«Million jajji fonus yoqdi daraxtlar…»

Zulfiya

Bahor

Inson ko'zlarida jon olar bahor,

Barcha tomirida uning to'lqini.

O'tmishning behuda oni kabi qor,

Beiz, bedard erib ketar uchquni.

Inson ko'zlarida jon olar bahor,

O'yinqaroq go'dak singari bulut.

Ko'k qovog'i uyuq, yorqin bir viqor

Kishilar qalbidan boqar bo'lib o't.

Bahorning sehrgar boqiy chiroyi

Yoshu keksa ko'nglin ovlaydi birdak.

Ko'zguni sindirib tashlar. Kiroyi

Har kishining yoshi bu fasl dildak.

Har nurga, har qushga, har kurtakka shod

Benihoya yaqin bo'ladi yiroq.

Go'yo sensiz hosil bo'ladi barbod,

Har tikilgan chigit ko'ksing etar tog'.

Bahor bo'lmasaydi, odamzod albat,

O'zi kashf etardi, kashf etganday baxt…

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

four × 1 =