Uylarimiz haqida öylarimiz
Yoki qurilayotgan uylarning mustahkam, zilzilaga bardoşli, xavfsiz ekanligiga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi kafolat bera oladimi?
Gazetamizning joriy yil 1 mart 8-sonida Nuriddin Oçilovning “Boylar ham yiğlaydimi yoxud quriliş — meʼmorçilik sohasida bizni öylantirayotgan muammolar xususida” maqolasi eʼlon qilinganidan xabardorsiz. Unda muallif mamlakatimizda qurilayotgan köp qavatli uylarning sifat darajasi hamişa ham talab darajasida emasligi, ayrim faqat mömay daromadni közlab uy qurayotgan şovvozlarning qilmişi, sohada nazorat işlarining yanada kuçaytirilişi lozimligi va albatta, ularning zilzilabardoşligi qay darajada ekanligi borasida töxtalib ötgandi. Ammo mana oradan ikki oy ötsada quriliş sohasiga doir mutasaddilardan uşbu maqolaga heç qanday munosabat ham, aks-sado ham yöqligi taassuflidir. Şu sababdan ham yana mavzuga qaytdik.
Xalqimizda “Öt balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan saqlasin” degan naql bor. Bunga qöşimça qilib “Zilzila balosidan ham özi asrasin” deyilsa, nojoiz bölmasa kerak. Töğri-da. Öt, suv, zilzila kabi tabiiy ofatlar qaçon kelişini sizu biz qayerdan ham bilardik?! “Örmonga öt ketsa, hölu quruq baravar yonar” deganlaridek, kutilmaganda kelgan ofatlar ham odam bolasini şoşirib qöyadi. Inçunun, insonni ojiz qoldiradigan ofatlardan eng oğiri zilziladir.
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholi uçun qulay, şinam turarjoy majmualarini quriş işlari ança ilgarilab ketdi. Nafaqat poytaxtda, balki viloyat markazlari, olis şaharu tumanlarda ham bir-biridan körkam binolar qad rostlayapti. Taʼbir joiz bölsa, biz uçun katta yangilik bölgan “city”lar hududlarimizga uzukka köz qöygandek yaraşmoqda. Yaşaş va mehnat qiliş uçun zarur barça qulayliklar, eng sönggi innovatsion yeçimlarni taqdim etuvçi bunday muazzam binolarda yaşaşni, ofis oçişni kim istamaydi, deysiz?
Xöş, bizda qurilayotgan uylar, “haşamatli dom”lar qay darajada zilzilaga bardoşli? Xudo körsatmasinu agarda kuçliroq zilzila kuzatilib qolsa, uylarimiz, bino va inşootlar qay alpozga tuşadi?
Bir muddat ilgari Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida quyidagiça savol-javob bölgandi.
Jurnalist:
– Bizda qurilayotgan uylar qançalik zilzilaga bardoşli, tajribalar ötkazilganmi? Neça ballgaça “kafolat” bera olasizlar?
Quriliş işlari böyiça vazir örinbosari:
– …Men öttiz olti million aholi uçun “garantiya” bera olmayman…
Ajabo…
Odamlar yillab yiqqan puliga yaxşi niyatda uylar sotib olişadi. Ammo uning sifati qay darajada? Favqulodda holatlar yuz bersa, boring-ki Xudo körsatmasin zilzila bölib qulab tuşsa bino qurilişiga boş-qoş bölgan birorta “karomatgöy” javob bermaydimi? Tegirmonçini gardsiz körgan bormi? Yoki kambağalni tuyaning ustida ham it qopaveradimi?
Aslida bunday holatda kim javob berişi kerak? Pudratçimi, quriliş taşkilotimi, muhandismi? Balki javobni kunlik mehnatga çiqqan “usta”lardan sörarmiz? Sir emaski, tirikçilik niyatida har kuni “qora mehnat”ga çiqadigan, “Hamma işni mana biz “yest” qilamiz” deguvçilarning uylaru, baland binolar qurilişida işlatilişi sir bölmay qoldi. Aslida “Çumçuq söysa ham qassob söysin” emasmidi?
…1966 yil 26 aprel, soat 5:22. Bu sanani nafaqat toşkentliklar, balki butun özbek xalqi unutmaydi. Bu dahşatli zilzilani körgan yurtdoşlarimiz bugun ham uning naqadar katta talofat keltirganini aytişadi. Öşa maʼşum tongda röy bergan 10-12 daqiqali ofatda 78 ming oila boşpanasiz qolgan. Qolaversa, şu yilning fevral oyida qardoş Turkiya yurtida yuz bergan dahşatli zilziladan saboq çiqariş nafaqat bizga, balki butun jumlai jahonga tandir. Negaki, bu ofat tufayli neça ming-ming odamlar qurbon böldi, millionlab odamlar boşpanasiz qoldi.
Endi yuqoridagi savol-javobga qaytsak. Vazirlik masʼulining uşbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda “portlab”, ança şov-şuvlarga sabab bölganidan keyin ular quyidagiça munosabat bildirişdi:
“…Videolavhada gap qurilişda avvalo buyurtmaçi javobgar ekani xususida borgan. Boisi buyurtmaçi texnik nazorat böyiça mutaxassisni biriktiradi yoki uşbu faoliyat turini amalga oşiriş huquqiga ega bölgan yuridik şaxsni şartnoma asosida jalb qiladi.”
Töğrisi, munosabat juda uzun va köpligi bois u yerda keltirilgan gaplar, hujjatlar, majburiyatlarni bu yerda ham yozib ötirmadik. Undan şuni anglaş mumkinki, asosiy yuk, masʼuliyat buyurtmaçiga qaratilgan. Şaharsozlik kodeksining falon bob, pismadonçi moddalarida keltirilgan “majburiyatlar” aytilgan.
Töğri. Masʼuliyat va javobgarlik kerak. Buni heç kim inkor etmoqçi emas. Ammo mamlakatda qurilayotgan uylar, binolar, şahar içidagi şaharçalarni neça balgaça zilzilaga bardoş berişi yo bermasligi böyiça innovatsion yondaşuvlar hamda ilmiy asoslar bölişi lozim emasmi? Bilsangiz, çet elda birorta bino yoki inşoot qurib bitkazilganidan keyin uning neça balgaça zilzilaga bardoşligi sunʼiy ravişda tekşirib köriladi. Bizda ham şu amaliyot qöllanişi darkor. Bunda çet eldan soha mutaxassislarini jalb qiliş, tajriba almaşiş, bizda mavjud bölmagan yangiliklar bilan ham tanişiş foydadan xoli bölmaydi.
Maʼlumotlarga köra, Turkiyadagi tabiat hodisasining katta yöqotişlarga sabab bölişi uy-joy qurilişi jarayonidagi kamçiliklarga borib taqalmoqda. Quriliş kompaniyalari xalqaro miqyosdagi tenderlarda yutib, bino-inşootlar, uy-joylar barpo etişda qatnaşadigan davlatlarda ham bunday açinarli holatlarning bölişi afsuslanarli, albatta.
Sönggi yillarda birgina Toşkent şahrida ham yuzlab köp qavatli uylar bunyod etildi, ularning aksariyati qisqa muddatlarda qurib topşirildi. Sergeli, Olmazor, Yangi hayot va boşqa tumanlarda katta massivlar paydo böldi. Menimça, oxirgi ön yilda qurilgan uylarni tezkorlik bilan tekşirib çiqiş, xulosalar beriş kerak. Uylardan odamlarni çiqarib, zilzilaga bardoşlik darajasini tekşiriş kerak. Albatta, har qanday tabiiy ofatlardan, falokatlardan Alloh asrasin. Lekin xavfsizlik, ehtiyot çoralarini köriş, bu borada qatʼiy nazorat örnatiş ham ziyon qilmaydi. Qolaversa, bu tamoyil quriliş talablariga muvofiqdir.
Aytaylik, nima uçun deyarli har kuni yoki tez-tez zilzila hodisasi kuzatiladigan Yaponiyada osmonöpar binolar qulab tuşmaydi? Sababi, Yaponiya seysmik faol nuqtada joylaşganligi bois bino va inşootlarni quriş böyiça jahondagi eng yuqori standartlarni joriy etgan mamlakat hisoblanadi. Hisob-kitoblarga köra, Yaponiyada har yili örtaça 2000 ga yaqin zilzilalar sodir bölib turadi. Ammo mazkur davlatda qurilgan uylar kamdan-kam holatlarda qulab tuşadi yoki zarar köradi.
Şu örinda Prezidentning 2021 yilda “Özbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlaş sohalarini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorini eslatib ötiş joiz. Unga köra, 2022 yil 1 aprelga qadar respublikada qurilayotgan bino va inşootlarning zilzilabardoşligining yangi usullarini amalda tatbiq etiş uçun Yaponiyaning Seysmik himoyalaş jamiyati bilan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş topşiriği berilgandi.
Xöş, bu qaror ijrosi qay darajada bajarildi yoki bajarilmoqda?
Uşbu savol bilan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga boğlansak savolimizga javob bera olmasligini, Ğ.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga murojaat qilişimiz kerakligini aytişdi. Buni qarangki, Seysmologiya instituti ham xuddi şu javob bilan bizni M.Örozboyev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi institutiga boğlanişimiz kerakligi borasida gapirdi. “Otangga bor, onangga bor” deganlaridek oxiri biz ular bilan boğlanişga, savollarimizga qisman bölsa-da javob olişga harakat qildik. Biz bilan telefon orqali suhbat qilgan Rajabboy ismli direktor örinbosari umumiy qilib sohada işlar jadal surʼatlarda amalga oşirilayotgani, yöl xaritasi işlab çiqilgani, bu işlar tezda amalga oşmasligi, unga yillar kerak bölişi, çet el bilan hamkorlik yölga qöyilgani haqida gapirdi. “Istasangiz sizga qilingan işlar va kelgusidagi rejalar borasida yozma maʼlumot taşlab beraman” dedi. Biz rozi böldik, albatta. Telefon raqam almaşdik. Ular aytgandek telegram manziliga savolimizni yana bir marotaba yozib qöydik. Oradan ozgina vaqt ötib javob bermaganligi xususida eslatib qöyay, “işlari köpayib, xayollaridan kötarilib qolgandir” deb yana yozdik. Biroq, mana oradan ikki hafta ötsa-da na maʼlumot bor, na biror qönğiroq. Ha, “Közlarim yölingda” filmini tomoşa qilayotgan kinomuxlisdek javob kutmoqdan özga çora yöq.
Yana mavzuga qaytsak. Bir muddat ilgari ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston şahrida öndan ziyod monolit uslubidagi köp qavatli uylar qurilib, foydalanişga topşirilmoqda”, degan yaxşi xabarlarni öqigan edik. Bu uslubning öziga xos jihati şundan iborat ekanki, 9-10 kunda binoning bir qavatini bitiriş mumkin. Şuningdek, uning zilzilaga bardoşliligi yuqori bölarkan. Tezroq qurilişi evaziga quruvçining xarajatlari kamayadi hamda aholiga qisqa fursatda va arzonroq bölgan narxlarda uylarni sotiş mumkin. Oddiy quriliş binolari 6-7 ball bölgan zilzilaga çidamli hisoblansa, monolit uslubidagi uylar 9 ballgaça zilzilaga bardoş bera olar ekan.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov uşbu monolit uslubida köp qavatli uylar qurilişi özini oqlagan tizim ekanligini taʼkidladi. Aynan uşbu uslubda uylar qurişdan Sardoba fojiasidan zarar körgan aholiga uy-joy qurişda foydalanilgan. Hozirgaça birorta muammoli jarayonlar kuzatilmagan ekanligini aytib ötdi. Çindan ham bu tajriba sifatli va işonçli tarzda yölga qöyilgani hamda uning nazorati tizimli ravişda nazorat qilib borilişidan umidvormiz.
Şuningdek, Saidnosir Usmonov respublika hududlari seysmik ball körsatkiçlari böyiça zonalarga bölinganini, şundan kelib çiqqan holda obʼyektlarni joylaştirişda körsatkiçlar inobatga olinişini ham aytib ötdi.
– Hozirda quriliş montaj işlari tugallangan bino va inşootlardan foydalanişga ruxsat beriş böyiça 16 576 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 11 162 ta obʼyektning quriliş işlari belgilangan normalarga töğri kelmasligi bois rad etilgan. Bugungi kunda quriliş işlarida, avvalo, sifat va nazoratga birlamçi masala deb qaralmoqda va bu işlar qatʼiy davom ettiriladi”, – deydi S.Usmonov.
Maqolani tayyorlaş davomida şaharsozlik kodeksidagi quyidagi normani öqib qoldim: “Obʼyektlarni quriş çoğida quriliş ustidan davlat nazorati, buyurtmaçining texnik nazorati, işlab çiquvçining mualliflik nazorati va pudratçining içki nazorati bölişi talab etiladi”. Mana, aslida nazorat qanday bölişi kerak ekan!
Töğri, birinçi galda davlat nazorati kuçli bölişi kerak. Keyin esa buyurtmaçi-yu, pudratçi, quruvçi nazorati bölaveradi. Biz nima demoqçimiz, har qanday iş bölsin, u xoh quriliş, xoh boşqa soha, avvalo, nazorat tizimi yölga qöyilişi kerak. “Men 36 million aholi uçun javob bera olmayman” deb emas! Bunday xatolarga yöl qöyilmasligini davlat doim nazorat qiladi. Siz ham, biz ham aslida bir nazoratçimiz. Sizning uyingiz yoki birorta dökoningiz böladimi, firmangiz böladimi, uning quriliş işlarida xatolarga yöl qöyilsa, befarq bölmang” deyiş qayoqdayu mutasaddi taşkilot vakilining “Garantiya” bera olmayman” degan iddaosi qayerda?!
Miloddan avvalgi 1793-1750 yillarda Bobil davlatiga hukmdorlik qilgan Xammurapining zamonida agar quruvçi sifatsiz uy qursa yoki u qulab tuşsa qanday çora-tadbirlar körilganini eslab ötmoqçimiz. Unga köra: agar quruvçi uyni sifatsiz qurişi natijasida uy qulab tuşib, egasi vafot etsa, quruvçiga ölim jazosi berilgan; sifatsiz uy qulab, egasining farzandi ölsa, quruvçining farzandiga ölim jazosi berilgan; sifatsiz uy qulab, egasining mulkiga zarar yetkazsa, quruvçi zararni qoplab, uyni boşqatdan sifatli qilib qurib bergan. Mana şunday qatʼiy qonunlar sabab ham Bobilda qurilgan binolar sifatli bölib, köp asrlar davomida qad rostlab turgan.
Albatta, uşbu qonunlarni “özimizda ham joriy qiliş kerak”, degan fikrdan yiroqmiz. Biroq davlatimiz rahbari kuyinib aytadigan “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” degan tamoyilni qonunlarimizda mustahkamlab qöysakkina ehtimol bizda ham yillik emas, aksinça bir neça asrlar ötsa-da jozibasini yöqotmaydigan uylar, binolar qurilarmidi?!
Islom ASILBEKOV,
jurnalist
