Tuşlarimga kiradigan xazinalar
Talabalik yillarimning xotiramda muhrlanib qolgan bebaho damlarini hamişa özgaça bir soğinç bilan eslayman. Universitetning jurnalistika fakultetiga qabul qilingan kunimizdan boşlab, professor-öqituvçilarimiz tinglagan maʼruzamiz mazmun-mohiyatini töqson olti varaqlik daftarga yozib borişga örgatişgan. Albatta, har bir maʼruza yakunida mavzuga doir adabiyotlar röyxati ilova qilinar, ularni öqib konspekt qiliş şart edi. Saboqning aynan mana şu usuli biz ilmi-toliblarni har bir fandan berilgan adabiyotlarni izlab topişga, öqib, fikrlarimizni daftarga tuşirişga undardi. Şu bois darsdan söng, kim dorilfunun, kim kutubxonalarga yöl olar — maqsad kitob öqiş, çuqur bilim oliş edi.
Har qadamda mavjud bölgan katta-kiçik kutubxonalarning öquv zallari doimo gavjum bölar, baʼzan oladigan kitobimizni buyurib qöyib, özimiz joy böşaşini kutar, tik oyoqda gazeta yoki jurnal öqib turardik. Kitob mutolaasiga bölgan qiziqiş allaqaçon hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bölgani boismi yoki masʼuliyatni teran his etganimiz sababmi, kutubxonaga domlamiz bergan vazifani bajariş uçungina emas, balki olinişi kerak bölgan bilimdan quruq qolmaslik uçun borardik. Şu-şu kutubxonani köplab döstlarim qatori men ham özimning “Ikkinçi dorilfununim” deb bildim. Keyin-keyin hozirgi Gagarin boğining Mustaqillik maydoni tomonida joylaşgan Özbekiston Fanlar akademiyasi kutubxonasiga ham qadam ranjida qila boşladik. Bu qutluğ ilm maskanining öquv zali ham har doim turli yoşdagi olimlar bilan töla bölar, ularning stollari ustida qalin-qalin kitoblaru jurnallar taxlanib turar, kimdir diqqat bilan öqiyotgan, kimdir şiddat bilan yozayotgan bölardi. Ammo birov birovga xalaqit bermas, kirib-çiquvçilar oyoq uçida yurişar, özaro muloqotga zarurat tuğilganda şivirlaşib gaplaşilar, kitobxonning kutubxonadan foydalaniş madaniyati yuqori edi. Bora-bora şuni angladimki, kutubxona nafaqat ziyo, ilm-fan xazinasi, balki inson qalbiga, ongu şuuriga eng gözal xislat va fazilatlarni jo etadigan, uni ezgu niyatlaru olijanob maqsadlarga ilhomlantiradigan, öz millatining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga çeksiz hurmat va muhabbat, ajdodlarining ibratli hayot yöliga faxru iftixor bilan qaraşga, imon-eʼtiqodli, elparvaru yurtparvar, fidoyi, taşabbuskoru tadbirkor bölişga örgatadigan, olam va odam sir-asrorlari bilan taniştiradigan buyuk va bebaho tarbiya maktabi ham ekan. Şu nuqtai nazardan qaraganda kutubxonani dunyoviy saboq beradigan buyuk donişmand muallim desak xato bölmas. Bu muallim ilm, bilim ummoni. Uning har bir qatrasi olamşumul yangilikning, ulkan kaşfiyotning, çinakam taraqqiyotning xamirturuşi.
Bizga kutubxona-yu, kitobga taşnalik muhabbati Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Imom al- Buxoriy, Alişer Navoiy, Mirzo Uluğbek singari neça yuzlab buyuk bobokalonlarimizdan meros. Ularning turli sohalarda dunyoviy maşhurlikka erişişlarida yuzlab, balki minglab bebaho kitoblar beqiyos ahamiyat kasb etganligini yodga oladigan bölsak, insoniyatning heç bir narsa bilan tenglaştirib bölmaydigan boyligi – kutubxona qadr-qimmati yuksakdan-yuksak ekanligini yanada teranroq anglaymiz.
Davlatimiz rahbarining kutubxonalarni köpaytirişga, kitob naşriga, kitobxonlikni keng tarğib qilişga, ayniqsa, yoşlarning kitob mutolaasiga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan eʼtibori, körayotgan çora-tadbirlari bejiz emasligini, bilimli millatgina qudratli bölişini, ravnaq topib, farovon hayot keçirişini hayotning özi körsatib turibdi.
Xöş, mustaqillikka qadar kutubxonalarimizning ahvoli qanday edi? Zamonning zayli bilan ötgan asrning töqsoninçi yillarida, yaʼni mustaqilligimizdan oldinroq turli “izm” ğoyalari bilan suğorilgan jamiki ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, badiiy va ommabop adabiyotlarni bitta ham qoldirmaslikka qaror qilinib, respublikamizning million-million jildlik yuzlab, ehtimolki, minglab kutubxonalari barbod qilindi. Eng muhimi, ana şu million-million jild içida maşhur özbek, rus va jahon yozuvçilarining turli yillarda naşr etilgan tanlangan asarlari töplamlari ham uzoqni öylamay qilingan yovuzlikning qurboni böldi. Agar, har bir badiiy asarda hayotning bir parçasi, insonning ezgulik yölidagi qaraşlari, orzu-öylari, his-tuyğulari, kuraşlari, dardi, nafrat va quvonçlari aks etişini inobatga oladigan bölsak, oqni qora deyilgani aniq-tiniq ravşan böladi. Xöş, öz vaqtida öşa davr siyosatining qöli bilan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon, Usmon Nosir singari qator-qator buyuklarimizning asarlarinigina emas, tuhmat toşi ostiga olib, özlarini ham heç bir asossiz gumdon qilganlar nimaga erişdilar?!
Haqiqat baʼzan egilişga majbur bölsa-da, lekin sinmaydi. Şu bois ham Qodiriylar, Fitratlar, Çölponu Usmon Nosirlar bugun ham xalqimizning dilida, tilida. Ular bitgan ölmas asarlar nafaqat bizning, balki jahon xalqlarining boy maʼnaviy mulkiga aylangan. Bu bizning faxru iftixorimiz, ğururlansak arziydigan tariximiz, dunyoga doston qilgulik merosimiz. Şu örinda yana bir misol. Marksizm-leninizm ğoyalarini bayroq qilib, bizga qariyb bir yarim asr davomida Amir Temur bobomizni bosqinçi, qonxör, vayronçi deb öqitişdi, uqtirişdi, buni qöllaridan kelgan usulda tarğib qilişdi. Vaholanki, öşa Karl Marks öz asarlaridan birida Sohibqiron bobomizni buyuk davlatçilikka asos solgan adolatparvar, xalqparvaru yurtparvar, bunyodkor podşo, deb taʼrif bergan ekan. Boşimizga tegirmon toşi aylantirganlarning siyosatçilari-yu, olimlari uluğ “dohiy”ning bu fikridan bexabarmidilar? Uni köklarga kötargan tuzum daholari asarlarini öqimaganmidilar?! Öqiganlar. Öqib, uqib va bilib turib, “qörqoq oldin muşt kötarar” qilganlar. Bunga şubha qilmasak ham böladi.
Xöş, Marksning bu fikrini şörolar hukmronligi davrida birinçi bölib butun ittifoqqa oşkor qilgan kim? Öşa maşʼum tuzumning Amir Temur haqidagi böhton fikrlarini puçga çiqarib, uning odil podşoligini, xalqparvarligi-yu, bunyodkorligini, ovröpo mamlakatlari bilan döstona hamkorligigaça özining 1968 yilda özbek va rus tillarida naşr etilgan “Amir Temurning Örta Osiyo xalqlari tarixida tutgan örni va roli” risolasida ham tarixiy, ham ilmiy jihatdan asoslab bergan jurʼatli va jasoratli inson kim edi? Bu özbekning alloma olimi, akademik Ibrohim Möminov edi. Buyuk faylasuf Marksning Sohibqiron haqidagi “Amir Temur özi tuzgan saltanatda adolatli qonunlar örnatdi” degan fikrini qayerdadir öqiganini eslab, kutubxonaning taqiqlangan kitoblaridan izlamaganida toparmidi?! Şubhasizki, yöq. Demak, bunday fikrlarni kitoblari yöqotilgan kutubxonalarimizning minglab emas, millionlab kitoblarida köriş mumkin. Şunday ekan, kutubxona – kitobxona ekanligini, uni keraksiz adabiyotlardan tozalaşda şoşma-şoşarlikka yöl qöymaslik lozimligini unutmaylik! Kutubxona heç qaçon u yoki bu tuzumning, u yoki bu siyosatning girdobiga ğarq bölmasligi lozim. Çunki, örmonga öt ketsa hölu quruq barobar yonar deganlaridek, mutlaqo keraksiz kitoblar qatorida ming-minglab odamlar bahra oladigan durdona va noyob adabiyotlardan ayrilib qolişimiz heç gap emas.
Men soğinadigan, tuşlarimga kirib çiqadigan kutubxonalarimdan yana biri poytaxtning şimoliy temir yöl vokzalidagi harbiy dökon binosi ortida joylaşgan edi. Tuman markaziy kutubxonasi hisoblangan bu ziyo maskani nihoyatda sokin bölib, orqa tomonidan “Solar” ariği ötar, yozning issiq kunlarida ham öquv zali juda salqin bölar edi. Eng muhimi, bu yerdagi özbek, rus va jahon badiiy adabiyoti meni hayratga solar, nazarimda, dunyoning barça badiiy kitoblari şu kutubxonada jamlangandek edi. Rostini aytganda, bu kutubxonadan jahonning barça xalqlari yozuvçi va şoirlarining köp jildlik tanlangan asarlarini, şuningdek, deyarli hamma sohalarga oid kitoblarni topiş mumkin edi. Men bu kutubxonaga har yakşanba kuni öqib bölgan kitoblarimni olib borib topşirar va yangi badiiy asarlar bilan qaytar edim. Vaqti-soati bilan ana şunday katta bir maʼnaviy-maʼrifiy maskan ham tag-tugi bilan barham topdi. U har gal yodimga tuşganda beixtiyor xörsinib qöyaman. Kutubxona butun salohiyati bilan köz öngimda namoyon bölib, iç-içimdan ezilib ketaman. Million-million kitob. Bebaho xazina. Köz yumib oçgunça yöqoldi-qoldi. Afsus, ming afsus! Buni qarangki, öşa paytlar men köçib borgan “dom”ning birinçi qavatida badiiy adabiyotga boy juda çiroyli kutubxona bor ekan. Bu meni benihoya quvontirdi. Lekin köp ötmay bu kutubxonadan ham nom-nişon qolmadi.
Kuzning boşlarida Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida bir neça kun işlaşimga töğri keldi. Kutubxona binosi eng zamonaviy. Körsa körgulik. Nimaiki zarur bölsa, hammasi muhayyo. Kompyuterlaştirilgan öquv zallari juda şinam. Internet tarmoği işlab turibdi. Buyurgan kitobingizni ön-ön beş daqiqa içida olişingiz mumkin. Xizmat körsatiş aʼlo darajada. Har zamon-har zamon atrofga bir nazar taşlab qöyaman. Ötirganlarning yoşi uluğlari sanoqli. Sakson-töqson foizi yoşlar. Bundan quvonmay böladimi? Ayniqsa, yoşlarimiz kitob öqimay qöyişdi deyilayotgan hozirgi paytda. Ammo aççiq bölsa-da, oçiq aytiş kerakki, ularning köpçiligi kutubxona madaniyatidan ança yiroq. Qaysi bir stolda ikki dugona, qaysi bir stolda yigit bilan qiz boşqalarga xalaqit qilib şunçaki gaplaşib ötirişibdi. Ayrimlari sal çetga ötib mobil telefonida bemalol muloqot qilayapti. Hatto kutubxonadan foydalaniş tartib-qoidalarini bilmaydiganlari ham borligiga guvoh böldim. Maʼlum böldiki, yoşlarimizni kitob öqişga qiziqtiriş barobarida kutubxona madaniyatini, undan foydalaniş qoidasini-yu, tartib-intizomini ham örgatişimiz kerak ekan. Toki ular ham biz singari kutubxonani tuşlarida körib, kitoblarini soğinib yuradigan bölsinlar.
Nuriddin OÇILOV,
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston
Milliy universitetining jurnalistika
fakulteti öqituvçisi.
