Qalbim toğlarda qoldi

Turob NIYOZ

Muallif haqida: Turob Niyoz — 1959 yilda Ğallaorol tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Muhabbat osmoni”, “Gullagan boğlar”, “Muhabbat gullari”, “Oçiq yurak”, “Köngilga murojaat:”, “Ummon yurak” nomli şeʼriy kitoblar muallifi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

UMR

Toğlarimning yantoği

Menga gulday körinar.

Ularda ötgan çoğim

Tuşda tinmay körinar.

 

Men şaharga könikdim,

Qalbim toğlarda qoldi.

Şeʼr – taqdirga yöliqdim,

Butunlay aqlim oldi.

 

Umr esa ötmoqda

Şamolday şitob bilan.

Yangi tonglar otmoqda

Eng köhna oftob bilan.

 

NAZM QILGAYDIR

Gullar havas bilan taʼzim qilgaydir,

Quyoş, oy hayratda razm qilgaydir.

 

Yulduzlar tunlari töymasdan boqar,

Quvonçdan entikib, bazm qilgaydir.

 

Şoir nazar solsa unga banogoh,

Soçdan tirnoqqaça nazm qilgaydir.

 

Közlarimga rahmim kelmoqda juda,

Bu husnni qanday hazm qilgaydir?

 

ONA TILIM

 Sen tuğilgan kuni qayta tuğildik,

Xalq nomini oldik sen sabab bölib.

Qaytadan quvonçga, baxtga yöğrildik,

Köksimiz faxrga ketdi-ku tölib.

 

Oradan ötsa-da qança asrlar,

Aslo eskirmading, bording yoşarib.

Tutdayin tökildi sonsiz qasrlar,

Sen esa daryoday oqding jöş urib.

 

Navoiy bobomiz minib ğayratga,

Anglatib qöydi-ku sehru qudrating.

Uni öqiganlar qoldi hayratda,

Qoyaday yuksaldi obrö, hurmating.

 

Ammo ğanimlaring edi sanoqsiz,

Yölingni tösdilar qaroqçi misol.

Borliging ularga kelardi malol,

Bir-bir aytaversam, qayğung adoqsiz.

 

Nihoyat sening ham kuldi omading,

Davlat tili bölding – uşaldi armon.

Yovlaring qölida xor böp qolmading,

Elim dardlaringga böloldi darmon.

 

Hali ham yölingda uçrar ğanimlar,

Ular tanimaydi öz onasini.

Özga onalarga quçoq oçurlar,

Bir kun anglarmikan bu xatosini?!

 

Lek seni suyadi elim naqadar,

Sen uçun ayamas hatto jonini.

Axir bu dunyoda bölmasang agar,

Kim ham bilar edi özbek nomini!

 

ODAMLAR

Bir-biriga öxşamas ular,

Ammo bari mehrga taşna.

Mehr bersang şod bölar, kular,

Yuz-közlari ketgaydir yaşnab.

 

Işonç bilan qölin uzatgay

Kötargaydir hattoki boşga.

Mehr bilan umrin bezatgay,

Havas qilib ötgay quyoşga.

 

ÖYINLAR

 Quvnoq bolaligim yodga solar yoz,

Bir-biridan qiziq öyinlari köp.

Ularni öynaşga vaqt ham emas oz,

Ayniqsa, qölimdan tuşmas edi töp.

 

Taom yemoqqa ham topolmasdim vaqt,

Öyinlar öziga çorlardi tinmay.

Ha, ular öşanda ekan şodlik, baxt…

Men esa öynardim eʼtibor qilmay.

 

BAHOR VA SEN

 Bahor bilan egizakdirsan,

Öxşaydirsan unga naqadar.

Uni har kun eslatgaydirsan,

Bahor esa seni eslatar.

 

Bahor kirib kelişi bilan,

Boğlar birdan ketadi yaşnab.

Sen yonimda bölişing bilan,

Ruhim gullar boğlarga öxşab.

 

Qaldirğoçlar, bulbullar kelar,

Moviylaşar osmon tobora.

Mening esa yuragim kular,

Yonimdasan yana bir bora.

 

Yaşil toğlar, örik gullari,

Yayratadi qalbu közimni.

Gulgun yuzing, toza dillaring

Şeʼr qiladi har bir sözimni.

 

Toşqin daryo, soylarga boqib,

Jöşib ketar sokin hislarim.

Bir qaraşda vujudim yoqib,

Keltirasan yalpiz islarin.

 

Men angladim: sen ham, bahor ham,

Gözaldirsiz – öxşaşlik şundan.

Sizlar borki, kelmas qayğu, ğam,

Minnatdorman har ötar kundan.   

 

OT MINGANLAR

 Bugungi yigitlar otlardan köra,

Jonsiz maşinani sevarlar köproq.

Ularni ayblab bölmaydi sira,

Tezkor zamon bilan hamqadam, örtoq.

 

Lek qalbni tarbiya qiladi otlar,

Ularni minganlar mard bölib ösgay.

Vatanga xavf solsa gar duşman, yotlar,

Ulkan qoya yangliğ yöllarin tösgay.

 

MALOL KELMAYDI

 Ona tilimizda biror çet ellik

Sözlasa, quvonçim yetgay osmonga.

Boş yerga tekkunça qilurman qulluq,

Rahmatlar aytarman öşa insonga.

 

Çunki tilimizni yaxşi köraman,

Ota öz bolasin sevgani misol.

Lozim bölsa, u deb fido bölaman,

Bu menga zarraça kelmaydi malol.

 

YUKSALAR

 Yantoqning ildizi uzun bölarkan,

Yer osti suviga turarkan tegib.

Şundan na çanqarkan, na-da sölarkan,

Ösarkan ğoz kabi kökragin kerib.

 

Sening ham, vatanim, otaşin mehring,

Yuraklar tubida otgandir ildiz.

Ul sabab heç qaçon tuşmagay qadring,

Aksinça, yuksalar misoli yulduz.

 

GAZETA HIDI

 Gazetaning hidi bölar boşqaça,

Bosilib qölingga olgan çoğingda.

Yayraydi oyoqdan toki boşgaça,

Yurgandek bölasan Eram boğida.

 

Nonning hidiga ham öxşab ketadi,

Öxşaydi gullarning atirlariga.

Har bir öqiganni xuşnud etadi,

Yaşaydi jurnalist satrlarida.

 

BEKORGA KELMABSAN

 Yaxşi kitob yozsang, qilsang kaşfiyot

Yo hal etolsang yurt muammosini,

Odamlar quvonçin aylasang ziyod,

Doim ola bilsang el duosini.

 

Bekorga kelmabsan, demak, dunyoga,

Demak, yaşaganing bölmabdi xato.

Intilib yaşabsan, tinmay ziyoga,

Işlaring qöllabdi doimo Xudo.

 

KUZ 

Oltin tangalarga öxşar yaproqlar,

Daraxt ularni heç tökkisi kelmas.

Xuddi bolasiday sevib, ardoqlar,

Qayğu ummoniga çökkisi kelmas.

 

Ammo kuz beşafqat – ayamaydi heç,

Barglarni bittalab terib olgaydir.

Daraxt uxlolmaydi – bedor erta-keç,

Faqat şoxi qolgan – öyga tolgaydir.

 

Nimalarni öylar – bilmayman buni,

Balki yaproqlarin soğinmoqdadir.

Lek ovutolmayman, ming afsus, uni,

Kuzning qilmişidan oğrinmoqdadir.

 

Kuzning özida ham yöqdir ixtiyor,

U ham böysunadi Haqning hukmiga.

Qişdan ötib olsa, daraxt baxtiyor,

Yaproqlar körk qöşar yana körkiga.

 

YORNING  VISOLI

 Yuraging dukillab uradi birdan,

Lovullab yongaydir olov misoli.

Közlaring qamaşar ilohiy nurdan,

Axir juda yaqin yorning visoli.

 

Özingni naqadar baxtli sezasan,

Ongu şuuringda uning xayoli.

Endi yerda emas, kökda kezasan,

Axir juda yaqin yorning visoli.

 

Nihoyat umidlar oçildi guldek,

Tamom qurib bitdi hijron niholi.

Yuraklar yurakka yaqin bölgandek,

Axir juda yaqin yorning visoli.

 

HAVO TOZA, OSMON MUSAFFO

 Yuragim zirqirar tutunni körsam,

Çang kökka uçganin guvohi bölsam,

 

Noxuş hid, islarning domida qolsam,

Havo toza bölsin, osmon musaffo.

 

 Insonning soğliği  muhim naqadar,

 U soğlom, baquvvat bölmasa agar,

 Çekkani alamdir, körgani – zarar,

 Havo toza bölsin, osmon musaffo.

 

 Daraxt, öt-ölanlar  –  gözallik, najot,

 Ulaşar bizlarga sof havo – hayot,

 Ularsiz tabiat xaroba, barbod.

 Havo toza bölsin, osmon   musaffo.

 

 Kimdir axlat taşlar top-toza suvga,

 Daraxtzor kesilib, çöldir bir kunda,

 Zavodlar gaz purkar tinmay oçunga,

 Havo toza bölsin, osmon  musaffo.

 

 Tabiat öç olsa, bölgaydir yomon,

 Bundan ehtiyot böl, ogoh böl, inson,

 Desang gar zaminda bölaylik omon,

 Havo toza bölsin, osmon musaffo.

 

ŞEʼRLARIM 

Şeʼrlarim – izlarimsiz,

Bahorim, yozlarimsiz,

Eng yaqin sözlarimsiz,

Şeʼrlarim  – izlarimsiz.

 

Suyangan toğlarimsiz,

Zulmatda mohlarimsiz,

Dardlarim, ohlarimsiz,

Şeʼrlarim – izlarimsiz.

 

Tuğildingiz tonglarda,

Eng quvonçli onlarda,

Nur soçgaysiz onglarga,

Şeʼrlarim – izlarimsiz.

 

Orttirganim – boyligim,

Eng gözal, çiroyligim,

Sizga sevgim limmo-lim,

Şeʼrlarim – izlarimsiz.

 

Siz vafoli, sodiqsiz,

Jonimdan ham ortiqsiz,

Kökdan noyob tortiqsiz,

Şeʼrlarim – izlarimsiz.

 

Sizni sevsa boşqalar,

Közlarimga yoş kelar,

Könglim quyoşday kular,

Şeʼrlarim – izlarimsiz.

 

   * * *

Ona xalqim, mehringsiz

Na şoirman, na tirik.

Silasang qança boşim,

Bölurman şunça suyuk.

 

Sen bölmasang, şeʼrimni

Kim öqiydi, özing ayt?

Hattoki kelmas ilhom,

Yozolmasman biror bayt.

 

Xullas, şoir bölişim

Özingga boğliq faqat.

Sensiz könglimga siğmas

Na şeʼr, na-da bu hayot.

 

KÖZ TEGMASIN DEB 

Tovusning patlari naqadar gözal,

Közlaring yaşnatar – agar qarasang.

Ammo ovozini eşitgan mahal,

Munça dağal degan öyga borasan.

 

Balki bu dunyoda yaralgan mahal,

Tovus patlariga berilsa-da zeb,

Ovozi ataylab etilmiş dağal,

Ularga mabodo köz tegmasin deb.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan