Özbek navoiyni uqib öqisa…
Har yili hazrat Mir Alişer Navoiyning tavallud kuni yaqinlaşaversa, taşkilotlar, öquv yurtlari, hatto boğça bolalarigaça jonlanib qolişadi. “Nazm va navo”, ğazalxonlik keçalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar avj pardaga kötariladi. Bu holni kuzatib, buyuk Navoiyning vorislari bölganimizdan köksimiz toğdek kötariladi. Biroq bir narsa bizni çuqur öylantiradi. Aksar tadbirlarning xöjakörsinga ötkazilayotganini ikki ön beş — bir öttizdek sezib qolamiz.
Ilgarilari internet degan jonivor yöq edi. Navoiy haqida tayyorlangan tadbirlar yuzaki ötsa, bir xonaning içida qolib ketardi. “Boş yorilsa — börk içida, qöl sinsa — yeng içida”, deganday. Juda borsa, 40-50 nafar odam körardi. Hozir yilt etgan tadbirki bor, ijtimoiy tarmoqlarga sizib çiqmoqda. Çunki har bir taşkilot, öquv yurtining öz kanali, aʼzolari bor. Bu yerda oçiqlik siyosati degan tamoyil ham işlaydi. Qolaversa, özlarining amalga oşirayotgan işlaridan faxrlaniş, közközlaş tuyğusi bani odamga xos xislatdir (biroq taşkilot va öquv yurtlarining kanallarida kamçiliklar haqida tayinli materiallar eʼlon qilinmaydi. Bamisoli hamma narsa risoladagidek. Matbuot kotiblari kamçiliklarni tuya sandiqqa solib qulflab qöyganday göyo. — Taʼkid bizniki: M. A.)
Hazrat Mir Alişer Navoiy tuğilgan sana arafasida Sirdaryo viloyati taşkilot va öquv yurtlarining kanallarida şoir haqida ötkazilgan tadbirlar yomğirdan keyingi qöziqorindek bodrab ketdi. Kim Navoiyning hayoti va ijodi haqida gapirgan, boşqa birov ğazal öqiş böyiça musobaqaga çaqirgan. Buni çellenj deymizmi, çorlov deymizmi — farqi yöq. Alamlisi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan aksar birodarlarimizning fikrlari nihoyatda sayoz, primitiv. Maktab darsliklaridagi maʼlumotlarni çala-çulpa aytib berişdan nariga ötmaydi. Biroq özlarini Navoiyning bilimdonlaridek tutişadi. Şunday kezlarda öylanib qolasan: maktablardagi adabiyot fani öqituvçilarining mumtoz adabiyotimiz borasidagi bilimlari haminqadarmikin deb?
Töğri, Navoiy — daho. Uni tuşuniş ançayin bilimlar: tasavvuf, islom falsafasi, arab va fors tillaridan ozgina bölsa-da xabardorlikni talab qiladi. Bunda bizga hazrat asarlarining nasriy bayonlari va Navoiy asarlarining izohli luğatlari yordamga keladi. Bir neça maktab kutubxonalarida bölganimizda, bunday kitoblarga közimiz tuşmadi. Navoiy ğazallariga şarhlar kitobi çiqqan. Lekin adadi juda oz. Bu kitoblar bilan köp ming sonli öqituvçilar va öquvçilar armiyasini oziqlantirib bölmaydi. Obrazli aytganda, tuyani çömiç bilan suğorişdek gap. Katta tadbirlarda Navoiyning, jilla qursa, bitta ğazalini yod bilmagan kişi maʼruza qilsa, uning diydiyosini heç kim eşitgisi kelmaydi.
Hazratni tuşuniş uçun, avvalo, insonning özida saʼy-harakat bölişi joiz. Bir vaqtlar jurnalist va şoir birodarimiz Muxtor Nosir bilan (yoş ketdi, Alloh rahmatiga olgan bölsin) “Navoiyni kim köp öqib tuşunadi?” degan mavzuda bahslaşib qoldik. U kişining quvvai hofizasi kuçli edi. Kamina bu borada maqtanolmasdim. Ilk qilgan işim hazratning “Xazoyin ul-maoniy” devonini bir boşidan körib çiqib, sodda tilda bitilgan ğazallarini jamlab, qölbola kitob tartib berdim. “Oyati işq” deb nomlagan qölbola kitobimni hafsala bilan bezadim. Söngra bir umumiy daftar tutib, maʼnosini tuşunmagan sözlarning izohini yozib bordim. Oradan birmunça vaqt ötib, binoyidek navoiyxon bölib qoldim. Navoiyni tuşunmaganlarga özim tayyorlagan qölbola kitob — “Oyati işq”ni körsatib, kamtarona maslahatlarimni beraman. Albatta, bu jarayonda hazratni tuşunib öqimoqçi bölganlarning sabri, tirişqoqligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kaminaning bu gaplarini mumtoz adabiyotimiz bilimdoni, Xalqaro Bobur mukofoti laureati Vahob Rahmonov yana bir tavsiya bilan töldirdilar. “Hazratni tuşuniş uçun yoşlar köproq mumtoz adabiyot durdonalarini yod olişlari kerak”. Vahob akaning özlari bu aqidaga qatʼiy amal qiladilar. Uçraşuvlarga birga borganimizda, Alişer Navoiy, Bobur, Ogahiydan önlab ğazallarni yod öqib, davrani sehrlab qöyadilar. U kişi ayni paytda Guliston davlat universitetida talabalarga mumtoz adabiyotdan saboq beradilar.
Endi gapning indallosiga kelsak. Köp misol keltirib ötirmayman. Hazrat Navoiyning 584 yilligiga bağişlab viloyatimizdagi bir taşkilot (“gap egasini topadi” tamoyiliga amal qilib, taşkilot nomini keltirmadik) rahbarlar örtasida şoir ğazallarini ifodali öqiş böyiça çellenj eʼlon qildi. Zör taşabbus bölibdi, deb quvonib ketdik. Biroq bir kun ötmay, taʼbimiz tirriq böldi. Katta bir taşkilotning ançayin rahbarlari Navoiy ğazallarini yantoqqa sudrab şunday rasvo öqidilarki, ğazablanganimizdan tepa soçimiz tikkaladi. Oxiri çellenj taşkilotçisiga sim qoqdik. U kişi: “Tanlov nizomini 10 kun oldin yuborganmiz. Bitta ğazalni risoladagidek öqiyolmagan rahbarlar egallab turgan kursisiga loyiqmikin?” deya uzrxohlik bilan javob berdilar. Vaholanki, uşbu kanalning ançagina aʼzosi bor. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqda rahbarlarning ğazalxonligini köplab kişilar kuzatişadi. Biroq bir narsa bizni hayron qoldirdi: bir öqirmandan boşqa heç kim Navoiy ğazallarini yantoqqa sudrab öqigan rahbarlarni yanimadi, insofga çaqirmadi. Bu loqaydlikmi yoki Navoiyni tuşunmaslik — aniqlay olmadik. Şu örinda Navoiy haqidagi tadbirlarni turli ijtimoiy tarmoqlarda yoritgan döstlarimiz matnlari imlo xatolarga tölib-toşganligini aytmasak ham böladi (çalasavodlik internetdagi baʼzi guruhlar va kanallar uçun kasallikka aylanib qolgan).
Maqolani yoziş asnosida hassos şoirimiz, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning maşhur “Özbek Navoiyni öqimay qöysa…” degan şeʼri xayolimizdan bot-bot ötdi. Unda şunday purmaʼno misralar bor:
Özbek Navoiyni öqimay qöysa,
Oltin boşning kalla bölgani şudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa,
Qora soçning malla bölgani şudir.
Özbek Navoiyni öqimay qöysa,
Dod demoqqa palla bölgani şudir.
Maʼrifatdan ayro öynasa, kulsa,
Aza çoği yalla bölgani şudir…
Albatta, millatdoşlarimizning Navoiyni öqişga harakat qilişayotganini tabriklamoq kerak. Biroq uqib öqilmagan asarning foydasi bölmaydi. Buyuk pedagog Yan Amos Komenskiyning gapi bor-ku: “Öqib tuşunmaslik — öqimaslik bilan bir”, degan. Demak, uqib öqiylik. Ayniqsa, maʼnaviy pirimizning purmaʼno asarlarini. Hazratning asarlarini yumaloq yostiq qilib öqiş borib turgan uyat-ku!
Muhammadali AHMAD,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
