Afsus, asal qoldi-da…
Avtobus juda ajoyib ulov. Bu yerda turli feʼlli odamlar töqnaşadi. Bilib-bilmay bir-birini kuzatadi. Özing istamagan holda kimningdir suhbatiga guvoh bölib qolasan. Bu gal ham örindiqdoş ayolning kutilmaganda telefoni jiringladi. Qönğiroqmisan qönğiroq. Xuddi köça eşigi qönğiroğidek jarangdor. Ayol xayol surib ötirgan şekilli çöçib tuşdi. Şoşib menga qaradi. Keyin apil-tapil nimçasi çöntagini kavlab telefonini oldi, quloğiga tutdi.
— Vaalaykum assalom. Şapağat senmisan?! Hozir xayolimdan ötib turganding. Tinçmisan, ering, qaynonang yaxşimi?.. Menmi, yölda, avtobusda edim. Ha, yaxşiman, ha hamma tinç. Ha-a. Nima? Asal deysanmi? Qança ekan?.. Xafa bölmaysan-da… Yöq, qimmatmas, yaxşi. Lekin hozir issiq suvga pul tölab kelyapman. Uç oyligi töplanib qolgandi… Qiziqmisan, Rasuljon ikki oydan buyon uyda ötiribdi, iş yöq… Yöq, undaymas, işxonasiga xomaşyo kelmabdi, şunga… Vay-y, şu paytda asal yalaşga balo bormi, deydi-da… Sotiş?.. Şoşma-çi, singlinga telefon qilay, — ayol şunday deb raqam terişga tuşdi.
— Karomat, vaalaykum assalom. Tuzukmisilar, bolalaring boğçaga ketdimi… Kuyov işdadir… Ha, yaxşi. Telefon qilayotganim, xolangni qöşnisi asal sotayotgan ekan. Asali toza, avval olgandim, zör!.. Yöq, naqd pul beriş kerak. Aksiga olib men pensiyamni işlatib qöyuvdim. Nima qilişga hayronman, şunga, senga… Nima? Nega topganimni akangni bolalariga sarf qilarkanma-an. Özlari işlab topsin! Öylamay gapiraverasan-a, tavba.
Öxşamadi şekilli, arazlagan bölib telefonini öçirdi. Endi hayriyat-ey, deb turuvdim, “örindiqdoş” yangi raqam terdi:
— Allo, Saodat, ha menman. Yöq, hali uyga kirolganim yöq. Saodat, eşit, xolangni qöşnisida toza asal bor ekan. Bolangni sovuği oşganidan qovuği böşab qolgan devding, senga ham kerak özi, kindigining ostiga toza asal sursang joyini boşqa höl qilmaydi. Nima?.. Narxi?.. Balandmas, ellik ming. A? Pensiyamdan?.. Şunaqami, qöy, xafa bölma, hammasi tuşunarli…
Ha, yana nima? Nima deysan?.. balandroq gapir, yaxşi eşitmayapman. Qaysi töyona, öğlingni sunnatigami? Nega töyonani gapiryapsan?.. Berganimdan kam çiqibdimi?.. Vay. Qança?! Yöğ-e, qizim, özim sanagandim, naqd bir million edi… Bilaman, yolğon gapirmaysan… Ha… balki, adaşgandirman… Xöp-xöp, töplab qöyaman… Böpti, yaxşi ötiringlar… Kuyov deysanmi?.. Ha, özing bir amallab uzrimni aytib qöy! Men xolangga asal kerakmas ekan, deyman…
Men munğayib qolgan ayolni çalğitiş uçun gapga tutdim.
— Qizlaringiz bilan gaplaşdingizmi?
— E, ölsin, qattanam şu singlim asalni aytdi. Yöq narsaga şunça yuragimni siqdim. Qizlarimning bittasiyam loaqal, mayli siz oling, pulini men beraman demadi-ya! Qaytanga yöq joydagi gaplarni kavlaydi. Kuyovga bergan töyonamdan öttiz ming kam çiqqanmiş. Axir, özim sanaganman!
Aslida-ku, şu kuyovdan men bir sömlik foyda körmaganman. Yetti yillik kuyov bu, haligaça bir marta ham oyi, demagan. Qizim ham ğalati. Uning gapini menga oqizmay-tomizmay yetkazadi. Nima emiş, odamning onasi bitta bölarmiş. Töğri, lekin könglim uçun til uçida bölsa ham oyi desa böladi-ku! Bir joyi kamayib qolmaydi-ku. Men topganimni u dunyoga orqalab ketarmidim, topganim şularniki-ku. Odam qarigaç yaxşi gapning gadosi bölib qolarkan-da. Ha mayli, aytişadi-ku, bitta toğoraga 10 ta toğoraça siğar ekan, önta toğoraça bitta toğorani siğdira olmas ekan, deb.
Nima ham dey, orqamda qolişsa böldi. Uzr, sizni ham taşvişimga şerik qildim. Özi, hamma sirimni aytadigan oltmiş yillik qadrdon qiz örtoğim bor. Har oyda bir körişib hasratlaşib olamiz. Bolaligimizni eslab kulamiz, bugungi taşvişlarni aytib hasratlaşamiz. Ança yengil tortib uyga qaytaman. Öğlimni bolalari juda mehribon. Ularni körsam barça qayğumni unutaman…
Yonimdagi ayol şundan söng menga qarab siniqqina jilmayib qöydi. Şu çoğ şartta yonimdan pul çiqarib, mana opa manovi pulga asal oling, nabiralaringizga yediring, meni duo qilsangiz böldi, degim keldi. Biroq menga qaraganda közlarida yongan ğururni, sözlarida uyğongan mehrni körib, negadir bunga jurʼat qilolmadim. Köz oldimda akam olib bergan atlasni menga ilingan onam namoyon böldi…
Albatta, bu karantindan oldingi voqea edi. Faqat şunça gap odam liq töla avtobusda bölgani köngilni yanada xijil qiladigan jihatlardan biri edi…
Muhabbat Hamidova.
