Amri maʼruf ham tarbiyaga yöğrilsa…
Mustaqillik şarofati bilan köp-köp islomiy anʼanalarimiz qayta tiklandi. Şulardan biri – amri maʼruf.
Uni baʼzan xato tarzda “amru maʼruf” deb ham yozişyapti. Holbuki, bu yerdagi “amr” ot, “maʼruf” esa sifat söz turkumiga kiradi. Yaʼni, bu “maʼrifatli amr”, yaʼni “bilişga çorlovçi körsatmalar” degani. Çunki “amr” tilimizdagi “buyruq”, “topşiriq”, “yöl-yöriq” tuşunçalarini, “maʼrifat” esa “biliş”ni anglatadi. Agar uni “amru maʼruf” desak, qöpol bir lisoniy anglaşilmovçilik yuzaga kelib, “körsatmalar va maʼrifatli” degandek ğalatidan-ğalati narsa kelib çiqadi. Xudoni anglaş, Haqqa yaqinlaşiş maʼnosida ham “maʼrifat” sözi qöllaniladi. Şundan kelib çiqib, bora-bora “maʼrifat” sözi “tasavvuf” istilohining maʼnodoş (sinonim)iga aylangan.
Hazrat Alining bir şeʼridagi misrani buyuk donişmand bobomiz Alişer Navoiy:
Toat köpidin maʼrifat ozi – yaxşi,
— deb tarjima qilgan. Bunda köp toat qilavergandan ozgina Haqni biliş bilan şuğullanişning yaxşiligi uqtiriladi.
Amri maʼruflarimizda birxillik ustun bölib qolgan. Qori aka bir diniy mavzuda suhbat quradi, keyin Qurʼondan tilovat, söng esa duo qilinadi.
Taniqli kişilarimizning yoş töylari (yubileylari), xalq orasida maşhur kişilar vafotidan keyin ötkaziladigan ehsonlarda boşqaçaroq yöl tutiş mumkin-ku.
2006 yili Özbekistonda xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Akram aka Akmalov 60 yoşga töldilar. Şu munosabat bilan ehson dasturxoni yozildi. Öşa kunlari “Maʼrifat” gazetasida kaminaning domlaning hayot yöllari, xizmatlari haqidagi maqolasi bosilib çiqqan edi. Özlari amri maʼrufda şuni öqib berişimni iltimos qildilar. Qori aka davrani oçib, söz berdilar. Maqola öqib eşittirildi. Keyin Qurʼon tilovat qilinib, duo qilindi.
Bir professorga bu yangilik aslo yoqmabdi-da.
— Qoidani buzdingizlar. Hamma qatori mullaning özi amri maʼruf qilgani tuzuk edi, — dedi bir kuni.
— Nima bölibdi? — dedim. — Axir, maqolada bir ziyolining bosib ötgan ilmiy-pedagogik maşaqqatli yöli sözlandi, bu maʼrifat emasmi? Qaytanga, buning taʼsiri kuçliroq, maʼrifiy foydasi köproq-ku!
Yillar ötdi. Öşa eʼtiroz qilgan professorning özi 70 ni töldirdi. Amri maʼrufda özining bosib ötgan ilmiy-ijodiy yölini birov hikoya qilib berişini iltimos qildi… Demak, öylab, körib, yangilikka qöşilibdi-da.
Kuni keça Toşkentda Özbekiston xalq şoiri, atoqli tarjimon Jamol Kamol xotirasiga bağişlangan amri maʼruf bölib ötdi. Taniqli adabiyotşunos, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi Sayfiddin Rafiddin davrani oçib, savobi joriyani tuşuntirdi, Jamol Kamoldan qolgan savobi joriyalarni bir-bir sanadi, Qurʼondan tilovat qilib, duo öqidi.
Söng xalqaro tadbirkor, maʼrifatparvar va saxovatpeşa ziyolimiz, marhum şoirning köp kitoblariga homiylik qilgan Anvarmirzo Husainov marhum bilan hamkorliklari-yu yorqin xotiralaridan sözladi, Özbekiston xalq artisti Teşa Möminov şoir şeʼriyati haqida sözlab, uning “Yolğon gapirmaslik” şeʼrini öqib berdi, Xalqaro yozuvçilar federatsiyasi prezidenti Oleg Yevgenyeviç Volovik (Budapeşt, Vengriya) Moskvada şoirning rus tilida çop etilgan “Ploщad spaseniya” töplami xususida, kamina esa fors-tojik tilidan qilgan tarjimalari borasida sözladik.
Heç kim hozirgaça fors-tojik şeʼriyatidan Jamol Kamolçalik köp va xöb tarjima qilmagan. Jaloliddin Rumiyning 6 daftardan iborat “Masnaviyi maʼnaviy”si, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, “Asrornoma”, “Ilohiynoma”, “Pandnoma”, “Bulbulnoma”, “Uşturnoma” dostonlari, Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”siga kirgan beş masnaviysi, Alişer Navoiyning forsça-tojikça şeʼrlari şu qalam sohibining köp yillik zahmatli ijodiy mehnatlari bilan xalqimiz mulkiga aylandi. Bunga şoirning Hazrat Ali, Yunus Emro, Vilyam Şekspir, Radiy Fiş va boşqalardan qilgan tarjimalarini ham qöşsak, qanday katta bir meros köz oldimizda gavdalanadi.
2019 yili Turkiyaga borganimizda, öğlimiz bizga “Masnaviyi maʼnaviy”ning Könyo şahrida özbek tilida bosilgan 6 jilddan iborat naşrini körsatdi. Unga bir tadbirda özbekistonlik bölgani uçun dostonning aynan özbekçasini sovğa qilişibdi. Bu unga kutilmagan sovğa bölibdi. Körganimiz esa bizga syurpriz böldi. Uni kamina Toşkentga olib kelib, rahmatli Jamol akaga yetkazdim. Qiziqki, bu tarjimonning öziga ham syurpriz bölibdi. Çunki bir neça yil ilgari bosilgan bu kitobdan u kişining mutlaqo xabarlari yöq ekan.
Xullas, taniqli kişilarimiz bilan boğliq amri maʼruflarimizdagi aksariyat hollarda bu şaxsni unça tanimaydigan bir mullaning maʼruzasi uçun ajratilgan 15-20 daqiqalik vaqt mobaynida uç-tört kişining davra suhbatini taşkil etib, şu inson umrining örnak böladigan tomonlari gapirilsa, har taraflama töğri böladi.
Şuning özi ham bir amri maʼruf emasmi?
Sultonmurod OLIM,
Toşkent amaliy fanlar universiteti professori.
