Ustoz Şerzodxon Qudratxöja
Dunyoda şunday insonlar borki, ular yaxşilik qilib, suvga taşlab ketaveradi. Qilgan ezgu işlari şu qadar köpki, ular jamiyatga ham, davlatu millatga ham taʼsir ötkazadi va kezi kelsa, dunyoni özgartira oladi. Ularning bu işlarini ehtimol bandasi bilmas. Ammo Xoliq, albatta, biladi.
Kişilar taqdirida muhim iz qoldiradigan şaxslar böladi. Mening ham hayotimga taʼsir qilgan şunday inson bor. Töğri yöldan toyganimda hamişa menga adolatli yöl körsatadi.
Hayot yölimda şunday şaxsga duç qilganiga Yaratgandan minnatdorman.
…2016 yil boşida bir boş muharrirning “şarofati” bilan ança vaqt işsiz qoldim.
Hozirgiday eslayman. 2017 yilning 9 aprel oqşomi. “O‘zbekiston” telekanalida “Tahlilnoma” dasturining yangi formatdagi ilk soni efirga ketdi. U menga yoqdi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda bu haqda kiçik munosabat qoldirdim. “Şaxsiy”dan Şerzodxon Qudratxöja “Tahlilnoma” deb yozilgan “planşet” rasmini yubordi va “Qönğiroq qiling!” deb yozdi. Qönğiroqlaşdik. “Işlaysizmi?” deb söradi. “Ha!” dedim. Şu zayl köngilli sifatida iş boşladim.
Öşanda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida öta zamonaviy texnikalar yöqligi bois dasturning bir neça soni “ZO`R TV” studiyasida yozildi. Baʼzan keçalari “Tahlilnoma” yozamiz. Baʼzan kunduzlari “Toşkent” telekanali jamoasi bilan poytaxt böylab örganişlarga çiqamiz. Tunlari montajxonada qolib işlaymiz. Şunday kunlarning birida “Toşkent” teleradiokanali direktorining xonasida ustoz bilan holi qolgaç, u: “Fozil, ayrimlar seni unça yoqtirişmaydi, buni sezdim. Ammo men har-xil gaplarga emas, sening isteʼdodingga işonaman, isteʼdodli odamlarning esa duşmani köp böladi”, dedi va işda qattiq davom etişimni tayinladi.
2017 yilning 24 iyul kuni “O‘zbekiston 24” teleradiokanali oçildi. “Tahlilnoma” dasturi ham telekanal tarkibiga ötkazildi. Avvaliga faqat qalam haqi tölanadigan muayyan şartnoma asosida işga kirdim. 2018 yilning boşida meni yarim ştatga işga olişdi. Lekin bunga ustoz zarraçayam aralaşgani yöq. Bildirilgan birgina işonç bilan men uçun umuman begona bölgan televideniyeda öz örnimni topa boşladim. “Tahlilnoma”ga şarhlar, “Axborot 24” va “Yangiliklar 24”ga lavhalar, boşqa dasturlarga körsatuvlar tayyorladim. Öz materiallarimga özim ovoz berdim, özim “stendap” qildim. Boşlanişiga qiyin böldi, ammo bora-bora tajribam oşib bordi. Xullas, birovdan oldin, birovdan keyin bölib işladim.
Öşa voqeadan keyin ustoz bilan yaqin bölib ketdik. Endi esa u kişiga qarab özimni töğrilayman. Biror nima yozsam, u kişi nima der ekan, deb xavotirlanaman, “telegram” yo “feysbuk”dagi “şaxsiy”dan “Menga qönğiroq qil!” deb yozsa, tamom, nimanidir xato qilyapman, deya iymanib qönğiroq qilaman-u taxminlarim rost bölib çiqadi. Şunday qilib ular oğib ketayotgan joylarimda töğri yöl körsatadi.
Ustozning minglab şogirdi bor. Lekin men u kişiga munosib izdoş böla oldimmi-yöqmi, bilmadim, ammo Şerzodxon Qudratxöja mening hayotimda çin Ustozga aylandi.
Hayot qiziq ekan-da! Qarang, birov işdan haydaydi, boşqasi esa işli bölişingga kömaklaşadi. Ularga yaqinlaşişimga sababçi bölgan voqea va meni “öz vaqti”da işdan haydagan öşa boş muharrirdan minnatdorman.
* * *
Men bu insonni yaqindan bilganim uçun yana şuni ayta olamanki, u 2016 yili Özbekistonda boşlangan yangi siyosat tufayli ommaviy axborot vositalari orqali xalq muammolarini jurʼat bilan kötarib çiqa boşladi. Xalqning rahbarlari, aniqroği, xizmatkorlarini öziga tanitdi. “O‘zbekiston 24” teleradiokanali oçilişiga hissa qöşdi. Körsatuvlari orqali odamlarga yaxşiliklar ulaşdi. Xalqaro press-klubni taşkil etdi.
Esingizda bölsa, 2017 yil Şerzodxon Qudratxöja “Tet-a-tet” körsatuvida viloyatlar hokimlaridan jonli efir orqali: “Bu yil döxtirlar va öqituvçilarga paxta terdirmaymiz”, degan vaʼdalarni ola boşladi. Şundan söng öşa paytda ustozni kimlardir unça xuşlamay ham qolgandi.
Lekin baribir Özbekiston dunyoga yuz tutişi kerak edi. Hammasi şundayligiça qolişi mumkinmasdi. 2018 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori çiqdi. Uşbu hujjatdan keyingina öz işi qolib, yagana qilişdan tortib paxta rejasining bajarilişigaça katta hissa qöşadigan döxtiru öqituvçilarni davlat paxtadan ozod qildi. Men bu bilan Şerzodxon Qudratxöjadan zamonamiz qahramoni yaratmoqçi emasman. Avvalo, bu islohotlarning boşida Prezidentimiz turgan edi. Şaxsan davlatimiz rahbarining dilidagini öz vaqtida, dadil kötarib çiqiş ham oson emas-da.
* * *
Inson özi tabiatan unutuvçi böladi. Avval qilgan yuzta yaxşi işingni baʼzan bir xatoing yuvib ketadi.
Ayniqsa, bugun internetda biror kişining qaysidir gapini matndan yulib olib, uni badnom qiliş oson bölib qoldi. Bu olomon uçun bir öyinga aylandi.
2020 yilning apreli. Öyinning navbatdagi qurboni Xalqaro press-klub rahbari, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja böldi. Öşanda karantin davrida davlat tarqatgan tekin mahsulotlardan ayb topgan yigitning videosi internetda tarqadi. Ustoz: “Aynan şunday noşukrlarga neʼmatlarni bepul berilişiga qarşiman, balkim arzonlaştirilgan narxlarda beriş kerak, tekin degan sözni luğatimizdan çiqariş kerak, tekin narsani qadri bölmagan heç qaçon, heç qaysi kapitalistik davlatda bunday qilinmagan”, dedi. Bu fikr ayrim kişilarga yoqmadi. Ğalamislar “post”dan matnning bir qismini yulib olib internetda notöğri talqin qila boşladi. Hatto tuşunib-tuşunmay Qudratxöja şaxsini qoralab, “post” yozgan ziyolilar ham böldi. Ularning ortidan esa minglab odamlar ergaşib, haqoratli izohlar yozdi.
Bu voqea birinçisi emasdi. 2018 yili Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi qurilişidan norozi bölgan rus kampirlari bilan ham şunga öxşaş holat sodir bölgandi. Öşanda Şerzodxon Qudratxöja uning asabiga tekkan ayolga qarata: “Özbekça gapiring, 60 yildan beri Özbekistonda yaşab, davlat tilini örganmagansiz, uyat-uyat!” degan. Rusparast olomon esa ustozni rosa tanqid qilgan. Hatto “uyatmen” nomli bir qança mem va stikerlar yaratildiyam.
Bir safar gaplaşganimizda ustoz: “Öşanda men öris ayollardan xafa bölmadim, davlat tilimizni himoya qilganim uçun meni qoralagan özimiznikilardan ranjidim. Demak, biz hali köp işlaşimiz kerak ekan”, dedi.
Yana bir safar ustozning telegram guruhda talabalarga bergan topşiriq va turtkisi internetda tarqab, buni köpçilik istehzo bilan muhokama qildi. Bu vaqtinça böldi. Tez kunda ijtimoiy tarmoqlarda boşqa mavzu çiqdi va omma özini öşa yoqqa urdi…
Munavvarqori Abduraşidxon 1923 yili aytib ketgan uşbu gap, afsuski, hamon dolzarb ekan: “Ovropa xalqi osmonga uçar ekan, bizda soç va soqol nizolari, ovropaliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari, Ovropa şaharlari bugun elektr bilan isitilur va yoritilur ekan, bizda maktablarda jöğrofiya va tibbiyotni öqitiş-öqitmaslik ixtiloflari… davom etdi”.
Vatandoşlarimizdan bir narsani söragan bölardim. Qölidan iş keladigan insonlarimizni asraylik. Umuman, bir-birimizni asraylik. Taniqli şaxslarimizni hadeb muhokama qilaverib, ularni hayotdan bezdirib qöymaylik.
Şu haqda öylasam, bir neça yil avval Anvar qori Tursunov (Alloh rahmat qilgan bölsin) va u kişining muhokama bölgan “qimmat” soati esimga tuşaveradi.
Muhokamada men ham özimça Anvar qorining soatini bir kambağal kampir bilan soliştirib “post” yozgandim. Uni ijtimoiy tarmoqda eʼlon qildim. Şunda ustoz qönğiroq qilib: “Fozil, sen Anvar qorining qölidagi öşa soat neça pul ekanini, qayerdan kelganini va öşa ayol avvalgi hayotida qanday yaşaganini bilmaysan-ku!” deya tanbeh bergandi. Şu gapdan söng “post”ni öçirib taşladim. Köp ötmay, Anvar qori vafot etdi. Şunda içimdan qirindi ötdi: “Biz qorining soati va boşqa “ayb”larini muhokama qilaverib-qilaverib, u kişining boşini yemadikmikan-a?”
Ustoz, bundan taşqari, boşqa postlarimga ham eʼtiroz bildirgan. Ularning aksari maʼlumoti tekşirilmagan, örganilmagan masalalar haqidagi materiallar bölardi. U kişi “post”laringni olib taşla, demasdi. Şunçaki men anglamagan sabablarni tuşuntirardi. Keyin özimdan uyalib, ularni özim olib taşlardim. Dolzarb mavzuda, tahlil qilib yozgan maqolalarimni esa köp bora eʼtirof etgan.
Yuqorida sanaganim – köngilni xira qiluvçi bu kabi voqealar haqida öylasam, Abdulla Oripovning “Ism haqida” nomli şeʼri esimga tuşaveradi:
Xayolimga kelar goh ğalat bir gap,
Gar uni el aro söylab yurmasman.
Bilmadim ne bois, bilmam ne sabab,
Ismimni birovga ravo körmasman.
Uluğ otdoşlarim maqomi yuksak,
Men şogird erurman garçand alarga.
Har neçuk, bir gapni aytmoğim kerak:
Oson bölmagan heç Abdullalarga”.
Uşbu şeʼrning oxirgi qatorini sal tahrir qilib, ustoz va u kabi ruhiy energiyaga boy insonlarga bemalol qöllasa bölarkan?
* * *
2020 yil 7 fevral kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida matbuot anjumani ötkazdik. Unga Şerzodxon Qudratxöjaniyam taklif etdik. Ustozga söz berilganida u heç esdan çiqmaydigan oğriqli gap aytgandi:
“Jadidlar – qahramon, yozgan asarlari uçun jonini bergan. Köplarining qabri qayerdaligini bilmaymiz. Agarki millat özining qahramonlarini bilmasa, uni millat deb atab bölmaydi. Men özim rusça boğçaga borganman. Maktabda rusça sinfda öqidim. Oçiğini aytaman, 11-sinfni bitirgunimizça jadidlar haqida bizlarga heç kim gapirmagan, heç kim indamagan. Bölmasa, eski şaharda katta bölganmiz. Bizlarga heç kim ularning kitoblarini öqinglar, demagan. Bu kitoblarni hozir öqiyapmiz. Qaysinisini özbek tilida, qaysi birini rus tilida. Jamiyatda islohot xohlasak, özgariş tez bölişini istasak, millatning şunday bobolari borligini, Qodiriylari, Fitratu Çölponlari borligini va ular xalq uçun bejiz qon tökmaganini, bekorga jonini bermaganini iç-içimizdan his qilişimiz kerak”.
Ustoz özaro suhbatlarimizdan birida: “Bizdan farqli ravişda avlodlaringizning baxti – özbek tilida, ona tilimizda yoza olişingizda”, degandi afsus va havaslanib. Rusça öqigani bois millatimizning asl qahramonlarini tanimay katta bölganidan, özbek tilida erkin, özi xohlagandek yoza olmasligidan bugun afsus çekayotgan odamni haqiqiy millatparvar desam, xato bölmas.
Endi öylang, bugun minglab özbeklar farzandlarini rus boğçalarida, rus maktablarida, oliy öquv yurtlarining rus bölimlarida öqityapti. Ularga esa, tabiiyki, özbek tili va adabiyoti deyarli öqitilmaydi. Öqitilsa, ham dars soatlari kam. Natijada minglab, millionlab özbek bolalari Qodiriy kim, Çölpon kim, Fitrat kim, Behbudiy kim, Abdulla Oripov kim, Erkin Vohidov kim, Toğay Murodu Halima Xudoyberdiyeva kim ekanini bilmasdan ulğaymoqda va bir umr şunday yaşamoqda. Özbek tilida fikrlaşmaydi, fikrini davlat tilida erkin bayon qila olmay katta bölişmoqda.
Nazarimda Şerzod aka öşa matbuot anjumanida millatning mana şunday ulkan fojiasiga urğu bergan edi. Millatning oğriqli muammolarini his qilgan, gapirgan, efirga olib çiqqan inson xalqning maişiy muammolarini anglamasligi mumkinmidi?
2020 yili ustoz pasportidagi “viç”, “yev” qöşimçalaridan voz keçdi. “Şerzod Tojiddinoviç Qudratxöjayev”ni “Şerzodxon Tojiddinxon öğli Qudratxöja”ga özgartirdi. Bu voqeadan keyin ularga qönğiroq qilib, tabrikladim. “Buni siz ham davom ettiring!” dedi.
* * *
Aslida bu inson menga talabaligimdan ustoz. 2006-2010 yillari Özbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida öqiganimda ular bizga “Internet jurnalistikasi” fanidan dars bergan.
Magistraturada öqiyman. Kunlardan bir kun darsga “basanoşka” kiyib borgandim. Tanaffusmidi, kursdoşlarim bilan fakultet hovlisida turardik. Şunda ustoz kelib biz bilan körişdi-da, oyoğimni qattiq bosdi. Uning bu işi “Nega darsga bunday oyoq kiyimda kelding?” degan dakkisi edi. Yana özimdan boşqa heç kimga bildirmasdan qildi bu işni. Öşandan söng darslarga bunday oçiq törli oyoq kiyimda keliş nojoizligini nafaqat angladim, balki bu iş men uçun bir umrlik saboq bölib qolgandi.
2019 yil. Ustoz meni Koreya Respublikasining Şin Dong Yop adabiyot uyida maʼruza öqişga tavsiya qildi. Özbek adabiyoti haqida maʼruza matnini tayyorladim. Hujjatlarimni töğriladim.
Dekabr oyining qaysidir sanasi edi. Oqşom çökkan. Koreya Respublikasiga kiriş vizamdagi muammolarni bildiriş uçun ustozni yöqladim va töğri universitetga bordim. Şunda öquv xonalarining birida rektor talabalar bilan birga maqola yozib ötirgan ekan. Men ham ularga qöşilib, maqolani tahrir qilganday böldim. Maqola örismozor Botkinaga kömilgan musulmon Abdulla Avloniy haqida edi. Öşa kuni ustoz öqituvçi va talabalarni jadid bobomizning qabrini ziyorat qilişga olib borgandi. Maqola oqşomda ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilindi va “Avloniy nima uçun öris mozorga kömilgan?” degan savol jamoatçilik eʼtiboriga tuşdi.
Köp ötmay, Avloniyning hoki Çiğatoy qabristoniga köçirildi. Öylaymanki, talabalar köz oldida yozilgan öşa maqola jamiyatga taʼsir etganini ular bugun his qilişadi.
Şunday qilib, ustozning tavsiyasi bilan 2019 yilning 14-16 dekabr kunlari Koreya Respublikasining Puyo tumanidagi Şin Dong Yop adabiyot uyida bölib, özbek adabiyoti haqida özbek tilida maʼruza öqib keldim. 2013 yilning 3 may kuni Şin Dong Yop ismli şoir şarafiga oçilgan uy-muzey va adabiyot uyidan olgan taassurotlarim butun umrga tatiydi. Bu uçun ham ustozdan minnatdorman!
* * *
“Uç savdoyi” badiiy filmida heç qayerda muqobili yöq ijodiy maktab oçgan Ranço – Phungsuk Vangru haqida eşitganmisiz? U jamiyatning boşoğriq tösiqlaridan eson-omon ötib, öqiş tizimini özgartirib, oxir-oqibat orzuidagi ixtirolar maskanini oçadi.
Şerzodxon Qudratxöjani ham öşa Vangruga öxşataman. U ham Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti deb kuyib-yonadi. Öquv yurti binosi va talabalar uyini yaratiş uçun homiylarni jalb qildi. Talabalarni köproq amaliyot bilan boğladi. Rektor va talaba örtasidagi tösiqlarni olib taşladi. Bir qarasang, ustoz talabalarga badiiy kitoblar öqitadi, bir qarasang, ularni yetaklab uluğlar qabrini ziyorat qiladi, bir qarasang, yoşlar bilan teatrga spektakl tomoşa qilişga boradi…
Yoki hayotiy bir sabab tufayli oğir tuşkunlikka tuşib qolgan bir rus talaba qiz uçun bozorga tuşib ikkita quyon sotib olgani, quyonlarni sovğa qilgani-çi?
— Bu quyonçalar senga. Ularga qara, parvariş qil, deydi ustoz.
Talaba qizning yuzlarida, ha, ançadan buyon körinmagan tabassum yuguradi. Işongisi kelmay u söraydi:
— Rostan ham mengami? Men quyonçalarni şu yerda — öqiş joyimda boqsam böladimi?
— Ha, albatta. Ular uçun uyça ham qurib beramiz.
Endi ayting, qaysi dorilfunun rektori bir talabasi uçun, unga yordam beriş uçun ana şunday mehr va eʼtibor qilganini eşitgansiz? Bilmadim. Ehtimol, bunday odamlar juda köpdir. Eʼtiborli va bağri keng. Lekin mening bilganim, taniganim ana şunday sodda, mehrli va samimiyatga töla qalb sohibi Şerzodxon Qudratxöjadir.
* * *
“O‘zbekiston 24” telekanali boş muharriri Muhammadnozim Mavlonov 2020 yil 26 sentyabr kuni “covid-19” tufayli olamdan ötdi. Uni bilgan inson borki, buni eşitib yiğladi.
Aka bilan uç yarim yil birga işladik. Yoşlarni doim qöllagan. Menga ham maslahatlarini heç ayamasdi. Muhammadnozim akaning vafotini eşitib qattiq kuyundim. Söng ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda “Xayr, Muhammadnozim Mavlonov” nomli maqola yozdim. Şunda Şerzodxon Qudratxöja menga qönğiroq qilib: “Hoji aka haqida yaxşi yozibsan! Işga endi kelganimda Muhammadnozim aka meniyam qöllagan, kel, ötir, derdi-da, yoniga ötirğizib olib, bilmagan narsalarimni örgatardi, ammo hammayam bunday qilmasdi, atay yordam bermaydiganlar bölardi, hoji aka esa boşqaça edi”, deya yiğlab yubordi. Ustozning xotiralari uyğonib ketgandi. Ularni nima deb yupatişni bilmasdim. Şu kuni ustoz ham: “Axborot”ga kelgan yoş jurnalistni qöllab-quvvatlardingiz, tahrirda yordamni ayamasdingiz, yoşingiz katta bölsa ham montajda navbatni saqlardingiz, kayfiyatimizni kötarardingiz”, deya “post” yozdi. Muhammadnozim Mavlonov çindan şunday kuyunçak, jonkuyar, kömakdoş, kamtar ustoz edi. Çin inson edi.
Telefondagi öşa suhbatdan keyin men Şerzodxon Qudratxöjaning ham haqiqiy inson ekanini iç-içimdan his qildim. Masofa uzoq bölsa-da, uning yuragi menga şundoq körinar, yuragining urişi esa quloğimga çalinib turardi.
* * *
Yana bir gap: Oçiğini aytsam, ustozdagi kamtarlik va samimiylikka havas qilaman. U biror kun bekor emas. Xalqaro press-klub faoliyati rektorlik vazifasiga ötgaç ham töxtab qolmadi. Bugun Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi sifatida ham tinim bilmaydi. Ilohim köz tegmasin. Özbekning şunday fidoyilari doim bor bölsin!
Fozil FARHOD
