Milliy kontent hayotimiz közgusi bölsin!

Iş xonamning oynasi mana şu maydon tarafda ekani ham ayni muddao böldi. U yoqqa ötsam ham, bu yoqqa ötsam ham derazani oçib taşqariga qarayman, maydon örtasida salobat bilan turgan Navoiy hazratlari haykaliga közim tuşadi. Kunning örtalarida haykal oldiga odamlar, asosan yoşlar yiğilişdi, tuşunişimça, gul qöyiş marosimi boşlanyapti. Ularning safida bölgim keldi, şoşilib kiyinib, taşqariga çiqdim. Lekin men binoni aylanib katta köçani kesib ötib borgunimça, tadbir tugagan ekan: haykal poyida gullar, u yer-bu yerda uç-törttadan yoşlar yiğilib gurunglaşib turişibdi. Doim tak­rorlab yuradigan Navoiy satrlarini dildan ötkazib, işxonaga qaytdim.

Nazarimda, endi universitet kiraverişida hozirlab qöyilgan zamonaviy sahna oldida odamlar töplanib, tadbir boşlanadigandek edi. Kun asrdan ötganda öşa tomondan uzuq-yuluq xorijiy musiqalar eşitila boş­ladi. “Ha, texnikani sozlab, ovozlarning baland-pastligini tekşirişyapti, şekilli”, – deb öyladim. Yö-öq… adaşdimmi?.. Sal fursat ötmay, asosan yoşlar yoki xorijiy sayyohlar uçun uyuştiriladigan öyin-kulgi keçalarida qöyiladigan, milliy musiqalarimizu milliy çolğu asboblarimizga begona kuylar, qöşiqlar jaranglay boş­ladi. Harçand tuşunişga urinsam-da, heç idrokim yetmasdi: “Bugun – 9 fevral, Alişer Navoiy tavallud top­gan kun. Şu munosabat bilan, ayniqsa bugun, yurtimizning barça hududlarida şoirni, uning özbekni dunyoda şaraflab yaşayotgan asarlarini eslab ruhini şod etiş, ehtirom körsatiş, örganiş va ibratlaniş kuni.

Yopiq derazalardan-da darang-durung qilib eşitilayotgan mana bu musiqalar… balki, balki şu yöl bilan yoşlarni davraga çorlaşmoqçidir?..” oxirgi gapimga işonçim qattiq edi: “Bugun — 9 fevral. Röparada Alişer Navoiy nomidagi universitet. Maydon örtasida Navoiy hazratlari siymosi… axir boşqaça bölişi mumkinmi?” Lekin men boşqaça bölişi mumkinmasligini dil­­­­da qatʼiy takrorlaganim sayin, taşqaridan ayrim özbek estrada qöşiqlari va xorijiy musiqalar bir-biriga ulanib avjlanib borardi. Nihoyat, iş vaqti tugab, taşqariga şoşdim. Şom qoronğusi tuşgan, Alişer Navoiy siymosini tikilib qarasang köz ilğaydi. Ammo unga orqa qilib turgan yuzlab yoşlar kuçli çiroqlar yoritib turgan sahnadagi baland böyli, soçlari yoyiq, kostyum-şim kiygan qizning qöllarini goh ikki yonga yoyib, goh osmonga bigiz qilib xorijiy tildagi xonişiga yuz tutişgan.

— Bu tadbir taşkilotçilari kim? — deb söradim qator turgan içki işlar xodimlarining biridan.

Ular bir yigitni, u esa baland böyli, öz işidan ğoyat xursandligi yuzidan körinib turgan boşqa yigitni körsatdi. Özimni taniştirdim, u ham hokimiyatda işlaşini aytdi. Töğrisi, qiyofasi şundoq köz öngimda qolgan öşa yigitning ismu şarifini töliq bilişgayam toqatim yetmay, “Bu qanaqa tadbir?” deb söradim. “Yoşlarda vatanparvarlik tuyğusini tarbiyalaşga bağişlangan keça”, deb javob berdi u.

— Bugun, özingiz ham yaxşi bilsangiz kerak, Alişer Navoiy tavallud topgan kun, mana şu tadbirni uluğ şoir hayoti va ijodiga bağişlab ötkazsa bölmaydimi? Çunki…

— Biz kunduz kuni Navoiy haykaliga gullar qöydik, — gapimni böldi suhbatdoşim.

— Yaxşi. Yoşlarda vatanparvarlik tuyğusini tarbiyalaşda Navoiydek har jihatdan ibratli şaxslar kam topiladi…

— Biz bu keçaga falonçi (yiğilganlarni jörovoz qilib şiorlar ayttirişi, qarsak ustiga qarsaklar çaldirişi bilan tanilgan voiz nomini ayt­­di)ni taklif qilganmiz. Nima, siz qarşimisiz?

Men öşa lahzalarda özimni ezgu, juda muhim maqsadini tuşuntirolmayotgan, ammo qarşimdagi navqiron yigitga ğarazgöy odam bölib körinayotgan kimsadek his etdim. U yoq-bu yoqqa qaradim: kimlar  musiqadan ham köra şovqin-suronga öxşagan sadolarga monand gavdasini tebratadi, kimlar qölidagi idişçasidan nimadir çöqilaydi, yonginamdagi  qizlarning biri ikkinçisiga işora qildi: “Ketdik!” Men ham noiloj öz yölimga ketarkanman, holatimga yeçim Navoiyning özlaridan böldi:

Meni men istagan öz suhbatiga

                                           arjumand etmas,

Meni istar kişining suhbatin

                           könglum pisand etmas.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Özbekis­ton Respublikasi Xavfsizlik kengaşining şu yil 12 yanvarda bölib ötgan kengaytirilgan yiğilişida aytgan: “Agar biz Özbekiston axborot makonida milliy kontent yaratişni öz qölimizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu işlar xorijdan turib amalga oşirilişiga imkon yaratib bergan bölamiz”, degan fikrlari respublikamiz axborot makonida xizmat qilayotgan ijodiy xodimlar oldiga juda dolzarb, jiddiy, masʼuliyatli, oson bölmagan vazifalarni qöydi. “Dolzarb, jiddiy, masʼuliyatli” ifodalarini köp işlatamiz, hatto ulardan öylab-öylamay navbatçi sözlar qatorida foydalanişga örganib qolganmiz. Bu örinda ular asl maʼnosidagi yukni kötarib turibdi. Zimmamizdagi bu dolzarb masʼuliyatning oson bölmagan jihatlari köp öylantiradi.

Ilmiy luğatlarda yangi bölgan kontent söziga “öz-özini ifoda etiş, tarqatiş, marketing va / yoki naşr etiş uçun nutq, yozuv yoki turli xil sanʼat turlari kabi biron-bir vosita orqali ifodalanişi kerak bölgan axborot vositasi” deb izoh beriladi. Demak, kontent yaratiş har qanday jurnalist, qalamkaş, blogerning öz-özini ifoda etişi uçun nutq, yozuv yoki turli xil sanʼat turlari kabi vositalar yordamida axborot mahsuloti ijod qilişidir. Bu qoida dunyodagi barça ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun birdek tuşunarli va birdek mezon.

Bizning oldimizga özbek axborot makonida milliy kontent yaratiş,  dunyodagi voqealarga  milliy manfaatlar nuqtai nazaridan baho beriş topşiriği qöyildi. Yaʼni, axborot makonidagi mahsulotlarimiz ona Özbekiston zaminidagi özbekistonlik­larning tarixi, madaniyati, maʼnaviyati, milliy mentaliteti, qadriyatlari, urf-odatlari, neça asrlik ildizlaridan hayotu hikmat olgan zamonaviy anʼanalarga közgu bölişi kerak. Milliy kontent yaratişning boşqaça yöli yöq, töğrimi?

“Özbekiston juda katta tarixga, madaniyatga, sanʼatga, bilimlar va ilmlarga boy mamlakat. Televideniye, internetda berilayotgan kontent ham şunga mos bölişi kerak”, –  deydi Özbekiston Milliy media birlaşmasi raisi Şerzodxon Qud­ratxöja.

“Bugungi globalizm davrida köryapmizki, hozirda haqiqatdan har bir davlatning öziga xos jihatlari, hamma narsasi öziniki bölsa yaxşi ekan”, – bu “Fikrat” naşri jurnalisti Ğayratxöja Saydaliyev fikri va şu kabi mulohazalarni köp keltiriş mumkin. Bu masalaning yeçimi kimlargadir unça qiyin emasdek: tayyorlagan media mahsulotining qayeridadir beşikni eslaş yoki döppining rasmini qöyib qöyiş; qizaloqqa atlas köylak kiydirib şeʼr ayttiriş yoki rep qöşiqçisi konserti ötadigan sahnani milliy naqşlar tasviri bilan bezaş (va hokazo) bilan uddalab qöya qolsa böladigandek.

Aslida, dunyo axborot makonida özbek milliy kontentini yaratişdan maqsad – media olamida xorijliklar uçun özbekona hayot şaklu şamo­yilini çiroyli, maftunkor, jozibali qilib çizib, tasvirlab, hikoya qilib beriş emas; balki bu ota makonda, avvalo, bobolarimiz, momolarimiz, ota-onalarimiz neça asrlik sinovlar, tajribalar, mehnatu izlaniş samaralari asosida tamo­yilga aylantirgan, ibrat izlaganga ibrat bölişga munosib hayot tarziga, qadriyatlarga, urf-odatlarga sadoqatli turmuşimizning axborot vositalarida dalilu isbotlari bilan qiziqarli, yorqin, mohirona aks etişidir.

Globallaşuv davrida global madaniyat özining taşqi “yaltir-yultur”lari, “bir martagina beriladigan hayotda yaşab qoliş kerakligi”ga kimlarnidir işontira olişi, yengilligi, osonligi bilan millionlab qalblarni yuhodek yutib yubormoqda. Mana şu davrda ona Özbekistonimizni şaraf bilan asrab-avaylaş; özbek xalqining özligini bayroq misoli yuksaltiriş; hayotning hamma jabhalarida jism va qalb salomatligini, jamiyatni ezgu maqsadlar yölida jipslaştirib, unga jismoniy va maʼnaviy kuç-quvvat ato etadigan özaro mehr-oqibat, saxovat, bağrikenglik tuyğularini, oilalarda haqiqiy barkamol avlod ulğaytirguvçi sabru iroda, halollik, rostgöylik, mehnatsevarlik, kattaga hurmatu kiçikka izzat fazilatlarini bardavomu barqaror etadigan real özbekona hayot tarzining inʼikosi bölgan axborotlargina özbek milliy axborot kontentini taşkil etişi mumkin.

Şu nuqtai nazardan qaraganda… Nazdimda, masalaning jon tomiri va yuqorida qayd etilgan oson bölmagan tomoni şunda. Çunki “qozonda bölsa, çömiçga çiqadi”. Hayot qozonimizdan axborot dasturxonlariga tortiladigan (qöpol öxşatiş bölsa-da) “masalliq”larning aksariyatida global madaniyat qiyofasiyu oqibatlari “barg yozib, gullay boşladi”.

…Tanişimning hikoyasi: “Qöşnimiz  – oila boş­liği çet elga işlagani ketib, ayoli uçta qizi bilan qoldi. Köp qavatli binoda ham uylari bor edi, ijaraçi qöyişdi. Bir-ikki yilda ikkita qiziga yengil maşina sotib olişdi, ular hovlidan maşinada çiqib, maşinada kirib ketişardi.  Fursat ötib, bir kuni qöşni erkakni hovlisi oldida körib qoldim, u juda asabiy edi. Körişdik, soğu omonlik söradim. Qöşnim tölib turgan ekanmi, öz-özidan yorildi: “Körmaysizmi? Men u yoqlarda kimlargadir xizmat qilib pul topib yuboraveribman… bu yerda bular… Keça keçqurun keldim. Bugun ertalabdan dam olmoqçi edim, qizlarim işga ketişgan. Işonasizmi… hovlidagi oşxonayu omborxonani aylanib, bir marta ovqat olib kelişga işlatilgan yuviqsiz yelim idişlardan bir maşinasini axlatga olib çiqib taşladim…”

Kimlargadir taqlidan köçadan ovqat taşib taomlaniş bilan göyoki ayollar yumuşi kamayganidan xursand böldik. Aslida, bu xursandçilik bekani oila aʼzolari orasida eʼzozli qilgan, ular har kuni minnatdorçilik bilan eʼtirof etgan, rözğorga baraka kiritgan, qarindoş-uruğlar orasida hurmatga sazovor etgan pazandalik, saranjom-sariştalik xislatlarining yupqarib, yöqolib borişi evaziga keldi. Bir donişmand aqli ötkir bolaga tikilib ötirib: “Agar unga qirq kun köçadan ovqat taşib yedirilsa, zehni ötmaslaşa boşlaydi”, – degan ekan.

…Bundan ön beş-yigirma yillar oldin qiz uzatiladigan xonadonda töydan oldin mahalla ayollaridan fursati, imkoniyati borlari “körpa qop­ladi” marosimiga yiğilişardi. Ular öşa kuni bölajak kelinning körpa-töşaklarining avra-as­tarini tikib, paxta solib qoplab, qavib taxt qilib çiqib ketardilar…

Qöni-qöşnilarning özaro ahil, oqibatli, yaxşi-yomon kunlarida yelkadoşligi şakllanişida şunday odatlardan ötadigan “ustoz” topilmasa kerak. Ilgari deyarli barça uy bekalari yengil-yelpi körpa-töşaklarini özlari qoplab, qavib olganlar, çunki ular bu işni qöşnilaridan örganganlar.

…Momolar, onalar nazoratida yangi çaqaloqli uyga yigirma kungaça (baʼzi joylarda 40 kungaça) qöni-qöşni, qarindoş-uruğlar kirişmas, ammo emizikli ayolning ahvoli-holatini bilganlari uçun issiq taomlar bilan darvoza oldidan yöqlab turişardi…

Çunki oqila buvi yoki ona gulbargdan ham nafis­roq bölib turgan ikki jon – yangi közi yorigan ayol va çaqaloqni urintirgisi, bezovta qilgisi, ularni har xil nazar-nafaslarga duçor qilgisi kelmaydi-da! Keyingi paytlarda markaziy şaharlarda (ayniqsa, Toşkentda) ona-bolaning tuğruqxonadan çiqib kelişiga qizning onasi bir neçta ayollar bilan toğora-toğora yegulik, qator-qator ki­yimçalar, kuyov hamda qudalarga sarupolar bilan kelişi va ularni kuyov tomon uyalmay qabul qilişida ayrim kişilarning nafsi rohatlanişidan boşqa qanday maʼno-maqsad bor?!

…Homilador ayollar, qöşniyu begonalarni qöya turing, özining jigarlari, oilasidagilar oldida ham iymanib, tortinib keng va sipo köylaklar kiyib yurişardi…

Homilador ayolning xunugi bölmaydi. Zero, bu faslda ayol şu qadar maʼsum, muloyim, himoyatalab böladi – aqlimizni taniganimizdan buyon aksiomaga aylangandi bu xulosa. Endi… badanini sirib köylak, şim, yevropaça kiyim kiygança, tortiniş-iymaniş nimaligini bilmay ötib borayotgan homiladorni körganda oriyatli ayollar uyalib yerga qaraydigan böldi.

…Vodiyda qizlar 9-10 yoşga yetgaç, onalari ipak-saboq, iş körpaça tayyorlab berib, döppi (tön, qiyiq, kamzul) tikiş örgatilardi. Ösmir qizlarning qöli nina-ipga himarilib yopişmasligi uyat sanalardi…

Ha, hunarmandçilik mahsulotlarining jamiyat hayoti va iqtisodi uçun qadr-qimmati yuksak, şu bilan birga, hunar örganiş va uni faoliyatga aylantiriş barobarida ösmir, yoş farzandlarda şakl­lanadigan mehnatsevarlik, vaqtni qadrlaş, sabr­-qanoatlilik, ijod qilişga, öz mehnati bilan boşqalarni xursand etişga odatlaniş undan ham qimmatliroq, yuksakroq ahamiyatga ega.

…Darvoza oldida gaplaşib turgan ikkita ayol uzoqdan yoşi uluğning qorasini körişi bilan öz uylariga zuvillab kirib ketişardi…

Bu bilan bekorçilikdan kelib çiqadigan bemaʼnigarçiliklar kamayardi, oldi olinardi.

…Atlas va adrasdan milliy biçimda tikilgan liboslar asosan sahnalarda qoldi. Bu öxşaşi yöq matolarimizdan tikilib podiumlarda namoyiş qilinayotgan ayrim kiyimlarning biçimi çet davlatlar restoranlarida qöşiq aytadigan xonimlarning libosigayam öxşab ketadi. Uni körib “Esiz mato!” – deysiz.

Turli kimyoviy hid va taʼmlar qöşib tayyorlangan har xil idişlardagi yemişlarni turib, yurib, televizor körib yoki telefonga tikilib çöqilaş; ölganning ustiga çiqib tepgan kabi bir musibat yo muammoga uçrab turgan odamni videoga olib elga ovoza qiliş; ösma, surma, xinolarni eskilik sarqiti atab, lablarni dördaytirib, qoş-közu yuzlarni bir qolipga soliş; yaraşmagan qiliqlarni raqs deb namoyiş etiş – bu kabilar global madaniyat dunyosining nuqslari. Ular inson jismiyu ruhiyatidan salomatlikni, qalbidan odamiylikni, yuz-közidan andişayu istarani yuvib, öçirib taşlaydi. Bunday ahvolga tuşgan inson baxt­­li bölişi mumkinmi?

Ehhe, men bilganlarimdan saralab ayrim yöqotganlarimiz, yöqotayotganlarimizni tilga oldim. Bilmaganlarim, turli hududlarning öziga xos anʼanalari, odatlarining sanoği bormikin? Ularning har biri mohiyatida qança hikmatu ibratlar mujassam. Buni xalqimizga anglatmasak, mağzini çaqib körişga örgatmasak, ularga kundalik turmuşda ongli ravişda rioya qilmasak, axborot makonida özbek milliy kontentini nimaga asoslanib yaratamiz?

Yana bir gap: hozir ayrim videoroliklar, videolavhalarda milliylik maʼnosida paxta yigirayotgan, paxtani çarxda ipga aylantirayotgan, qozonda qaynab turgan pillaning ipagini çuvib olayotgan, ariq va daryodan çarxda suv çiqarayotgan momolar, bobolarni körsatiş bugungi Özbekiston uçun umuman yaraşmaydi. Yangi Özbekistonning dunyo hamjamiyatiga mos qadamlari, taraqqiyoti, zamonaviy qiyofasi bugungi odamlar hayoti orqali aks etişi kerak.

Qissadan hissa deganlaridek, dunyoda özlarini alohida imtiyozlarga loyiq deb hisoblab, bizning milliy qiyofamiz va özligimizni yöqotib taşlab, ota makondagi haq-huquqlarimizga raxna solmoqçi bölganlar qöygan mafkuraviy tuzoqlardan huşyoru ğolib bölişimiz uçun nimalar qilişimiz kerak? – mana şu haqda birgalaşib mulohaza yuritsak, sözlardan amallarga ötsak…

Muhtarama ULUĞOVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan