Suhbat

Qabulxonada uç kişi – mendan taşqari yana öttiz-öttiz beş yoşlardagi ikki yigit suhbatga kirişni kutib ötirardik. Xodimlar bölimi mudirasi, sinçalakka öxşaş xipçabel qiz göyo muhim bir hujjatni yöqotib qöyganday xonama-xona yelib-yugurar, bizga xavotirli köz taşlab ötar, kotiba bilan piçirlab sözlaşar, işi boşidan oşib-toşib yotganini boşqalarga bildirib qöygisi kelardi. Xullas, juda işçan ekan! Boşliqning xonasiga kirib-çiqqaç, yuzi jiddiy tortib, içkarida yuqori idoralardan kelganlar ötirganini tak­rorlab qöyardi. U qabulxonadan çiqib ketişi bilan yolğiz qora paşşaning vizillagan ovozi eşitilib qolar, beçora kotiba esa undan köz uzmay qölida öralgan gazetani mahkam tutib qulay payt kelişini poylardi.

Odatda, işga qabul qiliş yuzasidan ötadigan suhbatlar mana şunday çaqqon mudiralarning bir oğiz sözi bilan bir tomonga oğib ketişini yaxşi bilaman. Aksariyat hollarda işga qabul qilinadigan kişi avvaldan kelişib qöyiladiki, bunday suhbatlar xöjakörsinga ötkaziladi. Şundanmi, qabulxonada bölayotgan voqealarni xotirjam kuzatib ötirdim.

Ammo adaşibman, suhbat kutilmagan tus oldi.

Raqiblarim bölmiş ikki yigitning suhbatdan ötiş borasidagi tajribasizligi körinib turardi. Ayniqsa, böyi balandi özini qöyarga joy topolmay, yölakka çiqib zinagaça bözçining mokkisiday borib-kela boşladi. Hayajonlanardi. Boşqasi bölsa, çuqur öyga toldi. Çamasi, qanday savol berilişini taxmin qilar yoki öqiganlarini xayolida takrorlab, lablari ham piçirlab ötirardi. Aytişlariça, avval ikkisi bir joyda işlagan, ammo öşa işxona noaniq sabablarga köra yopilgaç, ularni biror iş bilan taʼminlaş uçun şu yerga tavsiya qilişgan. Xullas, yigitlar uçun bu suhbat juda muhim edi. Avval bir joyda işlagan ikki xodimning bu yerda bir-birini tanimaganday turişi ham ajablanarli edi.

Şu lahza “paq” etgan ovoz çiqdi-yu, ortidan kotibaning jangovar ovozi yangradi: “Ha, yaşşamagur, qölga tuşding-ku!”

Qora paşşa kitob javonining oynasiga çippa yopişdi-qoldi.

Şu tobda uçalamizni birdaniga suhbatga çaqirişdi. Tabiiyki, yoşim kattaligi bois yöl boşladim.

Yuqoridagi katta stolning ortida tört kişi – biri mana şu taşkilot rahbari, ikkinçisi uning örinbosari, uçinçisi – yuqori turuvçi idora vakili, törtinçisi, undan ham yuqoriroq idoradan kelgan masʼul kişi bölsa kerak, xömrayib ötiribdi.

Bu taşkilot rahbari yoş va serğayrat şekilli, özini tajribali rahbar sifatida körsatişga tirişib, qoşini çimirib, stol ustiga ikki tirsagini tiragança, iyagini muştiga tirab, kiprik qoqmay bir nuqtaga qarab ötirardi. Biz kirgandan söng rahbar savol berişga taraddudlanib, oğiz juftlagaç, öylanib qoldi. Yuqori idoralardan kelgan vakillarning suhbatga aralaşiş niyati yöqligi sezilib turardi. Çunki ular oddiy mutaxassis bölsa-da, yuqoridan kelgan, şu bois özlarini sipo tutib, bu singari suhbatlarni pisand qilmasligini körsatib qöyiş uçun atrofda heç kim yöqday bir-biri bilan piçirlaşib ötirişardi. Vakillarning xatti-harakatidan “Özing bilan işlaydigan odamni özing tanla” degan maʼno ham anglaşilardi. Rahbar esa ularning oldida özini erkin tutib, dadil suhbatga kirişdi.

– Oxirgi marta qaçon kitob öqigansiz?

Rahbarning kutilmagan savolidan şoşib qoldim. Balki, yonimda ötirgan ikki yigit şunday savol kutgan bölişi mumkin, ammo menga bu gap haqoratday tuyuldi. Axir, har kuni kitob varaqlaydigan odam boşqalar bir-biriga şunday savol berişini xayoliga ham keltirmaydi. Haqiqatan, oğir savol. Katta bir taşkilotning rahbari şunday deb tursa-ya! Nima, masxara qilyaptimi? Sinab köryaptimi?

Javob berişga oğiz juftlaşdan avval özimni bosib, rahbarning yuz-köziga sinçiklab tikildim. Yöq, jiddiy sörayapti! Demak, özi kitob öqimasa kerak! Hatto, stolida turgan biz haqimizdagi maʼlumotnomaga ham köz taşlamagan!

Savol murakkab edi! Murakkabligi, aytganimday, birinçidan, katta rahbar savoli bölsa, ikkinçidan, keyingi bir oyda qança kitob-u qölyozmalarni varaqlab çiqqanim yodimda yöq. Uçinçidan esa önga yaqin kitoblarning nomidan qay birini aytsam ekan, deb ikkilanib qoldim.

Dafʼatan, xayolimga kelgan – bunday rahbar bilan işlab baraka topmaysan, degan fikrdan könglim xijil tortdi.

Endi suhbatdan ötmaslik harakatiga tuşdim.

– Keça, – rahbarga tuşunarli bölsin uçun beparvo, biroz zarda aralaş javob qaytardim. – Alişer Navoiyning “Mahbub-ul qulub” risolasini qayta öqib çiqdim.

Rahbarning yuzida ajablaniş ifodasi körindi. Uning savolidan men qançalik esankirab qolgan bölsam, mening javobimni eşitgaç, u ham özini yöqotdi. “Mahbub-ul qulub”?! Nima degani bu? – uning yuzidan mana şu maʼnoni öqidim.

Rahbar tajanglaşib, birdan peşonasi tirişdi. Ammo mening javoblarim köp, unda esa savol tugadi, çunki Alişer Navoiyning boşqa biron asarini öqiganida ham gapni öşa yoqqa burib yuborişi mumkin edi. Afsus! Kitobxonlik bobida noçor ekan!.. Endi haligi dadil rahbardan asar ham qolmadi. Buni payqagan yuqori idora vakili vaziyatdan çiqiş payida dedi:

– Yaqinda “Odamlar içida” degan kitob qölimga tuşib qoldi. Menga yoqdi. Öta yuqori saviyada yozilgan. Öqiganmisiz?

– “Odamlar orasida” bölsa kerak, – savolni tuzatdim hayron bölib. – Maqola, esselar töp­lami. Milliy anʼanalar, tarix mavzusida yozilgan maʼrifiy töplam, desak ham böladi.

Xullas, yuqori idora vakilidan ham hafsalam pir böldi. Uning örtamiyona kitob haqidagi yuksak fikri özining kimligini, saviya­darajasini foş etib qöygandi. Çunki öşa töplam turfa iqtiboslardan yaralgan, sodda qilib aytganda, köçirma töplam edi. Hozir çuqur tahlilga kirişib ketsam, vakilning köngliga ozor yetkazib qöyişdan tiyilib, özimni bosdim.

Keyin aytarli savol berişmadi.

Ularning fikrlaş tarzi, iş tajribasi, saviya­-darajasidan qoniqmadim. Çunki ayni vaqtda özim işlayotgan işxonadagi hamkasblarim qarşimda turgan kattalardan ança bilimli va madaniyatli ekaniga imonim komil edi.

Nihoyat, natija özim kutganday böldi. Suhbatdan ötmadim.

Mahmadona, özbilarmon deyişgan bölsa kerak. Buyoği menga qoronği. Asosiysi, hammasi yaxşilik bilan tugadi…

Humoyun

 

Muallif haqida:

Humoyun (Humoyun Akbarov) — şoir, tarjimon, pub­litsist.

1964 yil Böz (hozirgi Bös­ton) tumanida tuğilgan. 1980-1985 yillarda Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetida, 1997-1998 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining Xalqaro munosabatlar va davlatlararo aloqalar fakultetida öqigan.

“Unutilgan gul” (1998), “Dilxiroj” (1999), “Könglim guli” (2005), “Yoşlik bekati” (2008), “Tuyğular raqsi” (2010), “Intihosiz navolar” (2012), “Quyoş huzuriga yöl olgan karvon” (2016) singari kitoblari çop etilgan.

Aleksandr Puşkinning “Tumor”, irland adiblari Persi Bişi Şellining “Ğarb şamoli” asarini, Jeyms Joysning “Şeʼrlar” kitobi va Anton Çexov, Herman Hesse, Redyard Kipling, Tomas Eliot, Konstantin Balmont, Robert Rojdest­venskiy, Velimir Xlebnikov, Rasul Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalarining ijodidan tarjimalar qilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan