Ilmu hunar — gavhar ila zar…
Xabaringiz bölsa, 2025 yil 19-21 sentyabr kunlari Qöqon şahrida III Xalqaro hunarmandçilik festivali, Riştonda esa II Xalqaro kulolçilik forumi bölib ötadi.
Maʼlumotlarga köra, uşbu yirik tadbirlarda dunyoning 70 davlatidan 278 nafar xorijiy mehmon qatnaşişi rejalaştirilgan. Şulardan 232 nafari festivalda iştirok etadi. Ular orasida 155 nafar hunarmand, 14 nafar maʼruzaçi, 35 nafar rasmiy mehmon va 28 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari bor.
— Bu yilgi festivalning avvalgi festivallardan farqi, örni va ahamiyati beqiyos, – dedi biz bilan suhbatda Qöqon şahar hokimligi axborot xizmati rahbari Uluğbek Norboyev. — Gap şundaki, Respublika “Hunarmand” uyuşmasi taşabbusi bilan bu yil ilk bor xalqaro toifadagi savdo agentlari, brendlaştiriş sohasidagi jahon ekspertlari, Parijdagi taniqli feşn mutaxassislari, elektron tijorat (ye-commerce) böyiça mutaxassislar, xalqaro ansambllar va Santa-Fe Xalqaro xalq ommaviy sanʼati yarmarkasi (IFAM) ijroçi direktori taklif etilgan. Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar ötkazilişi közda tutilgan. 19-20 sentyabr kunlari Qöqon şahar musiqali drama teatrida “Hunarmandçilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantiriş istiqbollari” haqida, 20 sentyabr kuni esa Rişton tumanidagi Xalqaro kulollar markazida “Anʼanaviy kulolçilikni saqlaş va rivojlantiriş: muammo va yeçimlar” mavzularida ilmiy-amaliy konferensiyalar bölib ötadi.
Şuningdek, tajribali hunarmand-ustalar va maşhur kulollar iştirokida ilmiy-amaliy maşğulotlar, “master klass” yaʼni mahorat darslari ötkaziladi. Yoş kulollar uçun ijodiy uçraşuvlar taşkil etiladi.
Xalqaro hunarmandlar festivali ğolibiga qimmatbaho esdalik sovğalari va 7000 (yetti ming) AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Aytiş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandçilik festivalini ötkaziş haqida”gi qaroriga muvofiq, aynan Qöqon şahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro hunarmandçilik festivalining ötkazilişi bejiz emas. Qadim-qadimdan dovruği yetti iqlimga yetgan, “Xöqandi Latif” (“Latif şahar”) deya yuksak sifat-maqom berilgan, köhna va hamişa navqiron Qöqonda azal-azaldan hunarmandçilik rivojlangan. Taniqli tarixçi olim, Qöqon davlat muzey-qöriqxonasi ilmiy xodimi Yahyoxon aka Dadaboyev (Muhammad Yahyoxon Xöqandiy)ning taʼkidlaşiça, şahar Buyuk ipak yöli çorrahasida joylaşganligi bois bu yerlarda qadimgi zamonlardan to XX asr boşlarigaça işlab çiqariş bilan boğliq 410 ta: savdo, maişiy xizmat va umumiy ovqatlaniş bilan boğliq 200 ga yaqin: madaniy-maʼrifiy xizmat körsatiş böyiça 100dan ziyod, jami 710 xil kasb-hunar mavjud bölgan.
— Diqqatga sazovor tomoni şundaki, – dedi Yahyoxon aka Dadaboyev. — Qöqon xonliklari davrida (1709-1876) ayrim xonlar, hukmdorlar saltanat işlaridan böş vaqtlarida hunarmandçilik işlari bilan ham şuğullanişgan. Jumladan, Qöqon xoni Abdulkarimbiy çöbkorlik, yaʼni yoğoçdan turli xil buyumlar: juva, qoşiq, çömiç, bolalar uçun huştak, surnayça yasaş bilan şuğullangan. Norbötaxon muqovasozlik, sahhoflik qilgan. Olimxon öq-yoy va sopqon yasaşga usta bölgan. Muhammad Alixon kandakorlik, zargarlik, kamongarlik, öqçilik, yoğoç öymakorligi, piçoqçilik kabi jami 18 ta hunarni egallagan. Sönggi xon — Xudoyorxon esa bolaligida loydan parsildoq yasab, öyin öynaşni xuş körgan ekan. U yoşligida kulolga şogird tuşib, kulolçilik sanʼatini puxta egallagan. Ovçilik va sinçilik (ot böyiça mutaxassis) sohalarida ham benazir bölgan.
— Rahmat sizga, Yahyoxon aka! Mana, Qöqon xonlari bilan ham taniştirdingiz. Eşitdik, bildik, Xöqandi latifda 19 ta xon ötgan ekan. Ularning ayrimlari saltanat işlaridan böş vaqtlarida hunarmandçilik bilan şuğullanganligining özi juda qiziq maʼlumot. Qoyil qoliş kerak, nima dedingiz?
— Töğri, şunday.
— Hozirgi “xonlar”, “xoqonlar”-çi? Hozirgilar ham davlat işlaridan böş vaqtlarida birorta kasb-hunar bilan şuğullanarmikan? (Yarim hazil, yarim çin).
Suhbatdoşim miyiğida kulib qöydi.
Hazil-huzul öz yöliga. Mavzuga qaytamiz.
— Siz Qöqon tarixini beş qölday yaxşi bilasiz, Yahyoxon aka. Bunga şak-şubha yöq! Bu qutluğ zaminda ne-ne uluğ zotlar, xonlar, beklar, amaldorlar, olimu ulamolar, fozilu fuzalolar, şoiru yozuvçilar va ne-ne hunarmand-ustalaru, ne-ne kulollar yaşab ötmagan, deysiz. Ayting-çi, Xöqandi latif hunarmandçiligining bugungi ahvoli qanday? Ustoz-şogird anʼanalari davom etyaptimi?
— Men sizga aytsam, bugungi kunda yer yuzida rasman “Hunarmandlar şahri” maqomini olgan 27 ta şahar bor, – dedi Yahyoxon aka Dadaboyev. — Şulardan biri Xöqandi latif hisoblanadi. Qöqonliklar özlarining gözal, latif va betakror şahri muazzamlari bilan, mehnatkaş, mehmondöst, xuşfeʼl, mard va oliyjanob odamlari bilan haqli ravişda faxrlanadilar. Tadbirkorlik, işbilarmonlik, xususan, hunarmandçilik qöqonliklarning qon-qoniga singib ketgan, desak, aslo mubolağa bölmas. Bu borada amalga oşirilayotgan işlar kölami tobora kengayib, yuksalib bormoqda. Ustoz-şogird anʼanalari davom etmoqda. Zero, bu yoruğ dunyoda ilm-fan, ilmu hunar bor ekan, ustoz-şogird anʼanalari abad ul-abad davom etaveradi. Axir ilmu hunar — gavhar ila zar, deganlar…
Qurbon Ali TÖRAQULOV,
jurnalist
