Örtoq “Özbekfilm”, bölar ekan-ku!
Yoki “Uluğ Amir va Donna Mariya” badiiy filmi namoyişidan keyingi öylar
“Uluğ Amir va Donna Mariya” kinosining afişasi Özbekiston Milliy kino sanʼati saroyining yölagida uzoq qişdan beri osiğliq turar edi. Köpçilik qatori bu kinoning namoyişi allaqaçon ötib ketgan bölsa kerak, degan öyda edim. Yaqinda — 20 avgust kuni “Renessans” kino uyida ötgan taqdimotdan söng buning sababini tuşundim: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyunda qabul qilingan “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantiriş hamda mamlakatimiz tarixiga bağişlangan filmlar turkumini yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida 2024-2027 yillar davomida badiiy, badiiy-publitsistik, qisqa metrajli, hujjatli, animatsion filmlar va seriallardan iborat jami 54 ta kinoasar yaratiş belgilangan. Bu yönalişda maʼlum işlar amalga oşirildi. “Uluğ Amir va Donna Mariya” badiiy filmi ana şu “Tirik tarix” loyihasidagi izlanişlarning navbatdagisi bölib, takror-takror mutaxassislar va soha namoyandalari körigidan ötkazib olingandan söng jamoatçilik eʼtiboriga havola etilgan ekan.
Bizningça film premyerasidan çiqib, tomoşabinlar bitta xulosaga keldi:
BÖLAR EKAN!
QÖLIMIZDAN KELAR EKAN-KU!
Oçiği, kino sanʼati sohasida oddiy tomoşabin, ayniqsa, modernizm va intellektual sanʼatga doir bahslarning çekkadagi muxlisiman, xolos. Şunday bölsa ham “Uluğ Amir va Donna Mariya” badiiy filmini “aqlli kino” yönalişidagi izlanişlarning gözal namunasi sifatida qabul qildim.
Bu kino zamonlarni zamonlarga, makonlarni makonlarga boğlaydi.
Odam ölganidan keyin, köp-köp yillar ötib, “qayta tiriladi”, degan gapni, afsonani eşitgansiz.
Movarounnahr hukmdori Amir Temur va turk sultoni Yildirim Boyazid örtasida keçgan tarixiy “Anqara uruşi” davrining qahramoni bölgan olis Mojariston malikasi Donna Mariya bizning zamonimizda yaşab, kino ijodkorlarining hukmi bilan şartli ravişda şonli keçmişiga tez-tez qaytib — safar qilib turadi. Kino syujeti mana şu voqelik, rivoyat asosida keçadi.
Amir Temurga “Yevropa xaloskori” unvonini taqdim etgan “Anqara jangi” badiiy film syujetining öq ildizini taşkil etsa ham, biz örganib qolganimizning aksi ölaroq, kino ijodkorlari bu jang tafsilotiga berilmay, umuman, özbek kinosida yangilik bölgan özgaça uslubni tanlaydilar.
Qisqa qilib aytganda, saraton kasali bilan oğrigan vengriyalik Donna Mariya Istanbulda yaponiyalik onkolog-professor Kengu Said bilan uçraşib qoladi va Tokioda dardini davolatib, ruhiy yetaklov yöriğida Samarqandga — Amir Temur xilxonasining ziyoratiga keladi. Tarixiy paradoksni qarangki, şu kunlarda yaponiyalik onkolog-professor ham otasi bilan Özbekistonga kelgan böladi. Professorning otasi Ikkinçi jahon uruşida asirga tuşib, bir muddat Özbekistonda tutqunlikda yaşagan. Şuning uçun u Özbekistondagi yapon asirlari qabristonini ziyorat qilişni niyat qilgan edi. Avval Toşkent va Farğonada bölişadi. Samarqanddagi yapon asirlari mozorini ziyorat qilişga kelişganida yana Donna Mariya bilan uçraşib qoladilar.
“Donna Mariya Amir Temur qabrini ziyorat qilişi asnosida sehrli ravişda saraton dardidan tamoman foriğ bölib, uni butun film davomida izlab, söroqlab turgan sevgilisi bilan birga böladi. Kino syujeti ana şu timsoliy işoratlar bilan yöğrilgan. Lekin ularning asosida tarixiy haqiqat borligini hammamiz yaxşi bilamiz.
Masalan, Amir Temurning Andalusiyadagi elçisi Muhammad Keşiy — tarixiy şaxs. Uning Donna Mariya bilan ispan tilidagi suhbati kino kompozitsiyasida muhim ahamiyatga ega. Kino ijodkorlari olis ötmiş va bugungi kunga parallel ravişda qaytib turiş jarayonida bunday tarixiy faktlardan muvaffaqiyatli foydalanişgan.
Film Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Özbekfilm” DUK va Turkiya davlatining “Kanguru” kompaniyasi hamkorligida yaratilgan.
Kino ijodkorlari zamonaviy kino industriyasining eng sönggi yutuqlaridan juda omilkorlik bilan foydalanişgan. Voqealarning qadimiy muhtaşam saroylardan zamonaviy qasrlarga köçişi va aksinça, bugundan ötmişga qaytib turişi sehrli ravişda tomoşabinni öziga maftun etadi, çeksiz hayratlar dunyosiga olib ketadi.
Donna Mariya rolini öynagan braziliyalik aktrisa Jessika Mey öziga xos mahorat dovonini tiklagan. Taqdimot söngida uning turk tilidagi latofatli çiqişi yana bir bor tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi.
Jörabek Arziyev, Elbek Fayziyev, Osiyo Abdullayeva kabi özbek aktyorlarining turk, yapon, ispan va ingliz hamkasblari bilan samarali hamkorligi filmning muvaffaqiyatini taʼminlagan.
Kinoga yuklangan ğoya zamirida özbek-turkiy zamin qadimda dono Şarq bilan sarkaş Ovröpani birlaştirgan bölsa, endilikda ham Özbekiston Şarq va Ğarbni boğlovçi köprik bölib qolaveradi, degan işora bor.
Uluğ Amir qöşinlarining Anqara jangi oldidan saflanişi manzarasi, ayniqsa, qalqon marşi özbek kino sanʼatida muhim yangilik hisoblanadi.
Lekin şu yerda bir eʼtirozimiz bor:
Amir Temur naʼra tortib jangga kirganida, safdoşlari ruhlanib, ğanimlari titroqqa tuşgani haqida tarixiy bitiklarni köp öqiganmiz.
Kinomizda esa, uluğ sarkardaning jang yakunidagi monologi ozodbekça mayin qöşiqqa öxşaydi. Şu yerda rahmatli Şukur Burhonning “Qirol Lir”dagi hayqiriği yetişmaganday…
Va yana buyuk saltanat hukmdorining turk sultoni haramidagi barça yevropalik kanizaklarni ozod etib, öz yurtiga ketişga izn beriş haqidagi farmoni oliyni yonidan çiqarib, öz qöli bilan jangda qatnaşgan Donna Mariyaga taqdim etişi salgina eriş tuyuldi. Bu mulohazalarimizni kinoni suratga olgan rejissyorlar, mutaxassislar öylab körişar.
Şunga qaramay, film ijodkorlari — ssenariy muallifi taniqli adib Xayriddin Sulton, badiiy muharrir Jahongir Qosimov, postanovkaçi rejissyor Yolqin Töyçiyev, ijroçi prodyuser Vulkan Ongi va boşqalar öz maqsadlariga erişgan deb ayta olamiz.
Endi bu film mamlakatimiz ekranlarida namoyiş etiladi. Jahon kino sanʼati maydonlariga çiqib boradi. Xalqimizning qadimiy davlatçilik tarixi, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimiz, dunyo tamadduni rivojiga katta hissa qöşgan uluğ ajdodlarimizning hayoti va ijodini jahonga tanitişda munosib rol öynaydi.
Çunki komil işonç bilan aytiş mumkinki, yangiça ğoya, talqin asosida yaratilgan uşbu film şunga arziydi. Asar ssenariysi mahorat bilan yozilgan. Undagi har bir söz, diolog qalbga yetib borar darajada.
Demak, özbek kino ijodkorlarini yuqori saviyadagi asar bilan qutlaşga haqlimiz. Maşhur şoir yozganidek, “Örtoq “Özbekfilm” bölar ekan-ku!”
Abduxoliq ABDURAZZOQOV,
Özbekistonda xizmat
körsatgan jurnalist.
