Baxtimiz kuylaşsa erka bulbullar
Şerbek Ismoilov
OQ YÖL, YÖLOVÇI!
Biz Şerbek bilan deyarli ovuldoşmiz. U bizning qişloqdan teparoqda — Urgut toğlari bağridan Samarqand minoralari tomon köz otib turgan Zinak degan qadimgi qörğonda tuğilib, katta bölgan. Garçand hamsoya esak-da, men uni ança keç tanidim. Tanişimga, mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Samarqand şahridagi 59-közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat taʼlim muassasasiga qilgan taşriflari sabab böldi. Taşrif çoğida Prezidentimiz Şerbek bilan uçraşdilar, uning sözlarini, şeʼrlarini diqqat bilan tingladilar. Bu voqealarni televizorda körganimdan söng Şerbekni topdim. Roppa-rosa tört yil böldi bu voqeaga. Şerbek şu orada maktab-internatni tamomlab, Prezident tavsiyasi bilan Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetiga qabul qilindi. Hozir 3-bosqiç talabasi. Aʼlo baholarda öqiş, turli konkurs va tanlovlarda faol iştirok etiş, jumladan, ona tili va adabiyot fanlari olimpiadasi respublika bosqiçi ğolibi böliş barobarida hamişa şeʼriyat bilan, şeʼriy tuyğular oğuşida yaşadi. Tinmay maşq qildi, izlandi va izlanyapti.
Taʼkidlaganimdek, Şerbek hali talaba: öqiş, tirikçilik, qismat yelkasiga yuklagan oğir sinov, buning ustiga ijod…
Şeʼrlari pişiq, puxta. U şunçaki qöliga qalam oladiganlar toifasidan emas. Baʼzi satrlari öz-özidan qalbingizga örnaşib qolganini sezmay qolasiz. Bu nima? Albatta, uning mahorati, iqtidoridan dalolat. Mana, bir misol: onasiga bitgan “Bolaligim” nomli şeʼrida u soğinçni şunday ifodalaydi:
Men çömilgan ariqda hali
Badanimning isi bor edi.
Bu — şoirona ifoda, ijodkorga xos talqinning suvrati emasmi?..
Unsa izimizda alvon lolalar,
Quşlar ikkimizga tutsalar boda… —
deya orzu qiladi nomaʼlum sevgilisiga bağişlangan bir şeʼrida u.
Uning “Kapalagim” şeʼri juda gözal, ayniqsa, xulosasi:
Şoir bölmay ketay, bu ne körgulik,
Şeʼrim bitguniça bitibdi umring.
Naqadar şarafli yaşab ötolding,
Oh, şeʼrga aylanib ketibdi umring.
Şerbek olamni hissiyot, qalb közi bilan köradi va şoirona tasvirlaşga, ifodalaşga urinadi. Yon-atrofdagi voqea-hodisalar, yuz berayotgan eng oddiy holatlardan ham öziga xos şeʼriy-falsafiy xulosalar çiqara oladi.
Bu — har bir ijodkor uçun juda muhim.
Şerbek Ismoilov — bor maşaqqatlarni böyniga olib, katta maqsadlarni közlab yölga çiqqan ijodkor — yölovçi. Men unga bu yölda sabr-bardoş, omad va muvaffaqiyatlar tilayman.
Abdusaid KÖÇIMOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.
BOLALIGIM
Bunça erta yöqlabdi sizni,
Şoşibdi-da, attang, keksalik.
Soçingizda bolaligimdan
Oqlar qolgan bölib esdalik.
Har tomonga yugurdim-yeldim,
Neki bölsa, dedim peşona.
Dunyosiga dunyo siğmagan,
Yoşligimni soğindim, ona.
Bugun qişloq yöllari ravon,
Lek hayotda yöl topmoq muşkul.
Goh nasiya odamgarçilik,
Mehr tugul, muhabbat tugul.
Qişloğim toş köçalarida,
Bolaligim izi bor edi.
Men çömilgan ariqda hali
Badanimning isi bor edi.
Bugun qişloq yöllari tekis,
Oqmay qöygan ariqda suv ham.
Begonaday bölib qolibdi
Qişloq menga, öylab qarasam.
Talpinaman söqir misoli,
Bağri töla nayza şaharga.
Huvillagan vujudim bilan
Xat bitaman şomdan saharga.
Ingroq dilga taskin bölar deb,
Sayr qildim qişloqni bugun.
Öpkam yayrab toza havodan,
Bor ğuborim tökildi butun.
Men çömilgan ariqqa yana
Suv tölibdi. Köz töymas boqib.
Şu ariqda bilsam, onajon,
Bolaligim ketibdi oqib.
NOMAʼLUM SEVGIM
Buloqqa aylanib qolsaydi könglim,
Içsayding, tanangga singib ketsaydim.
Şöxçan erkalanib, kaftingda tinmay,
Qirq kokiling uçin tavof etsaydim.
Soyangga aylanar bölsaydim yoxud,
Ortingdan ergaşib yurardim har dam.
Yomğirga aylanib, heç yöqsa bir bor,
Soçlaringni silab, yuzingga tomsam.
Sevgim — yuragimda mangu öçmas öt,
Göyo çöğ ustida bosaman qadam.
Meni sevmasliging alam qilmaydi,
Seni kimdir sevsa, qiladi alam.
Könglim bölolsaydi,
qaniydi köngling,
Baxtimiz kuylaşsa erka bulbullar.
Visol qöşiğiga jör bölib biz ham,
Muhabbat poyiga töşasak gullar.
Dunyoni töldirsak, baxt iforiga,
Sen kulsang, közingda porlasa quyoş.
Bağrimda yaşnasang, zavq berib menga,
Armonlar çekinsa, berolmay bardoş.
Tongning tarovati, ayni şabnam çoğ,
Olamni sayr etsak, misli şabboda.
Unsa izimizda alvon lolalar,
Quşlar ikkimizga tutsalar boda.
Men orzu qilaman armonim bilan,
Işq esa qalbimda gullayverar jim.
Kimligingni bilmay sevaveraman,
Hali uçramagan nomaʼlum sevgim.
KAPALAGIM
Könglim qanotingdan olgan andoza,
Köksimni silaşing şundan ehtimol.
Kapalagim, tunda yöqlabsan meni,
Nedan joning halak?
Aytgil bu ne hol?
Qay gulga qönolmay öksidi qalbing?
Sezib qoldingmi yo umring oxirin?
Senga qanday dalda beray nozigim?
Bemorman özim ham bilmay
işq sirin.
Yo bölmoq istading dardimga şerik?
Şundan parvonasan çap köksim uzra.
Mehrga zorligim sezdingmi erkam?
Yuragim qinida bormoqda muzlab.
Senga biram havas qilaman, işon,
Umrim qisqa deya aslo yema ğam.
Qisqarib ketmoqda, ming afsus, bu kun,
Muhabbatning umri senikidan ham.
Keçir, kapalagim, kuygan könglimni,
Bir kunlik umringga baxş etmasa nur.
Insonlar halovat buzar umrimga,
Ajabo, berasan orombaxş huzur.
Şoir bölmay ketay, bu ne körgulik?
Şeʼrim bitguniça bitibdi umring.
Naqadar şarafli yaşab ötolding,
Oh, şeʼrga aylanib ketibdi umring.
MENING BAXTIM
Xayollarim tözğin soçlaringizdek,
Labingiz rangiga böyalgan qalbim.
Soğinçlar yoprilib kelar köngilga,
Ismingizni quçib, qaqrandim,
qalqdim.
Köngillar muhabbat qölida çillak,
Könglingiz közlagan,
könglim bilmaysiz.
Derazani oçsam, kuzlangan borliq,
Kuz kelgan dilga,
siz neçun kelmaysiz?
Çizişga çoğlangan suratingizni,
Qalbimdan ohista tomgan tuyğular.
Qoğozni qizilga böyagan bilan,
Lek sizni qaytarib berolmas ular.
Siz şunday yaşaysiz özingiz bilmay,
Qöşiqqa aylanib ovozlarimda.
Yo örin olasiz uyqusiz tunda,
Yiğloqi şeʼr bölib qoğozlarimdan.
Men kuyib kuylayman, yozaman yonib,
Garçi yaşolmasman könglimdan ortib.
Öşa sizni mendan tortib olganlar,
Sira şeʼrlarimdan ololmas tortib.
Men şunday yaşayman, dersiz, devona,
Soğinsam, suratdan soçingiz silab.
Gohida örtanib baxtsizligimdan,
Yaratgandan esa sizga baxt tilab.
Baxtsiz emasdirman men ham,
ehtimol,
Sizsiz ham emasman. Abadiy ahdim…
Ruh içra ruh bölgan fardim,
fariştam,
Sizni sevaman-ku, şu mening baxtim.
ONAJON…
Onajon, men boryapman uyga,
Sultonlardek mağrur, uluğvor.
Bağrim esa belangan qonga,
Vujudim ham nuragan devor.
Onajon, men boryapman uyga,
Tovonimda Toşkentning izi.
Unutilgan qişloq havosi,
Öpkam töla şaharning isi.
Onajon, men boryapman uyga,
Dil yem bölgan yolğon sevgiga.
Unutilayozdi bahor ham,
Kelmay qöydim men ham esiga.
Onajon, men boryapman uyga,
Yaralanib döst tuzoğidan.
Mehrim soçib toş dillar uzra,
Mehrsizlarning toş öçoğidan.
Onajon, men boryapman uyga,
Judo bölib butkul özimdan.
Aytmasam ham bilib olasiz,
Hammasini nursiz közimdan.
Onajon, men boryapman uyga,
Soçingizga oqlar orqalab.
Toşkent esa meni kutadi,
Yöllarimga toşlarin qalab.
Onajon, men boryapman uyga,
Bağringizda bola bölgani.
Yana yangi zafarlar quçib,
Yaşaş uçun kuçga tölgani.
Onajon, men boryapman uyga,
Dilda çeksiz soğinçim tuyib.
Meni menga qaytib berasiz,
“Bek bolam”, — deb erkalab, suyib.
