Munavvar hayot va ilm sohibi

Munavvar hayot va ilm sohibi

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi anjumanlar zali har galgidan-da gavjum böldi. Boisi özbek islomşunos olimi, hadisşunos, şarqşunos, arabşunos, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov xotirlanib, nomi uluğlanmoqda. Allomaning ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy hamda insoniy merosi haqidagi xotiralar, maqolalar, bağişlovlar jamlangan “Munavvar hayot va ilm sohibi” kitobi taqdimot marosimini Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yöldoşev oçdi.

— Ubaydulla Uvatov olim sifatida ham, inson sifatida ham ajoyib ustoz edi. U kişini ilm olamidagi javohirga öxşataman, — dedi u. — Odamlar hayotini islom olamida taniqli allomalarga baxş etgan olim bilan bir körişsam, deb orzu qilişar edi.

Anjumanga yiğilgan olimlar, ulamolar, yozuvçi-şoirlar, jurnalistlar, olimning döstlari va barça yaqinlariga Ubaydulla Uvatov haqidagi qisqa film namoyiş etildi. Ekrandagi tasvirda ham yuzlaridan nur yoğilib turgan ustozning qöli köksida, uning siymosida haqiqiy ilm egasiga xos kamtarinlik aks etib turibdi.

— Uluğ inson va şarqşunos ustozimiz haqidagi risola bizlarga munosib sovğa böldi, — dedi Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor Gulçehra Rixsiyeva. — Ubaydulla Uvatovning bilimi va insoniy xislatlaridan hayratlanardim. Ular bilan birga işlaganimdan faxrlanaman. Yoşlarni kitob içida yaşaşga örgatişga domlaning hayoti ibrat maktabi bölib xizmat qildi. Universitetimizda millatimiz faxri bölgan Ubaydulla Uvatov öquv xonasini taşkil etişni niyat qilganmiz.

Ubaydulla Uvatov Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini örganişga bağişlangan tadqiqotlarga sobiq şörolar davrida qöl urgan öz davrining jasoratli olimi edi. Maʼlumki, sobiq mustabid tuzum davrida Amir Temur va temuriylar tarixi haqida ilmiy tadqiqot olib boriş öta qaltis va xavfli iş edi. Qança qarşiliklarga qaramay, olim ilmda jasorat körsatib, “Ibn Arabşohning “Ajoib al-makdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixidagi taqdir ajoyibotlari) asarining tarjimasi va ilmiy tahlili” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uşbu işga asos bölgan asar qölyozmasi Qohiradagi “Dor ul-kutub” (“Kitoblar uyi”)da saqlanadi. Uşbu qölyozmadan foydalanişda va nusxa olişda kutubxona masʼul xodimi, vatandoşimiz, islomiy qölyozmalar böyiça yirik olim, doktor Nasrullo Mubaşşir at-Taroziyning xizmatlari katta bölganini Ubaydulla Uvatov öz xotiralarida mamnuniyat bilan eslaydi:

“Ön beşinçi asrda yaşagan arab tarixçisi Ibn Arabşohning Amir Temur bobomiz hayoti va faoliyatiga bağişlangan asarini öqib, unga oşiq bölib qoldim. Garçi maʼlum sabablarga köra, Ibn Arabşoh Amir Temur bobomizning faoliyatiga tanqidiy ruhda yondaşgan bölsa-da, lekin bu asarda Sohibqironning hayot yöllari, şaxsiyati, uning siyrati va suvrati, ajoyib insoniy fazilatlari, davlat arbobi va laşkarboşi sifatidagi benazir salohiyati haqida şu qadar maʼlumotlar keltirilganki, boşqa birorta asarda Amir Temur haqida bunçalik aniq va batafsil maʼlumotlarni uçratmaysiz”.

Şu örinda öquvçilarga Ubaydulla Uvatov ilmiy faoliyatining öziga xosligi va qamrovi kengligini yana bir karra eslatmoq zarur. Mustaqillik şarofati tufayli u özini batamom yurtimiz allomalari hayoti va ilmiy-maʼnaviy merosini örganişga bağişladi. Arab tilini mukammal bilişi, tarixiy manbalar bilan işlaş könikmasining töliq şakllangani tufayli islom olamida juda maşhur bölgan, ammo özbek kitobxoniga notaniş köplab allomalarimizning hayot yöli, ularning ilmiy-maʼnaviy merosi bilan qimmatli yozma manbalar asosida taniştirdi.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxşariy, Abul Muin Nasafiy, Lomişiy va boşqa yurtimizdan yetişib çiqqan allomalar haqida birinçilardan bölib özbek tilida ilmiy-maʼrifiy risolalar naşr etdi. Tabarruk zaminimizda yetişib çiqqan 70 nafar olimning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi haqidagi qimmatli maʼlumotlar jamlangan “Buyuk yurt allomalari” kitobini yaratdi. Öz ilmiy faoliyati davomida ellikka yaqin risolalar çop ettirdi. Yuzlab kitob va ilmiy risolalarga muharrirlik qildi, taqrizlar yozdi.

Uluğ olim Ubaydulla Uvatov 2009 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan, 2017 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan, 2020 yilda “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi.

— Ustozimiz umrining oxirigaça Amir Temur tarixini uluğlaşga sarfladi, — dedi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi direktori Xurşid Fayziyev. — Temurşunos olimlarga katta meros qoldirdi. Muzeyimizda u kişi tayyorlagan köplab maʼlumotlar bor.

— Marhum ustozimiz Ubaydulla aka “dinga xizmat qilyapsizlar” deb bizlarga boşqaça mehr bilan munosabatda bölardi, — dedi Özbekiston Musulmonlari idorasi Faxriylar kengaşi raisi şayx Abdulaziz Mansur. — Ilm, maʼrifat yuki haqiqiy olimni kamtar qilib qöyadi. Ubaydulla aka nihoyatda kamtarin inson edi. Nuri iymonlari özlariga hamroh bölsin, jannatda ham birga bölişlik nasib etsin.

— 1958 yili Örta Osiyo universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning şarqşunoslik fakultetida öqişni birga boşlaganmiz, — dedi akademik Dilorom Yusupova. — Ön törtinçi-ön beşinçi asr manbalarini, katta allomalar hayoti va faoliyatini çuqur örgangan olim edi. Ilmga hamma ham uningdek intila olmaydi. Oilaviy bordi-keldimiz tufayli ayta olamanki, u ajoyib oilaparvar inson bölgan.

Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi boş ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Zohidilla Munavvarov şunday xotirladi: “Arab tili bilimdoni Ubaydulla Uvatov bilan ellik yil ustoz-şogird munosabatida bölganman. Yodingizda bölsa, bir paytlar Imom Buxoriy bobomizni “Ismoil Buxoriy” deb atardik. Bu xato ekanini Ubaydulla Uvatov isbotlab, bobomiz nomini özligimizga qaytardi. Sohibqiron bobomizning portretini maşhur rassom Malik Nabiyev aynan Ibn Arabşoh asarining Ubaydulla Uvatov tarjima qilgan kitobidan foydalangan holda yaratgan.

Yaxşi insonlar yodi uluğlanadigan fayzli davraning harorati ham boşqaça böladi. Anjuman iştirokçilarining sözlarini tinglar ekansiz, Ubaydulla Uvatov köz öngimizda namoyon böldi. Undayin benazir olim bilan “Qişloq hayoti” gazetasida işlagan çoğlarimda yaqindan tanişgan edim. Boş muharririmiz Çori Latipovni yöqlab, tahririyatga tez-tez kelib turardilar. Birga-birga tuşlikka, gohida keçki ovqatga çiqardik. Oddiyligi, samimiyati, kamtarinligi va mehmondöstligi bilan xotiramda qolgan.

Tadbir iştirokçilariga taqdimoti bölayotgan kitob sovğa qilindi. Taniqli olim Rahmon Qöçqor masʼul muharrirlik qilgan Ubaydulla Uvatovning hamkasblari, döstlari, şogirdlari va yaqinlari tomonidan yozilgan bir-biridan ibratli, yangi maʼlumot va ilmlarga boy xotiralarni öqiyman. Mualliflarning aksariyati mamlakatga taniqli ulamolar, davlat va jamoat arboblari, yirik olimlardir. Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi, Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonov şunday yozadi: “Domlaning insoniylik va pedagogik fazilatlari ham barçaga ibratli edi. U kişining hayotda öta kamtarin va odamoxunligi, samimiy va zakiyligi maqomot va darajotini hamişa yuksaltirib keldi. Kim bilan söraşsa, nurli yuzida tabassum, tilida boldek kalom, qalbida izzat-ehtirom va samimiyat balqib turardi. Körinişidan alpdek qomati va donişmandona qiyofasi salobat bosar, ammo muomala madaniyati bilan kişini öziga darrov jalb qilardi. Özaro suhbatlarda esa domlaning şarqona hikmat töla sözlariga, muloqot madaniyati, islomiy lutfu odobiga qoyil qolardik”.

Şaksiz, uşbu kitobni öqigan har bir zakiy kişining köngli töladi,  qalbiga maʼrifat nuri kiradi, tafakkuri qoniqadi. Rahmon Qöçqor taʼkidlaganidek, Ubaydulla Uvatov xotirlangan bu töplamning ilmiy, maʼrifiy, maʼnaviy darajasi yaqqol közga taşlanadiki, buning uçun biz kitobxonlar unda iştirok etgan mualliflardan har qança minnatdor bölsak, arziydi.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan