“Keçikkan” suhbatlar

Ança-munça kitobni öqib qöygan öninçi sinf öquvçisi bu safar mutolaadan boşqaça, juda boşqaça taʼsirlandi: Dadaxon Nuriyning “Oqşom qöşiqlari” lirik qissasida bayon etilgan voqea va fojiali qismat tasviri unga şu paytga dovur öqib çiqqan kitoblaridan butunlay farqli tuyuldi. Xotimasi ham kutilmagan, nogahon röy bergan. Kitobxon qahramon taqdiri mavhumligidan hapriqdi, nimadir yöqotgandek yoki şu yöqotişda nimadir topgandek tuydi özini. Yeçim tuşuniksiz, xafa böliş kerakmi yo xursand — buni-da bilmasdi. Ammo şunisi aniqki, qissadagi toğ qizining suvrati uni butunlay maftun etgan, fikru yodi uning bilan band edi. Maktabga ketar çoği, dars mahali, suhbatlarda yoki uy yumuşlarini bajarayotib — qayerda bölmasin, uning köz öngida öşa toğ manzarasi, turfa çeçaklar barq urgan boğ uzra uzoq-uzoqlarga tikilayotgan löppi yuz gözal qiz. Xullas, bu xayolning hali tugamagan xayoliy işqi edi…

Oradan ança kun, hafta, oylar ötdi. Öquvçi har gal kutubxonaga kirganda özi bilmagan holda öşa his-tuyğuni izlardi. Bu gal “Özbek şeʼriyati antologiyasi” tomlaridan birini olib varaqlay boşladi. Nenidir izlardi, lekin aniq nima ekanini özi-da bilmasdi. Navbatdagi sahifani oçarkan, beixtiyor “Voh!” deb yubordi. Göyo butun olam çaqmoq çaqqandek yorişib ketdi! Çunki antologiya sahifasida özbek şoirasi, jarqörğonlik Raʼno Uzoqova haqida maʼlumot bor edi!

Raʼno Uzoqova. Bu nom tanişdek tuyuldi, uni oldindan biladigandek. “Jarqörğondan ham şoir-yozuvçilar çiqqan ekan!” deb közlariga işonmay, quvonçdan tölqinlandi. Şu uçunmi, Raʼno Uzoqova nomi qalbining tör-töriga örnaşib qoldi va Dadaxon Nuriy yaratgan toğ qizi obrazi xayolidan sekin-asta çekina boşladi.

Birdan aytib qöyamiz: şoirani jarqörğonlik deyilgan biror maʼlumot keyinçalik uçramadi. Ammo baribir qalb qörida gözal va parivaş bir siymo saqlanib qoldiki, bu uning öz Raʼnosi, özining jarqörğonlik Raʼnosi edi.

Oradan tağin yillar ötdi. Yigit Samarqand dorilfununida özbek filologiyasi böyiça tahsil ola boşladi. Şunday kunlarning birida Samarqand viloyat gazetasi katta bayram munosabati bilan taniqli şoira Raʼno Uzoqovaga bağişlangan bir sahifalik materiallarni çop etdi. Keyinroq esa şoiraga atab “Zarvaraq” maxsus naşri çiqdi, unda ham şoiraning şeʼr-ğazallari bosildi.

Bular yigit uçun qiyossiz baxtli, quyoşdek porloq damlar edi. Qölida ança-munça material töplandi, xullas.

Öqişi tugab, yigit xalq maorifi sohasida emas, Jarqörğon gazetasida işlay boşladi. Tahririyat işlaridan ortgani hamonoq şoira haqida sörab-suriştirar, afsuski, heç kim, hatto oqqörğonliklar ham u haqda aytarli maʼlumotga ega emasdi.

Har ne öz vaqti-soati bilan, albatta. Tasodifni qarang, taqdir yigitni Bolta Boyğuçev degan bobo bilan röpara qildi. Bolta bobo Ikkinçi jahon uruşiga yaqin yillarda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlagan, eng muhimi, şoiraning bolalik damlariga guvoh, u bilan birga öynaganlarini aniq eslaydi, ammo bölak narsa bilmaydi.

Şu bilan tamom deysizmi? Yöq!

Tağin tasodifga rahmat.

Xöşlaşar çoğimiz mototsiklning öt olib tarillaşi şovqinida boboning balandlaşgan ovozi keladi.

— Bobo biz bilan xayrlaşyapti, — dedi mototsiklçi gazni qayta-qayta burab, jönaşga çoğlanarkan. Mening esa yuragim bezovta, nimadir sezgandek jiddu jahd bilan “Bobo bir nima demoqçi, töxtang!” deb qölimni muşt qilib, uning biqiniga kuçli niqtayman. Taqqa töxtaydi. Mototsikl ovozi tinib, boboning nima deyayotganini angladik: “Badirga uçraşdilaringmi?” Voh, mana kalavaning uçi! Badir bova. Bu özi oddiy gap-u, ammo maʼnisi osmon qadar.

— Yozing! — dedi kasbdoşim Xolmömin Xudoyqulov. — Sizning bu işingiz Töxtasin Jalolov, Irakliy Andronikovlarning işidek uluğ hodisa. Arzimas iş qildim deb hisoblamang özingizni! Yozing va gazeta-jurnalga bering. Hamma joyga ketadi materialingiz: viloyatda ham, respublikada ham çiqsin, qölma-qöl öqiladi, körasiz.

Haqiqatan, işlar siljib, materiallarimiz matbuotda yoritildi. Samarqand bilan aloqa boğlanib, mavzu böyiça özaro xatlar yozişdik, Rahimaxon (şoiraning qizi) bilan uning Samarqanddagi xonadonida köp bora suhbat qurdik. Bu orada adabiyotşunos Abduğafur Rasulovning bildiruviga suyanib, şoira Raʼno Uzoqova yubileyini 1976 yil 16 mart kuni Jarqörğonda ötkaziş işlariga kirişib ketdik. Xuddi şu paytlar edi, obkom partiyadagi suhbat çoği izlanişu topganlarim haqida xabardor qilingan va öşa kuni keçga yaqin uyimga yetib kelgan denovlik adabiyotşunos olim Toştemir Turdiyevga töplangan barça qimmatli materiallarimni, safimiz kengaymoqda, deya qöşqöllab tutqazibman.

Respublika “Özbekiston madaniyati” (keyinçalik “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetida yurtning eng nomdor yozuvçisi töplangan materiallarni qöşqöllab taqdim etganim —  Akaga “kajavali mototsiklda, yuk maşinasida şoira daragini izlab dalayu daştlar kezdi”, deya maʼlumlab tursa, odam bir boşqaça bölarkan. Atrofimda buni anglagan faqat bir kişi böldi: şogirdim, jurnalist Mahkamtoş Çoriyeva.

Öşa yilning dekabr oyi. Yozuvçilar uyuşmasi qarori bilan Termiz oliy bilimgohida şoiraning yubileyi ötkazildi. Men, obkom partiyaning adoği yöq turli yumuşlariga boğlab taşlangan odam, tadbirga ilojini qilib bordim va mavzu böyiça söz oldim. Öşanda köplarga köp gap anglaşilganday böldi, çamamda.

Şu payt telefonga çaqirildim. Uydan ekan. Kutilmaganda masala yana şu holiça qoldi va bu yoğiga işlarni öz ravişiga qöyvordim.

Bulduriq quş uçganiça uçaversin qani!

Bulduriq quş zör uçaverdi lekin!

Mening xayolimda bölsa sofdan-sof niyatlar ila Raʼno Uzoqova. Jarqörğonlik şoiraning şeʼrlari, ğazallari, dostonlari, hikoyalarini “bulduriq quş” birin-ketin kitob holiça çiqaraverdi, eʼtirofu eʼtibordan tuşmadi. Bizning hissa-xizmatlar “ötin yorgan bolta taşida qolar” böldi.

Tegişli mavzuda maqola olib borgaç, aslida, voqea qanday sodir bölgani jurnalist Isroil Şomirovga ayonlaşdi va dastlab kaminaga ğalati munosabat bildirdi. Işiga puxta bu odam masala mohiyatini anglamagunça qöyarda-qöymay söradi-suriştirdi va binobarin, uning fikri tadrijiy ravişda ijobiy tomonga özgarganini kördim. Keyinroq bilsam, boysuntoğlik bu dangalçi ijodkor Akaning öziga: “Heç yöq hammualliflikda çiqarsangiz ham bölardi-ku”, degan ekan gapni çözib ötirmay. Şuytib “Surxon yoşlari” gazetasi “Farzandini unutmagan el”, “Şoira öqigan dargohda” kabi va boşqa nomlardagi bir neçta materiallarni çop etdi.

“Milliy tiklaniş” partiyasida işlayotgan kezlarim Denov bölinmamiz rahbari Xurram Rayimov idoramizga şoşa-pişa kirib kelarkan: “Nega şoiramizga bağişlangan tadbirda yöqsiz? Axir uni siz kaşf etmaganmisiz? Hoziroq öşa joyga boring, aka”, deb qoldi. Odamga çaqmoq çaqqan kabi taʼsir qiluvçi bir holat. Sapçib örnimdan turib ketaman va soniyalarda öz şaştimni özim qaytarib, “Taklif etilmagan bölsam, qanday boraman?” deyman.

— Eh, siz! — deydi qölini asabiy siltab Xurramboy. Biroq boşqa heç nima demadi.

2023 yilning törtinçi may kuni. Denov temir yöl vokzalida meni Qöldoş aka Pirnayev kutib oldi. Pedkollej direktori muovinligidan nafaqaga çiqqan bu inson şoiramiz xotirasini eʼzozlaşda xizmatlari singgan. Xabarim borki, Samarqandgaça borgan, Raʼno Uzoqovaning qabrini ziyorat qilgan, yaqinlari bilan ham uçraşgan.

Kelişuvga köra, töğri Akaning uyiga yöl oldik. Sokin Denov köçalaridan ötib, katta ğiştin köhna uyning mahobatli darvozasini taqillatamiz va hovlidan Akaning ovozi keladi. Içkarilaymiz. Örindiqda joylaşgaç, birmunça muddat ilgari qaytiş qilgan öğlining xotirasiga Qurʼon tilovat qildik. Şundan keyingina maqsadga köçamiz. Bir vaqtlar unga berilgan hujjatlarni yöqolib ketmasin uçun muzeyga topşiriş niyatimiz borligini aytdik. Aka: “Bular menda emas, barçasi kollejda turibdi. Bemalol olib ketaveringlar!” deydi. Gapining isboti sifatida kollejga telefon ham qildi. Xuşvaqt böldik.

Söng u yon-bu yondan suhbatlaşib, ança dadillaşib qolgaç, yoşlari saksondan oşgan kişi xafa bölmasin, degan köngilda avaylab söradim: “Aka, bir paytlar şoira haqidagi barça materiallarimni sizga berganim borasida biron marta eʼlon qilmadingiz, tilga ham olmadingiz-a!”

— Yöq, eʼlon qilganman.

— Qani, qayerda?

— Körib aytaman…

Joyimizdan qözğaldik.

Qöldoş aka “Qanday yurak yutib aytoldingiz? Qoyil sizga”, dedi katta taajjub bilan.

Şu ora telefon keladi, körsamki, Akaning özi. “Topdim!” dedilar. “Qölimda turibdi. Mana, “Muhabbat qöşiği” kitobi. Batafsil yozilgan. Jarqörğonda sözga çiqqansiz, izlanişlaringizni batafsil bayon etgansiz! Kitobni sizning sözingiz, qilgan işlaringiz bilan boşlaganman, Abdullajon!”

— Gap sizga taqdim etganim yozma dalil, maʼlumot va materiallar haqida ketyapti.

Aka taraddudlanmaydi, ikkilanmaydi ham.

— Unisini endi özingiz yozing!

Taqdir taqozosiga köra taniqli şoira Raʼno Uzoqova Surxon yurtida yaşadi. Avval Jarqörğonda, söng Termizda. U şu yerda özining eng gözal şeʼrlarini yozdi. Söng Samarqandga ketadi, u yerdagi viloyat gazetasida işlaydi. Taniqli davlat arbobi va adib Şarof Raşidov bilan birga işlaş nasib etadi. Bu borada surxondaryolik maʼnaviyat fidoyisi Toştemir Turdiyev ham köp izlanişlar olib borgan. Hatto öşa vaqtlarda respublikamizning birinçi rahbari bölib işlagan Şarof Raşidovning qabuliga ham kirgan. Raʼno Uzoqovaning ijodiga eʼtibor qaratilib, uning yubileyi ötkazilib, şoiraning “Subhidam qaldirğoçi” deb nomlangan saylanma şeʼrlar kitobi çop etilgan.

Yuqoridagi voqealarni eslaşdan murod şuki, Surxon eli Raʼno Uzoqovadek gözal şoirasi, farzandi bor ekanligini heç qaçon unutmaydi. Uni doimo ardoqlaydi.  Şoira nomini qalblariga jo qilgan insonlar hamon şu yurtda yaşayotganini izhor qilişni istaydi.

Abdulla XOLMIRZAYEV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,

“Zarautsoy” jamoatçilik markazi rahbari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan