Eşik
Maʼmura ZOHIDOVA
(Hikoya)
U savatçani oyoqlari bilan yaqiniga surib, yeb turgan nokining pöçoğini taşlarkan, stol ustida turgan telefon göşagini kötarib, raqam tera boşladi.
– Allo…
— Assalomu alaykum, Karomat Eşqobilovna, — göşakning narigi tomonidan ayol ovozi keldi.
— Vaalaykum assalom, nega haligaça umumiy hisobotni topşirmadinglar?
– Böldi, hoziroq tayyorlab eltib beramiz.
– Demak, hali tayyor ham emas ekan-da.
– Yöq-yöq, tayyor.
– Menga qarang, menga hoziroq yubor deyişyapti. Amallab bir narsa qilarman. Lekin-çi, hozir şahar boşqarmasida tekşiruv bor ekan. Şunga unça-munça yiğib bersanglar, yaxşi bölardi.
– Böpti, qança ekan?
– Qarang, lekin dimi çiqmasligi kerak.
Metodist köz qiri bilan eşik yonida ötirgan, yangi işga kelgan yigit tomon qandaydir xayol bilan qarab qöydi.
– Yöq, hammasi joyida böladi. Könglingiz töq bölsin.
– Yaxşi, sizga işonganim uçun aytyapman-da. Tört yuz ming söm qilib bersanglar böldi. Qolganini özim bir amallarman.
Narigi tomon rozi bölib, ertagaça muddat sörab telefondan uzildi.
Metodistning qiyofasida mamnunlik akslandi. Nima qilişni bilmay önğaysizlanib ötirgan yangi xodimga yana bir köz qirini taşlab kulgisini yelpiğiçi ortiga yaşirdi. Bir ozdan keyin u yana telefoniga yopişdi.
– Vaalaykum assalom, Marhaboxon, qandaysiz, onam? Işlaringiz yaxşimi? Onam, xullas, şundoq vaziyat bölib qoldi-da. Mana bu eşigimizni yangilaş kerak ekan. Katta tekşiruv bor ekan. Taʼmirlaşniyam, eşik örnatişniyam özimizga yuklab qöyişdi. Bugun endi “işonganlarim bor-ku, yordam qilişar” deb sizga qönğiroq qilib turgan joyim. Böyoq-möyoqni özim uyda xöjayin bilan gaplaşib bir narsa qilarman, lekin eşik menga sal oğirlik qilyapti-da.
– Karomat opa, biz turganda öylanib ötirasizmi? Siz bir özingiz. Biz köpçilikmiz. Nima yordam ekan endi? Aytavering.
– Sizlarda öqituvçi köp, şunga bir beş yuz ming qilib bersanglar, qolganini boşqa yaqinlarimizga aytib, kamiga oylik-poylikdan qöşib bir narsa qilib yuborardik-da.
– Böldi, tuşunarli. Siz xavotir olmang. Keçga yaqin özim olib boraman. Bir sizni körib ham kelay degandim.
– Rahmat, jonim, rahmat. Çarçamang.
Karomat Eşqobilovna sumkasidan oynaça olib soçlarini töğrilagan böldi. Kotibaga qönğiroq qilib, mudir bor-yöqligini söradi. Şu yerda ekanini bilgaç, qoğozlarini tartibga keltirib, imzo kerak böladigan hujjatlarini taxladi. Yana bir körib çiqdi.
Telefoni ovoz berdi.
– Allo, Maqsud Saliyeviç, assalomu alaykum, yaxşimisiz? Rahmat, rahmat, özinglar yaxşi işlayapsizlarmi? Maqsud Saliyeviç, qalay, ana u darsim kamaydi deb janjal qilib yurgan öqituvçingiz bor edi-ku, nimaydi oti? Ha, öşa, tinçib qoldimi?
U yoqdan maktab direktori dedi:
– Hozirça tinç-ku. Yana kim biladi. Tinç turmagani biror ön-ön beş kunda bilinadi-da.
– Ha. Juda oşirvorarkan öziyam. Şallaqiligini qarang.
– Ey, gapirmang, jondan ötkazvoradi. Karomat Eşqobilovna, çoraklik hisobotni oldingizmi? Malaka oşiriş maʼlumot-jadvalini ham yuborgandim.
– Oldim, oldim, rahmat. Töğri tayyorlabsizlar. Maqsud Saliyeviç, men telefon qilganim – rayonomizga katta tekşiruv kelarkan. Şunga mudir hamma öz xonasini özi taʼmirlasin, dedilar. Köplaşib bir yordam qilasizlarmi deb…
– Karomat opa, heç ilojim yöq. Özi ötgan yilgi maktab taʼmiridan oşxonamiz qolib ketgan. Öşani öqituvçilar bilan töplaşib qilib yuboramiz degandim, bir-ikki ğalamislarning kasriga bölmay qoldi. Endi nima bölarkin deb öylanib turibman.
– Hm, şunaqami, – Karomat Eşqobilovna qölidagi qalamning orqasini stolga taq-taq etib urdi-da, gapni qisqa qildi, – Xöp, mayli, yaxşi qoling.
U tomon nimadir deganiça qoldi. Telefonni öçirdi.
Örnidan turib qölidagi qoğozlari bilan mudir xonasiga yöl oldi. Eşik oldiga kelganda hayron ötirgan yangi metodistga qaradi. Kinoya bilan söz qotdi:
– Siz zerikib qolmay ötirib turing, xöpmi? Men hujjatlarimga rahbarimizdan imzo olib kelay.
Yigit örnidan turib, boş silkidi.
Karomat Eşqobilovna mudir huzurida zarur qoğozlarni imzolatdi va çiqib ketmay örindiqqa çökdi. Mudir uning nimadir gapi borligini tuşundi. Köziga qaradi.
– Ğayrat Sadiroviç, ana u Darvozadagi direktorimiz işga sovuqqonlik qilyapti. Öquvçilari içida uçastka nozirining röyxatiga tuşganlar özi köp edi. Ötgan ikki oyda yana uçta qöşilibdi.
– Ğayrat Sobitovmi? Şunaqa deng. Maktabida bola ham köp-da özi.
– Ha, köp, lekin bola köpligi böyiça undan oldinda turadigan törtta maktabimizdan birortayam röyxatga tuşgan bola yöq.
— Uni erkak kişi, yaxşiroq eplaydi, deb direktorlikka qöyuvdik. Tajribasi kam-da.
– Keyin öquvçilarning özlaştirişi ham pasaygan. Ötgan oy tekşiruvga borganimizda bizga tayyorlab bergan hisobotlari bilan jurnallarni soliştirib hayron bölib qoldik. Qalbaki qilib çiqarib berişar ekan.
– Iye, siz qayerga qarayapsiz? Öşa zahoti aytmaysizmi?
– Aytmoqçiydim, boşqa işlar bilan bölib…
– Qiziq emasmi bu işingiz? Keyingi seşanba butun rayono öşa maktabda böladi, hamma işini tekşirasizlar, tuşunarlimi?
– Xöp, xöp, Ğayrat Sadiroviç.
– Yangi metodist qalay? Olib ketadimi?
– Ha, örgatyapman. Uddalab ketar.
– Yaxşi. Özingiz yaxşilab iş örgating. Hamma tarix öqituvçilari maʼlumotlarini örgansin. Bekor ötirmasin. Özingiz işga solib qöying.
U mudir qabulidan yaxşi kayfiyat bilan çiqdi. Xonaga kirişiga yangi xodim yana örnidan turib olgan edi. Jini qözidi.
– Ö-ötiribsizmi? Boring ovqatlanib keling. Soat beştakam bir böpti.
– Xöp, – yigit çiqib ketdi.
Özi ham tuşlikka otlandi. Bir qöliga karmonini olib, eşikni qarsillatib qulflayotganida sport maktabi rahbarlaridan biri topşiradigan qoğozlarni kötarib kelib qoldi.
– Assalomu alaykum, Karomat Eşqobilovna, işlaringiz yaxşimi?
Uning ensasi qotdi.
– Tuşlik boşlandi. Ololmayman. Sizlarga qolsa hisobotlarni eşikdan irğitib ketsanglar ekan-da-a? Şoşilmang, yozdirib, tuşuntirib keyin ketasiz.
Maʼnaviyatçi har qança yalinib ham, işlari zarurligini aytib ham köndirolmagaç, taşqaridagi yoğoç örindiqda kutib ötiradigan böldi.
Nihoyat, u telefonni quloğiga tutib, qandaydir yaqin odami bilan sözlaşgança qaytib keldi, joyiga ötirdi-da, telefoniga “bir minutga” deb qöyib ortidan ergaşib kirgan maʼnaviyatçiga yuzlandi:
– Qani opkelganingiz?
– “Bilimlar bellaşuvi” böyiça hisobot edi. Qatnaşadiganlar, keyin öqituvçilari.
Sport maktab maʼnaviyatçisi narida turgan stulni surib rayono mulozimining yaqiniga keltirdi-da ötirdi. Karomat Eşqobilovna peşonasini tiriştirib unga söz qotdi:
– Qoldirib ketavering, körib keyin özim telefon qilib yuboraman, xöpmi? – u yana telefonni şoşib quloğiga yaqinlaştirdi. – Yööq, sizga emas. Yonimdagi odamga aytyapman.
Qoğozlarni u körsatgan stolga qöygan maktab rahbari labini xiyol burgan böldi, taşqaridan kirayotgan yangi metodist bilan boş irğab xayrlaşdi-da, çiqib ketdi.
Ayol sumkasidan ikkita konfet olib birini oğziga soldi. Keyin navbatdagi maktabning rahbariga qönğiroq qildi. Kötarmagaç, qöşni xonadagi qizni çaqirdi:
– Mavjuda!
– Labbay Karomat opa.
Qiz uning oldiga çiqib keldi.
– Anu Çaşma köçadagi maktab bor-ku, öşani rahbari bilan sen yaxşi çiqişasan. Şunga aytgin, bizning xonaga eşik olişga bir uç yuz mingmi, yiğib bersin. “Qolgan maktablarga boşqa iş tuşgan. Yaqinda katta anjuman böladi. Uning ham çiqimlari bizning böynimizda”, deysan.
– Voy, Karomat opa, qanday bölarkin. Töğrisi, yaqinda bolamni anu boğçaga öşa direktor joylab beruvdi-da. Menga sal noqulay.
– Voy-bö, ularga bola joylaş iş ekanmi? Ja katta narsa sörayotganimiz yöq. Özi yonidan bermaydi öşa pulni, boyvaçça öqituvçilari bor. Har xil xodimlarni işga olib, işdan haydab yotibdi-ku. Oşpazini yaqindan beri uç marta almaştirdi. Heç narsadan-heç narsaga işga olmaydi axir. Ozgina yetmayaptiykan deysan.
Qiz boşini bir tomonga qiyşaytirib labini tişlab turdi-da,
– Böpti, bir telefon qilay-çi, – dedi. Saldan söng u yana qaytib kirdi. – Böldi, aytdim. Özi pulni tayyorlab, sizga telefon qilarkan.
– Qoyil, gap yöq. Rahmat senga, jonim, eşikni örnatib olsam, bitta obed mandan, xöpmi?
Qiz xursand bölib xonasiga çiqib ketdi.
Karomat Eşqobilovna sumkaçasidan pardoz buyumlarini olib, öziga biror iş buyurarmikan deb yer ostidan qarab turgan yigitga bir öqraydi-da, öziga oro bera boşladi. Keyin yana bir-ikki joylarga telefon qildi. Keçga yaqin uning oldiga birin-sirin kelib-keta boşlaşdi. Kim konvertda, kim qoğozga örab, kim yoniga ul-bul yegulik qöşib, kim qöşmasdan olib kelib taşlab ketdi.
Ertasi ertalab tumanning eng çetida joylaşgan, lekin öquvçisi ham öqituvçisi ham hammadan köp bölgan maktabning ustasi bilan yana qandaydir bir xodimi yuk ortar maşinada yangi dermantin eşik olib kelişdi. Metodistlar eşigining yopiqligini körib, bölim kiriş yölagidagi örindiqda ötirib kuta boşlaşdi. Yangi xodim ham ular yonida eşik oçilişini kutar edi.
– Bu eşik neça pulga tuşdi? – deb söradi yigit ustadan.
– Pulini domlalar tölab bölişdi. Bilmadim qançaga tuşdi ekan. Zavxozimiz olib keldi. Men örnatib ketaman.
Yigit hayron böldi.
Nihoyat, Karomat Eşqobilovna körindi. Ustalar iş boşlaşga şay ekanliklarini bildirişdi. Hozir ortlaridan “maʼnaviyatçi” ham kelarmiş.
Uzun yölakni taq-tuq ovozlar tutib ketganda, hamma bölimdagilar işga kelib, hormanglar deb ötişar, Karomat Eşqobilovnaga “muborak bölsin” deyişar, keyin öz xonalariga kirib ketişardi.
Eşik eskisining örnini egalladi. Usta endi eşikning yangi, yaltiroq bandini ham örnata boşladi. Şu vaqtda öşa maktab maʼnaviyatçisi yengil qoğozqutida şirinlik kötarib kelib qoldi. Karomat Eşqobilovna u bilan quyuqdan-quyuq, öpişib körişdi. Yoniga taklif qildi.
– Sizlarni qiynab qöymadikmi?
– Yöğ-e. nega endi. Bitta emas, ikkita eşik desangiz ham olib örnatib beraverardik. Köpçilik yaxşi-da. Arzimagan beş-olti sömdan tuşdi. Hatto yuk maşinaga ham pul ortib qoldi.
Karomat Eşqobilovna minnatdorlik bildirib turgan edi, şu yaqin atrofda, bir köça narida, joylaşgan maktabning direktori kelib qoldi. U içkariga kirar ekan, bir eşikka, bir anjomlarini yiğayotgan ustalarga qarab:
– Eşikni örnatib böpsizlar-ku. Essizgina. Keça vaqtim bölmay qoldi, – dedi.
– Voy, kelavering, Zuhra Asrorovna, siznikini seminarda panno qiliş uçun işlatadigan bölganmiz, – dedi Karomat Eşqobilovna.
Uç ayol ustalarni şirin gaplar bilan kuzatdilar. Metodist yoş kadrni “közini löq qilib baqrayib ötirişi”ga toqat qilolmay aylanib kelişga çiqarib yubordi.
– Har kelganimda şu eşik oldidagi örinda yangi xodim ötiradi. Keyingi gal kelişimga işdan ketgan böladi-ya, – dedi tort kötarib kelgan “maʼnaviyatçi”.
– Işlaş oson ekanmi? Hamma ham biz emas-da, Matlubaxon. Bir-ikki odamlar xalq taʼlimi bölimida işlaşni öyinçoq deb öylaşadi. Kelişadi, ketişadi. Ovora-ovoradan boşqa gap yöq.
Uç ayol ötirib birga tort yeyişarkan, eşikning juda çiroyli ekani, egasiga yaraşib turgani, xonani oçib yuborganidan suhbatlaşar edilar.
Tört oy ötib tuman xalq taʼlimi bölimini yangi binoga köçirişdi…
