Savobning butuni yaxşi
Kutilmaganda yumuşim köpayib işga barvaqt çiqolmadim. Bekatda jonsarak tursam, yonimga “Matiz” avtomaşinasi kelib töxtadi. Sobiq öquvçim Jamol ekan. Quvonib ketdim.
— Assalomu alaykum, ustoz. Falon joygaça çiqvolaqoling, — dedi mehribonlik bilan.
Jamolni maktabda beş yil öqitganman. Uyi ham köçamizning oxirida. Yöl-yölakay gaplaşa turib, beixtiyor ikki-uç bor qöl soatimga qarab qöydim.
— Işga keçikyapsiz, şekilli. Sal vaqtliroq çiqqaningizda avtobusga ulgurardingiz, — dedi u.
— E, uyning işi heç tugamaydi, yugurib-yelib soatga ham qaramabman. Aksi böladi-da özi, bugun vaqtliroq borişim kerak edi, — dedim xörsinib.
— Taşlab qöyardim, mollarga kunjaraga ketyapman, — dedi u xotirjamgina. Tepasiga “Yemxona” deb yozilgan bino yoniga kelgaç maşinasini ğiyqillatib töxtatdi.
— Mayli, opa, yaxşi yetvoling, — dedi u.
Men rahmat aytib maşinadan tuşdim. Yana maşina kuta boşladim. “Aslida katta yölgaça beş daqiqalik yöl qolgandi. Jamoli tuşmagur olib çiqib qöysa heç narsa yöqotmasdi-ku”, deb öquvçimning harakatlaridan ranjirkanman, negadir özimdan xafa edim. Töğrida, balki maktabda turli fanlar qatori odamiylik, oqibat kabi insoniy xislatlardan ham saboq berganimda, balki hozir şu ahvolda qolmasmidim. Axir beş yil mobaynida ularga qança vaqtimni, asabimni, bilimimni sarfladim, ularni hayotda öz örnini topişiga baholi qudrat hissa qöşgandim-ku. Nahotki endi şuning qadri, hurmati bölmasa?..
Biroq mayli, har holda şu yergaça olib kelib qöydi-ku, insofi bor ekan, tanimaganga solib ötib ketsa nima qilardim. Axir kuni-keça öziga töq oilada katta bölgan sobiq öquvçim bilan avtobusda çaqçaqlaşib ketuvdik, maktab davrini, mening mehribonçiliklarimni zavq bilan esladi. Biroq, öz bekatiga yetib kelganida, şoşilib tuşib ketdi, xayr deyişni ham unutdi. Men esa mehnatlarimdan minnatdor bölib, öquvçim uçun ham yöl haqini tölab qöya qoldim. Ana şu xayol menga taskin böldi…
Qöşnining haqi
— Kelin, somsa pişibdi-a, yoqimli hidi xonamgaça bordi, dimoğimga yoqdi, kelyapman, — dedi Xadiça opoqi tandirdan somsa uzayotgan keliniga yaqinlaşib.
— Yopişga yopib böldim. Ölsin, bir-ikkitasi oqib tuşdi-da, — dedi kelini qovoğini solib. Çunki qaynonasi gap nişabini qayoqqa burayotganini sezib turardi.
— Heçqisi yöq bolam, tandir ham öz haqini olib qoladi-da, obi-otaş deb qöyibdi buni, öşa tökilganni barakasini Xudoyim boşqalariga beradi. Bolam, somsadan törttaginasini Muhammadalidan Zarofat xolangiznikiga çiqarib yuboring. Savob böladi. Xasta odam…
— Ğalatisiz-da, oyi, bir uy odam bölsak. Bir savat somsa uçtadan yo yetadi yo yetmaydi. Hozir törttasini bu opoqiga, törttasini u opoqiga bölsam, özimizga qolmaydi-ku. Nima, Zarofat opoqini uyida qozon qaynamaydimi. Biror marta sizga ilinmaydi-ku, — tönğilladi kelini. — Bor tovoğim, kel tovoğim, borsang-u kelmasang örtada sin tovoğim, deyişgan, oyijon.
— Qöying, şu tovoq ölgurni. Örtoğim betob bölsa, balki keliniga gapi ötmas. Siz meni esi köp kelinimsiz. Kelib-kelib qovoq somsaga torlik qilasizmi, — dedi Xadiça xola.
— E, bolalarimni rizqini qiyib esli bölmay qöya qolay…
— Mayli, aççiğingiz çiqmasin. Men yeydigan somsani soçiqqa örab bering. Dugonamni körib, bir piyola çoy bahona biroz könglimni yozib kelaman. Oqibat kötarilmasin…
Muhabbat Hamidova.
