Maşaqqatli dovonlar oşa…

Muhsinjon Aşurov amalga oşirgan işlar bir olim, ziyoli inson uçun yetarli ekani, şubhasiz. Yaʼnikim, şunça işni döndirib qöygan odam, “bas, endi bemalol dam olsam ham böladi”, desa yaraşadi, albatta. Biroq Yaratganning özi qalbiga çöğ solib qöysa, bandasi nima qilsin?..

Biz odatda biror taniqli, el-yurt xizmatida soçi oqargan zahmatkaş inson haqida gapirsak, uning qilgan ezgu amallarini sanaymiz. Bu yaxşi, albatta. Lekin aytilişi zarur boşqa omillar, hayotiy haqiqatlar ham böladiki, ular goh unutilsa, köpinça gözal eʼtiroflar, sanoqlar soyasida qolib ketadi.

Bor kuç-quvvati, salohiyatini fan va sanoatimiz rivojiga bağişlab kelayotgan jonkuyar yurtdoşimiz, akademik Muhsinjon Aşurov hayoti, uning bugungi darajaga erişiş uçun qanday yöllarni bosib ötgani, qisqaça aytganda, olimni olim qilgan omillar haqidagi eʼtiroflar bir maqola tugul, kitobga ham siğmaydi, aslida…

Samarqand şahridagi 21-maktabning sobiq öquvçisi Muhsinjon Aşurov bir yigitga nasib etadigan köplab yutuqlarga erişdi. Maktabni aʼlo baholarga bitirib, universitetga kirdi. Aspirantura saboğini olib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, keyin fan doktori, akademiklik… Vatanimiz va xalqimiz oldidagi fidokorona xizmatlari uçun davlatimizning yuksak mukofotlariga — Özbekiston Respublikasi Fan arbobi faxriy unvoni, “Döstlik” va “Mehnat şuhrati” ordenlariga sazovor böldi.

Muhsinjon Aşurov ziyoli oilada, maʼrifatli insonlar tarbiyasini olib ulğaygan. Oila ustuni — Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Xurram aka Aşurov içki işlar idoralarida xizmat qilar, uy bekasi Sabohat aya zimmasida esa yaxşi rafiqa, yaxşi kelin, yaxşi ona böliş vazifasi bor edi.

Ular yigirma yil bir-biriga mehr berib, ahil-inoq turmuş keçirişdi. Yetti farzand­ni oq yuvib-oq taraşdi…

Taqdir bitigini bandasi özgartira olarmidi. 1967 yilda Aşurovlar xonadoni oğir sinovga duç keldi. Xurram Aşurov 46 yoşida dardga çalindi: şifokorlar unga insult taşxisini qöydilar. Qonli uruşlarda özini yöqotmagan inson, oğir dard bilan ham yetti yil mardona olişdi…

45 yoşli Sabohat Aşurova oldida endi yetti qoraközga ham onalik, ham otalik vazifasi turardi. Şu kunga qadar yonimda suyangan toğim — ne ğamim bor, deya köngli töq yaşagan ekan. Sadoqatli, suyukli umr yöldoşidan ayrilganiga könikiş oson bölgan deysizmi sadoqatli ayolga…

Katta rözğorni katta matonat bilan boşqargan Sabohat aya turmuşning barça aççiq-çuçugiga mardona doş berdi. Farzandlarining ilm olişi uçun nima zarur bölsa, barçasini muhayyo etişga intildi. Natijada farzandlarning bari onaning işonçini oqlab öqimişli, oliy maʼlumotli böldi.

Mana, bir olim kamol topgan muhit, oila qanday edi!

Bugun ilmiy jamoatçilik akademik Muhsinjon Aşurovni Özbekiston Respublikasi sanoatining rivojiga hamda fundamental va qattiq jismli lazerlar fizikasi sohasiga ulkan hissa qöşgan taniqli olim sifatida qadrlaydi.

Uning qattiq jismlar fizikasi, radiatsion fizika hamda lazer kristallarining spektro­s­kopiyasi böyiça amalga oşirgan tadqiqotlari jahon ilmiy jamoatçiligining eʼtiborini qozongan.

Olim hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlarni közdan keçirar ekanmiz, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida iş boşlagan dastlabki kunlardanoq, avvalo, ilm ahli — mamlakatimiz ilmiy jamoatçiligi vakillari bilan uçraşuvidagi “Bitta fan doktori, professor, ayniqsa, akademikning haqiqiy olim bölib kamol topişi uçun davlat va jamiyat unga kamida 30-40 yil vaqt, katta mehnat va mablağ sarflaydi. Akademik degan yuksak darajaga erişiş bu — albatta oson emas. Bunday baxt har kimga ham nasib qilavermaydi” degan fikrlarining ayni hayotiy tasdiğini körgandek bölamiz.

Muhsinjon Aşurov 1971 yilda Samarqand davlat universitetining fizika fakultetini bitirgaç, 1972 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro ins­titutida stajyor-tadqiqotçi sifatida mehnat faoliyatini boşladi. Stajirovkani esa Moskvada ötab, öşa yerda aspiranturaga kirdi.

Inson qayerda bölmasin, özi tuğilib-ösgan tuproğini qömsaydi.

1978 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan Muhsinjon Aşurov Vatanga, Özbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga qaytib, u yerda optik monokristallar östirişning texnologik bazasini yaratişga kirişdi.

Tabiatan yetakçilik qobiliyatiga ega qahramonimiz, öziga öxşagan yoş, şijoatli olimlarni atrofiga yiğib, kiçik texnologik guruh taşkil etdi. Birgalikda optik kristallar östiriş texnologiyasi ustida işladilar.

1980 yilda ular tomonidan yurtimizda dastlabki monokris­tallar östirildi. 1981 yildan boşlab esa ÖzFA tarixida ilk marta ilmiy mahsulot — Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida östirilgan kristallar eksport qilindi. Bu orqali institutning radiatsiyaning optik va lazer kristallari xususiyatlariga taʼsirini örganiş imkoniyatlari yanada kengaydi.

1978 yildan 1991 yilgaça mazkur institutda kiçik ilmiy xodim, katta va yetakçi ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktorning ilmiy işlar böyiça örinbosari lavozimlarida mehnat qildi. Intilişlari, izlanişlari zoye ketmadi — 1989 yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega böldi, köp ötmasdan, unga professor unvoni berildi.

1995 yil — 46 yoşida Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi etib saylandi.

Adabiyot ahli orasida “yozuvçi pensiyaga çiqmaydi” degan ibora yuradi. Bu yozuvçi pensiya yoşiga yetgani bilan, xalq va jamiyat oldida burçdor bölib qolaveradi, umr böyi mehnat qilişdan, ijoddan töxtamaydi, deganidir.

Bu jonli iborani aslida özini Vatan va xalq oldida hamişa burçli hisoblaydigan har bir fuqaroga nisbatan qöllaş mumkin. Jumladan, biz hayoti va faoliyati töğrisida hikoya qilayotgan vatandoşimizga nisbatan ham.

Hozirgi zamon fani va texnikasini salmoqli yutuqlar bilan boyitgan bir qator eksperimental va nazariy işlarning muallifi bölmiş akademik Muhsinjon Aşurov tadqiqotlari qattiq jismlar fizikasi, materialşunoslik va qattiq jismli lazerlar fizikasi sohalarida yirik fundamental va amaliy masalalarni qöyiş va hal etiş imkonini yaratdi. Jumladan, u granat tuzilmali lazer kristallarning gomologik qatori stexiometriyasi buzilişining tabiatini oçib berdi. Uşbu kristallarda kam uçraydigan yer ionlarining “özaro taʼsir effekti” deb atalgan effekt mavjudligini aniqladi, galliy granatlarining radiatsion böyalişi mexanizmlari identifikatsiya qilindi, bu jarayonlarda tuzilmaviy nuqsonlarning roli örganildi. Olim lazer kristallarining eng muhim tiplari radiatsion çidamliligini oşiriş muammosini hal etdi.

Şu kunga qadar xorijiy naşr­larda Muhsinjon domlaning 160 dan ortiq ilmiy işlari çop etilgan, şuningdek, u bir neça monografiya muallifi, 12 ta ixtiro patenti sohibidir. Rahbarligida 1 ta doktorlik va 9 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Bular olim ilmiy faoliyatining bir qismi, xolos.

U kişi jamoat arbobi sifatida ijtimoiy sohada ham faollik körsatib kelmoqda. 1995–2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylanib, milliy qonunçiligimizni takomillaştirişga munosib hissa qöşgan bölsa, 1998 yildan beri Özbekiston — Gretsiya döstlik jamiyatining raisi sifatida ikki xalq örtasidagi döstona aloqalar, hamkorlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilib kelmoqda.

Muhsinjon Aşurov amalga oşirgan işlar bir olim, ziyo­li inson uçun yetarli ekani, şubhasiz. Yaʼnikim, şunça işni döndirib qöygan odam, “bas, endi bemalol dam olsam ham böladi”, desa yaraşadi, albatta. Biroq, Yaratganning özi qalbiga çöğ solib qöysa, bandasi nima qilsin?..

Olimning yarim asrlik faoliyatini diqqat bilan kuzatgan odam bir jihatga eʼtibor bermasligi mumkin emas. Yaʼni, Muhsinjon Aşurov heç qaçon faqat nazariy bilimlar bilan çeklanib, turli formula-yu qoidalar, qimmatbaho fikr-ğoyalar bitilmiş qoğozlarga “kömilib” qolgan kişi emas. U hamişa nazariyani amaliyot bilan birgalikda olib borişga intiladi.

“Sözda emas, amalda körsat!” — bu akademik Aşurovning hayotiy şiorlaridan. Albatta,  bu şiorni u katta minbarlardan turib baralla aytgan emas, ammo hayotda bunga rosmana amal qiladiki, aqlli şogirdlar uçun şuning özi kifoya. U tolibi ilm­larga biror nazariy fikrni aytar ekan, uni albatta amaliyotda ham körsatib beradi.

Alloma Gyote betakror “Faust”­ida yozganidek:

Nazariya quruq yoğoçdir, döstim,

Ammo yaşnar hayot daraxti…

Muhsinjon aka özining ajoyib nazariy fikrlariga asoslangan amaliy iş-harakatlari bilan hayot daraxtini yaşnatib kelayotgan çinakam zahmatkaş olimdir.

Domla kitoblarsiz, ilmiy işlarsiz, laboratoriya tajribalarisiz bir kunini ham tasavvur eta olmaydi. Uni boş­qalardan ajratib turadigan sifatlaridan biri ham şu: yangilikka intiladi, bilimi, tajribasi, baʼzan esa şaxsiy intuitsiyasiga suyanib, nazariy fikr va ğoyalarini qörqmasdan hayotga joriy etadi.

Muhsinjon domlaga qarab, gohida odam sal jurʼatliroq, yana ozgina tavakkalçiroq ham bölişim kerakmikan, deb öylab qolasan kişi.

Töğrisiyam şu-da. Bunday qarasangiz, özbekday miyasi ğij-ğij aqlga töla, innovatsion fikrlaydigan xalq dunyoda yöq. Men bir narsaga işonaman: agar milliy xarakterimizga xos ortiqça andişa, özgalarni haddan oşiq kökka kötarib, özimizni öta hokisor tutib yuborişdek ayrim odatlarimizdan keçolsak, zarur paytda bir-birimizni qöl­laşni ham bilsak, bir-birimizga dalda bölolsak, ilmda yuksak çöqqilarni zabt eta olamiz.

Esingizdami, ibn Sino hazratlari tarjimai holida kezi kelsa yoşi uluğ baʼzi ustozlariningda kamçiligini röy-rost aytadi. Qarasam, deydi u zot, bu kişi (ustozining nomini aytib) biladigani şu ekan, menga undan ortiqçasini örgata olmasligini özi tan oldi. Keyin özim mustaqil öqib-örganişga kirişdim. Yana ul zot tağin aytadilarki, 17-18 yoşlarimgaça men dunyoning ilmini suv qilib içib yubordim. Hozir (tarjimai hol keyinçalik, ança ulğayganlaridan söng yozilgan) öşanda örganganlarimdan ortiq heç narsa bilmayman…

Demak, odamda öziga nisbatan işonç ham bölişi kerak ekan! Ortiqça andişa, jurʼatsizlik ilmda pand berişi mumkin.

Doimo yangilikka intiladigan Muhsinjon Aşurov 1991 yilda Hukumat qarori asosida taşkil etilgan “Fonon” ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasiga rahbar etib tayinlandi. Va aytiş mumkinki, bu holat uning şu kunga qadar öylab yurgan ğoyalarini hayotga yanada kengroq tatbiq etiş, amaliy harakatlar qiliş uçun katta imkoniyat böldi.

Ötgan yillar mobaynida mus­taqilligimiz bilan tengdoş uşbu korxonada uning boşçiligida Özbekiston zargarlik buyumlari, respublika orden va medallarini tayyorlaş işlari hamda monokristallar hosil qiliş va ularning xususiyatlarini örganiş böyiça bir qança muhim tadqiqotlar amalga oşirildi.

2012 yilgaça ÖzFA Yadro fizikasi institutida bölim boşliği vazifasini bajarib kelgan qahramonimiz, ayni paytda boş ilmiy xodim lavozimida xizmat qilmoqda.

Olim rahbarlik qilayotgan bölim “Fonon” IIÇB bilan hamkorlikda bir neça yil davomida radiatsiyaning yadroviy zarraçalari detektorlari – qörğoşin volfromati va kvarsli optik tolalarning iş xarakteristikasiga taʼsiri muammosiga oid Xalqaro grant böyiça işlarni bajardi. Bu detektorlardan Şveysariyadagi Xalqaro yadroviy tadqiqotlar markazi (SERN)da foydalaniladi.

2000 yillarning boşlarida akademik M.Aşurov davlatimizning qöllab-quvvatlaşi bilan Özbekistonda texnik kremniy hamda kremniyning poli va monokristallarini hamda ular asosida mikroelektronika elementlarini, şu jumladan, Quyoş elementlari va fotoelektrik modullarni işlab çiqarişga yaroqli kvars konlarini aniqlaşga va geologiya-qidiruv işlarini xorijiy investitsiya­larni jalb etgan holda, keng miqyosda, bosqiçma-bosqiç amalga oşirişga kirişdi. Şu asosda mamlakatimizda yiliga biri 5 ming va yana biri 12 ming tonna texnik kremniy oliş quvvatiga ega 2 ta zamonaviy zavod qurilib, işga tuşirildi.

Ayni paytda esa M.Aşurov Rossiya FA akademigi I.A.Şerbakov bilan birgalikda qişloq xöjaligi ösimliklarining rivojlanişiga yordam beradigan, zararkunanda haşarotlar va kasallik qözğatuvçi mikroorganizmlarning hayot faoliyatini qisqartiradigan past haroratli plazmalardan foydalanişning ilmiy asoslari ustida iş olib bormoqda.

Xullas, akademik Muhsinjon Aşurov mehnat faoliyati, bugungi zamonaviy til bilan aytganda, hamon “on-layn” rejimida, köz tegmasin!

Biz köpinça ibratli jihatlarni yo tariximizdan yoki çetdan qidirişni yaxşi köramiz. Xorijlik olimu fozillar, şoir-yozuvçilar, sanʼatkorlar haqida tölqinlanib gapiramiz.

Holbuki, yaxşilab eʼtibor bersak, bugunimizdan ham, özimizdan ham ança-munça ibratli jihatlarni topa olamiz.

Özimizning olimu ziyolilar, şoiru adiblar hayotida ham örnakka loyiq hodisalarni kuzatişimiz mumkin.

Akademik Muhsinjon Aşurov hayotda, ilmiy faoliyatida nimaga erişgan bölsa, bunda yana bir insonning ulkan hissasi borligini minnatdorlik ila taʼkidlaydi. Bu inson — olimning yoşlik va kamolot yillari, ilm yölida çekkan zahmatlariyu sevinç va qayğuli kunlarining guvohi; yolğiz guvohigina emas, unga neça ön yillar davomida yelkadoş, hamdard va hamnafas bölib kelayotgan umr yöldoşi Xayriniso Hakimjonovadir.

Bundan 35-40 yillar muqaddam, Toşkent davlat universitetida (hozirgi ÖzMU) öqituvçilik faoliyatini boşlagan kezlaridayoq ustozlari Xayrinisoga katta umid bildirgan va bunga ularning töla asoslari bor edi. Negaki, yoş, ğayratli muallima ötkir zehniyati, mehnatsevarligi, ilmiy va pedagogik iqtidori bilan talabalar va hamkasblar mehrini qozongan edi. Yillar ötgan sayin uning ilmiy jamoatçilik, jamiyat oldidagi hurmat va eʼtibori yuksalib bordi.

Muhsinjon domla umri davomida ikki munis ayoldan qarz­dor ekanini aytadi: biri u kişini dunyoga keltirib, kamolga yetkazgan volidai muhtaramasi bölsa, ikkinçisi — ilm va ijod bilan (olimlik ham ijodkorlikdir, aslida!) xotirjam şuğullanişi uçun barça şaroitlarni yaratib bergan, turmuş taşvişlariga yelka tutib yaşagan suyukli rafiqasi, farzandlarining mehribon onasidir.

Ular birgalikda ikki öğil va bir qizni tarbiyalab, elga qöşdilar. Farzandlarning bari öqimişli, ilmli, odob-axloqli insonlar bölib voyaga yetdi.

U kişi tom maʼnodagi olim, ziyoli şaxs sifatida — maʼnaviyatimizning çinakam döstidir. Kibriyo Qahhorova, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Zokirjon Maşrabov, Hasan Böriyev, Erkin Aʼzam, Tursunali Qöziyev singari xalqimizning suyukli adib va ziyolilari, olimlari bilan döstona munosabatlari bunga dalildir.

Şu kunlarda domlaning tanişlari, döst-birodarlari, şogirdlari orasida duv-duv gap: emişki, u kişi 70 yoşga tölibdi. Işongan — işondi. Işonmaganlar “lof ham evi bilan-da”, deb qöydi.

Ularni ham tuşunsa böladi. Farzandi tengi yoşlar bilan teppa-teng emas, ulardan-da köproq ğayrat va şijoat bilan işlaydigan, vujudida navqironlik, qalbida yoşlik ötini saqlab qolgan insonni qanday qilib… yetmişda deb öylaş mumkin?

Oçiği, buyam bir saodat aslida. Ustozning şunday qutluğ kunlarida, uluğ yoşlarida ham yoşlarga ibrat, örnak bölib yurişlariga havas qilsa arziydi.

Elmurod Karvonli.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan