Yetti iqlimdan kelgan ijodkorlar bilan bir safda
Fozil FARHOD
Muallif haqida:
Fozil Farhod (Jabborov) – 1985 yili Qumqörğon tumanidagi Böyrabob qişloğida tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hozirgi paytda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati bölimi boşliği vazifasida işlab kelyapti.
“Maktub”, “Köklam kuyi”, “Bolalik ertagim” singari kitoblari çop etilgan.
Men ötgan bir neça oy davomida Koreya Respublikasining Kapado orolida Jeju sanʼat va madaniyat jamğarmasining uç oylik rezidensiya dasturi böyiça özbekistonlik ijodkor sifatida u yerda böldim. Orolda adabiyot böyiça koreyalik An Sang Hak, vizual sanʼat böyiça koreyalik Li Vuman, multisanʼat böyiça koreyalik Kim Doyong, angliyalik Vil Bolton, multisanʼat böyiça Birlaşgan Arab Amirliklaridan Haşil Al Lamki, töqimaçilik va multisanʼat böyiça yaponiyalik Oh Haji ham bor edi.
Biz, bir oydan köproq vaqt mobaynida möʼjazgina orolda yaşab, bu yerning odamlarini, tabiatini, jonzotlarini, dengizni kuzatdik, ijod qildik, gurunglaşdik, xalqlarimiz, Vatanlarimiz, asarlarimiz haqida bir-birimizga gapirib berdik.
Möʼjaz va gözal orolda qoralagan turkum şeʼrlarimdan eʼtiboringizga havola qilaman.
Muallif.
SABR BOBO
U tuğildi Orol böyida
Va ulğaydi şodon, közi töq.
Endi yaşar Orol öyida,
Ökinadi, öşa dengiz yöq.
Ulkan ummon yöqolib qoldi,
Şundoqqina közi öngida.
Kuta-kuta tanasi toldi,
Suv köray der umri söngida.
Taşlab ketdi qişloqni barça,
Qumloqdagi yakka tut özi.
Dili böldi, eh, parça-parça,
Sahroda suv qidirar közi.
Tuşlarida dengiz şovullar
Va baliqlar suzib yuradi.
Dengiz uzra şamol uvillar,
Yurak “Orol!” deya uradi.
Darddoşi ham şu Orol böldi,
Sirdoşi ham şu Orol edi.
Bardoşi ham şu Orol böldi,
U albatta keladi, dedi.
Bunday kutiş yana qayda bor?
Bunday sabr dunyoda tengsiz!
Bir şörlikni qilma umidvor,
Qaytgin, Orol! Qayt, ona dengiz!
UÇ KUNDIRKI...
Uç kundirki, dengiz hayqirar,
Uç kundirki, nedir aytmoqçi.
Balki quçoğiga çaqirar,
Balki u ham uyga qaytmoqçi.
Uç kundirki, kelmaydi kema,
Uç kundirki, köçalar böm-böş.
Dengiz, yölim tösaman dema,
Qoç oldimdan, hoy, qoçgin, pöş-pöş!
Yolğizlikdan junjikar tanam,
Sovuq yurtda qalbim tilinar.
Kimlar uçun Vatansan sanam,
Issiq ölkam qadri bilinar.
Orol meni yutaman deydi,
Balki körayapman yomon tuş.
Qolsam, meni sukunat yeydi,
Qöyvormasang, bölgum ozod quş.
Adirlarda hayqirgim kelar,
Toğlarimga kelyapti ketgim.
Soğinç otliq xuş nasim yelar,
Men albatta Vatanga yetgum.
Uç kunlik sas yetarmi qirga,
Töpoloning — çaqirim ovoz.
Qirq yillik qalb — men bilan birga,
Qirq yildirki, bezovta bu soz.
BUYUK YURIŞ
Baxt va baxtsizlikning orasi, bilsang,
Bir qadam, masofa juda ham kamdir.
Baxtsizlik tomondan baxt sari jilsang,
Bu boriş eng oliy yuriş, qadamdir.
Rumiy: “Gözal kunlar senga kelmaydi, –
Deydi, — sen ularga borişing kerak”.
Nahot bu hikmatni köpçil bilmaydi?
Yölda ne tösiq bor, yorişing kerak!
Birodar, uqdingmi, örningdan turgin,
Borgin, baxtsizlikdan baxtingni yarat.
Undan tagkursi sol, söng uy ham qurgin,
Bu baxtsiz dunyoga xöp, köp baxt tarat.
Baxtning gul uruğin soçgin, sep köproq,
Xudo ham harakat qilganga döstdir.
Oçunda bir siqim qolmasa tuproq,
Hovuçingda baxtning daraxtin östir.
Bu boriş — yaşaşdan mohiyat topiş,
Bu boriş — birovga yaxşilik qiliş.
Bu boriş — baxtsizlar bozorin yopiş,
Bu boriş — odamlar qalbini biliş.
Bu qadam — özingdan keçiş, jon beriş,
Bu qadam — özlikni topişning sehri.
Bu qadam — muhabbat durlarin teriş,
Bu qadam — bolalar kulgisi, mehri.
Bu yuriş — Vatanga, ha, xizmat qiliş,
Bu yuriş — xalqingga xizmatkor böliş.
Bu yuriş — dunyoga bayroğing iliş,
Bu yuriş — xotirjam yaşaş, tinç öliş.
QAYTIŞ
Qança uluğimiz özga ellarda
Qolib ketgan, evoh, alamda jonim!
Buyuk işlari-çi, doston tillarda,
Neçun siğdirmadik, qaynaydi qonim?!
Bugun nahot qaytar tarix ortiga,
Yaxşiliğ kutadi, xalq ruhi sobur?!
Olti asr ötib ota yurtiga
Qaytdi Zahiriddin Muhammad Bobur!
YOLĞIZLIK
Köçma kompyuterni kelmaydi oçgim,
Kundalik yozmadim ançadan beri.
Tirtaygan oroldan kelyapti qoçgim,
Parday oq soğinçdan qoraydi teri.
Kapado — möʼjiza, hamma narsa zör,
Dunyoda öxşaşi topilmas buning.
Yurak gapga kirmas, asov otday ör,
Vatanga qaytgisi kelyapti uning.
Kimdir ijodkorni yolğiz qöying, der,
Işonmang, safsata, bu gap ötirik.
Agar yakkalansa iç-etini yer,
U odamlar bilan yaşasa tirik.
Mayli, şu iqrorni anglamoq uçun
Yolğiz qolganimga şukur ming bora!
Şoir şoh asarin qoralamoq-çun,
Tanho yaşamoği emasdir çora!
U millatning, xalqning içida bölsa,
Tomiri suv içsa Vatandan, eldan.
Haqqa talpinsa-yu, Haq bilan ölsa,
Şunda yozganlari joy olar dildan.
Qahva içgim kelmas, sovidi çoy ham,
Yurak dengiz kabi yaxlab ketganday.
Uy bozorday tökis, lekin nima kam,
Döstim, yurtga qaytiş vaqti yetganday?!
MUMKIN (MAS)
Gavjum paroxodda göyo bir özim,
Tikilaman köm-kök osmon yo suvga.
Diqqatim bölinar, tuşadi közim
“Çekiş mumkin emas”, degan yozuvga.
Tor kemada biror kim çekmasa-da,
Ehtiyot şart kerak bunday eslatma.
Garçi tört tomoning dengiz esa-da,
Bizni taʼqib qilar bunday eskartma.
Aeroport, vokzalu bekatlarda ham,
Mazkur mumkinmaslar köpdir har joyda.
Yer yuzida “mumkin”, degan yozuv kam,
“Mumkinmas”, degani yöq quyoş, oyda.
Qayğu çeksam bunda malol emasmi?
Xayol sursam deyman birorta xatsiz.
Dard çeksam, kimlardir “çekma” demasmi?
Ğam çeksam maylimi, döstim, ruxsatsiz?
QIZIM PARIZODGA
Dada qizi, sen xuddi özim,
Pari qizim, parizod qizim.
Sen baxt bilan egiz böl, qözim,
Yaşaysanki, tugamas izim.
Baxting körmay men bölmayin zim,
Pari qizim, parizod qizim.
Bersin menga Xudoyim tözim.
Sen marvarid, marjon bir tizim.
Yerda qolmas sen bilan sözim,
Pari qizim, parizod qizim.
Sen quvonsang, oçiqdir közim,
Sen xalq bizim, sen Vatan bizim.
QIZĞANIŞ
Dengizoy, sokinsan, ayt-çi, bu ne hol?
Sening soçlaringni silamas şamol.
Ufqda qizargan labing rangi ol,
Seni öpgim keldi, ey sohibjamol!
Baliqçi boboning kök qayiğidan
Qizğanib ketyapman, körkam malagim.
Seni raşk qilaman yöl mayoğidan,
Zaminga osilgan köm-kök palagim.
Uxlaşingga kimsa xalal bermasin,
Kemalar kelmasin, quşlar uçmasin.
Xenyo lar ham bugun sora termasin,
Bellaringni boşqa birov quçmasin.
Nogoh derazamni çertadi kimdir,
Nahot diydor oni boryapti qöpib.
Bu keça yoningda qoladi yomğir,
Oh, seni tonggaça çiqadi öpib.
BIR ŞEʼR YOZSANG…
Bir şeʼr yozsang, şundaylar yozsang,
Hamma öqib, aqldan ozsa.
Uni ijro etib hur qizlar,
Tongga qadar çiqsaydi bözlab.
Sevgi şeʼri aylasin oşiq,
Har tun uni tinglasin maʼşuq.
Kuyga solsin hofizlar jöşib,
Sözlaringdan yaralsin qöşiq.
Otalardan farzandga ögit,
Quloğiga ilsin har yigit.
Yodlasinlar maktab, boğçada,
Yotmasin xor bölib tokçada.
Alla qilib onalar aytsin,
Musofirlar yurtiga qaytsin.
Kam-kösti bor har yurak tölsin,
Sözing millat qöşiği bölsin.
BUGUN
Ötgan kunlarimni öyladim uzoq,
Kelajak haqda köp xayol suribman.
Bilsam, har ikkisi eng katta tuzoq,
Bugundan gap ketsa, men jim turibman.
Payğambaram öylar hozirini deb,
Aytganlar hayotning hikmatin bilgan.
Men qöyganman qança bugunimni yeb,
Uluğlar-çi buni içdan his qilgan.
Keça ötib ketgan, kelmagan erta,
Hozir muhim — yurak his ham qilmagan.
Bugun qolavergan eşigim çerta,
Şuni anglamagan, ğörman bilmagan.
Böldi bas, ötmişni endi tinç qöyay,
Kelajak haqida erta öylayman.
Men hozirlarimning isiga töyay,
Bugun yaşab, bugun sizga söylayman.
Menga ötmiş haqda söylamang ertak,
Buyuk kelajak ham ertaga faxr.
Lekin men şu bugun yaşaşim kerak,
Bu dunyoda hozir, bugun bor axir.
Endi borlarimning qadriga yetdim,
Borliğim iç-içdan ketdi yorişib.
Ayni lahzalarim çaroğon etdim,
Ruhim Xudoyimga ketdi qorişib.
MASTON MOMO
Maston momo har kun tong otmay
Uyğotadi mudroq qişloqni.
Bozor jönar hali tuz totmay,
Sotib kelar qaymoq, pişloqni.
Uyga qaytgaç, kungay tomonda
Çuvoqlaydi va yöl poylaydi.
Soğinç yuki juda yomon-da,
Şahardagi öğlin öylaydi.
Yilda uç-tört kelsa bolasi,
Bor quvonçni uyga çorlaydi.
Sevinç bölar unsiz nolasi,
Quyoşdan ham köproq porlaydi.
Öğli ketsa, yana qovoği
Öxşab qolar qora bulutga.
Suvga tuşar qozon-tovoği,
Dardin aytar yuz yillik tutga.
Olib ketay desa-da öğli,
U şaharni yoqtirmaydi heç.
Soğinç öti tobora çöğli,
Kuta-kuta yillar bölar keç.
Tut umriday ötadi kunlar,
Maston momo mayiz böladi.
Közin yummas u hatto tunlar,
Öğli kelmay qanday öladi?
Bunda qaro tonglar otadi,
Kunçiqardan öğil kelmaydi.
Kunbotarga ona botadi,
Bola esa buni bilmaydi.
Maston momo bugun saharda
Uyğotmadi mudroq qişloqni!
Bozorgayam bormas nahorda,
Sotib kelmas qaymoq, pişloqni!
Maston momom yöl ham poylamas,
Bundan meni titroq bosdi-da!
Şahardagi öğlin öylamas
Endi heç kim tutning ostida!
