Meni ham tinglang…
“Qiz bola palaxmon toşi, qayerga otsa, şu yerga borib tuşadi”, degan ibora bor. Qaçonlardir kimningdir oğzidan bexosdan çiqib ketgan bu jumlaning umri juda uzun ekan, şu kunlarga ham yetib keldi. Yetib keldigina emas, hayot şioriga aylanib ketdi.
Jamiyatda qiz farzand taqdiri bilan palaxmon toşini qiyoslaş qançalik töğri-notöğriligini bilmayman-u, ammo bu aqida endi eskirdi, şekilli. Mayli, bu haqda bölar-bölmas falsafa söqimasdan maqsadga köçaylik.
Atrofimda keçayotgan voqealar, guvoh bölayotganimiz — turli ayançli taqdirlar bu masala haqida çuqurroq fikr yuritişga undadi. Keling, bir neça hayotiy misollarni birgalikda tahlil qilaylik.
Yaqinda bir dugonam turmuşga çiqişi maʼlum böldi. Töy oldi u bilan körişdik va ançagina suhbatlaşdik. Aytişiça, kuyov özidan sakkiz yoş katta va ular sovçi orqali tanişişgan. Qizning noroziligiga qaramay, ota-onasi uni şu yigitga uzatişmoqçi ekan. Dugonam ançagina siqilib qolgan edi va bir neça kundan söng turmuşga çiqadigan qizga heç ham öxşamasdi. Menimça, oila qurayotgan insonlar baxtdan yettinçi osmonda uçişi kerak, aslida.
Yana bir opam esa özi yoqtirgan inson haqida hatto onasiga gapirişga iymanadi, bundan qörqadi. Çunki mavzu oçilmasdanoq uni çegaralaşgan va özlari topgan tagli-tugli oilaning farzandiga berişlarini uqtirib kelişgan…
Kollejda birga öqigan kursdoşim bölar edi. Oila quriş borasida u ham juda katta muammoga duç keldi. Alloh rahmatiga olgan bölsin, ikki yil burun onasi qazo qilgan edi. Şundan bir yil ötar-ötmas dadasi va ammalari qizni turmuşga beriş payiga tuşib qolişdi. Şunday ham qilişdi. Bu tarafdan qizni qarindoşlari majburlaşgan, u tarafdan yigitning ota-onasi “şu qizga uylanasan” deya qistaşgan. Qiz-ku, taqdirim deya yigitga könikişga harakat qila boşlagan edi. Ammo töyiga bir neça kun qolganda, yigit unga: “Ota-onam majburlagani uçun senga uylanyapman, mendan oşiqça narsa kutma! Çidasang şu, çidamasang… “ degan sözlarni aytibdi.
Buni eşitib, boşimdan muzdek suv quyilgandek böldi. Erta-indin töy, ammo qizning qalbiga quloq osadigan odam yöq. Özi körib-bilib turib, “Çidasang şu, çidamasang… “ deya köçani körsatib yuborayotgan odam bilan oila atalmiş muqaddas dargohga qadam bosib böladimi? Alloh özi töğri yölga boşlamasa, bu nikoh oila böladimi-yöqmi?
Hali maktab yoşidagi qizni uzatişmoqçi bölişlari, körib-bilib turib, qizini boy xonadonga ikkinçi xotinlikka berişmoqçiligi… Bu kabi misollarni sanasam, ançagina davom etadi. Lekin bu kabi vaziyatlarda aybdor kim? Bolasining fikriga qiziqmagan ota-onami yoki gaplarini içidan taşqariga çiqara olmaydigan farzand?
Baʼzi oilalarda qiz farzand pasport olgandan söng “yuk” sifatida qaraladi. Göyoki uni egasiga berib qutuliş kerak yoki bölmasa, “palaxmon toşini” uzoqroqqa otiş kerak. Şunday otiş kerakki, borgan joyidan qaytib kelmasin…
Şu on bir zum öyga çömasan kişi: nima uçun baʼzi ota-onalar farzandining oila qurişga tanlov qilolmasligini bilişadi-yu, lekin bilib turib turmuşga berişadi, uylantiradi?
Yoki möʼjiza kutişadimi — u yoği bizga qoronği. Balki, ajrimlar köpayişining tub negizi aynan şu muammoga borib taqalar?
Bu yaqin ön yillardagi muammo emas. Bundan avvallari ham hayotiy maslagini anglab yetgan barça insonlar uçun bu kabi “tuşunarsiz” vaziyatlar köp bölgan…
Şu örinda maşhur yozuvçi Şukrulloning “Tirik ruhlar” romanidagi bir voqea yodimga tuşadi. Özbekistondagi birinçi huquqşunos Ubaydulla Xöjayev haqidagi avtobiografik romanda hayotiy haqiqatlar talaygina… Hozir yuqoridagi mavzuga misol böladigan bir vaziyatni eslatib ötmoqçiman. Asarda Ubaydulla Xöjayevning yoş bölişiga qaramay, oqil va tadbirkorligi tufayli hatto Toşkentning manaman degan boylaridan biri Mirzakarimboy uni kuyov qilmoqçi böladi. Biroq Ubaydulla hayotining bu tarzda boşlanişini xohlamaydi. Qolaversa, Rossiyada öqiş istagi birinçi örindaligini hisobga olib, bu taklifni rad qilmoqçi böladi. Qizga şu masala yuzasidan xat yöllaydi. Yaʼni u qiz bilan bölayotgan voqeani kelişmoqçi böladi. Şuning uçun qizning fikri muhim deb öylaydi. Ammo ança vaqt ötib ham qizdan javob maktubi kelmaydi. Söngra Ubaydulla singlisi Iqbolxonni qizdan xabar olib kelişga yuboradi. Şunda qiz quyidagiça javob beradi: “Men yetimça emas, mening boşimda ota-onam bor. Ulardan bemaslahat, özimça yaşirin, u kişining maktubiga biror javob qaytarmoğim odobdan bölurmidi?” Uning “andişa” bilan aytgan bu javobidan qoniqmagan Ubaydullani özbek qizlarining eng öqimişli, madaniyatli, ilmli oiladan bölişlariga qaramay, öz şaxsiy fikrlariga ega bölmasliklari, öz baholarini qadrlamasliklari ranjitadi.
Bu ğarbça nazariya yoki zamonaviylik emas. Şu yil aprel oyi oxiridagi hisob-kitoblarga köra, mamlakatimizning doimiy aholisi soni 37 million kişini taşkil etdi. Şundan 18 million uç yuz ming kişi ayollar hisoblanadi. Bundan körinadiki, Özbekiston aholisining deyarli yarmi ayollar. Ular saylaş huquqiga ega. Ayollar turli iş qatlamlarida faoliyat yuritadi, rahbarlik lavozimlarida işlaşadi va hatto katta-katta jamoalarni boşqara olişadi. Şunday xulosa qilib, mamlakat rivojining teng yarmi ayollar qölida ekan deb, bemalol ayta olamiz.
Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayol-qizlarning rolini oşiriş borasida juda köp saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, Özbekistonda gender tenglikni taʼminlaş komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida: “Ayollarimiz jahon taraqqiyotiga hissa qöşişga qodir, bizning vazifamiz esa buning uçun qulay muhit yaratişdir. Eng qiyin vazifa — ayollarimizning özlarini ular eng yaxşisiga munosib ekanliklariga işontirişdir. Oldimizda qiyin yöl turibdi, ammo bu şunga arziydi. Ayollarimizga kuç bağişlaş orqali biz millatimizga kuç beramiz, butun insoniyatni mustahkamlaymiz!” — deya nutq sözlagan edi.
Mana şu fikrlarning öziyoq mamlakatimizda ayollarga bölgan eʼtibor va ularni yanada faollaştiriş uçun qilinayotgan saʼy-harakatlardan darak beradi. Şunda ham eng muhim vazifa baribir oilada qoladi. Çunki qiz bola tarbiyasi va ularga işonç berişni ota-onagina boşlab beradi. Tarixda bölgani kabi hozirgi ayol-qizlarimiz orasidan ham Raʼno, Kumuş, Xayriniso va Maryamdek qatʼiyatli, zakovatli ayollar çiqsin! Qaçonki mamlakatda ayol öz fikri va örniga ega bölsa, öşa mamlakat taraqqiyotda ilgarilaydi. Ösib kelayotgan avlod bilimli va oqila onalardan tarbiya oladi va jamiyatda komil insonlar yetişib çiqaveradi!
Dildora DÖSMATOVA.
