Maʼnaviy uyğoqlik va ogohlikka çorlov
Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari poytaxtimiz Toşkentda bölib ötgan “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya faoliyati nafaqat yurtimizda, balki dunyoning köplab mamlakatlarida juda katta qiziqiş uyğotdi.
Maʼlumki, Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boşlarida yuzaga kelgan jadidçilik harakati vakillari ölkani mustamlaka kişani hamda asriy qoloqlikdan ozod etiş, mazlum xalq qalbiga maʼrifat ziyosi, milliy özlik va erk tuyğusini singdirişni oliy maqsad qilgan edilar. Şu tariqa ular Örta Osiyo tafakkuri tarixida öziga xos yangi Uyğoniş davrini boşlab berganlar. Afsuski, murakkab tarixiy şaroit jadid bobolarimizga öz maqsadlarini töliq röyobga çiqarişga tösqinlik qilgan.

Stalin qatağonlari davrida jadid maʼrifatparvarlarining asosiy qismi jismonan yöq qilindi. Hurriyatni bayroq qilib çiqqan insonlarga “millatçi” va “xalq duşmani” tamğasi bosildi. Maʼrifatparvar bobolarimiz yozgan badiiy, ilmiy va publitsistik asarlar xalq qalbida erk tuyğusini jöş urdirişi, milliy özlikni uyğotişi mumkin edi. Şu bois şöro propaganda maşinasi millatning çinakam ziyolilari nomini xalq qalbi va xotirasidan butkul öçirişga harakat qildi, hatto jadid adabiyotini öqiş taqiqlandi. Zotan, qizil imperiya xalqni tarixiy xotirasi va milliy özligidan mahrum etiş orqali osongina boşqariş va öz izmiga solişni közlagan edi.
Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Çölpon qalamiga mansub asarlar ayrim qisqartirişlar bilan çop etilgan bölsa-da, xalqimiz özining uluğ farzandlari nomini unutmagan edilar. Mahmudxöja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abduraşidxonov, Xudoybergan Devonov, Ishoqxon Ibrat kabi peşqadam maʼrifatparvarlar nomi, tor doiradagi mutaxassislarni inobatga olmaganda, keng jamoatçilikka notaniş bölgani bugun tasavvurga ham siğmaydi.
Bugun yurtimizda milliy özlikni uyğotiş, xalqning maʼnaviy, tarixiy va madaniy merosini tiklaş masalasi davlat siyosati, strategik vazifa darajasiga kötarildi. Jadid harakati vakillarining 60 yil davomida temir sandiqlarda saqlangan asarlari yana yoruğ dunyo yuzini kördi, ularning ilmiy-adabiy merosi keng tadqiq etila boşladi, maʼrifatparvarlarning ğoyalari va faoliyati örta hamda oliy taʼlim dasturiga kiritildi.
* * *
Toşkent şahrida “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman yuqori darajada bölib ötdi. Unda yurtimizning hamda dunyoning önlab mamlakatlaridan kelgan taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari iştirok etişdi.Tadbir Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Turkiy davlatlar taşkiloti hamkorligida taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya iştirokçilariga yöllagan murojaatini Prezident maslahatçisi – spiçrayter Xayriddin Sultonov öqib eşittirdi. Prezident tabrigida, jumladan, şunday deyiladi:
“Barçamizga ayonki, “Tilda, fikrda, işda birlik” degan ezgu ğoya bilan maydonga çiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib çiqiş, ularni ğaflat botqoğidan qutqarişning asosiy yöli — bilim va maʼrifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallaşda, deb bildilar.
Ular şu yölda fidoyilik körsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, naşriyotlar oçdilar. Jamiyat aʼzolarining dunyoqaraşi va turmuş tarzini özgartiriş maqsadida gazeta va jurnallar naşr etdilar. Yoşlarni ilğor davlatlarga öqişga yubordilar.”
Taʼkidlaş lozimki, global geosiyosiy vaziyatdagi jarayonlar taʼsirida xalqlarning ong-şuurida yuz berayotgan özgarişlar hamda buning natijasida yoş avlodning milliy tariximizni örganişga bölgan talabining oşişi konferensiyaning dolzarb ahamiyatini belgilab berdi.
Özbekiston Prezidenti öz çiqişlarida ber neça bor taʼkidlaganidek, öz zamonasining ilğor vakili bölmiş jadidlar öta murakkab bir şaroitda milliy uyğoniş va taraqqiyot ğoyasi bilan maydonga çiqdi. Ularning taşabbuslari hamda ezgu amallari jamiyatda çuqur aks sado berdi va qudratli kuçga aylandi.
Qolaversa, davlatimiz rahbari jadid bobolarimizning gumanistik ğoyalarini yuksak baholar ekan, erkin fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurişda ularning tamoyillariga tayanişimiz lozimligini qayd etgan.
Anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidentining yordamçisi Saida Mirziyoyeva sözga çiqdi. Notiq turli mamlakatlardan konferensiyaga taşrif buyurganlarga minnatdorçilik bildirib, mamlakatimiz uçun eng muhim mavzulardan biri – millat taʼlim-tarbiyasi masalasini muhokama qiliş va Özbekistonda jadidlar boşlagan işlarni davom ettiriş vaqti allaqaçon yetib kelganini taʼkidladi. Jadidlarning ğoyalari, ularning orzu-intilişlari Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosatida öz aksini topmoqda, desak haqiqatdir. Davlat rahbari yetakçiligidagi Yangi Özbekiston jadid bobolarimiz orzu qilganidek, dunyoviy huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod etiş, sifatli taʼlim tizimini yaratiş, söz erkinligi va oçiqlikni taʼminlaş yölidan dadil odimlamoqda.
Saida Mirziyoyeva alifboni isloh qiliş masalasining ahamiyatiga ham eʼtibor qaratib, ötgan yillar davomida milliy alifbomizni isloh qiliş borasida köplab fikr-mulohazalar bildirilgani, qizğin bahs-munozaralar bölib ötgani, ammo masala hamon oçiq turganini qayd etdi.
Anjumanda Turkiy tilli davlatlar taşkiloti Boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev, Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – Turksoy Boş kotibi Sulton Rayev, Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti Şain Mustafoyev, Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamğarmasi prezidenti Aktota Raimqulova hamda AQŞ, Germaniya, Niderlandiya, Ozarbayjon, Turkiya, Şvetsiya, Rossiya, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Yaponiya singari mamlakatlardan ham taniqli olimlar qatnaşdi.
Adib XALID,
amerikalik tarixçi:
– Tarixda aksariyat musulmon jamiyatlari mustamlaka qilingan. Markaziy Osiyo ulardan biri edi. Öşanda musulmon ziyolilari nima qilmoq kerak, degan savolga javob berişga intilgan. Markaziy Osiyoda zamonaviy milliy özlikni şakllantirişda jadidlar öta muhim rol öynagan. Va mening ilmiy işlarimning deyarli katta qismi şu masalalarga bağişlangan. Muhim masalalardan biri jadidçilikning mustamlakaçilik va zamonaviy taʼlim uçun kuraş şaroitida vujudga kelganida. Bugun esa Özbekiston suveren davlat. Mustamlakaçilik muammo emas, taʼlim ham. Çunki Özbekistonning umumxalq taʼlimi mavjud. Şunday qilib, bu savollarga örin yöq. Lekin menimça, islom va zamonaviylik örtasidagi uyğunlik masalasi hamon dolzarbligiça qolmoqda.
Bahodir KARIM,
filologiya fanlari doktori, professor:
– Bir zamonlar böldiki, jadidçilikning ijtimoiy-siyosiy, davlatçilik jihatlari muhokama qilinmadi. Vaholanki, 72 kun umr körgan Turkiston muxtoriyati tarixdagi eng katta, eng gözal hodisadir. Va ayni damda eng fojiali, qonga botirilgan hodisa ham. Öşandan keyin Çölpon “Buzilgan ölkaga”, deb şeʼr yozdi. Keyin şoirning “Ey, gözal Turkiston, senga ne böldi?”, “Ey, gözal Farğona qonli köylagingdan aylanay” degan satrlari yozildi. Lekin Çölpon aynan mana şu şeʼrining oxirini bir umid bilan yakunlagan. Yaʼni, bu mamlakatda kelajakda oydin, gözal kunlar böladi degan maʼnodagi fikrlari bor. Ana şu umidli kunlarda biz yaşayapmiz.
Ahmet Bijan ERJILASUN,
Turkiyaning Gazi universiteti professori:
– Jadidçilik harakati Özbekistonda, Qozoğiston, Turkiya, Germaniya, Yaponiyada, Amerikada, dunyoning köplab nuqtalarida örganilmoqda. Aytişim kerak, jadidçilik Turkistonning umum harakatidir. Bunda yolğizgina özbek jadidçilarini emas, qozoq, qrim, ural jadidçilarini ham birga öylaş kerak.
Hamidulla BOLTABOYEV,
filologiya fanlari doktori, professor:
– Jadidlar oldiga 9 ta asosiy yönalişni qöygan edi. Ular içida birinçisi, istiqlol edi. Istiqlolga bundan 32 yil avval erişdik. Keyingi masala, özlikni taniş va dunyoga taniştiriş bölgan. Bu 1-2 yil yoki islohot bilan amalga oşadigan hodisa emas. Şuning uçun ular qöygan muhim masalalardan biri şu. Yoki bölmasa özbek tilini dunyo miqyosida joriylanişi ham muhim yönaliş sifatida körilgan. Jadidlar Alişer Navoiy darajasidagi yozuvçilar yetişib çiqişini orzu qilişgan. Şuning uçun ham Qodiriy, Behbudiy, Fitrat, Çölponlar uluğ va gözal asarlar yozib qoldirdi. Nazarimda, jadidlar boşlab bergan yöl davom etadi. Ularning uluğvor va ezgu niyatlari bir kun kelib töliq amalga oşadi.
Hisao KOMATSU,
Yaponiyaning Tokio universiteti professori, turkolog:
– Abdurauf Fitratning “Munozara” asarini juda taʼsirlanib öqiganman. Keyin Fitratning faoliyati hamda boşqa yozgan asarlarini öqiş va örganişga qiziqişim ortdi. Yaponiyada mendan avval heç bir odam jadidçilik harakati haqida kitob yozmagan. 2018 yilda Yaponiyada jadidlar töğrisida kitobim naşrdan çiqdi. Monografiyamda Abdurauf Fitrat, Behbudiy, Çölpon, Munavvar qori kabi jadidçilik namoyandalari xususida maʼlumot berilgan.
* * *
Nufuzli tadbirning ikkinçi kuni ham qizğin davom etdi. Bir qator davra suhbatlari ötkazildi. Muloqot keng jamoatçilik uçun oçiq böldi. Uçraşuvda olimlar Temur Xöjaöğli, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abduraşidov va dunyoga maşhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bözdoğ iştirok etişdi.
Konferensiya doirasida jadidlar va umuman, jadidçilik harakati: uning tuğilişi, rivojlanişi, qadriyatlar uçun kuraşişi, bostirilişi va Yangi Özbekiston zamonida uşbu ğoyalarning qayta dunyoga kelişiga bağişlangan “Xotira yölagi” ekspozitsiyasi taqdim qilindi.
Şuni alohida aytiş joizki, milliy özlikni, uluğ qadriyatlarimizni eʼzozlaş, yaqin tariximizni yanada yaxşiroq, çuqurroq örganiş, hurlik va istiqlol tuyğusini baland tutiş, uluğ bir millat sifatida qanday yorqin insonlar yetişib çiqqani, buyuk bobolarimiz jasorati, bebaho merosini dunyoga taniştiriş yölida taşkil etilgan mazkur xalqaro anjuman Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning qöllab-quvvatlovi, ğoyasi bilan taşkil etilgani diqqatga molikdir.
Islom EGAMBERDI öğli,
jurnalist.
