Nurli inson, zukko olim

Bilaman, deb yurgan ekanman-da…

 Filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov haqida bir narsa yozib berişimni söraşganda heç ikkilanmay “xöp” dedim. “U kişini yaxşi bilaman, birpasda yozib taşlayman”, degan fikr keçdi xayolimdan. Oradan biroz vaqt ötib, kundalik ikir-çikirlardan çekinib, yozişga ötirdim. Işonasizmi, kallaga heç narsa kelmaydi, nima yozişni bilmayman…

Köp hollarda biron şoir va yozuvçi, olim va sanʼatkor haqida gap ketsa, ha, uni yaxşi bilaman, deb öylaymiz. Ammo har doim va hamma haqida ham bunday deb bölmaydi. Ayrim ijodkorlarni yuzaki bilamiz, özaro suhbatlar, uzuq-yuluq fikrlar, baʼzi şeʼr va hikoyalari, maqolalari böyiça xulosa çiqarib yuramiz.

Professor Nurboy Jabborovning köplab maqolalarini öqiganman, bir neçta maqolasini “Guliston”da bosganmiz (ularning aksariyatini özim buyurtma berib yozdirganman). Biroq bironta kitobini öqimagan ekanman. Uyaliblar ketdim, rosti. Xorijlik adiblar, olimlar asarlarini öqiymiz, tarjima ham qilamiz, ammo yonimizdagi ijodkorlarning kitoblarini öqişga göyo “vaqtimiz yöq”. Farmonbibi (“Kelinlar qözğoloni”) aytganday, “çet elniki desa, xörozqandni ham yotib olib yalaymiz”. Oldingdan oqqan suvning qadri yöq.

Şu mulohazalardan söng Nurboy Jabborov ijodining bibliografiyasi bilan tanişdim. Bibliografiyani kim tuzgan, bilmayman (balki özidir), şu qadar batartib, qoyil qoldim, havasim keldi! “Alohida naşrlar”, “Darsliklar, öquv qöllanmalar”, “Qomus, ilmiy töplam, jurnal va gazetalarda eʼlon qilingan maqolalar”, “N.Jabborov ilmiy rahbarligida yoqlangan doktorlik dissertatsiyalari”, “Nomzodlik dissertatsiyalari”, “Magistrlik işlari”, “Opponentlik qilgan işlari” kabi bölimlarga ajratilgan. Har bir kitob, töplam, maqola qaçon, qaysi naşriyotda, qanaqa jurnal yoki gazetada çiqqan — barça maʼlumotlar batafsil yozilgan, ijtimoiy tarmoqlarda, veb-saytlarda çiqqanlari alohida bölimda jamlangan va ularning barçasiga raqam qöyib çiqilgan. Ana hafsala-yu, mana ijodga eʼtibor, söz, ilm, adabiyot oldidagi masʼuliyat! Tasanno! Örgansa arzigulik!

Zotan, özining ijod mahsuliga eʼtiborli odam özgalar ijodiga ham masʼuliyat bilan yondaşadi.

Endi ayrim raqamlarni keltirsam. “Alohida naşrlar”da yigirmata kitob sanalgan. Ulardan biri 2025 yilda Tehronda fors tilida bosilgan — “Dunyoi irfoniyi Amir Alişer Navoiy”. Darsliklar, öquv qöllanmalar uçta. Qomusda, turli ilmiy töplamlar, jurnal va gazetalarda bosilgan maqolalarni sanaş uçun bilimdon bir hisobçi kerak. U kişining ilmiy rahbarligida sakkizta doktorlik, öttizta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Magistrlarning son-sanoği yöq.

Bu röyxatni körib, öyga toldim. Şunça narsani yozişga, öqişga qaçon ulgurgan? Ular ilmiy işlar bölsa. Yozişni-ku qöyib turaylik, bir dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qiliş yoki opponent böliş uçun neça sahifani öqiş kerak? Yana şunçaki öqilmaydi, yutuği-yu kam-kösti aniq misollar bilan körsatilişi lozim. Nurboy domla faqat ilmiy-ijodiy iş bilan band bölmagan, gazeta va jurnallar tahririyatida, turli ilmiy dargohlarda, oliy taʼlim muassasalarida masʼul lavozimlarda işlagan. 2017 yildan buyon Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida kafedra mudiri. Bu işlar qança köp vaqt talab etişi, vaqt-ku, mayli, asablarni zirqiratişi va bular biron narsa yoziş tugul, öylaş, fikrlaşga ham monelik qilişi barçaga ayon. Demak, Alloh bergan vaqtni behuda ötkazmasa, har bir kun emas, har soatdan unumli, aql bilan foydalansa, köp iş qiliş mumkin ekan. Bunga Nurboy Jabborov faoliyati yorqin misol.

Uç kitob — uç olam

Olimning uçta kitobi qölimda: “Maʼrifat nadir?”, “Zamon. Mezon. Şeʼriyat”, “Maoniy ahlining sohibqironi”.

Uşbu kitoblarning nomidanoq olim tafakkur dunyosi naqadar keng ekanini anglaş mumkin. Maʼrifat haqida köp gapiramiz, yozamiz. Ammo maʼrifat nima özi, bu sözning luğaviy maʼnosini bilamizmi? Oçiği, bu savollarga gohida jöyali javob berolmay, umumiy tuşunçalardan nariga ötolmay qolamiz. Nurboy Jabborov mazkur kitobida aniq misollar orqali javob berişga harakat qilgan va bunga muvaffaq bölgan. Muallif yozadi: “Maʼrifat sözining luğaviy maʼnosi — biliş, taniş, bilim demakdir. Istilohiy maʼnosi esa ança keng”. Söngra uluğ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning “Avlodlaringizga kelar zamon ilmini örgating! Zero, ular siz yaşagan davrda emas, özga zamonda yaşaydi”, degan hikmatli sözlarini keltiradi. Darhaqiqat, farzandlari taqdirini öylagan, unga befarq bölmagan ota-ona bu gaplar mağzini çaqişi şart. Zotan, bugun biz uçun yangilik bölgan narsalar — hamma sohada — ertaga eskiradi, ayniqsa, bugungi şiddatli zamonda. Ana şu nuqtai nazardan yondaşsak, muallifning quyidagi kuyunişlari naqadar asosli va örinli ekaniga amin bölamiz. “Tili çiqmay turib bolasini tirikçilik taşvişlariga jalb etayotgan, ilm-maʼrifatni emas, qalloblik bilan bölsa-da, birni ikki qilişni, qonunga rioya etişni emas, uni qanday çetlab ötişni örgatayotgan ayrim ota-onalardan nimani kutiş mumkin? Bunday bola vatanparvar emas, tanparvar bölib ösişi muqarrar-ku!” Men uçun tanparvar sözi yangilik tuyuldi. Zero, buning zamirida juda teran maʼno-mazmun mujassam.

Muallif insoniyat taraqqiyotining ildizi ham, asosi ham ilm ekanini taʼkidlaydi, bunga tariximizdan, bugungi kunimizdan misollar keltiradi. Tilimizning bugungi ahvoli haqida olimning kuyinib yozganlari barçamizni öylaşga majbur qiladi. Sözning maʼnosini tuşunmaslik, noörin işlatiş kabi qusurlarga misollar keltiradi. Afsuski, ona tilimizga yengil-yelpi qaraş hollari kamaymayapti. Bu narsa matbuotda, turli nodavlat telekanallarda ham uçrayotgani açinarli. Çunki odamlar, ayniqsa, yoşlar ularni öqiydi, köradi va şunday desa bölar ekan, degan xulosaga keladi. Bunga bir-ikkita misol bilan çeklanaman. Har bir odam işdan uyga kelgaç, kiyimini almaştirib oladi. Baʼzi seriallarda kiyimimni aliştirib olay, deydi. Dökondan biron buyum olsangiz-u u yaroqsiz çiqsa, dökonga borib, bu yaroqsiz ekan, yaxşisiga almaştirib bering, deysiz, aliştirib emas. “Hozir” deyiş örniga “hozirda”, “yoki” örniga “yokida” deyiş ayb bölmay qoldi. Öylaymanki, bu misollarni şarhlaşga ehtiyoj yöq.

Ikkinçi kitob “Zamon. Mezon. Şeʼriyat”. Nomidanoq kitob nima haqida ekani körinib turibdi. Uni varaqlar ekanman, Özbekiston Qahramoni, ustoz munaqqid Ozod Şarafiddinovning 1960-yillarda şov-şuv bölgan “Zamon. Qalb. Poeziya” kitobini esladim. Ozod Şarafiddinov bu kitobida öşa zamonning eng maşhur şoirlari ijodini tahlil qilgan. Kitob qölma-qöl bölib ketgani esimda. Oçiğini aytganda, bu kitobni bugun ham sinçiklab öqigan ijodkor köp narsa oladi. Öşa paytlar yoş olim bölgan Ozod Şarafiddinov Ğafur Ğulom, Uyğun kabi dovruqli şoirlarni ham ayamagan. Eng ibratli tomoni, Ğafur Ğulomning Lenin haqidagi şeʼrining pöstagini qoqqan. Eʼtibor qilyapsizmi, sovet zamonida, Lenin “butun dunyo proletarlarining dohiysi”, deb uluğlanib turgan bir davrda Özbekiston xalq şoiri, akademik Ğafur Ğulomning ana şu dohiy haqidagi şeʼri ayovsiz tanqid qilingan.

Nurboy Jabborov ham zamonamizning eng maşhur şoirlaridan tortib endigina adabiyot olamiga kirib kelayotgan yoşlarning şeʼrlarini tahlil qiladi. Yutuqlarini ham, nuqsonlarini ham oçiq-oydin aytadi. Atoqli şoirlar ijodini namuna qilib körsatadi, yoşlar şeʼrlaridagi saktaliklar, sayoz misralarni odob bilan tanqid qiladi. Kitobda menga eng maʼqul jihatlardan biri — olim bugungi şoirlarimiz ijodini mumtoz şoirlarimiz ijodi bilan qiyosiy tahlil qiladi. Masalan, “Şeʼr ahlining ikki jahongiri” maqolasida Alişer Navoiy va Abdulla Oripov ijodi örganilgan. Abdulla Oripovning hazrat ijodidan taʼsirlanib yozgan şeʼrlari, Navoiy ğazallariga boğlagan muxammaslari haqida tölqinlanib yozadi.

Navbatdagi kitob “Maoniy ahlining sohibqironi” degan monografiya. Bu kitob tölaligiça Alişer Navoiy ijodiga bağişlangan. Şuni alohida taʼkidlaşni istardimki, men körgan, suhbatlaşgan, kitoblarini öqiganim navoiyşunoslar, xususan, bugungi kundagi navoiyşunoslar orasida Nurboy domlaning alohida örni bor, mavqei bor. Özim köp guvoh bölganman, u kişi nainki ilmiy doiralarda, özaro gurunglarda ham hazrat asarlaridan iqtiboslar keltiradi. Gap faqat iqtibos keltirişda emas. Ziyoliman degan har kim ham Navoiy ğazallaridanmi, dostonlaridanmi ikki-uç misrani aytib yurişi mumkin. Bu bilan u Navoiyni biladi, öqigan, deb bölmaydi. Çunki Navoiyni öqiş, ayniqsa, uqiş oddiy iş, oddiy kitobxonlik emas. Hatto dunyoga maşhur romanlarni öqiş bilan Navoiyni öqiş örtasida juda katta farq bor. Zotan, Navoiyni öqiş, uqiş uçun çuqur bilim, daraja kerak.

Şu örinda bir voqea esimga tuşdi. Hali sovet zamonida Toşkentda ötgan qandaydir adabiy tadbirga Rasul Hamzatov ham keladi. Qaysidir gazeta yoki televideniye muxbiri Rasul Hamzatovdan Alişer Navoiy haqida öz fikrini bildirişini söraydi. Şunda maşhur şoir quyidagiça javob bergan ekan: “Alişer Navoiy haqida hozir gapirolmayman, çunki tahoratim yöq. Navoiy töğrisida tahoratsiz gapiriş mumkin emas”.

Nurboy domlaning tabiatini, feʼl-atvorini, tutumini unça-munça biladigan qadrdoni sifatida ayta olamanki, u kişi Navoiy hazratlariga çin dildan ixlos, eʼtiqod qöygan. Navoiydan iqtiboslar keltirganda maqtaniş, bilimini köz-köz qiliş niyati bölmaydi. Yöq, hazrat asarlari olamida suzib yurgani uçun, bu ijod ummonidan doimo bahramand bölib turiş istagi kuçli bölgani sababli bot-bot misollar keltiradi. Darvoqe, Alişer Navoiy ijodi çeksiz bir ummondirki, şu paytgaça qaysi navoiyşunos qança suv ola bildi — yolğiz Allohga ayon. Şu maʼnoda hazrat ijodiy merosini batafsil örganiş, undan töla bahramand böliş uçun hali köp iş qiliş kerak. Nurboy Jabborov uşbu betimsol maʼnaviy xazinadan ança samarali foydalangan olimlardan. Bu fikrga uning “Maoniy ahlining sohibqironi” kitobi dalil böla oladi. Işonganlar ham, işonmaganlar ham kitobni öqib körsin.

Kamina zukko olim Nurboy Jabborovning uçta kitobi böyiça juda muxtasar fikr yuritdim. Zero, mening niyatim ham, vazifam ham bu kitoblarni tahlil qiliş emas. Mening bu örindagi maqsadim Nurboy Jabborov fikr va bilim doirasi, tadqiqot obʼyekti naqadar keng ekaniga eʼtibor qaratiş, xolos. Binobarin, maʼrifat nima ekanini sodda tilda, aniq misollar bilan tuşuntirib beriş, bugungi şeʼriyatimiz yutuqlari-yu nuqsonlarini teran tahlil qiliş, uluğ Alişer Navoiy ijod olamiga kirişga jurʼat etiş… Bular aytişga oson, ularning har biri ortida qançalar masʼuliyat, izlaniş, mehnat mavjud. Xususan, Navoiy asarlarini tahlil qilayotganda öşa tahlilçi tepasida hazrat qarab turganday bölsa kerak. Bordi-yu, tahlil qilayotgan olim hazratning bir misrasini, bir sözini notöğri öqisa, talqin qilsa, u zot: “Ey, bolam, közingni oç, nimalar deyapsan? Men nazarda tutgan fikrga yaqin ham kelmading-ku”, deb tanbeh berayotganga öxşaydi. Menda şunday tasavvur bor, har qalay…

Şularni yozar ekanman, bir rivoyat yodimga keldi. Bir kişi maqtanib qolibdi: “Men Bedilning bitta ruboiysidan qirqta maʼno topdim. Bunça maʼnoni Bedilning özi ham xayoliga keltirmagan bölsa kerak”. Davradagilar hayratga tuşib, haligi odamga tasannolar aytişibdi. Öşa kuni tunda boyagi kişi tuşida Bedilni köribdi. Mirzo Abdulqodir Bedil hazratlari haligi maqtangan odamga dermiş: “Ey, falonçi, sen mening bir ruboiyimdan qirqta maʼno topdim, deb maqtanding. Aslida, sen men nazarda tutgan maʼnoga yaqinlaşganing ham yöq. Şuni esingdan çiqarma…” Xuddi şunday Navoiy hazratlari birontamizga tanbeh berib qolmasa edi, degan xavotir ham yöq emas. Öylaymanki, Nurboy domla bunday xavotirlardan yiroq. Binobarin, u kişiga bunaqa maqtançoqlik begona.

Yana bir narsani qayd etgim keldi. Şu uçala kitobning har birida önlab kitoblardan iqtiboslar bor. Demak, muallif öşa kitoblarni öqigan, çunki iqtibos bekordan-bekor keltirilmaydi, özining qaraşlariga mos yoki teskari fikrlar olinadi, odatda. Ayon böladiki, hajman unça katta bölmagan (biri 110 bet, boşqasi 300, yana biri 250 bet) kitoblarni yoziş uçun minglab sahifali kitoblarni mutolaa qilgan. Ilm — nina bilan quduq qazişga öxşaydi, degan gapning isboti bu.

Ijodiy hamkorlik

“Guliston” jurnalining masʼul muharriri sifatida şoir, yozuvçi va olimlarga şeʼrlar, hikoya va maqolalar buyurtma berib turaman, ular bilan ijodiy hamkorlik qilamiz. Ana şu hamkorlarimiz orasida eng batartib, vaʼdasini vaqtida bajaradigan mualliflarimizdan biri Nurboy Jabborov. Olimning bir neça maqolalari jurnalimizda bosilgan. Jumladan, yuqorida tilga olingan “Maoniy ahlining sohibqironi” kitobidan joy olgan “Alişer Navoiy va Abdulla Oripov” maqolasi kamina xodimingiz taklifi böyiça yozilgan va “Guliston”da eʼlon qilingan.

2024 yilda esselarni jamlab, bir kitob tuzdim. Şunda bir fikr keldi xayolimga. Kitobga sözboşi kerakday tuyulaverdi. Esselar ötgan adiblar, sanʼatkorlar va bugun faol ijod qilayotgan baʼzi yozuvçilar haqida. Kimga aytişni uzoq öyladim… Va yurak yutib Nurboy Jabborovga qönğiroq qildim. U kişi heç ikkilanmay “Bajonidil” dedi. Oradan köp ötmay gözal bir sözboşi (kattagina maqola) yozib berdi. Niyati toza, “özi poku, sözi pok” (Navoiy) odam qöl urgan iş xayrli böladi. Nurboy domla sözboşisi bilan naşr etilgan “Qirğoqsiz daryolar” kitobim 2025 yilda “Oltin qalam” mukofotiga sazovor böldi.

Aslida, sözboşini u kişiga aytişim bejiz emas edi. Gap şundaki, 2023 yil avgust oyida Zomindagi yozuvçilar ijod uyida bir guruh yozuvçi, şoir va olimlar birga bölib qoldik. Mana ular: Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nurboy Jabbor, Abduqayum Yöldoş. Har kuni gurung, adabiyot haqida, hayotning ötkinçiligi xususida… Ajoyib xotiralar, latifalar. Naqadar maroqli, maʼnili, ibratli gurunglar. Ğiybat yöq. Dilkaş suhbatlar. Öşa kunlari men Nurboy domlaning yangi qirrasini kaşf etdim özim uçun. U kişi nihoyatda mohir notiq, samimiy suhbatdoş ekan. Oddiy voqealarni ham şu qadar qiziqarli hikoya qilib beradiki, hammamiz berilib eşitamiz, tizzamizga urib kulamiz. Ayniqsa, bir “olim”ning dissertatsiyasi himoyasi jarayonini gapirib berganda, kulgidan közlarimiz yoşlanib ketdi. Öşa “olim”ning gap-sözlarini, harakatlarini şunday körsatib berdiki, hang-mang bölib qoldik. Ilmdan ança uzoq “olim”ning qiyofasi, harakatlari köz öngimizda namoyon bölib, sözlarini eşitganday böldik. Aslida, öşa “olim”ning gap-sözlari, harakatlari ensa qotiradigan voqea ekan. Ammo Nurboy domlaning sözamolligi, hikoya qiliş uslubi barçamizga zavq bağişladi. Hozir ham esimga tuşsa, kulgim keladi.

Zomin gurunglaridan keyin özaro yanada yaqinlaşdik, ijodiy hamkorligimiz muntazamlik kasb etdi. Bugun nurli inson, zukko olim Nurboy Jabborov va u kişining ilmiy-ijodiy faoliyati haqida kuzatişlarim va taassurotlarimni yozib ötiribman.

Darvoqe, buning sababi bor. Professor Nurboy Jabborov 60 yoşga tölibdi. Bu gapni eşitib, hayron böldim. U kişining hamma gapiga işonsam-da, şu gapiga işongim kelmadi. Sababi — Nurboy Jabborovni körgan odam nari borsa ellik yoş beradi. Yuzlari nurli, qadamlari dadil, özi baquvvat, unça-munça polvonni bir siltaşda kuragini yerga tekkizadi. Ilmdan taşqari hayotiy masalalarda ham köp narsadan xabardor, hatto qöy qaysi biqini bilan yotadi, yerga tegib turgan biqinining göşti mazalimi yoki yerga tegmagan biqinining göşti mazalimi — hammasini yaxşi biladi…

Serqirra olim, şirinsuxan suhbatdoş, qöli oçiq ulfat, qadrdon döstimiz Nurboy Jabborovga mustahkam soğlik, oilaviy baxt, ilmiy-ijodiy quvonçlari bardavom bölişini tilayman. U kişiga Alloh yana şunça yil barakali, mazmunli umr ato etsin!

Mamatqul HAZRATQULOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan