Yana gazeta obunasi va mutolaa haqida

Xorazmda ayrim rahbarlar matbuot naşrlarini öqimay qöyişibdi…

Obuna mavsumi ham nihoyasiga yetib qoldi. Obuna bahonasida köpgina korxona va taşkilotlarga boş urib çiqdik. Axir bugun tarğibot-taşviqotsiz matbuot naşrlariga kamdan-kam odam obuna bölişi mumkin.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bir neça yil muqaddam öqituvçilar bilan muloqotlari çoğida “Majburiy obunani yöqotamiz deb, ixtiyoriy obunani ham yöq qildik” deganlari hamon yodimizda. Öşanda axborot texnologiyasi rivojlangan mamlakatlarda bosma naşrlar millionlab nusxalarda çop etilişi misol sifatida aytilgani ham haqiqat.

Ammo Xorazm viloyat maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi rahbari: “Tepa”dan faqat 7 ta gazetaga körsatma borligi, biz ham öz gazetamizni şu naşrlar röyxatiga qöştirib bilsakgina, obuna bölişi mumkinligi”ni bildirdi…

Hatto Xorazmdagi tibbiyot kollejlari rahbarlari ham “bironta gazeta va jurnalga obuna qilolmasliklarini” aytişdi. Öqituvçiki, mutolaadan uzoqlaşsa… öquvçi va talabalar öqişarmidi?

Balki, iqtisodiy baquvvat taşkilotlar maʼnaviyatga xayrixoh bölişar degan fikrda, viloyatdagi qator banklarning rahbarlariga “obuna” deya oğiz juftlaşimiz bilan, ular ham boşlarini sarak-sarak qilişdi. Aytişlariça, heç ham iloji yöq ekan. Obuna bölinadigan naşrlar poytaxtdan rejalaştirilişi, qolaversa, hozir “hamma narsa telefonda bor”ligini aytişdi…

Xorazmdagi RANCH texnologiya universiteti rektori esa poytaxt gazetasidan taşrif buyurgan jurnalistlar bilan uçraşişni, gaplaşib ötirişni ham öziga ep körmadi. Uşbu oliy taʼlim dargohi deb atalmiş maskanning hatto kutubxonasida kundalik matbuot naşrlari yöq ekan. Mana sizga xususiy taʼlim dargohining matbuotga munosabati!

Kontrakt tölovlari “otning kallasidek” bölgan bu xususiy taʼlim muassasasida öqiydigan talabalarni qöya turaylik, unda işlovçi öqituvçilar nahot birorta gazeta-jurnalga obuna bölişmasa?!

Töğri, obuna bölişlari majbur edi demoqçi emasmiz. Lekin bu dargoh ilm-maʼrifat maskani-ku! Yoki ular kelajakni faqat internetda, telefonda körişadimi?!

Şunday qilib, barça sohalar eşigiga böyin suqib çiqdik hisobi. Va ming afsuslar bölsinki, oddiy fuqarolar u yoqda tursin, hatto kattagina korxonalarning kattagina rahbarlari ham mutolaa qilmay qöyişgan ekan!

Ming taassuf bilan aytiş kerakki, bizningça, matbuotga bunday munosabat baribir notöğri. Axir bir paytlar, hatto Ikkinçi jahon uruşi davrida va undan keyingi oğir ötiş yillarida ham gazeta-jurnal xalqimizning sevimli mutolaa manbai bölgan.

Albatta, u paytlar hozirgidek kompyuter, telefon, ijtimoiy tarmoqlar yöq edi. Balki, şuning uçun ham hamma gazeta-jurnallarga obuna bölişgan. Kundalik naşrlar sotiladigan kioskalarga navbatda turişgan. Endi esa zamon şu qadar rivojlanib ketganidan endi naşrlarni öqimasa ham bölaveradimi?

Aslo-aslo bunday emas! Hozirgi ahvolga, yaʼni gazeta-jurnallarga bepisandlik, eʼtiborsizlikning sababi faqat rivojlanişda emasga öxşaydi. Negaki, yuqorida aytilganidek, nima uçun dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQŞ, Angliya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston va boşqa qator davlatlarda gazetalar hamon yuz minglab, millionlab nusxalarda çop etilmoqda? Qanday qilib? Nima uçun? Nima, ularda internet, telefon yöqmi?

Demak, gap boşqa yoqda. Biz şunçaki mutolaa zavqidan bahra oliş iştiyoqini yöqotib bormoqdamiz. Katta-kiçik rahbarlar ham gazeta-jurnallarni öqimasligi, hatto ming afsuski, umuman öqimasligi bilan maqtanişlarini qanday baholaş mumkin?

Madaniyatimiz, maʼrifatimiz…

Ha, maʼnaviyatimiz oqsadi, deymiz. Mutolaadan uzoqlaşgan odamni nima deyiş kerak? Sökonğiç hokimlar-u muştumzör ayrim boşliqlar maʼnaviyat va madaniyatni telefondan örganişyaptimi şunda?

Şubha yöqki, bundaylar kitob, gazeta-jurnalni doimiy öqişganida edi, odamlarga aslo salbiy munosabatda bölişmas, bölişa olmas edilar.

Hozir: “Agar gazeta-jurnallar zör çiqsa, öqişli bölsa, odamlarning özi obuna bölişadi”, deydiganlar bor.

Hozir: “Gazeta-jurnallar xalqning dardini aytmaydi, öqiydigan heç vaqosi yöq, qiziq emas”, deydiganlar bor.

Bu eʼtirozlar ham mutlaqo notöğri, asossiz demoqçi emasmiz. Lekin eʼtirozmandlardan: “Siz qaysi naşrni oxirgi marta öqib kördingiz?” deya sörasangiz, miq etişmaydi. Hatto biror naşrga köz taşlaganini eslolmaydilar ham! Şunday bölgaç, naşrlarni yaxşi-yomon deyişga qanday haqqingiz bor, deb söraşga haqlimiz.

Yangi Özbekistonda röyobga çiqarilayotgan ulkan özgarişlar, bunyodkorliklar, beqiyos islohotlar mazmun-mohiyatini, Prezidentimizning xalqçil siyosatini yoritib boriş, öqişli, zalvorli publitsistik çiqişlarni ijtimoiy tarmoqlar emas, haqiqiy matbuot amalga oşira oladi. Şuning uçun ham barça sohalarga, tizimlarga yetakçi naşrlar borişi kerak. Imkon qadar “Maʼnaviy savatça” loyihasi taşkil etilib, yurtimizdagi har bir xonadonga heç bölmaganda bir-ikkita gazeta-jurnal kirib borganda edi!

Va yana kelajagimiz egalari bölgan maktablardagi öquvçi yoşlarning qölida bir paytlardagidek “Ğunça”, “Gulxan”, “Tong yulduzi” singari naşrlar bölsa edi. Heç bölmaganda har bir maktab kutubxonasiga ana şu naşrlar yetib borsa edi…

Yana heç bölmaganda har bir öqituvçi, şifokor, olimu fuzalolar, katta-kiçik rahbarlar ham özlarining qiziqqan naşrlariga obuna bölişsa edimi!

Nima, şu iş juda qiyinmi? Imkonsizmi? Bizningça, qalovi topilsa, qor yonadi deganlaridek, bu vazifa birinçi navbatda turli tadbirlar uyuştiradigan Maʼnaviyat va maʼrifat markazining, ilm dargohlarining, mahallalarga boş bölgan taşkilotlarning eʼtiborida bölişi kerakka öxşaydi.

Axir Prezidentimiz heç qaçon heç kimga “obuna bölmanglar” deganlari yöq. Aksinça, Davlatimiz rahbarining matbuot va ommaviy axborot vositalariga söz erkinligini berganligi, mamlakatda oçiqlik siyosatini qöllab-quvvatlayotganlarini hammamiz yaxşi bilamiz. Bu uluğvor qadamlarni butun dunyo afkor ommasi ham doimo eʼtirof etadi. Şunday ekan, Yangi Özbekistonni bunyod etiş, uçinçi Renessans poydevorini mustahkam qöyişda, heç şubhasiz, matbuot ham ulkan ahamiyat kasb etişi muqarrardir.

Hozirça esa şu narsaga amin böldikki, boşqa hududlarni bilmadik, ammo Xorazmda mutolaa sanʼati juda-juda oqsab qolgan…

Feruza TANGRIBERGANOVA,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan