Turkiy tillar birligi – sabrli diplomatiya, çuqur ilmiy-adabiy hamkorlik demak
Insoniyat tarixidagi har bir rivojlaniş bosqiçida tilning örni va ahamiyati katta bölgan. Zero, mamlakatlarning siyosiy va madaniy hayotida millat tilining nufuzi hamişa muhim hisoblangan. Bugungi kunda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 193 ta mamlakat tan olingan bölib, aksariyat davlatlardagi tillar yozma ravişda qayd etilmagan. Şunga köra, Yer yuzida taxminan 6900 ta til borligi aytiladi. Biroq köpgina mamlakatlarda bir neçta til muomalada bölib, bu ölkalarning davlat tili hamda adabiy til mezonlariga bir qadar taʼsir körsatadi.
Til geografiyasiga nazar solsak, turkiy tillar dunyo yuzida keng hududlarga tarqalgan. Zamonlar oşa dunyo tillari tarixida bu öziga xos ulkan taʼsir doirasini şakllantirgan. Özagi, ildizi bir bölgan, nafaqat özining, balki dunyo tillarining şakllanişiga ham taʼsir ötkazgan bu til turkumining kelib çiqişi va rivojlanişi töğrisida bugun ham köp tortişuvlar, bahslar, tugal bir yeçimini topmagan masalalar bor. Şu vajdan quyida biz suhbatga tortgan mavzu ham siz öquvçilarni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Suhbatdoşimiz — Turkiyaning Anadolu universiteti professori, Turkiy dunyoga oid tadqiqot instituti aʼzosi, umrini turkiy tillar tadqiqiga bağişlagan olim Ferdi Bozkurtdir.
— Til va yozuv millatning ham siyosiy, ham madaniy özligini belgilaydigan asosiy qadriyatlardir. Bugun turkiy tillarning nufuzini oşiriş uçun, sizningça, qanday aniq qadamlar taşlanişi lozim? Aniqroği, turkiy tillarning mustahkamlanişi yoki zaiflaşişi qanday oqibatlarga olib keladi?
— Bu savol turkiy dunyo uçun eng strategik masalalardan biridir. Darhaqiqat, til va yozuv — millatning siyosiy özligini tasdiqlovçi hujjat, madaniy xotirasining esa kalitidir. Bugun turkiy tillarning nufuzini yuksaltiriş uçun qilinadigan işlar, menimça, mustahkam va barqaror institutsional köpriklar barpo etişdan boşlanmoği kerak. Vaqtinçalik loyihalar emas, balki uzoq muddatli va samarali tizimlar yaratiş zarur.
Kamina ilk aniq qadam sifatida “Xalqaro Turkiy tillar kengaşi” kabi yuqori darajadagi tuzilmani tez fursatda taşkil etiş zarur, deb hisoblayman. Bu kengaş Turkiyadagi “TDK” (“Türk Dil Kurumu”), Özbekistondagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti, Qozoğistondagi Tilni rivojlantiriş instituti, Ozarbayjon, Qirğiziston va boşqa turkiy davlatlar til muassasalarini yagona maydonda jamlaşi lozim. Uning asosiy vazifalari umumiy terminologiya bazasini şakllantiriş, özaro tuşunarlilikni oşiradigan taʼlim modullarini işlab çiqiş va yagona raqamli til arxivini yaratişdan iborat bölişi kerak.
Ikkinçi muhim qadam esa taʼlim sohasida institutsional hamkorlikni çuqurlaştirişdir. Turkiy tillar faqatgina ixtiyoriy fan darajasida qolmasligi kerak. Buning uçun universitetlar örtasida “Turkiy tillar uçun yagona öquv dasturi” va “Turkiy davlatlarning öquv yurtlarida öqituvçi almaşinuv tizimi” kabi mukammal mexanizm joriy etilişi lozim. Öqituvçi tayyorlaydigan muassasalar uçun umumiy akkreditatsiya tizimi işlab çiqilişi maqsadga muvofiq. Media sohasida esa turkiy tillardagi kontentni jozibali va jonli şaklda yoş avlodga yetkaziş uçun “Turkiy tillar mediahamkorlik tarmoği” kabi professional platforma yaratilişi katta ahamiyatga ega.
Xöş, endi turkiy tillarning mustahkamlanişi yoki zaiflaşişi qanday oqibatlarga olib keladi, degan savolingizga, avvalo, tillarning rivojlanişi faqat madaniy emas, balki geosiyosiy va iqtisodiy yutuqlarni ham taʼminlaydi, degan fikrni ilgari surgan bölardim. Zero, til yaqinligi işonçni mustahkamlaydi, savdo kelişuvlaridan tortib ilmiy hamkorlikkaça bölgan barça sohalardagi xarajatlarni kamaytiradi va samaradorlikni oşiradi. Umumiy muloqot va bilim almaşuv makoni orqali turkiy dunyo global maydonda ança taʼsirçan subʼyektga aylanadi. Aksinça, tillarning zaiflaşişi oğir oqibatlarga olib keladi. Har bir tilning susayişi öşa xalqqa xos tafakkur uslubi, tarixiy va adabiy merosning yöqolişiga sabab böladi. Bu esa öz-özidan madaniy qaşşoqlaşuv demakdir. Şu bilan birga, til aloqalari ozaygan sari siyosiy va iqtisodiy hamkorlik yöllari ham torayadi, muloqot esa begona tillarga tobe bölib qoladi. Bu holat umumiy manfaatlarni himoya qiliş va rivojlantiriş imkoniyatlarini jiddiy çeklaydi.
Yakdil turib aytganda, turkiy tillarning kelajagi individual harakatlardan köra, uşbu tillarga işongan, rejali, moliyaviy qöllab-quvvatlangan va qatʼiyatli muassasalarning jamoaviy aqliy va amaliy harakatlariga boğliq. Institutsional hamkorlik qançalik kuçli bölsa, tillarimiz ham şunçalik qudratli va nufuzli böladi.
— Bugungi kunda turkiy davlatlar örtasidagi döstlik va hamjihatlik munosabatlarining kuçayişi quvonarli holdir. Bu esa qardoşlar örtasida alifbo birligini ham tez fursatda taʼminlaş zarurligini körsatadi. Sizningça, yagona turkiy alifboga ötişda nimalarga eʼtibor beriş lozim va bu jarayonda qanday tösiqlar bor?
— Sönggi yillarda turkiy davlatlar örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy yaqinlaşuv tarixiy va tilşunoslik aloqalarining qayta tiklanişi nuqtai nazaridan juda ahamiyatli. Bu jarayon umumiy muloqot va madaniy maydonga bölgan ehtiyojni yanada oşirmoqda. Alifbo birligi ğoyasi ham aynan şu ehtiyojdan kelib çiqadi, çunki yozuv tilning moddiylaşgan şakli va öçmas xotirasidir. Biroq bunday tub islohot nihoyatda nozik, rejali va uzoq muddatli yondaşuvni talab qiladi. Avvalo, umumiy alifbo barça turkiy til va şevalarning fonetik boyligini töliq ifoda eta olişi şart. Masalan, qozoq tilidagi öziga xos unlilar yoki turkman tilidagi burun orqali çiqadigan “ŋ” tovuşi xususiyatlari eʼtibordan çetda qolmasligi lozim. Yana bir misol, özbek tilidagi “andişa” sözi bilan turk tilidagisining farqi katta. Yaʼni, özbek tilida “andişa qildim” jumlasi, “men tortindim, insof qildim” maʼnosida bölsa, turkça sinonimida “endişeleniyorum” kalimasi “men xavotir oldim” degan maʼnoni beradi. Bu kabi misollar barça turkiy tillarda mavjud. Körinib turibdiki, özagi bir bölgan qadim turkiy tilni nafaqat şaklan, balki maʼno jihatidan ham ilmiy örganiş talab etiladi.
Jarayondagi asosiy tösiqlardan biri, alifbolarning vaqt ötişi bilan milliy özlik ramziga aylanib ketganidir. Kirill alifbosi ayrim davlatlarda bir neça avlodning adabiy va rasmiy xotirasiga singib ketgan bölsa, Turkiya uçun lotin alifbosi zamonaviy respublika timsolidir. Özbekiston, Qozoğiston kabi MDH tarkibidagi ayrim davlatlarda kirilldan lotinga bosqiçma-bosqiç ötiş jarayoni hali davom etmoqda. Şu bois alifbo almaşinuvi faqat texnik özgariş emas, balki çuqur psixologik va madaniy moslaşuv jarayonidir. Şuning uçun keskin va majburiy ötiş emas, kamida bir neça yillik ötiş davrini qamrab olgan, bosqiçli taʼlim islohotlarini öz içiga olgan yöl xaritasi zarur. Bu jamiyatdagi qarşilikni kamaytiradi va avlodlar örtasida uziliş yuzaga kelişining oldini oladi.
Yana bir jihat — ulkan texnik va moliyaviy yukdir. Davlat arxivlaridan tortib taʼlim tizimigaça, köça belgilaridan raqamli platformalargaça, huquqiy hujjatlardan naşriyot sohasigaça bölgan barça sohalarni qamrab olgan özgariş milliardlab mablağni talab qiladi. Şuningdek, alifboning “Unicode” tizimida töliq tan olinişi, klaviaturalar, şriftlar va dasturiy taʼminotlarda qöllab-quvvatlanişi ham juda muhim. Bu borada turkiy davlatlarning umumiy raqamli standartlar komissiyasini tuziş jarayonni ança yengillaştirişi mumkin.
Umumiy qilib aytganda, yagona turkiy alifbo sabrli diplomatiya, çuqur ilmiy hamkorlik, yetarli moliyaviy taʼminot va keng jamoatçilik kelişuvi orqaligina amalga oşişi mumkin. Alifbo birligi — til birligi degani bölmasa-da, madaniy va intellektual almaşuvni beqiyos darajada tezlaştiradigan, umumiy özlikni mustahkamlaydigan kuçli köprik vazifasini bajaradi.
— Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlikda olimlar va yozuvçilar nufuzining oşişi madaniy hayotimizda katta adabiy jarayonlarni yuzaga çiqarmoqda. Bu yönalişda yana qanday yangi hamkorliklarni körişni istar edingiz?
— Özbekiston va Turkiya örtasidagi ilmiy va adabiy yaqinlaşuv umumiy turkiy madaniy makonning qayta jonlanişi yölidagi eng umidbaxş jarayonlardan biridir. Bu hamkorlik nafaqat tarixiy ildizlarni mustahkamlaydi, balki XXI asr uçun yangi, dinamik fikr muhitini ham yaratadi.
Avvalo, “Umumiy akademik va adabiy raqamli arxiv”ni taşkil etiş juda muhim deb hisoblayman. Bu arxiv faqat qölyozmalarni raqamlaştiriş bilan çeklanmasdan, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, adabiy jurnallar, oğzaki ijodiy materiallar va yozuvçilar arxivlarini yagona oçiq platformada jamlaşi degani. Bu tadqiqotçilar uçun beqiyos manba böliş bilan birga, yoş avlodni umumiy madaniy kodlar bilan boğlaydigan virtual kutubxona vazifasini ham bajaradi. Ikkinçidan, universitetlarimizda aylanma asosda faoliyat yurituvçi qöşma kafedralarni taşkil etiş maqsadga muvofiq. Bu kafedralar doirasida har ikki mamlakat olimlari navbatma-navbat iş olib boradi, qöşma magistratura va doktorantura dasturlari amalga oşiriladi. Bu hamkorlikni vaqtinçalik loyihalardan doimiy ilmiy markazlar darajasiga kötaradi. Şuningdek, “Özbekiston – Turkiya qöşma ilm-fan va madaniyat loyihalari platformasi”ni yaratiş ham nihoyatda muhim. Bu raqamli platforma orqali olimlar, yozuvçilar, naşriyotlar va madaniy muassasalar öz profillarini yaratib, qöşma tadqiqot ğoyalari bilan çiqişlari mumkin böladi. Grantlar, stipendiyalar, tarjimani qöllab-quvvatlaş dasturlari va huquqiy maʼlumotlar şu yerda jamlanadi. Eng muhimi, bu bosqiç fanlar ustuvorligiga asoslangan hamkorlikni rağbatlantirib, çunonçi, özbek tarixçisi, turk adabiyotşunosi va raqamli gumanitar sohasi mutaxassisini yagona loyiha atrofida birlaştira oladi.
Bunday tuzilma individual harakatlarni tizimli, barqaror va institutsional hamkorlik madaniyatiga aylantiradigan mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi. Xulosa örnida aytişim mumkinki, jahon sathida turkiy davlatlarning til, alifbo, adabiyot va madaniyat borasidagi birlaşuvi tili va özagi bir bölgan turkiy davlatlarning örnini yanada kuçli va mustahkam qiladi.
— Mazmunli suhbatingiz uçun katta rahmat.
— Sizga ham taşakkur.
Suhbatdoş va tarjimon:
Nargiza ASADOVA.
