Dollar
Jasur KENGBOYEV
Muallif haqida:
Jasur Kengboyev — 1985 yil Çiroqçi tumanidagi Kökdala qişloğida tuğilgan. Özbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan (2007 yil). “Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. “Köhna belboğ” (2016 yil), “Yurakning bir çeti” (2019 yil), “Özbekning qarzi” (2021 yil) nomli kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi.
DOLLAR
(Hikoya)
Uç bolakay yelkasidagi sumkalarini bazör kötarib, guvillab butun qişloqni öz zabtiga olgan izğiringa töş berib ketmoqda edi. Maktab olis, hali möl yurişlari kerak.
Bolakaylardan biri Zohidjon oq-sariqdan kelgan, yuzlari löppi, egnida qalingina pöstinsifat palto. Yurgan yölida qönji quyon terisidan tikilgan, qop-qora qilib moylanganidan yaltillab turadigan etigi bilan qor tepib boradi.
Ikkinçi bolakayning ismi Şerali bölib, yonidagilarga nisbatan böyçanroq, yuz-közidan pişiq-puxtagina ekani körinib turadi. U tanlab-tanlab qadam taşlaydi, etigini kir qilgisi kelmaydi.
Sarvar ismli uçinçi bolakay esa döstlariga ergaşaman deb halloslab qoladi. Boisi, loy aralaş qorga botgan etikçasi namiqib, sovuqdan oyoqlari zirqiraydi. Lablari kökarib, dir-dir qaltiragança, bir Zohidjonning, bir Şeralining yöl oçgan izidan qadam taşlaydi, bölmasa etikçasidan tağin köproq suv kirişi mumkin…
Maktabga qadam qöygan ilk kunidan beri birga qatnaydigan uç oğayni qişloq oralab ketayotib, Badal kömirçining hovlisi orqasidan ötgan ilonizi yöl yoqasidan pul topib oldi. Pulni birinçi bölib Şerali körib qoldi.
— Bu qanday pul ekan-a? — deb söradi Şerali ajablanib.
Sarvar yugurib kelib, pulni u yoq-bu yoğini aylantirib qarar ekan:
— Özimizning pulga öxşamas ekan, —dedi. — Lekin yuz deb yozilgan…
— Qani, bu yoqqa ber-çi? — dedi Zohidjon. — Men köray-çi?
Zohidjon pulni Sarvarning çangalidan olib, uşlab kördi. Namiqqan qatini oçib, osmonga qaratib tikildi. Söng:
— Bu — dollar-ku! — dedi iljayib.
— Aniq dollarmi? — deb söradi Şerali şoşa-pişa. Sarvar ham hovliqib qoldi.
— Aniq! — deya xitob qildi Zohidjon. — Men bilaman, dadamning şunday pullari bor.
Şerali bilan Sarvarning közlari porlab ketdi.
— Endi buni nima qilamiz? — deb söradi Şerali.
— Özimizning pulga neça söm böladi? — deya qiziqa ketdi Sarvar sovuq qotgan oyoqlarini bir-biriga işqar ekan.
Zohidjon aytdiki, yuz dollar katta pul böladi, unga köp narsa beradi. Masalan, dadasi yaqinda bir qözili qöy sotib olgan edi.
Şerali bilan Sarvarning köz oldiga dasta-dasta pul keldi.
— Buni endi uçovimiz teng bölamiz, — deya orziqdi Şerali.
— Yöq! — dedi Sarvar va yutinib qöydi. — Egasini topib, qaytarib bersak-çi? Izlab yurgandir…
— Yöğ-yey, tentakmisan? — dedi Şerali Sarvarning soddaligidan kulib. — Topgan — topaloq! Bu endi bizniki! Unga nima olişni öylaylik.
Sarvar indamadi.
Uçovlon yöl-yölakay şivir-şivir qilib, olajak narsalarini xomçöt qilib bordi.
— Men bu pulga bir hafta xot-dog va gamburgerning kattasidan olib yeyman! — dedi Zohidjon. — Qolganiga har kuni kompyuterxonada öyin öynayman. Ortsa, koptok ham olaman, uyda futbol öynaymiz.
Şerali öylanib qoldi. Otasi çet elga işga ketgani bilan ançadan buyon pul jönatmayapti. Kitoblarining avra-astari çiqib qolgan, sumkasi yirtilgan, daftar-ruçka ham olişi kerak. Şularni öylar ekan:
— Mening ham oladigan narsalarim juda köp, — dedi. — Birinçi bölib, sumka bilan daftar olaman. Lekin boşqa narsalarga yetarmikan?
— Yetganiga olasan-da, — deya kuldi Zohidjon. Söng Sarvarga yuzlandi: — Sen-çi, nima olmoqçisan?
Sarvar ikkilandi. Bir köz oldiga dörji pulni keltirib, tamşanib xayol sursa, bir pulini yöqotgan kimdir beçoraning hozir ne ahvolga tuşganini öylab, yuragi allaneçuk bezovtalanar edi. Ammo oyoğidan ötayotgan aççiq zax fikrlarini töla jamlab, aniq bir töxtamga kelişiga xalaqit berar edi. Pulni-ku, hozir döstlari bilan bölişib olar, ammo unga özi uçun biror narsa xarid qilişi dargumon. Çunki bultur otasi vafot etganidan beri onasi va opasi — uçovi çirqirab qoldi. Rözğor abgor ahvolda. Keçagina onasi non yopmoqçi bölib, toğorada un olib çiq, deganida kördiki, ombordagi qopning tagi körinib qolgan. Yana uç-tört kundan söng, hamsoyalardan un qarz sörab çiqişlari aniq…
Tağin… Onasi beçoraning kovuşidan qor kiradi. Paypoği yamalaverib, uvadaga aylangan. Onasi beçora bölsa, öziga paypoq olişga ham közi qiymaydi. Qöl römolçasi uçiga tugib qöygan mayda pullarini har kuni bir sanaydi-da, avaylab qayta tugib, joyiga qöyib qöyadi. Bod kasaliga çalingan, salqin tuşdi degunça tunlari bilan oğrib çiqadigan opasini davolatişga asraydi…
Sarvar endi şu puldan — öziga tegajak uluşdan onasiga jun paypoq, qalinroq kaliş olib bersam, deya orziqdi. Agar ortib qolsa, onasining eski römolini örab yuradigan opasiga mahsi ham sotib olsa, qani edi.
Ammo… şu paytda qöradagi maʼrab, devor yalab yotgan qöylari ham köz oldiga keldi. Ularga xaşak sotib olişi kerak, bölmasa, bahor kelib, dalada öt bitguniça somonxona burçagida qolgan bir tutam somoni ham yetmay qoladi…
Öyladi-öyladi, oxiri:
— Men, yaxşisi, onamga kaliş bilan paypoq, opamga mahsi sotib olaman!.. — dedi.
Zohidjon bilan Şerali xuddi jinniga qaraganday Sarvarga tikilib qolişdi.
— Özingga heç nima olmaysanmi? — deya söradi Zohidjon.
— Yöq… Mening hamma narsam bor… — dedi Sarvar va muzlay boşlagan oyoqlarini bir-biriga tezroq işqalay boşladi.
Bolakaylar bahs qila-qila maktabga yaqinlaşib qoldilar.
— Menga qaranglar, — dedi Zohidjon doimgiday jöraboşilarga xos öktam ovozda. — Pul topib olganimizni heç kimga aytmanglar. Faqat uni qanday qilib sömga almaştirişni muallimdan sörab köramiz, xöpmi?
Şeriklari maʼqulladi. Yetib borişlari bilan qönğiroq çalindi. Sinfxona sovuq, burçakdagi qora peçda kömir yonar, ammo hayhotdek xonani qizdirişga kuçi yetmas edi.
Butun dars böyi uçovlonning öy-xayolini topib olingan pul butkul band etgan, muallimaning nima deyayotgani mutlaqo quloğiga kirmayotgan edi. Uçovi ham boya aytgan, sotib olmoqçi bölgan narsalarini qayta-qayta hisob-kitob qilar, orttirib, yana nimalar xarid qiliş mumkinligini öylardi.
Qönğiroq çalinib, tanaffus boşlandi. Hamma sinfdoşlari yugurib, qor öynagani taşqariga çiqib ketdi. Sinfxonada jurnal töldirayotgan muallima va uçovlon qoldi.
— Ustoz? — dedi Zohidjon muallima yoniga sekin jilmayib borar ekan. — Sizdan bitta narsa söramoqçi edik.
Muallima jurnaldan köz uzib, közoynagi ustidan avval Zohidjonga, söng şeriklariga tikildi.
— Bemalol, sörayqol! — dedi muallima hayron bölib. — Nima gap özi, Zohidjon?
— Haligi, tinçlik, — dedi bezovtalangan bir körinişda. — Ustoz, haligi… biz manavi pulni yöldan topib oldik. Şu neççi söm böladi, bilmaysizmi?
Muallima Zohidjon tutqazgan pulni olib qaradi.
— Öh-hö, naqd yuz dollar-ku bu! — dedi muallima közlari porlab. — Buni nima qilasizlar endi, a?
— Bölib olamiz! — deya şoşib javob berdi Şerali.
Muallima çamalab kördi-da:
— Bu juda köp pul böladi… — dedi. — Taxminan bir million sömdan oşadi. Har biringizga uç yuz ming sömdan köproqdan tegadi.
Semiz-semiz raqamlarni köz oldiga keltirgan uçovlonning közlari yonib ketdi.
Muallima pulni qaytarib berdi va jurnalini qöltiqlagança çiqib ketdi. Tanaffus tugab, qönğiroq çalingaç, sinfboşi yugurib keldi va uçovlonni direktor çaqirayotganini aytdi. Bolalar bir-biriga savol nazari bilan qarab olişdi va öqituvçilar xonasi tomon ketişdi.
Xonada muallimalaridan taşqari, doim qovoğidan qor yoğib yuruvçi şopmöylovli direktor va yana bir öqituvçi bor ekan. Direktor hovliqib, hayajonlanib turgan bolalarga boşdan-oyoq razm solar ekan, vazmin gap boşladi:
— Sizlar qandaydir pul topib olibsizlar, deb eşitdim. Şu rostmi? — dedi direktor.
— Dollar! — deya bilağonlik qildi Zohidjon.
— Ha, öşa dollar qani? — dedi direktor.
— Mana, — dedi Zohidjon va çöntagidan pulni çiqardi.
Direktorning ham pulni körib, közlari öynadi.
— Qani, bu yoqqa ber-çi, bir körayin…
Zohidjon xuddi jinoyat ustida qölga tuşgandek sarosimalandi. Göyo, direktor hozir uçovining ham quloğidan çözib, pulni olib qöyadi va qaytib bermaydi. Şuni öylab, xavotirlana-xavotirlana pulni uzatdi.
Direktor pulni sirtidan siypalab kördi.
— Originali ekan, — dedi. Söng uçovlonga sinovçan tikilib söradi: — Xöş, nima qilmoqçisizlar endi?
— Bölib olmoqçimiz, — dedi Şerali sekingina, xavotir aralaş.
— Hmmm, şunaqami? — dedi direktor. — Bu katta pul. Sizlarga köplik qilmaydimi?
Bolalarning yuragi şuv etdi, xuddi qöltiğidan tarvuzi tuşib, yorildi.
Direktor indamasdan pulni kostyumining içki çöntagiga solib qöydi va:
— Qönğiroq çalindi, qani, tez darsga kiringlar-çi, — dedi.
Uç oğayni xömraydi. Yuzlarida norozilik kayfiyati zuhur bölib, şalvirabgina xonadan çiqib ketişdi.
— Tamom! — dedi Zohidjon. — Puldan ayrildik!
Şeriklarining qovoği battar solindi.
Dars tugagaç, uç oğayni ham to uylariga yetguniça bir-biriga ğing demasdan ketişdi.
Keçqurun uçovi ham onalariga topib olingan pul va direktorning qilmişi haqida oğiz oçişdi.
“Juda soz böpti-da, — dedi Zohidjonning onasi pinagini buzmay. — Senginaning qölingga pul tuşmagani yaxşi. Kompyuterxonadan beri kelmay qöyasan”.
“E-e, çatoq böpti-ku, — dedi Şeralining onasi öyçan holda. — Maktab kiyimlaringni butlab olarding-a, attang…”
Sarvarning gapini eşitib bölgaç, onasining negadir közi miltilladi. Ohori tökilib, yamoq tuşgan çit köylagining etagiga mijjalaridan qalqqan yoşni artar ekan, Sarvarning boşini silab qöydi.
“Qöyaver, bolam, — dedi. — Egasiga buyurmagan sengayam buyurmas edi. Agar sizlar topgan pulni yeb töymas öşa direktorlaring olib qöygan bölsa, teşib çiqsin…”
Söng maʼrab yotgan qöylarga oşqovoq pöçoğini taşlagani taşqarilagan onasi “E-e, yoriliblar ölgur”, dedi alam bilan. Sarvar onasi qöylarni qarğadimi yo direktornimi — bilolmay qoldi.
Ertasi kuni uçovlon maktab borgaç, sinfxona eşigi oldida direktorga duç kelişdi. Direktorning aft-angoriga ham qaramasdan salom berişdi. Alik olgan direktor:
— Sizlarni kutib turuvdim, — dedi va sinfxonaga kirdi. Uçovi ergaşib kirib, eʼtibor bermasdan, indamay borib öz partalariga ötirişdi. Uçovining ham köngli yana biror noxuşlik röy berişidan ğaş tortdi.
Şu payt direktor kostyumi çöntagidan bir dasta pul çiqardi.
— Mana! — dedi tantanavor ohangda. — Bu pul sizlarniki. Mayli, topib olgan bölsanglar ham özlaringizga buyursin! Töğrisini aytsam, keça dollarlaringni almaştirib beray dedim, lekin yonimda söm yöq edi. Bugun uydan maydalab keldim. Endi şuni uçovingizga teng bölib bermoqçiman. Pulni keraksiz narsalarga işlatib yubormanglar, ota-onalaringizga olib boringlar, ular özlari kam-köstingizga işlatişadi…
Birdan zulmatday sinfxona çaroğon bölib ketganday böldi. Uç döstning yuraklari hapqirdi. Uçovi ham tezroq dars tugaşini kutib, soniya sanay boşlaşdi…
