqboli haqida söz yuritişdan oldin uning tarixiga qisqaça nazar taşlamoq joiz.
Toşkent metropolitenining işga tuşirilganiga 48 yil böldi. Manbalardan maʼlum bölişiça, ötgan asrning oltmişinçi yillari örtalaridan boşlab, öşa davrda respublika rahbari bölgan Şarof Raşidov Toşkent şahrida metropoliten quriş kerakligi ğoyasini ilgari surgan. Uşbu taklif bilan moskvalik amaldorlarga ön sakkiz marta murojaat qilgan. Ammo bu fikrlar inobatga olinmagan. Öşa yillari Toşkentda mehmon bölib turgan Hindistonning boş vaziri Laʼl Bahodir Şastri Özbekiston rahbarining bu taklifi ğoyat asosli ekanligi, poytaxt aholisi million nafardan oşganligini kerakli örinlarda yotiği bilan tuşuntirgan va metro qurilişiga ruxsat olingan.
Poytaxtimiz faxri bölgan uşbu obʼyektning qurilişida öşa yillarda yaşab faoliyat yuritgan taniqli olimlar, rassomlar va meʼmorlar, usta va hunarmandlarning hissasi beqiyos bölganligini hamma ham bilavermaydi. Metropoliten birinçi bölib işga tuşirilgan “Çilonzor” yönalişi bekatlarida aks etgan va sanʼat asarlari darajasida maromiga yetkazilgan rassomçilik namunalarida xalqimizning azaliy qadriyatlari, öşa davrda fan va texnika sohasida erişilgan yutuqlar, xalqlar döstligi, taniqli alloma va adiblarimizning sevimli qahramonlari tasvirlari tuşirilgan. Toşkent metropolitenining mustahkamligini taʼminlaşda taniqli akademik T.Raşidovning xalqimizning sinç usulida bino quriş anʼanalari va temir-beton qoplama konstruksiyalar uyğunligi usullaridan foydalanilgan. Keyinçalik Yevropa va boşqa mintaqa mamlakatlari metropoliten quruvçilari bu tajribani özlarida keng qöllaganlar.
Albatta, metropoliten qurilişi öta katta sarf-xarajat talab qiluvçi murakkab va maşaqqatli jarayon. Şunday bölsa-da, mamlakatimizda bu sohadagi işlar yuksak mahorat bilan şiddatli ravişda keçmoqda. Yangi Özbekistonning taraqqiy etişida bu muhim ahamiyat kasb etadi va kelgusi avlodlarning oldiga qöygan ezgu maqsadlarini amalga oşirişiga xizmat qiladi. Bu esa metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş sohasida xizmat olib borayotgan içki işlar organlari xodimlari zimmasiga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Toşkent metropolitenida xavfsizlikni taʼminlaş, yölovçilarning öz manzillariga soğ-salomat yetib olişlarida hissador böliş biz içki işlar organlari xodimlariga yuksak faxr va ğurur bağişlaydi. Öz xizmatimizni ado etişda hamişa ziyrak, huşyor, vatanparvar, intellektual salohiyatli bölişimiz davr talabidir.
Abror ĞULOMJONOV,
Toşkent metropoliteni xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi xodimi.
