Haydarboboga salom
Muhammad Xusayn ŞAHRIYOR
Muallif haqida:
Muhammad Husayn Şahriyor – 1906 yilda Tabrizda tuğilgan. 1988 yil 18 sentyabrda vafot etgan. Şoir fors, ozarbayjon tillarida ijod qilgan. Uning asarlari çuqur lirik, falsafiy va ijtimoiy mazmun kasb etadi.
Şoirning ijodi ikki tilda birdek yuksaklikka kötarilgan bölsa-da, ijodkorning nomini dunyoga maşhur qilgan asar, şubhasiz, ona tilida yozilgan “Haydarboboga salom” dostonidir.
Uşbu asar 1954 yilda Tabrizda naşr etilgan hamda Eron Ozarbayjonidagi turkiy til va madaniyatining qayta uyğonişi ramziga aylangan.
Şoir uşbu dostonni özi tuğilib ösgan qişloq yaqinidagi Haydarbobo toğiga murojaat tarzida yozgan. Unda ijodkor bolalikning beğubor xotiralari, xalqning maşaqqatli, ammo samimiy hayoti, qadimiy bayramlar va urf-odatlarni sehrli bir tilda tasvirlaydi.
Ozarbayjon va özbek tillari bir ildizdan suv içgan qarindoş tillar bölgani bois, Şahriyorning yurak tubidan çiqqan ohanglari özbek öquvçisi uçun ham juda qadrdondir.
(Doston)
Haydarbobo, kökda çaqmoq çaqqanda,
Sellar toşib, tölqin urib oqqanda,
Qizlar turnaqator turib boqqanda,
Salom bölsin şavkatingiz, elingizga,
Mening nomim kelsin deyman tilingizga.
Haydarbobo, kakliklaring uçganda,
Butazorda quyon hurkib qoçganda,
Boğçalaring qiyğos ğunça oçganda,
Mumkin bölsa, bizlarni bir yod eting,
Ğamga botgan köngillarni şod eting.
Şamol turib, uy tomlarin yiqqanda,
Boyçeçaklar, qözigullar çiqqanda,
Oq bulutlar höl köylagin siqqanda,
Bizni eslab, yod etganlar soğ bölsin,
Qayğuda ham unsin, yurak toğ bölsin!
Haydarbobo, meva pişsin oftob tus,
Yuzing kulsin, buloqlaring oçsin köz,
Bolalaring gul undirsin bir nafis,
Xuş böyini yel keltirsa muqarrar,
Şunda mening mudroq baxtim uyğonar.
Haydarbobo, yuzing yoruğ, pok bölsin,
Tört tarafing buloq bölsin, boğ bölsin,
Bizdan keyin sening boşing soğ bölsin,
Axir hayot ötkinçidir, kelar bir,
Faqat dunyo qolar, mangu yetimdir.
Haydarbobo, boray dedim, keçikdim,
Umrim ötdi yöllar ayri, içikdim.
Bilolmadim, sening holing neçukdir,
Bilmas edim, önqir-çönqir yölim bor,
Yöqotiş bor, ayriliq bor, ölim bor.
Haydarbobo, mardning boşi xam bölmas,
Hayot ötar, afsus, ğam bekam bölmas,
Nomard kişi umridan xurram bölmas,
Illo, yodda tutamiz bu sözlarni,
Körişmasak, alqab qöygin bizlarni.
Kuz şamoli yaproqlarni tökkanda,
Bulut toğdan enib, qişloq kezganda,
Şayxul Islom gözal xoniş qilganda,
Mayin sözlar qalb qöriga tegardi,
Daraxtlar ham sajdaga boş egardi.
Toşli buloq qum-qurumga tölmasin,
Boğu roğlar sarğaymasin, sölmasin,
Yölovçiga suv tut, taşna bölmasin,
Buloq, xayring bölsa, mangu oqarsan,
Ufqlarga xumor-xumor boqarsan.
Haydarbobo, toğu toşi, darasi,
Kaklik sayrar, jördir jöjaxörozi,
Qözilarning oqi, qora, olasi,
Sayr qilardim qir-adirlar yuzini,
Kuylar edim “Çöpon, qaytar qözini”.
Haydarbobo, suv sizar yer ostidan,
Havza bölar soy böylarin pastida,
Nilufargul suzar suvning ustida,
Suluv quşlar kelib suvda keçarlar,
Huzurlanib, buloqdan suv içarlar.
Piçan ğamlar, sunbul örar öroqlar,
Şamol göyo zulflarini taroqlar,
Ovçilar quv bedanani tuzoqlar,
Örimçilar ayron quyib içarlar,
Kuçga tölib söng örimga tuşarlar.
Haydarbobo, qişloqda kun botganda,
Bolalaring rizqini yeb, yotganda,
Oy bulutni yorib, oydin boqqanda,
Sen ularga biz haqda bir qissa de,
Qissamizning boş-adoğin ğussa, de.
Keksa momom matal aytib berganda,
Bexos şamol derazani çertganda,
Uloqçani böri yamlab yutganda,
Ortga qaytib bola bölib qolardim,
Bir gul oçib, söngra yana sölardim.
Ammajonim bol-qaymoğin yeyardim,
Undan turib ust-boşimni kiyardim,
Boğ oralab, qöşiq aytib kelardim,
Voh, taltayib davron surgan kunlarim,
Çöp otimni “çuh”lab yurgan kunlarim.
Haydarbobo, töy daragi tutganda,
Qiz-juvonlar xina, pilik sotganda,
Yigit qizga tomdan olma otganda,
Şu qizlarda qolgan mening nigohim,
Oşiqlarning sozlarida dod-ohim.
Haydarbobo, suv böyida yalpizlar,
Böy taratar handalaklar, tarvuzlar,
Attor sotib kelgan saqiç, qand-qurslar,
Mazasini his qilib şod etarman,
Men boy bergan ötmişim yod etarman.
Bayram edi, tun nağmasin öqirdi,
Qiz kuyovga mayin julob töqirdi,
Möridan har oşiq römol suğurdi,
Qanday gözal, yor dilini çoğlamoq,
Belboğiga hadyasini boğlamoq.
Römol istab men ham uyda yiğladim,
Römol olib tez belimga boğladim,
Ğulomlarning tomidan şol1 taşladim,
Fotma xola menga julob boğladi,
Xon enamni esga olib yiğladi.
Bayram bölib, devorga zar suvarlar,
Kaşta yoyib, xonalarni bezarlar,
Tokçalarda idişlarin tuzarlar,
Kelinçakning sandiqçasi, xinosi,
Havaslanar onasi, qaynonasi.
Bokulikning miş-miş töla har sözi,
Sigirlarning oğiz suti, uvizi,
Çorşanbaning yonğoqlari, mayizi,
Qizlar aytar: “Atil-matil, çorşanba,
Oynadayin baxtim oçil, çorşanba”.
Tuxumlarni turfa rangga böyardik,
Çöqiştirib, singanini yeyardik,
Bola-baqra, öynab qaçon töyardik?
Ali menga yaşil oşiq berardi,
Irzo menga boyçeçaklar terardi.
Haydarbobo, Momoqizning közlari,
Raxşandaning şirin-şirin sözlari,
Turkça aytdim, öqisinlar özlari,
Bilib qöysin, odam ketar, nom qolar,
Yaxşi-yomon oğizda bir taʼm qolar.
Haydarbobo, dunyo yolğon dunyodir,
Sulaymondan, Nuhdan qolgan dunyodir,
Öğil tuqqan, dardga botgan dunyodir,
Birni berib, birni qaytib olğondir,
Aflotundan quruq bir ot qolğondir.
Haydarbobo, döstu yorlar ketdilar,
Meni taşlab manziliga yetdilar,
Çaşmam tinib, çiroqlarim sindilar,
Oqibatsiz kun çökdi, oqşom böldi,
Menga dunyo xarobai Şom böldi.
Haydarbobo, kökning yuzi tumanli,
Keçar kunlar, arimaydi yomonliğ,
Birdam böling, boşda bölsin omonliğ,
Yaxşilikni elimizdan olibdi,
Yomon kunni boşimizga solibdi.
Qanot qoqib çiqsaydim tölqinlardan,
Sörardim toğ oşgan toşqinlardan,
Dardlaşardim tutib mahkam qöllardan,
Bir körardim ayriliqni kim soldi?
Ölkamizda kim qirildi, kim qoldi?
Men sendek alp toqqa berdim nafasim,
Sen ham qaytar, sado bersin ovozing,
Boyquşning ham tor bölmasin qafasi,
Bunda bir şer naʼra tortib, örlagay,
Bağri qattiq odamlarni çorlagay.
Haydarbobo, tanga ğayrat yetganida,
Qoraquşlar boşingni tark etganida,
Toşlar qulab, yovuzliklar bitganida,
Nazar taşla, himmatim şu onda kör,
Bir egilib, qomatimni dorda kör.
Haydarbobo, doim diling şod bölsin,
Hayot borki, oğzing tiş-la tot bölsin,
Sendan ötgan taniş bölsin, yod bölsin:
Tingla degin, şoir öğlim Şahriyor,
Bir umrdir ğam ustiga ğam qalar.
Haydarbobo, keldim seni yöqlayotib,
Quçoğingda bir dam orom, uyqu topib,
Ötgan umrim ortidan men çopib-çopib,
Bolalikka derman: bizga kelsang bir,
Oydin kunlar, mungli yuzga kulsang bir!
Haydarbobo, har tepa bir köşk bölsin,
Bizdan keyin qolganlarga xuş bölsin,
Keçmişimiz avlodlarga kuç bölsin,
Farzandlar heç iymonidan tonmasin,
Yolğonlarga uçmasin, aldanmasin!
Ozar tilidan
Faxriddin HAYIT tarjima qildi.
Şol1 — römol. Udumga köra, unaştirilgan qizlarga kuyov uy mörisidan römol uzatadi. Qiz yigit taşlagan römolga hadya boğlaydi.
