Birinçi matbaaçi. Nega u otuvga hukm qilingan edi?
Örta Osiyoning mahalliy kişilaridan yetişib çiqqan birinçi matbaaçi Otajon Obdalovning hayoti öta ayançli keçgan bölsa-da, möʼjiza degulik edi. Xonlik davrida kimdir uni eʼzozlab, şart-şaroit yaratib bersa, boşqa bir xon zindonband qilib, böğizlatmoqçi böldi. Yaxşilar yordamida bu zulmdan qutulib, endi iş boşlaganida taxtga çiqqan yangi hukmdor uni yana zindonga taşlardi. Şörolar davrida ham unga oson bölmadi…
1876 yil. Xorazmning maʼrifatparvar hukmdori Feruzxon devonlarga tartib beruvçi hattotlar işini zamonaviylaştiriş niyatida Erondan Ibrohim Sulton degan matbaaçini işga taklif etdi. Şu tariqa katta pul evaziga qisqa muddatda iş örgatildi. Köhna Arkda toşbosma qurildi. Feruzxon Petro Aleksandrovsk (Törtköl)dagi rus-tuzem maktabini bitirib, Pirnaxosdagi “Koşilo” yonida işlab yurgan Otajon Obdalovni matbaaçiga şogirdlikka berdi. Iş qizib, ustoz-şogird matbaaxonada ayrim hujjatlarni, 1876 yili esa ilk bor Forobiyning “Nisobus-sibiyon” asarini çop etişdi. Şartnoma muddati tugab, Ibrohim Sulton Eronga ketgaç, butun iş Otajonga qoldi. U öziga Muhammad Yoqub, Xudirgan xarrot, Xudoybergan muhrkon , Ismoil devonlarni şogird qilib oldi va matbaa işini jonlantirdi.
Natijada 1880 yili Navoiyning “Xamsa”, 1882 yili “Çor devon”, Ogahiyning “Taʼviz ul-oşiqin”, Komilning “Devoni Komil” kabi asarlari toşbosmada çop etildi. Şuningdek, Feruzxon saroyidagi şoirlarning devoni ham Otajon Obdalov tomonidan naşr qilindi.
Eʼtiborlisi şundaki, Feruzning yozganlari bir neça jild devon holiga kelib qolgan bölsa-da, matbaaxonasida öz asarini çop ettirişga şoşilmadi. Forobiy, Navoiy, Ogahiy asarlari toşbosmada naşr qilinganidan sönggina 1897 yili öz ğazallarini kitob holida çop qildirdi.
Xöş, xalq Otajon bosma, deya ataydigan matbaaçining toşbosmasi qanday bölgan? 1908 yili Xivaga kelgan rus şarqşunosi A.Samoyloviç bu haqda şunday yozib qoldirgandi: “Feruz 1900 yili toşbosmani Köhna Arkdan Qibla Tozaboğga köçirgan ekan. Toşbosma uç xonadan iborat. Birinçi xonada kotib naşr qilinmiş asardan toşbosma siyohi bilan nusxa köçiradi, ikkinçi xonada varaqma-varaq yozuvli toşga qöyib bosilgan va quritilgan varaqlar uçinçi xonaga, yaʼni omborxonaga ötkaziladi. Yangi taşkil etilganida, toşbosma faqat bitta varaqqa möljallangan bölsa,1900 yillarning boşiga kelib, toş ölçami kattalaştirilib, unga törtta varaq joylaşadigan bölgan.Toşbosma dastgohi qölda işlatiladi. Işni usta boşliq uç kişi bajaradi. Bir kişi toşbosma dastgohining ğildiragini aylantirib turadi. Ikkinçisi, qoğozni almaştiradi, uçinçisi esa alohida stolda valikka böyoq surtib turadi”.
Şu tariqa iş yuritilgan matbaaxonada 1910-1915 yillargaça qirqdan ziyod kitob çop etilgan. 1910 yili maʼrifatparvar Xiva xoni Feruz vafot etgaç, işlar ölda-jölda qoldi. Hatto, Isfandiyorxon Otajon Obdalovni isyonkor şoir Avaz Ötar ğazallarini toşbosmada çop etgani uçun zindonband qildi. Garçi u yaxşilar yordami bilan böğizlanişdan omon qolib, ozodlikka çiqarilgan bölsa-da, matbaaxona işi töxtab qolgan edi. Taraqqiyparvar Otajon bosmaning jadidlarga qöşilganini eşitgan Said Abdullaxon uni 1919 yili yana qamoqqa oldirdi.
1920 yil. Hibsdan çiqqan oltmiş tört yoşli Otajon bosma keksaligiga qaramay, şijoat bilan işga kirişdi. Matbaaxonada işlar jonlanib, endi nafaqat kitoblar, 1920 yilning 8 martidan “Inqilob quyoşi” gazetasi, hatto, Xorazm respublikasining şoyi, qoğoz pullari ham bosib çiqarildi.1920-30 yillarda Xivadagi matbaaxonada Xorazmning önga yaqin, Qoraqalpoğistonning esa oltita gazeta, jurnallari çop qilingan.
1929 yili Otajon Obdalov zamonaviy poligrafiya sirlarini örganiş, tajriba orttiriş niyatida Toşkent va Moskvaga borib, iş jarayonini özlaştirib qaytdi. Bu paytda 73 yoşga kirgandi. Özbekiston rahbariyati uning matbaaçilikka qöşgan hissasi, fidoyiligini eʼtiborga olib, “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirladi.
Otajon Obdalov hayotining oltmiş yilini matbaaçilikka bağişlab, Nizomiddin Şamsiddinov, Sodiq Halimov, Durdi Panoyev, Ollabergan Rahimov, Ota Miskinov, Boyjon Otajonov, Madrahim Saydaliyev, Qodir Abdullayev singari şogirdlarni yetiştirgan. Ollabergan, Jabborbergan, Rahmonqul ismli uç farzandni voyaga yetkazib, keksalik gaştini surib yurganida 1937 yilda “xalq duşmani” deya qamoqqa olinadi. 80 yoşli keksa matbaaçi qamoqdagi azobu uqubatlar natijasida 1938 yilda 81 yoşida otişga hukm qilinadi…
Ammo Otajon bosma yurtimizning ilk mahalliy, maʼrifatparvar matbaaçisi sifatida tarixda qoldi.
Umid BEKMUHAMMAD
