KALTAKLANGAN “JURNALISTIKA”
“Zo`r TV” xodimlariga zöravonlik qilganlarga nisbatan jinoyat işi oçildi
Har qanday davlatdagi demokratiya, inçunin, söz erkinligi mezonlari öşa mamlakatdagi jurnalistika şaffofligi bilan ölçanadi. Xöş, bizda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati huquqiy jihatdan töla kafolatlanganmi? Albatta. Yaqindagina xalqimiz tomonidan qöllab-quvvatlanib, qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdan tortib, jurnalistikaga oid qator qonunlarimizda ommaviy axborot vositalari xodimlarining haq-huquqlari va erkinliklari kafolatlab qöyilgan. Ammo… Kuni keça “Zo`r TV” kanalining xodimlari quruvçilar tomonidan kaltaklangani va bunday holatlar birinçi marta emasligi nimani bildiradi?
“Zo`r TV” voqeasi kuni keça sodir böldi. Telekanal xodimlari avvalroq qulab tuşgan köprik yaqinida tasvirga oliş işlarini olib borişayotgan bölgan. Xabaringiz bor: şu yil 12 avgust kuni Toşkent xalqaro aeroporti oldida “Köprikquriliş” tresti tomonidan qurilayotgan yöl ötkazgiçning 42 metrlik 5 dona balkasi montaj joyidan tuşib ketgan. “Özbekiston temir yöllari” AJning rasmiy bayonotida voqeaga kran yordamida montaj qiliş jarayonidagi ehtiyotsizlik sabab bölgani va heç kim jabrlanmagani aytilgandi. Halokat natijasida 2 mlrd. 760 mln sömlik zarar yetkazilgani, Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, 3 nafar mansabdor şaxs gumon qilinuvçi tariqasida işga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangani maʼlum qilindi.
Aslida barça maʼlumotlar keng ommaga tarqalib bölgan, “Zo`r TV”çilar esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan ayni mavzu tafsilotlariga yanada oydinlik kiritiş maqsadida bölsa kerak, voqea joyiga borişgan. Ammo şu hududda işlayotgan quruvçilar ulardan ketişlarini, yanayam aniqroği, yöqolişlarini söragan.
Turli haqoratli sözlar aytib, xodimlardan ayrimlari kaltaklangan. Eng ajablanarlisi, holat tasvirlangan videoni kuzata turib, bu işlar kimdir(boyagi quruvçilarning rahbari) tomonidan buyurilganini anglaş qiyin emas. Yaʼni, ommaviy axborot vositasi xodimlarini kaltaklagan odam katta ehtimol bilan rahbarining buyruğini bajargan. Çunki tasvirlarda “Yöqot!” degan ovoz aniq-tiniq eşitiladi. Aytmoqçi bölganimiz, jurnalistlarni mensimaslik, faoliyatiga tösqinlik qiliş, boz ustiga haqoratlab, kaltaklaş işida nafaqat quruvçilar, balki şu jamoa rahbariyatining ham aybi bor.
Aslida bu vaziyatda jurnalistlar tomonidan “Amerika oçilayotgani” yöq edi. Yuqorida aytganimizdek, allaqaçon barça maʼlumotlar tarqalib bölgan, köprikning qulaş jarayoni akslangan tasvirlardan tortib, jinoyat işi oçilgani ham xabar qilingan edi. Quruvçilarning televideniye xodimlarini quvib solişlariga heç qanday asos ham, mantiq ham yöqdek tuyuladi. Şunçaki bu holatda OAVni mensimaslik, bepisandlik körinişlarini kuzatiş mumkin, xolos.
“Özbekiston temir yöllari” AJ uşbu holatga izoh berar ekan, OAV vakillariga zöravonlik körsatib, ularga qarşi kuç işlatgan xodim — “Köprikquriliş” tresti unitar korxonasi 67-köprikquriliş otryadi iş boşqaruvçisi N.Eşniyazov ekanligi va u qilgan işi uçun öşa kunning özida işdan böşatilganini maʼlum qildi. Uşbu holat böyiça bir qator taşkilotlar öz munosabatini bildirdi. Jumladan, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi ham holatni keskin tanqid ostiga olib, aybdorlarga qonuniy jazo berilişi lozimligini taʼkidladi. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi voqelikka huquqiy baho beriş va adolatli qaror qabul qilişlarini sörab, Içki işlar vazirligi hamda Boş prokuraturaga rasmiy murojaat yölladi. Milliy media birlaşmasi boşqaruv raisi Şerzodxon Qudratxöja ham uşbu voqeani keskin qoralab, “Zo’r TV” telekanali “Bu kun” dasturi operatori Sardorbek Yöldoşevning burni singani, unga boş miya çayqalişi taşxisi qöyilgani va ayni vaqtda u kasalxonada ekanligini, muxbir Nurzodbek Vohidovning ensa qismiga şikast yetganini maʼlum qildi. “Özbekiston temir yöllari” AJ hamda “Trest köprik quriliş” UK dan masʼullarga intizomiy çoralar körişni, şuningdek, keltirilgan moddiy va maʼnaviy zarar qoplanişini söradi. Içki işlar vazirligi holat böyiça jinoyat işi qözğatilganini maʼlum qildi. “Zo`r TV” teleradiokompaniyasi xodimlariga tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan IIV Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlaş departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Ana endi tafakkur qilaylik: “Zo`r TVga qilingan munosabat özbek jurnalistikasiga bölgan munosabat emasmi? Aslida ular telekanal xodimlarini emas, butun sohani oyoq osti qilişmadimi? Bu savollarga javob izlaş va vaziyatni önglaş dolzarb, hozir, ayni vaqtda hal qilinişi kerak bölgan masaladir. Kasbimizga bölgan hurmat, javobgarlik hissi töliq tiklanmas ekan, jamiyatda ommaviy axborot vositalariga oid qonunlar ustuvor bölmas ekan, jurnalistikamizning boşida kaltaklar sinaveradi.
Töğri, biz faqat bir taraf, yaʼni hamkasblarimiz tomonidan tarqatilgan tasvirlarni kördik. Ikkinçi tomonni eşitmadik. Hozirça buning imkoni bölmadi. Balki “Zo`r TV” xodimlari ham tasvirdan taşqari holatda kasb etikasiga rioya qilişmagandir. Bu holatlarga-da tegişli suriştiruvlarda oydinlik kiritilişiga şubha yöq. Ammo nima bölganda ham, har qanday vaziyatda ham jurnalist haqoratlanişi, kaltaklanişini oqlab bölmaydi. Bu voqea aybdorlari albatta, qonuniy jazolarini olişlari lozim. Zotan, bu jazo qolganlarga ibrat bölsin.
“Hurriyat” tahririyati.
