“Aqçaköl ilhomlari – 2026”: ijoddagi yangi sahifa

Vagon bir maromda çayqaladi. Poyezdning yengil ğijirlaşi, relslarning uzluksiz “taq-tuq”i xuddi yuragim urişiga qorişib ketgandek. Deraza ortida Aqçaköl ortda qolib borayotgan bölsa-da, undan qolgan gözal xotiralar satrlarda, tasvirlarda, çizgilarda va yuraklarda muhrlanib qoldi.

Baʼzan inson hayotida şunday lahzalar böladiki, ular oddiy voqea emas, balki içki olamni özgartiruvçi buriliş nuqtasiga aylanadi. Bu lahzalar qalbni uyğotadi, fikrni teranlaştiradi va insonni özini yangidan kaşf etişga undaydi. Men uçun “Aqçaköl ilhomlari – 2026” respublika tanlovi aynan şunday maʼnaviy va ijodiy buriliş böldi. Bu nafaqat tanlov, balki ruhiy sayohat, ijodiy sinov va yangi ufqlar sari oçilgan eşik edi.

Ijod — bu inson qalbining eng nozik, eng samimiy ifodasi. U baʼzan sukutda, baʼzan esa jöşqin tölqinlarda namoyon böladi. Har bir ijodkor öz içki olamidan kelib çiqib, borliqni öziça talqin qiladi. Men ham uşbu tanlovda Toşkent viloyati nomidan nazm yönalişida iştirok etar ekanman, öz his-tuyğularimni, qaraşlarimni va qalbimdagi sözlarni satrlar orqali ifodalaşga harakat qildim. Bu esa menga katta masʼuliyat bilan birga ulkan şaraf ham bağişladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasining betakror muhitida ötkazilgan uşbu tanlov oddiy musobaqadan köra kengroq maʼnoga ega böldi. Bu yerda har bir iştirokçi öz ovozini topişga, öz uslubini namoyon etişga intildi. Turli hududlardan kelgan yoş ijodkorlar bilan muloqot qiliş, ularning ijodiy qaraşlari bilan tanişiş men uçun katta maktab böldi. Har bir şeʼr, har bir çiqiş — bu yangi dunyo, yangi nigoh edi. Bu jarayon menga ijodda raqobatdan köra ösiş va öz ustida işlaş muhimroq ekanini örgatdi.

Tanlov davomida ustozlarning Ellikqalʼa va Aqçaköl haqidagi fikrlari alohida taassurot qoldirdi. Ular bu maskanlarni oddiy geografik hudud sifatida emas, balki tarix, xotira va ilhom mujassam bölgan muqaddas makon sifatida talqin etdilar. Ayniqsa, Aqçakölning sokinligi va Ellikqalʼaning tarixiy qatlamlari ijodkor uçun bitmas-tuganmas manba ekani haqidagi mulohazalar yangi badiiy qaraşlarni uyğotdi. Bu joylar göyo vaqt va tuyğular çorrahasida joylaşgandek — har bir nigoh, har bir nafasda şeʼr yaşiringandek tuyuladi.

Masalan, men uçun bu tanlov eng avvalo tajriba maktabi böldi. Unda men nafaqat öz isteʼdodimni sinovdan ötkazdim, balki öz imkoniyatlarimni kengroq anglab yetdim. Har bir eşitilgan şeʼr, har bir olingan saboq ijodiy ­dunyoqaraşimni boyitdi. Eng muhimi, özimga bölgan işonçim mustahkamlandi.

Bu jarayonda men Abdulla Oripovning quyidagi misralarini yanada çuqurroq his qildim:

Guldan gulga qönib sahar palladan,

Bol ari bol yiğar qirdan, daladan.

Şoir ham bol ari bölsaydi agar,

Işin boşlar edi Ellikqalʼadan.

Bu satrlar ijod va ijodkorning asl mohiyatini nihoyatda teran ifodalaydi. Şoir — bu tinimsiz izlanişda bölgan, hayotning har bir nuqtasidan maʼno teruvçi “bol ari”dir. U heç qaçon töxtamaydi, doimo harakatda, doimo izlanişda böladi.

 

Aqçaköl

Quyoş tikkayadi, qiziydi jismim,

Yerdan, gohi şeʼrdan uradi hovur.

Tuproğing oyoğimga yoqar, Aqçaköl,

Rahm ayla, suvingni keçsam sovur.

Özimda toqatim, özimda izmim,

Ajiniyoz, Abdulla gullab şeʼrida.

Köngil eşigini qoqar Aqçaköl,

Ijod xuşlab Ellikqalʼa yerida.

Subhidamda yomğir yoğibdi sim-sim,

Hasratim bor mening, turib qoşingda.

Şeʼrim bitib, yoşim oqar, Aqçaköl,

Dilbandlarning safari bor boşingda.

Allakim çorlaydi, aytadi ismim,

Ketmoqning fursati yetdi, aftidan.

Quyoş hanuz menga boqar, Aqçaköl,

Safar qilmoq uçun qaytgum dafʼatan.

 

Uşbu şeʼrim men uçun oddiy satrlar yiğindisi emas, balki Aqçaköl bilan bölgan içki suhbatim, qalbimdagi keçinmalarning ifodasidir. Unda men nafaqat tabiatni, balki öz ruhiy holatimni, izlanişlarimni va soğinçlarimni aks ettirişga intildim.

“Aqçaköl ilhomlari – 2026” tanlovi menga bir haqiqatni anglatdi: haqiqiy ijod heç qaçon yakun topmaydi. U doimo harakatda, doimo yangilanişda. Har bir yozilgan satr — bu yangi boşlaniş. Har bir ilhom — bu yangi yöl demakdir.

Bugun men özimni ana şu yölning boşida turgan, lekin qatʼiyat bilan oldinga intilayotgan ijodkor sifatida his qilaman. Bu tanlov mening ijodiy faoliyatimda yangi sahifa oçdi. Endi esa bu sahifani mazmunli, teran va samimiy satrlar bilan töldiriş — mening eng katta vazifam.

Nasib bölsa, kelajakda ham yangi ğoyalar, yangi şeʼrlar va yangi izlanişlar bilan öz ustimda işlaşda davom etaman. Zero, ijod — bu manzil emas, bu yöl. Va men bu yölda dadil, işonç bilan qadam taşlaşda davom etajakman.

Farangiz ABRUYEVA,

Özbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti

talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan