Köngil keçinmalari. Qaytiş…

Qaniydi imkoning bölsa, qurbing yetsa-da ota-onangga çet ellarni körsatib kelsang. Davringda dunyoni körsalar senga dunyoni körsatganlar. Qaniydi…

…Ayam bilan telefonda gaplaşdim. Qişloqda çiroq öçibdi. Aytişiça, kuniga 3-4 soat öçayotgan ekan. Men keng va yoruğ şaharning qoq örtasida, işdan qaytib maşina boşqarib ketayotgan edim. Rul çambaragini ğiçirlatib mahkam qisaman. “Bekor!”. Mana bu men körib turgan rang-barang çiroqlarning bari bekor. Ota-­onam qişloqda, yolğiz. Onajonim şam yoqib, zerikkanidan qaysidir jurnalni öqib çalğigan bölyapti, sinib qolgan közoynagini tuzatganiça. Bir-birlariga qarab soğinadi, soğinişni unutgan farzandlarini. Huvillagan hovli, çang bosib yotgan xonalar battar qizdiradi bu jarayonni. Soğiniş bilan tonglar otadi… “Men bu yöllarda yurişga haqlimanmi?!”.

“Qaytay, aya, qaytay şu qişloqqa. Öşa taraflardan özimga mosroq iş çiqib qolar. Amallab ketarman”. Xayolim joyidamas. Tortaveradi qişloq, tortaveradi soğinç, könglimning bir çetida hadik ham yöq emas. Ular qariyapti… “Yöq, sendan umidim katta, bilasan-ku! Öşa taraflarda oilang bilan tinç-totuv yaşasang, unib-össang, deyman. Qişloqda heç vaqo yöq, bolam!”. Könmaydi. Özi kelmaydi. Kelsa ham ikki kunda böğiladi. Ona zamin, kengliklar uni qistayveradi. “Ketaman, bolam…”.

Qizil çiroq. Taxminan 9-10 yaşar bola maşinam oynasini taqillatadi. Hali özimga kelganim yöq. Xayol surgança oynani tuşiraman. Qölidagi narsalarni körsatib bir nimalar deydi. Tuşunmadim, yonimdan ming söm çiqarib berdim. “Bu yetmaydi. Onamning tuğilgan kuniga sovğa olmoqçiman, yetmaydi. Menga köp pul kerak. Undan köra manavi narsalarni oling!”. Qölidagilarni körsatib, iltijoli qaraydi. Barini oldim. “Uyingga ket, sovuq!”.

Oynani şoşib yopaman. Xuddiki, miriqib surayotgan xayollarim öynoqlab taşqariga qoçib ketadigandek qizğonaman. “…Tuğilib katta bölgan uyda, ota-ona, aka-uka, opa-singil, nabira-yu çevaralar qurşovida oilaviy ötiriş, yoqimli va şirin suhbatlar quriş. Ötkinçi hayotda bir insonga şu davraning özigina yetarli va bu uning uçun ulkan baxt-ku aslida”. Kim maqsad bilan kimdir maqsadsiz, baribir vaqt ötyapti. Odam qariyapti. Dadam kuçdan, ayam köz nuridan qolgan. Men nega hozir ular bilan emas­man?! “Bu yerdagi yoqimli lahzalar, çiroyli manzaralar, yaqin köringan insonlar, turfa mahsulotlar-u “jaraq-jaraq” pullarning bari bekor. Ildizingdan nari kökarib keta olmaysan baribir”.

Yaşil çiroq. Gaz pedalini qattiqroq bosaman. Sovğa… Heç bölmasa şu işni qoyillatdingmi, deyman öz-özimga. Eslayman, xotiramdan çiqmaydi u kunlar. Bahor fasli edi. Dadamga sovğa olib boraman. Içimda alam, közimda aksi. Heç kimga sezdirmay aççiq-aççiq yiğlayman. Sovğa uçun olgan kiyimim dadamga katta keladi…

Ota-onadan bölak kelajakni közlab, taqdirni izmida uzoqlarda köp qolib ketibmiz. Va… buni davom ettiryapmiz. Odatda dadam mendan bir ölçam katta ust-boş kiyardilar. Şu taxminda kattaroğini olib boraveribman. Sovğa qilgan kiyimimni egniga ilganida esa bexosdan könglim bözlab ketdi. Buni tasavvur qiliş qiyin. Gavdasi ança kiçraygan, bir paytlar meni osmonga otadigan bilaklardan kuç qolgan edi. Nazarimda örnimiz almaşib, endi men ulardan katta ölçamli kiyimlarni kiyayotgandekman. Özimni yomon körib ketdim.

Uyga kelib, dadam meni bir payt­lar otgandek öğlimni osmonga otib közlarimga yoş keladi. Uni bağrimga mahkam bosib, xuddi ayamdek “ataşkam” deb erkalayman.

Muhammadjon XÖJAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan