Kitoblarda bitilmagan hikmatlar

Xalq ‒ ijodkor.

Axir, şunça dostonu ertagu latifa-yu maqolu matallarni kim yaratgan?

Xalq!

Qidirib, ovora bölib yurmang, baribir, muallifini topa olmaysiz.

 

Lekin qurğur xalq oğzaki ijodi namunasi bilan yozma adabiyot asari tili, uslubi, vazni, badiiy darajasi jihatidan ajralib turadi-da. Bu xuddi yakkaş dömbirada kuylangan terma bilan rubob, dutor, ğijjak, tanbur, çang, nay, doira, qonun iştirokidagi milliy çolğular ansambli jörligida ijro etilgan qöşiq örtasidagi farqqa öxşab ketadi.  Aytmoqçimizki, eşitganda xalq oğzaki ijodi namunasi bilan yozma adabiyot mahsulini tez ajratib oladi kişi.

Boşqa taraf ham bor. Baʼzan odamlar oğzidan şunday mumtoz darajadagi bayt eşitasan, lekin uning ham kim yozgani maʼlum emas. Hididan bilinadiki, uni professional bir şoir bitgan. Ammo kim öşa professional şoir? Buni ham izlab topiş ‒ amrimahol.

Kamina avval Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğaybulla Hojiyev oğizlaridan:

 

Tu bo manӣ, dar Yamanӣ ‒ peşi manӣ,

Tu bemaʼnӣ, peşi manӣ ‒ dar Yamanӣ, ‒

 

degan ajoyibdan-ajoyib tojikça baytni eşitdim.

Buning maʼnosi ‒ mana bunday: “Sen agar (ruhan) men bilan birga bölsang, Yaman(dek uzoq yurt)da yurgan bölsang ham, yonimda yurgandaysan, Sen agar (ruhan) men bilan birga bölmasang, yonimda yurgan bölsang ham, (seni) Yaman(dek uzoq yurt)da yurgandek his qilaman”.

Maʼnosiga gap yöq. Töğrimi?

Lekin şakli, yaʼni ohangi, lisoniy jozibasi, qofiyasi, tazodi ‒ dahşatdan ham dahşat!

Bu baytning muallifini yillar qidirdim.

Lekin topa olmadim.

Bir gal kutilmaganda ayni şu baytni Bahouddin Naqşband jome masjidi imom xatibi Abdulğafur Razzoq Buxoriy oğizlaridan ham eşitib qoldim-ku. Yaxşi hamki, bu ulamomiz uni kim aytganini ham bilar ekanlar.

…Yaman degan arab mamlakatidan bir amirzoda tasavvuf yölida piri komil istab, Samarqandga ‒ naqşbandiyaning XV asrdagi buyuk rahnamosi Xoja Ahror Ubaydulloh Valiy huzurlariga kelibdi. Qisqa bir fursatda piri komil bu muridlariga özi pir darajasiga yetgani haqida vasiqa yozib beribdilar. Şunda, yillar u kişining xos xizmatlarida yurib ham, bu maqomga muşarraf bölolmayotgan köp sonli muridlaridan biri norozilik qilib, buning sababini sörabdi. Şunda Xoja Ahror badihatan, yaʼni şu zahoti ana şu baytni aytib yuborgan ekanlar.

Xoja Ahror merosini titkilab ham, bu baytni hozirça topa olmadik. Şuning uçun Abdulğafur Razzoq Buxoriy ustozga suyanib, kamina şu bayt şarhida “Ruh va tavfiq” sarlavhali maqola yozdim, “Naqşbandiya” jurnali (2011 yil, № 2. ‒ B. 2-6)da eʼlon qilindi.

Keyin bu baytning u yer-bu yerlarda misol qilib keltirilganiga ham guvoh bölindi. Şu tariqa u xalq mulkiga aylantirildi, desa ham, bölaveradi.

Ötgan hafta turmuş taşvişlari bilan şaharda yurgan mahalimiz Xorazmdan Maryam opa degan tanişimiz zavjiyamga qönğiroq qilib: “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida navoiyxonlik yuzasidan bir davra suhbati bölayotgani, unda kamina ham qatnaşayotganini aytib qoldilar. Özimça “Layli va Majnun” dostoni tahliliga bağişlangan körsatuv ekanini taxmin qilib, uni olib borgan taniqli jurnalist ukamiz Safarali Qurbonovga zang urdim. Qaysi körsatuv ekanini töğri topibman.

Uyga kelsam, taniqli aruznavis şoir, “Döstlik” ordeni sohibi Ismoil Mahmud akamiz qönğiroq qilib qoldilar. Aytganlarini aynan keltiraman:

— Tahorat olib,  endi namozni boşlamoqçi bölib turgan edim. Televizor yoniq ekan. “Layli va Majnun” haqida körsatuv berilib qoldi. Tikka turgan holda uni oxirigaça tomoşa qildim. Yaxşi suhbat böldi. Ança maʼrifat oldim. Dos­tonni qayta öqiganday böldim. Baraka topinglar. Işqi haqiqiyni yaxşi tuşuntirdingizlar. Bir-birovlaringizni töldirdingizlar. Şarqona odob bilan, yaʼni bilinar-bilinmas bahs ham böldi. Lekin uni sezgan sezdi. Namozimni qazo qilib öqib oldim.

Şunda:

— Uzr, ‒ dedim, ‒ qazoga sababçi bölib qolibmiz-da.

— Yöq, ‒ dedilar hoji aka, ‒ suhbat qazo bölmadi-ku. “Nimaga?” deysizmi?

— Xöş?

— Ön beş yilça burun “Şarq ziyokori” kitob dökonida taniqli adabiyotşunos Sayfiddin Rafiddin domlani körib qoldim. Söraşdik. Yonlarida bir şerik­lari ham bor ekan. “Yuring, bir uluğ inson kasalxonaga tuşibdilar, birga borib, ziyorat qilib kelamiz. Maşina tayyor”, ‒  dedilar. Men bir işim borligini aytib, uzr söragan böldim.   “Yöq, demang, Haq yölidagi bir donişmand insonning suhbatidan zarurroq ham iş bölar ekanmi?! Hatto, örni kelsa, namozning qazosini ham keyin öqib olsa, böladi, lekin bunday ajoyib suhbatni söng qaydan topasiz?! Sizga bir bayt aytaymi?” ‒ dedilar. “Ayting!” ‒ dedim. Şunda mana bu baytni aytdilar:

 

Har namozeki, qazo bölsa, öqirsan keynida,

Mardi Haqning suhbatin topgil, qazo bölmay turib.

 

Maşinaga ötirganimiz zahoti daftarçayu ruçkamni çiqarib, uni yozib oldim. Lekin muallifini sörasam, u kişi buni bir ustozlaridan eşitganlarini,  kim yozganini bilmasliklarini aytdilar. Şunga öxşab, men ham suhbatlaringizni kanda qilmadim-da. Namozimni esa qazo qilib öqib oldim.

Şoir akamizning bu gaplari kaminaga ikki tarafdan yoqdi. Birinçidan, köp­larimiz: “Odamlar televizor körmay qöygan, hamma qölidagi telefoni bilan ovora”, deb, xato öylaymiz, juda unçalik emas. Ikkinçidan, bu ajoyibdan-ajoyib durdona bayt Sayfiddin Rafiddinu Ismoil Mahmudu va ulardan eşitganlar “çöntagi”da qolib ketaverişi kerakmi?!

Yöq!

Yozma nutqning oğzaki nutqdan bir ustunligi bor: oğzaki nutq qorga yozilganga öxşaydi,  quyoş yilt etsa, erib ketadi, yozma nutq toşga bitilganga öxşaydi, neça-neça yillardan keyin ham topib öqisa, böladi.

Bu suhbatni: “Toşga yozilganday bölsin!” deb bitdim.

Mayli, baytning muallifi topilmagan bölsa ham, u xalq mulkiga aylansin, axir.

Sultonmurod OLIM,

filologiya fanlari doktori,

Toşkent amaliy fanlar universiteti professori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan