Kökböri
Xolmuhammad Karimiy
Muallif haqida:
Xolmuhammad KARIMIY — 1966 yilda Qumqörğon tumanidagi Şerozi qişloğida tuğilgan. 1995 yilda ÖzMUning filologiya fakultetini tamomlagan. Yozuvçining “Hurayro”, “Hurliqo”, “Buni hayot deydilar”, “Ovunçoq toş”, “Uruş körgan odamlar” singari nasriy kitoblari çop etilgan. Muallifning “Samarqand fasli” qissa va hikoyalar kitobi esa yaqinda Turkiyada naşr etildi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Kökböri
(Hikoya)
Hisor toğ etagidagi qişloq. Nurali çöpon odatdagidek xuftondan keyin qötonni közdan keçirib qaytar çoğ osmondan bir nur öqdek uçib borib Kiyikmozorning ğoriga kirib ketgandek böldi. Çöpon hayron, heç bunaqasini körmagan, öylay-öylay uyga kelib yotdi. Çala ölgan ilondek tölğonib tongga intizor bölib bomdod mahali nur sirini biliş uçun jönadi. Qölida tayoği, belida piçoği bilan hansirab çöqqiga çiqib borganda quyoş yuz körsatgan edi. Şu mahal ğor tarafdan ğingşigan tovuş eşitildi. Ehtiyotkorlik bilan ğor tomon asta-asta qadam taşladi. Ğor oğzida katta tarğil böri oldoyoqlariga boşini qöygança ölib yotibdi ekan. Uning ölikligini bir körişda payqagan bölsa ham qattiq seskanib, beixtiyor ortiga tisarildi. Özini önglab piçoqni bir qölga, tayoqni ikkinçisida mahkam tutib tevarakni kuzatdi. Bu gal ğingşigan ovoz yaqinidan eşitildi. Börining tanasini tayoq bilan turtib körgandi yon tomonga ağanab tuşdi. Qotib qolgan tanadan bildiki, ança oldin ölib qolgan. Börining şerigini axtarib tevarakni yana közdan keçirgaç, jondorning oçiq qolgan közlarida qandaydir bir iltijo qotib qolganini aniq payqadi. Engaşib qaragandagina uning erkak böri ekanligini bilib ajablaniş barobarida ona böri qayerda, degan hadik oldi. Ammo ölgan börining tagida ikki ölik böri bolasiga közi tuşgaç, battar qörqib ketdi. Bunday paytlari ona böri quturib ketadi. Şu payt böri bolalaridan biri ğingşidi. Bittasi tirik ekan. Kulrang yungli ğalati bir böri bolasi. Nurali çöponning köziga qandaydir jozibali körindi. Uni tayoq bilan qimirlatgandi undan nur taralib ketganday böldi. Çöpon hayratda. Ota börining sonidan qon sizib qotib qolganini körganda esa beixtiyor “eh” deb ingrab yubordi. Ona böri ovda halokatga uçragan, arloni bir amallab uyaga yetib kelganu bolalarini bağriga olib jon bergani kundek ravşan böldi. Bu börining ne xislati borki, nur şu ğorga tuşdi, endi böri bolasida jilvalanib turibdi. Şularni öylab tunda kelolmaganiga açindi. Beçora zorlanib yordam sörayotgan holida jon bergan ekan-da. Lekin bu sirli manzaraning maʼnosiga aqli yetmadi. Şunday bölsa ham huşyorlikni yöqotmay yana tevarak-atrofni bir sidra kuzatdi. Közlari endigina oçilgan böri bolasi ğingşib qöymoqda. Böri bolasining boşini çiqarib töniga öradi-da, böri va böri bolasini piçoği bilan yer kovlab kömdi. Ğingşiyotgan böri bolasi tipirçilab çoponni tepkilardi. Balki, bu hayvonning minnatdorlik alomatidir. Tamizli, ziyrak feʼl çöpon tabiatga, hayvonlarning xatti-harakatiga juda eʼtiborli munosabatda bölardi. Bugungi holatning ortida ham sirli bir xayr borligini ilğagandek edi. Şu sabab börining yordam sörab oçiq holda qotib qolgan közi uçun uni kömib köngli tinçigaç, böri bolasini olib uyiga jönadi.
Uç öğli bu ovunçoqdan rosa quvonişganidan ilhomlanib er-xotin bir amallab böri bolasiga qöy sutidan içirişdi. Şu zayl u tirik qolib ulğaya boşladi. Yana bolalar uçun zör ermak. Qiziği, şu böri bolasini uyiga olib kelgan kunidan boşlab rözğoriga ayriça bir baraka kirganini his etdi, hatto xotinidan buning tasdiğini bot-bot eşitdi. Ayniqsa, kenjasi Jonpölat undan ajramay qöyganidan tusmollab şu öğliga Xudo bir nasiba qilib berdimikan, deya köp öylaydi. Negadir, böri bolasi ham unga elikdi. Undagi nur har kimga ham sezilavermaganidanmi, yo börilardan çöçişgani uçunmi, işqilib, odamlar börini asraş yomon xosiyat sifatida gapirişadi. Şu taxlit yillar ötdi. Böri bolasi kattakon kökböri bölib yetildi. Jonpölatning doimiy hamrohi. Akalari ulğayavergaç böriga eʼtiborsiz bölganidan ota kökböridagi nurning barakasi kenjaga atalganiga gumon qilmay qöydi. Kökböri boşqa itlar bilan birga ösganidan ular bilan aralaşib yuraverardi. Odamlar ham uni it sifatida qabul qilib, beparvo bölişganidan otaning köngli tinç edi. Vaqti zamoni kelib çöpon öğillarini ketma-ket uylantirdi. Kenja kelin ham böriga ğayrlik qilmayotganini sezib rosa quvondi. Haqiqatan ularga nasiba ekan, deb qatʼiy qarorga kelib ham bölgandi.
Bir kuni ularning ovulida şovqin-suron boşlandi. Sabab örtança öğilning qörasidagi qözilardan birini böğizlab ketgan böri kenjaning “kökböri”si emiş. Ğavğo kötargan kelinning tovuşidan avvaliga ovsinlari, keyin ovuldagi qöşnilar ham birin-ketin yiğilişib qolişdi. Muhokama kattarib borarkan, şu payt qötondan qaytgan kenja kökbörini ergaştirib kelib qoldi.
Xuddi şuni kutib turgan jabrdiyda kelin ularga taşlandi. Kökböri qoçib uzoqroqqa borib tişlarini takillatib irillagandi. Kökbörining bu qiliğidan uning yirtqiçligi qöziganiga şubha qolmadi. Şu bilan ğajib taşlangan qözi hammaning esidan çiqib kökbörini öldiriş masalasi örtaga çiqdi. Nihoyat, kun peşindan oqqanda taraf-taraf boşlanib butun ovul oyoqqa turgan. Sal bölmasa aka-ukalar bir-biri bilan jiqqa muşt böladigan. Nurali çöpon mojaro ustiga kelib qolmaganida yomon holat yuzaga çiqişi turgan gap edi. Çöpon esa heç biriga tanbeh bermasdan bu voqeaning hikmatini öyladi: nur bejiz menga körinmadi. U böri bolasida turibdi. Balki, kenjamga atalgan nasiba bölsa, janjal işora emasmikin?
Şu xayolda Nurali çöpon kökbörini körişi kerakligini aytib, salla peçini yelkasiga oşirib taşlab qöydi-da, soqolini tutamlab-tutamlab öğli işora bergan tomon yurdi. Yiğilgan erkagu ayol sukutda ularni kuzata boşladi.
Kenjasi bilan borib kökböriga uzoq nazar qilib, razm solar ekan, uning peşonasidagi nur bir-neça marta jilvalanib ketdi. Ana şunda jonivor aybdor emasligi, aksinça, bu nasibaning egasi aniq bölganini bildi:
– Jonpölatim, ovuldan ketmasang bölmaydi-yov. Senga vasiyatim şuki, oilang bilan kökbörining ortidan ketaver, u senga yöl körsatadi. Qiliç belingdan tuşmasin, ortingga qarama.
Öğil sözsiz itoat etdi. Oğiroyoq kelinni ona kuzatdi. Şu bilan mojaro suv sepgandek tinçidi.
Hisorning etagida Surxon daryosi şarqirab oqib yotadi. Daryo böylab qoronğu tuşgunça yurdilar. Tunda yaydoq yalanglik topib joy hozirlab yotdi. Ertalab kökböri ortidan yana yölga tuşdi. Şu zayl daryodan keçib ötib Bobotoğ qirlariga örlab borişardi. Bu tomonlar keng yaylov ekan, möl-köl öt-ölan ösadigan qirlar böylab ketib borişardi. Bir kuni katta bir soydagi oçiq maydonga yetib borib kökböri çönqayib ötirib osmonga qarab uvladi. Keyin atrofni aylanib kelib uvlagan joyida yotib oldi. Er-xotin şu yerga qöşini tuşirib joy hozirlaşga tuşdi. Odatdagidek tun osuda edi. Kökböri yonlarida bölganidan bexavotir uyquga ketdilar. Biror şarpani sezsa jonivor irillab xabar berişi aniq. Ammo ertalab uyqudan turişi bilan ikkisi ham hayratda qolişdi. Atrof töla qunduz. Bu möynali jonivorlar qayerdan kelganiga aqli yetmay hayron. Bu nasibadan quvonçi içiga siğmay ketgan Jonpölat ularning terisini şilişga kirişdi.
Xotini tayyor terilarni quritiş uçun birin-ketin butalarga ilib çiqdi. Çöpon oilada tarbiya topgan yoşlar bunday işlarni körib közi pişgan. Jonpölat tayyor terilarni yelkaga osib kökbörini xotini oldida qoldirgan köyi daryo böyidagi qişloqqa qarab yöl oldi. Qişloqdan yordamçi yollab bozorga jönadi. Işlarni bitirib qaytgaç, qişloq keksalari bilan uçraşib bölgan voqeani aytib buning sirini söradi. Keksalar zör gap aytdi. Bu toğning ikki tarafida ikki daryo oqar ekan. Biri Jayhun, biri Surxon. Ana şu ikki daryodagi qunduzlar yilning maʼlum tunlari gala-gala bölib şu makonda juftlaşişga kelar emiş. Şu keça kelgan gala ularning rizqi bölib çiqdi. Juftlaşgani kelgan qunduzlarni bir-biriga yetişmasidan uning kökbörisi ov qilgani çiqibdi. Şu bilan Jonpölat otamakondan uzoqlarda nasibador bölib qoldi. Ana şunda otasining nima sababdan kökböri ortidan ketaver, deganiga tuşungandek böldi. Şu sabab kökböriga mehri yanada ortib, uni er-xotin parvarişlaşda davom etdi. Yillar ötib boyigandan boyib borişardi. Hatto hamma uning ravişi bilan iş tutadigan, maslahat söraydigan obrö-eʼtibor egasiga aylandi. Bu orada oğiroyoq kelinning közi yoridi. Öğil farzand dunyoga kelib, Xudo bergan barakali rizq-nasibalar şukronasiga farzandiga Xudoyberdi ismini qöyişdi. Keyinçalik ham kökbörining barakali işlarda sabab bölayotganiga bu oila köp bora duç keldi. Xudoyberdi alpong-talpong qadam taşlaşi bilan kökböri bilan öynaydigan bölgani esa otaning quvonçiga aylangan. Kelin sal hadiksirasa-da kökbörining yuvvoşligini körib tinçlanardi.
Hisor taraflarda Nurali çöpon oilasida bir ğariblik sezilgani aniq. Kenjasi bilan baraka ketib qolgandek. Biroq ota-onadan boşqalar öz taqdiri, öz hayotiga kömilib yaşaşda davom etayotganidan şubhali öylar yuzaga çiqmas. Oradan uç-tört yil ötib ketgan, onaning soğinçi kuçayganidan erini tek qöymay yölga tuşişga undar. Er esa paysalga solgani-solgan. Nihoyat, ota ham yölga tuşişga rağbat sezib otlandi. Söroqlab yurib öğlining daragini eşitib ularni topib borgan-da öğli bilan kelini soğinçini köring-da. Nurali bobo nevarasini quçar ekan, bir quvonçiga ming quvonç qöşildi. Mehmondorçilik maromi yetgan. Otaning kayfi çoğ. Atrofdagi keksalar yiğilib kelib mehmon bilan uzoq suhbat qurdilar. Bularning baridan quvonar ekan, kökböridagi nur hamon uning peşonasida turganini payqagan otaning içi ezildi. Yoşi ham bir joyga borib qolgan bölsa. Xudo unga alomatlari bilan bir rizq bergan edi-yu, adaşib uni kenjaga mehrim ziyoda bölgani uçun berib qöymadimmi, degan qörquv köngliga tuşdi. Balki, katta öğillariga atalgandir. Mehr odamni aldaydi. Men omonatni öz egasiga bermabman degan xayolda boşi qotgan. Bu nur qay bir öğliga atalgan?
Bir kuni ertalab turib öğli va keliniga uyga qaytiş vaqti bölganini aytdi. Xijolatlik bilan öğliga bir gapi borligini bildirdi:
– Sovğa-salomingni ortmoqlab yurmay, bizda hammasi yetarli. Xohlasalaring birga olib ketaman. Şu yerga örgangan bölsalaring unda ham istaklaring. Ammo bolam silardan bir iltimosim bor.
– Otajon, heç öylamay ayting, bizning oila sizning mulkingiz, – dedi Jonpölat. – Eʼtiroz haqida öylamang. Elning mehrini qozondik, şular bilan qolişni maʼqul körsangiz ham, yur desangiz ham rozimiz.
– Men silarni bu eldan ajratişni öylamadim. Şu eldan mehr topibsilar, el bilan birga bölinglar, – dedi iç-içidan ezilib. Ammo qiynalib uzoq öylangaç, – kökbörini olib ketmoqçiman. U qaribdi. Uni öz makoniga olib boray.
Öğli heç ikkilanmay rozi böldi. Otasi otlangaç, kökbörini çaqirib uning böyniga sirtmoq soldi. Arqonning uçini otaga uzatdi. Nurali çöpon parişon holda ot ustida arqonni mahkam uşlab xayr-xöş qilgança yölga tuşdi. Kelin ham bolasini yetaklab kuzatib qoldi. Kökböri itoatkorlik bilan otga ergaşdi. Nurali çöpon iç-içidan ingranib, kökbörining harakatini körganda xato qaror çiqarganidan ökindi. Kökbörining peşonasidagi nur qaysi farzandiga atalganidan boşi qotib xayolga berilgan köyi borar çoği kökböri qattiq silkinib uni otdan yiqitib yuborayozdi. Ikki qöllab otning yoliga yopişib yiqilmay qoldi-yu, qölidan arqon böşab ketdi. Arqon sudragan kökböri dahşatli irillab qöra oldida yotgan katta qöçqorga çang solib bir hamlada böğizlab taşladi. Nurali çöpon hang-mang, öğli va kelini çinqirib yugurgan. Tipirçilayotgan qöy eʼtiborini tortgan çöpon, qöyni halollaş uçun otdan tuşasolib belidan piçoğini olib çalajon qöyni böğziga tortib yubordi. Şu payt bolalari ham yetib kilişdi. Kökböri qoçib ketgan. Nurali çöpon qattiq afsus qildi. Peşonadagi nuriga aldandim, bu yolğon narsa ekan, deya öğliga qarab boş çayqadi. Ust-boşiga qon saçraganini körgan kelin qaynotasini uyga boşladi. Şu payt nevarasi turgan joyida körinmagaç, qattiq qörquvga tuşgan bobosi, bolang qani, kökböri-çi, deya ayançli tovuşda qiçqirib yubordi. Buni eşitgan öğil ham, kelin ham qörquvdan joy-joyida toş qotib qolgan. Nurali çöponning özi uy tomon yugurgan. Ötovning yonida xotirjam öynab ötirgan nevarasiga közi tuşgaçgina qörquvi bosilib uning oldiga bordi. Bolakay oldida yotgan kökbörining boşini silab ötirardi. Boyagi yirtqiçning bu holi Nurali çöponni hayron qoldirdi. Avaylab bolani olmoqçi bölganida unga kökböri ayançli ötmişni eslatib yubordi. Şunda butun öy-xayoli çuvalaşib nevarasini kötarib olmoqçi bölgan uzangan qöllar havoda qoldi. Bolaning peşonasida nur jilvalanib turardi. Kökböri esa omonatni egasiga yetkazdim degandek iltijoli holatda közi oçiq ölib yotardi. Şu payt öğli va kelini ham çopib yetib keldilar.
Ota bolalarini tinçlantirgaç, kökka qarab qöl oçdi.
– Xudoyberdiga Xudo bergan ekan. Nasiba egasini topdi. Öğlim oilangni mahkam tut, menda armon qolmadi.
