Soxta hujjat naf bermadi

Andijon viloyati prokuraturasi “Qishloq qurilish invest” IK MChJ Andijon filiali bo'lim yetakchi mutaxassisi M.T. namunaviy turar-joylar  qurilishida 13 ta pudratchi korxona tomonidan amalda bajarilmagan 365,8 mln. so'mlik qurilish-montaj ishlarini bajarilgan deya qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shu tarzda fuqarolarning manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi va tegishli choralar ko'rildi.

Boshqarma boshlig'i kamomadni yashirolmadi

Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda viloyat moliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.K. “D.” MChJ tomonidan Paxtakor tumanidagi MTMda nazorat o'lchovi yakuni bo'yicha  aniqlangan 36,8 mln. so'mlik kamomadni yashirish evaziga pora tariqasida olgan 1.200 AQSh dollari va 4 mln. so'm miqdoridagi pul mablag'laridan 1,5 mln. so'mini qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu holatlar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Urinishlar foyda bermadi

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari o'tkazgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.Ch.ning xatti-harakatlari shubha ostiga olinib, uning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi ko'zdan kechirilganda yukxonasida 165 quti turli nomdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

“MAN”ga yashirilgan 76 shisha

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari “Yallama” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro T.A. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtoulovini ko'rikdan o'tkazganida, tirkamasidagi qutilar orqasiga polietilen paketda yashirib qo'yilgan, yo'l yuk hujjatlarida ko'rsatilmagan, umumiy qiymati 6,9 million so'mlik 76 shisha idishda spirtli ichimliklar borligi aniqlandi.

Har ikki holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

DBQ matbuot xizmati.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

12 + 16 =