Köngil odami

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bölganlar orasida iqtidorli jurnalist, şoir, Özbekiston Yozuvçilar Uyuşmasi aʼzosi Abdunabi Boyqöziyevning ham borligi meni ğoyat xursand qildi. “Ğuboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “Judoliğ daşti”, “Közlari daryoim!..”, “Özbeknavo” yulduzlari”, “Dilxiroj tuyğular”, “Beş navo”, “Çöli iroğim”, “Beş sömlik kekkayiş” kabi önlab şeʼriy, publitsistik, hajviy kitoblar muallifi bölgan zahmatkaş ijodkor mehnatlarining munosib eʼtirof etilişi tahsinga loyiq edi. Davlatimiz rahbari imzo çekkan Farmonni öqirkanman, şu kunlarda 70 yoşni qarşilaş arafasida turgan bu ajoyib inson bilan boğliq xotiralar beixtiyor xayolimda jonlana boşladi.

Öşa kuni universitetda darslar har galgidan erta tugadi.

— Döstlar, bunaqasi har doim ham bölavermaydi. Kelinglar, kinoga yoki parkka boramiz, keyin biron kafeda ötiramiz, — deya murojaat qildi starostamiz Maqsudali aka. — Hademay sessiya tugaydi. Yana hammamiz har qayoqqa tarqalib ketamiz. Bugun bir yayraylik.

— Zör bölardi, şunday qilaylik, — taklifni bir ovozdan maʼqullaşdi qiyqirişib kursdoşlarim.

Biz ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida sirtdan öqirdik. Har gal kuzgi yoki bahorgi sessiyaga kelganimizda, darslar, imtihonlar bilan bölib, şahar aylanişga deyarli vaqtimiz qolmasdi. Hozirgi vaziyat ayni muddao edi.

— Sizlar bemalol boraveringlar. Norboy aka bilan ikkimizning boradigan joyimiz bor. “Sovet Özbekistoni” gazetasi (hozirgi “Özbekiston ovozi”)ga borib, Abdunabi Boyqöziyev bilan uçraşib ketmasak bölmaydi, bir joydanmiz axir, — dedi kutilmaganda kursdoşimiz Ahmadali Qöldoşev “bizga uzr” degandek maʼnoda.

Bu qanday uçraşuv ekanki, kursdoşlar birgalikda hordiq çiqarişidan ham muhimroq, degan öy xayolidan ötgan saboqdoşlarim öşanda bu ikki “öyinbuzuqi”ga ham havas, ham ajablaniş bilan qarab qolişgandi.

Ötgan asrning 80-yillarida “Sovet Özbekistoni” (hozirgi “Özbekiston ovozi”) otaxon gazeta hisoblanib, u yerda işlaş har bir jurnalistning orzusi edi. Eng qiziği, men öşa paytdagi respublika Markaziy Komiteti naşriyoti bosmaxonasida aynan şu gazetaning sahifalovçisi bölib mehnat qilardim, yaʼni gazeta kotibiyati bilan hamkorlikda qörğoşinga quyilgan maqolalardan gazeta sahifalarini tayyorlab, bosişgaça bölgan jarayonni olib borardim. Darrov baland böyli, kelişgan, istarali, xuşçaqçaq Abdunabi Boyqöziyev köz oldimga keldi.

Bir binoda işlaganimiz uçun goh-goh yöllarimiz kesişib turardi. Lekin u meni tanimas, men esa tabiatimdagi tortinçoqlik bois, taşabbus körsatişga istihola qilardim.

Adaşmasam, 1990 yillarning sönggi oylarida Abdunabi aka tahririyatda körinmay qoldi. Bilsam, tajribali xodimlar qatorida yangi taşkil bölgan “Xalq sözi” gazetasiga işga ötgan ekan.

Yillar bir-birini quvlab ötaverdi. Endi men mehnat qilayotgan naşriyot “Şarq” deb atala boşlandi. Faoliyatimda ham unça-munça özgarişlar yuz berdi. Yigirma yillik qadrdon gazeta tayyorlaş sexidan naşriyotning Boş tahririyatiga muharrir bölib işga ötdim. Bir kuni boş muharririmiz Ahror aka Ahmedov menga bir qalin jildda qölyozma tutqazib:

— Bu işni özingiz olib borasiz, — dedi. Söng ortidan qöşib qöydi: — Muallifi noziktaʼb inson.

Jild yuziga köz yugurtirdim. “Abdunabi Boyqöziyev. “Dilxiroj tuyğular”. Lop etib köz oldimga kursdoşim Ahmadali aka keldi. Qarang-a, şunga ham yigirma yildan oşibdi. Vujudimda ajib bir evriliş his qildim. “Abdunabi aka bilan tanişiş fursatlari şu kunlarga nasib qilgan ekan-da”. Xonamga kirib, jildni oçdim. Odamning qandayligini uning tutumiga qarab ham bilsa böladi. Qölyozma did bilan tartiblangan edi. “Ahror akaning gapida jon borga öxşaydi”, dedim içimda.

Şu kundan qölyozmani öqişga kirişdim. Kirişdim-u undan çiqolmay qoldim. Töplamga tanlangan publitsistik maqolalar, esselarning yoziliş uslubi, biri ikkinçisini takrorlamas voqealar jonli, tuşunarli, maroq bilan öqilardi. Bu fazilatlar muallifning salohiyatidan, bilim doirasining kengligidan, badiiyatni çuqur anglaşidan va katta tajribaga ega jurnalist ekanligidan dalolat berib turardi.

Şunday qizğin iş kunlarining birida xona eşigi avval taqillab, söng ohista oçilib, ostonada Abdunabi Boyqöziyev körindi.

— Assalomu alaykum!

Örnimdan beixtiyor turib ketdim.

— Va alaykum assalom, keling, Abdunabi aka.

Biz eski qadrdonlardek iliq söraşdik.

— Boş muharrir qölyozmam sizdaligini aytdi. Eşikdagi yozuvga qarab kirib kelaverdim, Qodirjon.

— Adaşmadingiz, Abdunabi aka.

— Qölyozmangizni atayin hamyurtingizga topşirdim, aka, dedi Ahrorbek, yo hazillaşdimi?

— Töğri aytibdi, men Marhamatdanman.

— Ey, Muhammad Yusuf bilan bir joydan ekansiz-da.

Şunday, birpas u yoq-bu yoqdan gaplaşdik. Bir-birimiz bilan tanişgandek böldik. Albatta, qölyozma ham yoddan çiqmadi.

Ketiş arafasida Abdunabi aka şunday deb qoldi:

— Qodirjon, oyda bir yiğilişib turadigan davra taşkil qilsak, degan reja bor. Sizga, menga öxşagan maʼnaviyat sohasining odamlari böladi. Agar qöşilsangiz yaxşi bölardi.

Dabdurustdan qilingan bu taklifga men nima deb javob berişimni bilmay:

— Unaqa davralarga köpam xuşim yöqroq, — dedim özimni tortib.

— Mayli, siz öylab köring, darrov “yöq” demang, hali vaqt bor. Bu hozirça bir yaxşi niyat.

Şunday deb, Abdunabi aka xayrlaşib xonamdan çiqib ketdi.

Öylanib qoldim. Nima qilsam ekan? Balki, şunçaki gapirib qöygandirlar? Agar yana şu mavzu oçilsa, “yöq” deb qöya qolaman. Töğrisiyam, bunday yiğinlar men uçun begonaday edi.

Nihoyat, qölyozmani öqib tugatdim. Ança-munça savollar yiğilib qoldi. Bu tabiiy, ularni muallif bilan hal qilsa böladi. Lekin meni öylantirgani boşqa masala. Salmoqligina bir maqolani kitobdan olib qöyiş lozim edi. Vaziyat şuni taqozo qilardi. Boş muharrirga tuşuntirdim. Endi muallifga holatni aytiş kerak. Eng oğiri ham şu edi. Jurʼat topib, bor gapni aytdim. Uni qabul qiliş Abdunabi akaga oson bölmadi. Öşandagi mening ahvolim ham havas qilgulik emasdi.

— Maqolani kitobga kiritmasligingiz sababini menga asoslab bering. Meni işontiring, — dedi özini arang bosib Abdunabi aka.

Talabning bu ohangda köndalang qöyilişini töğri tuşunib turardim. Men qilgan bunday “qisqarişga” heç bir muallifning şunçaki rozi bölib ketaverişi mumkin emasdi.

— Maqola kitobning keyingi taqdiriga xunuk taʼsir qilişi mumkin. Har qalay, noşirlik sizga begona emas-ku. Boş muharrir bilan ham gaplaşib köring, — maslahat bergan böldim. Abdunabi aka hozirgi holatida maqolasining himoyasi uçun undan kattasi bilan ham tortişişga tayyor edi.

Abdunabi aka ketdi. Içim xijil böldi. Özim istamagan holda bir insonning dilini ranjitib qöydim. Yana kimni deng, uzoq yillar özim havas qilib yurgan insonni. Naçora, naşriyot muharriri hayotida şunaqa voqealar ham bölib turarkan-da.

Nihoyat, kitob naşrdan çiqdi. Bu muallif uçun ham, muharrir uçun ham quvonçli voqea. Axir yangi çiqqan kitob oylab, baʼzida yillab qilgan mehnatlaring mevasi-da. Bir-birimizni tabrikladik. Lekin könglimda oz bölsa-da, bir ğaşlik bor edi. Abdunabi aka bilan kitobni tayyorlaş jarayonida tortişdik, bahslaşdik, menga nisbatan asl munosabati özgarmadimikin? Şu öy xayolimdan ötarkan, birdan: “Yetti-sakkiz kişilik davra qilsak, bir piyola çoy ustida ijodiy suhbatlar qursak”, degan taklifi yodimga tuşdi. Şunça işdan keyin Abdunabi aka menga bu taklifni yana qilarmikin yoki?..

Oradan ança-munça vaqt ötdi. Bir kuni kutilmaganda işxonamga Abdunabi aka yana kirib keldi. Kayfiyati çoğ. Salom-alikdan söng menga:

— Qodirjon, yana öşa gap. Davramiz deyarli şakllanib böldi, nima deysiz, çiroyli, diltortar adabiy davra böladi, — dedi.

Men allaqaçonoq rozi edim. Kitob tayyorlaş jarayonidagi tortişuvlar uçun, şunga qaramasdan men haqimdagi fikri yomon tomonga özgarmaganligi uçun, bu gaplarga bir neça yil bölgan esa-da, öziga köngil yaqin olib, şu davraga çin dildan taklif qilgani uçun, xullas, köngli toza, samimiy, töğrisöz, qatʼiyatli, eng muhimi, işonçli inson bölgani uçun ham men rozi edim.

2010 yilning bahor kunlarida birinçi “gap”imizni Abdunabi aka özi yaşayotgan köp qavatli uyning pastidagi qulaygina maskanda taşkil qildi. Şunga ham ön beş yil bölay debdi…

Men bilgan Abdunabi aka ana şunaqa inson. Tilagim: Oilangiz, farzandlaringiz, nabiralaringiz, döstlaringiz, muxlislaringiz baxtiga omon böling!

Qodirjon QAYUMOV,

“Şarq” naşriyot matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi

Boş tahririyati katta muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan