Matbuot heç qaçon yopilmaydi
Ha, şunday. Matbuot heç qaçon yopilmaydi. Çunki erkinlik, söz erkinligi yurtimizga qaytgani, endi ortga çekinilmasligini davlatimiz rahbari juda köp bora taʼkidlab keladilar. Bu esa OAVda mehnat qilayotgan jurnalistlarning işonçini yanada mustahkamlamoqda.
Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev yaqinda Qaşqadaryo viloyatiga qilgan safari davomida Qarşi şahridagi Yangi Batoş mahallasida joylaşgan 71-örta maktabda bir guruh öqituvçilar, faxriylar bilan suhbatlaşib, yana söz erkinligi va oçiqlik masalasida fikr bildirdi. Bu köplab internet naşrlarida öşa kunning özidayoq eʼlon qilindi.
“Yopiq davlat bölib, ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlamaganimiz uçun xalqning ovozini eşitmadik.”
“Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi.”
“…Yana oldingidek, prokuror, SNB (MXX. Tahririyat), tekşiruvçi bölaversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki böldimi?”
“Şuning uçun, erkinlik nafasini, ommaviy axborot vositalarini döst bilamiz. Gapirsin, adolatni gapirsin. Tanqid qilsin, töğri tanqid bölsin. Şu qişloqqa, maktabga, taʼlimga foydasi bölsa, nur ustiga nur.”
“Men har kuni öqiyman, internetni ham öqiyman. Kim qanday gapirganini vaqtim boriça, qölimga qalam olib, özimga yozib olaman. Baribir 10 ta fikrdan 9 tasi töğri bölib çiqadi. Bu töğri yönalişmi? Agar bizda (OAV) yopiq bölsa, sizlarni ham heç kim eşitmaydi.”
Prezidentimizning bunday oçiq va samimiy fikrlari albatta, barça matbuot vakillarini ham ruhlantirdi, desak xato bölmaydi. Lekin sir emas bugun matbuot naşrlari, xususan, bosma naşrlar taqdiri, ahvoli köngildagidek emas. Ming maşaqqat bilan çop etilayotgan naşrlar juda tor doiradagi odamlarga yetib borayotgani ham sir emas. Maʼnaviyat sarçaşmalari bölgan gazeta va jurnallardan odamlar kun sayin uzoqlaşib bormoqda. Buning sababi nimada, çindan ham bosma naşrlarni xalq öqişni istamayaptimi? Yoki bu naşrlarda odamlarni qiziqtiradigan mavzular yoritilmayaptimi?
Albatta, bu savollarga birdaniga javob beriş oson emas. Lekin juda kerak. Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, bugun matbuot naşrlarining örni, ahamiyati yöqolgan emas. Zero, internet tarmoqlari keng rivoj topgan qator ilğor mamlakatlarda ham 100 minglab nusxada gazeta va jurnallar çop etilayotgani bejiz emas.
Xöş, unda masala nimada?
Köp yillik kuzatuvlarimiz, matbuot naşrlarida faoliyatimiz davomida işonç hosil qilgan ayrim masalalar borki, ular bugun özining yeçimini kutmoqda. Katta yiğişlardan birida Prezidentimiz “Bolalarimizni telefon tarbiyalayapti”, deya kuyunçaklik bilan fikr bildirgan edi. Çindan ham şunday. Bugun hatto 1-sinf öquvçisining qölida ham “Ğunça” emas, balki şapaloqdek telefon.
Ha, telefon ham kerak. Internet ham. Ammo farzandlarimizning bilim, axborot, maʼnaviy boylik oladigan bor manbasi faqat elektron qurilmalardan ham iborat bölmasligi kerak-da. Nima uçun deysizmi?
Birinçidan, telefon yoki internet tarmoqlari faqatgina kerakli maʼlumotlar, tasvirlar emas, balki buzğunçi va tarbiyaga yod narsalar bilan tölib –toşgan “quti” ekanligi sir emas.
Ikkinçidan, kun davomida telefon va internetga mukkasidan ketiş nafaqat maʼnaviy, balki tibbiy jihatdan ham zararli ekanligini mutaxassislar bejiz aytişmayapti.
Şunday ekan, farzandlarimizni albatta, bosma naşrlarga, ularning sevimli “Ğunça”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Klass” singari naşrlarga qaytarişimiz zarur. Qaçonki ana şu naşrlarni öqib, örganib katta bölgan bolalar kelajakda ham yaʼni voyaga yetganlarida ham nafaqat gazeta-jurnallarni, balki kitoblarni ham öqiydigan bölişadi.
Bugun-çi, yurtimizda 10 mingga yaqin maktablar böla turib, ularda bir neça millionlab bolalar taʼlim olişayotganiga qaramay, ana şu naşrlarning adadlari 2-3 mingdan oşmaydi. Demak, bu naşrlar hatto 1 ta maktabga bir nusxadan ham yetib bormayapti!
Nazarimizda, matbuotdan yoşlarning uzoqlaşib ketişiga ana şu narsa sabab bölmoqda. Şu bois, ayrim taklif va mulohazalarimizni qayta-qayta örtaga taşlaşdan erinmaymiz.
- Bugungi kunda aksariyat bosma naşrlarning adadi, joylarga yetib borişi, yetkazib berilişida juda katta muammolar mavjud. Buning sababi keyingi 20-25 yil davomida bosma naşrlarga obuna uyuştiriş masalasida yeçim topilmadi.
Yuqorida aytilganiday, örta maktablarda bolalar naşrlariga öquvçilarni obuna qiliş mutlaqo izdan çiqdi. Mustaqilligimizdan oldin “Ğunça”, “Tong yulduzi”, “Gulxan” kabi naşrlar 100-200 ming nusxadan ziyod çop etilgan bölsa, ularning bugungi tiraji 1,5-2 ming nusxaga tuşib qolgan. Bolalarning qölini esa maʼnaviyat buloği bölgan naşrlar emas, telefonlar egalladi. 25-30 yil davomida esa matbuot naşrlarini öqiş, seviş immunitetidan mosuvo avlod paydo böldi.
Yeçimi: maktablarimizda bugun 5 milliondan ziyod öquvçilar taʼlim olmoqda. Har bitta sinfga kamida bolalar naşrlari yoşiga qarab 5 nusxadan obuna qilişni yölga qöyiş lozim. Şunda uşbu naşrlarning yillik obuna narxlari hozirgiga nisbatan kamida 10 baravar arzonlaşadi. Yaʼni juda arzimas narxda böladi. Heç kim oğrinmay farzandini ularga obuna qiladi.
- Respublika naşrlarining aksariyati bugungi kunda 3-5 ming adadda çop etilmoqda. Bu esa mamlakatimizdagi sanoqli taşkilot va korxonalargagina gazeta va jurnallar majburlikdan yetib borayotganini bildiradi. Millionlab odamlar, 5,5 milliondan ziyod xonadonlarga gazeta-jurnallar deyarli yetib bormayapti. Oddiy odamlar gazeta-jurnal öqiş imkoniyatiga ega emas. Hatto, butun boşli mahalla, qişloqlardagi 1000ta xonadon örganib körilganda, ularning heç biriga 1 nusxa ham biror nomdagi gazeta-jurnal yetib bormayotganini köriş mumkin.
Sababi: naşrlarning bugun örtaça obuna bahosi 500 ming sömdan 900 ming sömgaça. Bu narxga esa odamlarning obuna böliş istagi bölsa-da, iqtisodiy imkoniyati yetmaydi.
Yeçimi: yurtimizdagi barça xonadonlar xohişlariga köra, özlari istagan naşrlarga mahallalar orqali obuna bölişlarini yaʼni “Maʼnaviyat savatçasi” taşkil etilib, unda mamlakatimiz siyosatini, madaniyatini tarğib-taşviq qiladigan hamda adabiy-badiiy naşrlar röyxati şakllantirilişi zarur. Şunda uşbu naşrlarning adadlari bir neça yuz ming nusxaga oşib, obuna narxlari ham 40-50 ming sömni taşkil qilgan bölar edi.
“Har bir xonadonga — gazeta va jurnal” loyihasiga Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi masʼul bölsa, maqsadga molik bölar edi.
- Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş, Maktabgaça va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boşqa tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda OAVni rivojlantiriş böyiça maxsus dastur, yöl xaritasi işlab çiqilişi maqsadga muvofiq bölar edi.
- Turli vazirlik va idoralar, katta-kiçik taşkilot va korxonalar tasarrufidagi gazeta-jurnallarni monitoringdan ötkaziş — davr talabi. Çunki aytaylik, Oliy sud — öz gazeta-jurnallariga, Adliya vazirligi va boşqa vazirliklar, Boş prokuratura, qömita va agentliklar, turli boşqa taşkilotlar, yirik korxonalar va ularning quyi tizimlaridagi boşqarmalari ham “öz gazeta va jurnallarni” oçib olişib, faqatgina “özining” naşrlariga obuna uyuştiriş bilan banddirlar.
Öylab köring, har bir vazirlik yoki qömita faqat öz naşriga obuna bölsa, unda respublikaning asosiy naşrlariga kim va qaçon obuna böladi? Masalan, 1-2 yil avval “Özbek kömir” AJ “Kömir” degan gazeta oçganini eşitgan edik. Juda ğalati, axir kömir qazuvçi insonlar mehnati, hayoti haqida faqat ularning öz naşrlari yoritişi kerakmi? Va bu gazeta uşbu aksiyadorlik jamiyatiga nima beradi?
- Bugun odamlar haqiqiy maʼnoda maʼnaviy-maʼrifiy vositalardan “uzulib” qolganligi sababli, özlarini turli ijtimoiy tarmoqlardan bahramand bölişga, negativ fikrlovçi, biryoqlama tafakkur qiluvçi toifalarga aylanib borişmoqda. Çunki maʼnaviy böşliqni matbuot naşrlari emas, ijtimoiy tarmoqlar egallab bormoqda.
Taklif: mamlakatda Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga juda katta mablağlar ajratilgan bölib, aslida maʼnaviy böşliqni töldiruvçi matbuot naşrlarini obunasiga maʼlum darajada kömak beriş vazifasi ana şu Markaz zimmasiga ham yuklansa, örinli bölmasmidi?
Matbuot naşrlarining örnini, nufuzini oşiriş uçun u obunaçilarga öz vaqtida yetkazib berilişi esa — juda muhim masala. Hozir afsuski, naşrlar bir haftada ham obunaçiga yetkazib berilmaydi. “Özbekiston poçtasi” va “Matbuot tarqatuvçi” AK tuzilmalari töliq islohga muhtoj bölib qolgan.
Yana şunday taklif borki, bugun matbuotda eʼlon qilinayotgan materiallarga eʼtibor, javobgarlik, javob beriş majburiyatini tiklaş juda-juda zarur. Negaki, matbuot—davr közgusi ekan, unda aks ettirilgan tanqidiy-tahliliy çiqişlarga munosabat bildirilişi, çora-tadbir körilişi şart. Yöqsa, qança gapirilmasin, qança muammolar, kamçiliklar olib çiqilmasin, bari daryoga otilgan toşday izsiz ketaveradi. Ming afsuski, bugun vazirlik va idoralar, hokimliklar OAVda eʼlon qilingan materiallarga javob berişni “unutib” qöyişgan. Töğriroği, mutlaqo qiziqişmaydi ham, nima eʼlon qilinayapti-yu, nimalar çop qilinyapti bilişmaydi ham.
Yuqoridagi muşohadalardan kelib çiqib, mamlakatimizda Yurt egasi —Prezident matbuotni öqiyotgan, internet tarmoğini kuzatayotgan ekan, bundan barça katta-kiçik amaldorlar ham tegişli xulosa, ibrat olişlariga umid qilişga haqlimiz.
A. PARDAYEV
