Öqimasa, öqitiş kerak!

yoxud Mirzakarim qutidorning eşigidagi qulf haqidagi savolga javob qayerda?

 

“Bolalarimiz kitob öqimay qöyişdi”. Afsus, nadomat bilan aytilayotgan bu gapni kunda, kunora kutubxonaçilardan, öqituvçilardan, ota-onalardan eşitamiz. Bahona bitta: farzandlarimizning es-huşi telefonda. Kimdir qöliga kitob olsa, közini uyqu tortadi. Yana boşqa birovi kerakli maʼlumotlarni internetdan oladi, kitob varaqlaşga hojat yöq, deb öylaydi. “Kerak bölsa, öqib oladi. Majburlab bir narsaga erişib bölmaydi”, degan xulosalar ham yöq emas. Har fikr bildirgan odam nimagadir tayanib gapiradi. Har kimning öz haqiqati bor.

Menga kelsak, modomiki öqişmayotgan ekan, öqitişning yöllarini, çoralarini topmoq kerak. Aslida bu gapim bilan Amerika oçmayotganim köpçilikka maʼlum. Çunki keyingi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikka  juda katta eʼtibor berilmoqda. Mahalla, maktablardan boşlanib, bir neçta bosqiçda ötkazilayotgan “Eng yaxşi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi tanlovlar  aholimiz, ayniqsa, yoşlarimiz orasida kitobxonlik ruhiyatini  ança kötarib yubordi. Mayli-da, sovğa uçun bölsa ham öqidik-da. Bu borada Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika maʼnaviyat va tarğibot markazi ham muntazam işlar olib bormoqda. Kutubxonalarni kitob­lar bilan taʼminlaş, yoşlar orasida kitoblar tarqatiş…. Baribir ham kitobxonlik borasida erişganimizdan erişmaganimiz bisyorroq bölsa kerakki, ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlarda maʼnili gapdan köra maʼnisizi köproq. Öquvçi yoşlarni suhbatga tortsang, aksariyati yo tötiquşday yodlagan narsasini  aytadi, yo söraganlaringga jöyali javob bera olmaydi. Fikrsizlik balosi urçib yotgani har bir qadamda seziladi.

Ayollar davrasiga  kirsangiz, yana şu: köpçiligimiz mayda-çuyda gap-sözlardan yuqoriga kötarila olmaymiz. Agar aholimiz ommaviy kitobxonlikka yuz tutsa, orzu, maqsadlarimiz ulkanlaşar edi. Mustaqil fikrlaş, fikrimizni himoya qiliş, fikrimizning töğriligini isbotlaş uçun kuraş ruhi kuçayar edi.   Johil­liklar, jaholatlar kamayar edi. Jamiyatda bir qadar tozariş yuz berardi. Lekin baribir istagimiz hozirgi imkonimizdan ança katta bölsa-da, ommaviy kitobxonlik sari taşlanayotgan qadamlar uçun şukur qilamiz,çunki bir öqib örgangan odam, yaʼni öqişning mazasini olgan odam kitobga yopişib qoladi, öqimasa, öqiy olmay qolsa, xumori tutadi. Şuning uçun yana bir karra:

— Kimdir öqimayotgan bölsa, yana va yana  öqitişning yölini qilaveriş kerak, — degan gapni aytgan bölardim. Bu gapim faqat kitoblarga tegişli emas, bosma naşrlar, gazeta-jurnallar haqida ham bemalol şu gapni aytsa böladi. “Davriy matbuot doirasidagi naşrlarga obuna uçun tarğibot kerakmas, naşr özi zör bölsa, öquvçisi topiladi”, degan fikr­larda ham bir yoqlamalik bor. Öquvçining özi zöridan bundayroğini ajratib oliş uçun ham avval unça-munça narsani öqigan, farqlay biliş darajasiga kelgan bölişi kerak-ku.

Xullas, uzundan uzoq kiriş qismidan maqsadim, aslida meni kitobga boğlagan odamlar va usullar haqida gapiriş edi.

Birinçisi — onam, rahmatli onajonim Poşşajon Normat qizlari.

— Seni uyimizning kutubxonaçisi qilib tayinlayman, — dedilar bir kuni qölimga qora çarm muqovali umumiy daftarni tutqazib. Uyimizda ikkita baland böyli oynavand şkafda töla kitob  bölib, pastida yopiq jo­yida gazeta-jurnallar taxlami turardi.

— Har bir kitob va gazeta, jurnallarni öqigani olgan odamning ism-familiyasini yozasan, qança muddatga oldi, sanasini belgilaysan, qaytarib olib kelgaç, asar mazmunini söraysan, baholaysan. Onam çizğiçda çizilgan grafalarni menga alohida-alohida körsatib tuşuntirdilar. Garçi qişloğimizda ikkita kutubxona bölsayam, bizning ham özimizga yaraşa kitobxonlarimiz bölardi. Qarindoş-uruğlar, qöni-qöşnilar… Men bu vazifani ado etişga astoydil kirişganman. Ayniqsa, kitob qaytib kelgaç, uning yirtilgan, yirtilmagani, varaqlariga doğ tekkan, tegmaganini tekşiriş, undan ham köproq, kitob haqidagi taassurotlarini baholaş menga boşqaça huzur bağiş­lardi. Tengdoşlarim, özimdan sal yoşi kattaroq  qarindoşlar:

— Qutişa, (Bolaligimdagi ismim), iltimos, “3” qöyma, köpayib ketsa, Poş­­şa xola kitob berdirmay qöyadi, — degan sari yanayam “qattiqqöl kutubxonaçi”ga aylana borardim. Şu tarzda men “Ötkan kunlar”, “Qutluğ qon”, “Qöşçinor çiroqlari”, “Qörqinç­­li Tehron”,  “Osmondan tuşgan kalit”, “Qiliç va qalqon” kabi asarlarni tak­ror-takror öqiganman. Vaqti-vaqti bilan onam “kutubxonaçilik” fao­liyatimni tekşirib turardilar. Işlarim maʼqul kelsa, yangi kitob bilan siylardilar. Kitobga bölgan mehrim beşinçi-oltinçi sinflardanoq menga ajoyib imtiyozlar baxş eta boşlagan. Gap şundaki, biz olti nafar öquvçi mahallamizdan bir sinf­­ga qatnardik, beştasi öğil bola, oralarida yagona edim. Biz — öquvçilar qiş faslidan boşqa barça fasllarda xöjalik dalasiga işga çiqardik. Erta bahorda çellar (dalalarning u boşidan bu boşiga tortilgan egatlar, xöjaligimiz sabzavotçilik bilan şuğullanardi)ni tekislaşga, söng ötoq, yagana, terim… Xöjaligimizda kanop ham ekilar, örimi qiyin, çunki tikanli bölardi. Öşa payti mahalladoş sinfdoşlarim  menga kanop ördirişmas:

— Sen orqamizdan boğlab ketaver, — deyişar, men bu yaxşilik evaziga ularga öqigan kitoblarimni gapirib berardim. Çoyga ötirsak yo dalaga ketişda:

— Qani, boşla, — deyişardi.

Ular köproq sarguzaşt asarlarni, uruş qissalarini, detektiv (u payt­­da bunday atalişini bilmasdim, “şpionli kitoblar” deyişardi sinf­doşlarim) asarlarni söraşgani uçun “Yoş gvardiya”, “Josuslar izidan”, “Zoya va Şura” kabi kitoblarni   sinfdoşlarimga “qarz” evaziga tölaş uçun öqiganman. Şunisi ham bor ediki, tinglovçilarim sevimli qahramonlarimizning mağlubiyatga uçraşi, ayniqsa, ölib qolişlarini istaşmasdi, şuning uçun baʼzi paytlar ularni omon qoldiriş uçun töqib ham yuboraverardim.

Faqat mening emas, butun maktabimizda kitobsevarlik ruhiyatini kuçaytirişda adabiyot öqituvçimiz Otajon Tojiboyevning beqiyos xizmatlari bor. Ular qay bir joydandir “Kitob poçta bilan“ degan taşkilotning manzilini topib keldilar. Manzili tepasida  uç varaq kitoblar röyxati ham bor edi.

— Şu röyxatdagi qaysi kitobni buyurtma qilsalaring, poçta bilan jönatişar ekan. Faqat manzillaringni aniq yozinglar, kelgaç, pulini tölab olasizlar, — dedilar.

Şu tarzda Toşkent şahrining Kalinin köçasiga bizning Oltmiş qiş­loğidan xatlar uça boşladi. Poçtaçi Seytimmat aka kajavali mototsiklda sariq rangdagi qalin qoğozga öralgan kitoblarni ilk bor olib kelgan kuni bayram bölib ketgan. Bora-bora kajavali mototsikl tölib keladigan bölgan. Biron ota- onaning:

— Bolam kitob aytibdi, puli nima böladi? — degan şikoyat bilan kelganini eslay olmayman. Faqat baʼzi birovlarga öşa adabiyot muallimimiz özlari sotib olib berganlari yodimda. “Oltin zanglamas”, “Guli siyoh”, “Bir qizga ming oşiq” kabi asarlar öşa paytlarda kitob javonimizga qöşilgan edi. Bora-bora bu taşkilot aʼzolari bizning qiziqiş doiramizni bilib qolişdi, şekilli, buyurtma bermasak ham, yangi çiqqan kitoblarni bizga jönatadigan bölib qolişdi. Balki, ana şularning taʼsiridir, oltmişinçi, yetmişinçi yillarda bizning döppiday qişloğimizda barça sohalarda öqigan mutaxassislar bor edi: öz prokurorlarimiz, sudyalarimiz, köz kasalliklari mutaxassislari, bolalar döxtirlari, jarrohlar, har xil yönalişdagi muhandislar… Albatta, ularning köpi tuman markaziga yo şaharga qatnab işlaşar, lekin baribir bizning qişloq  farzandlari edi. Öşa yillari “Oltmiş”da biror öğirlik, firibgarlik yoki qotillik sodir bölgani yodimda yöq.

Farğona davlat pedagogika institutida (hozir universitet) öqiyotganimda kitobxonlikka ixtiyoriy-zaruriy majburiyat uyğotgan domlamiz rahmatli Asqarali Şaropovni minnatdorlik bilan eslayman. Albatta, adabiyot fakulteti bölgani uçun kitob öqişimiz şart edi-yu, lekin oramizda:

— Alişer Ğiyosiddinoviç (Navoiy hazratlari) ham ötirib olib yozavergan ekanlar-da. Albatta, yozadilar-da, vaziri aʼzam bölsalar. Bizga öxşab, stipendiyani kutib yaşamasalar, yotoqxonalari sovuq bölmasa, uç oylab daştlarda paxta termasa, oyoğidan zax ötib, öpkasi sovuq olmagan bölsa. Bizga yodlaş oson bölmasligini öylamaganlar-da, — deya çimçilab gapiradiganlar ham yöq emasdi. Demoqçimanki, kursimizda kitobxonlik darajasi bir xilda emasdi. Samarqand universitetidan Asqarali Şaropov bizga kelişlari bilan vaziyat özgardi. Bizga ilk darsga kirganlarida Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” tragediyasini ötayotgan edik:

— Bu fojia haqida falonçi falon degan, — deya adabiyotşunoslarning aytgan fikrlarini keltira boş­lagan edik, domla keskin ravişda töxtatdilar:

— Men u adabiyotşunoslarning “Mirzo Uluğbek” haqidagi fikrlarini öqiganman. Menga sizlar bu fojia haqida nima deysizlar, şuni bilgim keladi, — deganlar. Keyin har bir asarni qanday öqişimiz kerakligini obdon tuşuntirib, qölimizga yil davomida öqilişi kerak bölgan asarlar röyxatini berdilar. Keyingi darsda hammamiz fojianing aslini öqigan bölsak-da, domlaning savollariga javob bergani qiynaldik. Çunki ustoz asarning umumiy mazmunini söramas, qahramonlarning gapi orasida ketgan, bir-ikki jumlada aytilgan nimanidir sörardilar. Dars oxirida hammamiz bölarimiz bölib ötirsak, domlamiz:

— Bugun temuriy şahzodaning emas, Sizlarning fojiangiz böldi, — deb çiqib ketganlar. Ana endi öqişmi, hammamizning qölimizda, qalam. Asardagi har bir qahramon, hatto, personajlarning ismi, qaçon voqealarga kirib keldi, qanday ösa boşladi, töqnaşuvlar, kulminatsiya … Har bir abzatsni tahlil qilişga tuşib ketdik. Şu qadar usta bölib ketdikki, Ölmas Umarbekov institutimizga uçraşuvga kelganlarida, talabalarimizning “Odam böliş qiyin” qissasi haqidagi fikrlarini eşitib:

— Men proza kengaşining yiğilişida ham bu qadar terlamagan edim, — deganlar. Sadriddin Ayniyning yuzlab qahramonlar iştirok etgan “Esdaliklar”, Asqad Muxtorning murakkab syujetli “Çinor” romanlarini ham xuddi şunday çizib öqiganimiz uçun imtihon, sinovlarda ustozimizning:

— Mirzakarim qutidor eşigining qulfi qanaqa qulf bölgan? — kabi savollariga javob berib yaxşi baholar olganmiz. Domlamiz faqat prozaga emas, şeʼriyatga ham şunday qattiq talabda  turardilar. Deylik, Ğafur Ğulomning “Soğinç” şeʼrini özlari  yod aytib öqib kelardilarda, bir joyida töxtab: “Davom ettir”, derdilar. Qölimizda yod olişimiz kerak bölgan şeʼrlar röyxati turgani uçun:

— Men bu şeʼrni yod olganim yöq, — deya olmasdik.

Balki, ana şunday “qirib” öqişga örgatganlari uçundir Asqarali Şaropov öqitgan davr talabalari orasidan bir neça fan doktorlari, hatto, akademiklar, xalq şoirlari, xizmat körsatgan madaniyat xodimlari yetişib çiqdi. Sezganimizday, öqiş bir mehnat bölsa, öqitiş ham xuddi şunday, balki, undan ham qiyinroq bir mehnatdir. Çunki öqişning zamirida bir odamga bildiriş, bir insonning kamolotidek maqsad turgan bölsa, öqişda minglab, millionlab, balki, bir millat, bir xalqni yuksaltirişdek ulkan maqsad turadi. Özining nimalarga qodirligini isbotlaş uçun qaramlik iskanjasidan xalos bölgan davlatlar nimalarni öylab topişmagan? Masalan, Hindistonda Ang­liya mustamlakasidan qutulgan yillari çetdan import mahsulotlarni xarid qilişni man qilib qöyilgan ekan. Bu — iqtisodiy mustaqillikka erişiş yöli. Maʼnaviy mustaqillikka erişiş esa köproq bildiriş, tuşuntiriş, tarğibot bilan böladigan  iş, öqitiş, örgatiş bilan örtaga keladigan harakat. Bugungi öquvçiga mening yuqorida maroq bilan hikoya qilib berganlarim ança ibtidoiy usullar tuyulişi mumkin. Lekin öğil-qizlarining intellektual salohiyatining baland bölişini istagan va şunga intilgan xalq öqitişning zamonaviy usullarini ham topadi. Faqat faol öquvçilarni emas, özlaştirişi pastroq bolalarni kitob öqişga qiziqtiriş kerak. Maktab, mahalla kesimida planşet, velosiped kabi sovğalar qöyilib, “Kim köp va xöp öqiydi?“ tarzida musobaqalar taşkil qiliş mumkin. Albatta, “Bu aytgan narsalaringizning puliga falon kilo guruç keladi, falon kilo göşt”, deguvçilar bisyor. Töğri, böş qop tik turmaydi. Lekin maʼnaviy qaramlik, öz fikri bölmaslik, birov nima desa, “xöp”, deb boş silkitişning zarari iqtisodiy zarardan kam emas. Avvalgidek bölmasa-da, hali ham nimalargadir navbat bor. Masalan, gözallik salonida, deyarli, hamişa nav­bat böladi. Ayollar kelsa-kelmasa böladigan gaplarni çaynaşib ötirişadi. Agar stollar ustiga kitob bölmasayam, gazeta, jurnal qöyib qö­yişsa, bir tola ziyo bölsayam kallasiga kirarmidi… Uzoqqa qatnaydigan avtobuslar salonlariga, poyezdlarga… Qaçon poyezdga çiqsangiz, televizorida qiziqçilarning çiqişlarini qöyib qöyişadi yo xususiy kinostudiyalar işlagan ertaksimon kinolarni. Kambağal bola boyvaçça qizni sevib qoladi. Avval könmaydi, keyin qarasa, unday yigit dunyoda yöq, özi yoniga keladi. Mening qiziqçilikka ham, xususiy kinostu­diyalarga ham eʼtirozim yöq. Lekin hali ham qaysidir bolalarimiz Suriyaga  ketiş ilinjida ekan yo şunça maktablar turganida huj­raga kirib öqişni öziga ravo körayotgan ekan yo voyaga yetmagan ösmirni bir şişa suv va bir qurtni besöroq olgani uçun urib öldirib qöyişgan ekan, bizda bilişga, tuşunişga, ang­laşga ehtiyoj bor. Şaxs darajasiga yuksalişga, millat bölib şakllanişga ehtiyoj bor.

Demak, “Öqimay qöydi”dan köra “Öqitişimiz kerak”ka yaqinroq yaşaganimiz  köp muammolarimizga yeçim topib bersa kerak.

Qutlibeka RAHIMBOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan