Qalbi daryo, samimiy inson

(Bu öylar taniqli publitsist-adib, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyevning 70 yoşga tölişi munosabati bilan bundan 10 yil avval yozilgan)

1.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining atoqli adib, uluğ yozuvçi Odil Yoqubovdan keyingi boş muharriri Ahmadjon Meliboyev yetmiş yoşga tölibdi.

Professor Laziz Qayumov rahbar bölgan “Özbekiston madaniyati” gazetasi örnida taşkil etilgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” nomli yangi haftalik naşrni özbek ziyolilari katta quvonç va hayajon bilan kutib olgan edilar.

Dastavval Asqad Muxtor boş muharrir bölgan bu gazeta — Odil Yoqubov rahbar bölib kelganidan söng Özbekiston ommaviy axborot vositalari orasida eng nufuzli örinlardan birini egalladi.

Uni nafaqat ziyolilar, balki butun özbek xalqi sevib öqiy boşladi. Unda çop etilgan maqola va matnlarda jamiyatning eng oğriq va azobli muammolari dadil qalamga olinar va toki adolat qaror topmagunça gazeta ham sira tinçimas edi…

2.

…Rostov-Don şahrida ötgan bir yarim yillik harbiy xizmatim yakuniga yetib, bahor oyida zaxiraga böşatilganimdan söng Özbekistonga emas, balki Mixail Şoloxovning ona yurti — Veşenskaya stanitsaga borgan edim.

“Özbekiston sanʼati” jurnali boş muharriri, yozuvçi Nurali Qobul taşabbusi bilan taniqli özbek jurnalisti Anvar Jöraboyev Don kazaklari yurtiga borib, maşhur rus yozuvçisi Mixail Şoloxov bilan uçraşib, unga zarhal çopon kiygizgani haqidagi xabarni öqigandayoq men ham bu muborak göşalarga borişni yuragimga tugib qöygan edim.

Lekin ming afsuski, men borganimda, Mixail Şoloxov vafot etgan edi. 24 may — uning tuğilgan kuni edi. Unga beraman deb olgan alvon gullarimni endi yozuvçining qabriga qöydim. Söng bir hafta şu yerlarda qolib ketdim.

Mening Rostov-Don şahridagi harbiy xizmatimni tugatib, Özbekistonga boriş örniga suyukli yozuvçimni izlab, bu yerlarga kelganimni eşitgan Grigoriy Melexovdek jasur kazak öğlonlari va Natalyadek sohibjamol Don qizlari atrofimda parvona edilar.

Veşenskaya stanitsadagi ana şu bir haftalik betakror va unutilmas safarim mahsuli ölaroq dunyoga kelgan “Şoloxov Vatanida” nomli xotiralarimni Odil Yoqubov “Stalin va Şoloxov munosabatlari” rukni ostida “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida çop etgan edi.

Bu mening Özbekistondagi eng nufuzli gazetada eʼlon qilingan birinçi — jiddiy va salmoqli maqolam edi.

Aytiş mumkinki, Odil Yoqubov şu maqola bilan endigina harbiy xizmatni ötab, öz yurtiga qaytib kelgan, hali heç kim tanimagan bir yigitni ommaga tanitgan, özbek jurnalistikasiga “Ismat Xuşev” degan kitoblik bir yigit kirib kelayotganini el-yurtga maʼlum qilgan edi…

3.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi obrö-eʼtibori oşib borişi baravarida uning boş muharriri Odil Yoqubovning ham xalq orasidagi nufuzi benihoya ortib borardi.

Adabiyot gazetasi obunaçilari soni millionlardan oşib ketdi. Ijodkorlar uçun bu gazetada öz ijodini eʼlon qiliş, jurnalistlar uçun esa şu naşrda işlaş çeksiz baxt va saodat, mislsiz obrö va eʼtibor mezoniga aylandi.

Köp ötmay, Odil Yoqubov Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga rais bölib kötarilib ketdi. U kişining örniga esa baxti kulgan insonlardan biri — Ahmadjon Meliboyev boş muharrir bölib kötarilib keldi.

Ana şunday şonli va suronli kunlarning birida, ne tong va yo ne baxtki, Ismat Xuşevga ham bir muddat ana şu uluğ va muborak dargoh — Adabiyot gazetasida jurnalist bölib işlaş baxti nasib etdi…

4.

Ahmadjon Meliboyevni men öşanda ilk bora körib, tanidim.

U kişi nihoyatda samimiy va oliyjanob inson edilar. Adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov u kişining birinçi örinbosari edi. Biz ularning har ikkalovini ham özimizga ustoz deb bilganmiz.

Mamatqul Hazratqulov, Mahmud Saʼdiy, Yoqubjon Xöjamberdiyev, Murod Abdullayev, Kamol Matyoqubov, Raşid Raupov, Aşurali Jörayev, Nafisa Nöʼmonova, Muhabbat Turobova, Gulçehra Umarova, Dilorom Ismoilova, Abdunabi Haydarov, Abdumömin Tilovov, Karim Bahriyev, Bekqul Egamqulov, Ibrat Safoyev, Asror Möminov va boşqalar şu ikki ustoz rahbarligida bir oila aʼzolariday inoqlik va quvnoqlikda ijod qilardik.

Ahmadjon aka heç qaçon birovning könglini qoldirmasdi, nohaq ranjitmasdi. Qaddi-qomati kelişgan, istarasi issiq, askiya va hazilga öç, ayni paytda oğir, bosiq va mulohazali rahbar edilar.

U kişidagi kamtarlik va kamsuqumlik boşqa juda köp boş muharrirlarda yöq edi…

5.

Ahmadjon Meliboyev Adabiyot gazetasiga boş muharrirlik qilgan dastlabki yillarda Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi emas edi.

Holbuki, gazeta Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining naşri bölib, unga rahbar bölişni juda köp yozuvçilar orzu qilardi.

Adabiyot olamidagi ana öşa “guruhboz”larning taʼsiriga berilibmi, bilmadim, bir gal uyuşma yiğilişlarining birida Ahmadjon akani tanqid qilib, u kişiga taşlanib qolganman:

— Şunça isteʼdodli yozuvçilar turgan bir paytda, hali hatto uyuşma aʼzosi ham bölmagan bu kişining Adabiyot gazetasiga rahbar bölib kelişi notöğri bölgan… — deb uyalmay-netmay “nutq” sözlaganman.

Holbuki, ötgan qator yillar Ahmadjon Meliboyev Adabiyot gazetasiga baʼzi bir manaman degan yozuvçilardan ham, uyuşma aʼzosi bölgan ayrim allomalardan ham köra ön karra, yuz karra durustroq va afzalroq rahbarlik qilganini isbotladi…

6.

Keyin taqdir ekan, Islom aka bois omadim çopib, özim ham kötarilib ketdim.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 1990 yil 5 yanvar sonida “Yangi naşrlarimiz” rukni ostida yangi lavozimdagi Ismat Xuşevning “Avval iqtisod…” nomli maqolasi eʼlon qilinadi.

Şunda Ahmadjon Meliboyev barça gina-kuduratlarni unutib, çin yurakdan menga oq yöl tilagan edi:

Redaksiyadan ilova:

“Gazetamizning sobiq muxbiri, faol jurnalist, “Nomus öğrilari”, “Iffat kerakmi?”, “Ijodkorga hurmat şumi?”, “Mahkumalar”, “Prokurorni qanday qölga tuşirişdi?” singari köplab axloqiy-maʼnaviy mavzudagi maqolalar va felyetonlar muallifi I.Xuşevni yangi jurnalni naşr etişga jalb etilganligi bilan muştariylarimiz nomidan samimiy qutlaymiz”.

(“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 1990 yil 5 yanvar sonidan).

Şunday qilib, “Hayot va iqtisod” jurnaliga boş muharrir bölib beş yil işladim.

Lekin biror kişi meni: “Iqtisodni tuşunmagan bu odam nega “Iqtisod” jurnaliga rahbarlik qiladi?” — deb gapirmadi, tanqid qilmadi.

Holbuki, tanqid qilişi, xuddi men bir paytlar Ahmadjon akaga nisbatan qilgan löttibozlikni qilişi, meni ranjitişi ham mumkin edi.

Nazarimda, meni bu lavozimga şaxsan Islom Karimov kötargani uçun ham meni ayaşgan, yanayam aniqroq aytsam, istihola qilişgan, könglimga qaraşgan bölsa kerak.

Lekin men Ahmadjon akaning köngliga qaramadim, u kişini xafa qilib qöyişim mumkin deb öylamadim. Şakkoklik va xudbinlik qildim.

Bu dunyoda birovlarning könglini birovlarning iğvosiga uçib oğritmaslik lozimligini juda keç anglab yetdim.

Lekin Ahmadjon aka menga nisbatan biror marta ham yomonlik qilmadi, gina saqlamadi, “meni bir paytlar nohaq tanqid qilgan eding”, deb heç qaçon yuzimga solmadi…

7.

Ahror Ahmedov degan noşir döstim bor.

Ahmadjon Meliboyev bilan bir joydan — Olabuqadan. Toşkentda köpçilik ularni aka-uka deb öylaydi. Lekin aslida bunday emas, ular bir qişloqdan, xolos.

Bir gal Ahror meni öz yurtiga mehmonga taklif qildi. Öşanda endigina qamoqdan çiqib, işsiz va ruhsiz yurgan kunlarim edi. Köngli yarim, bir aylanib, havo almaştirib, yuragini yozib keladi, deb öylagan, çoği.

Ahrorning aziz va mehribon ota-onasi, oila aʼzolari bilan körişib, ularnikida mehmon bölganimizda, yuzlaridan nur yoğilib turgan, oppoq soqollari öziga nihoyatda yaraşgan xizrsifat bir möysafid kişi bilan tanişdim.

U kişi Ahmadjon Meliboyevning akalari ekan. Ular oilada beş aka-uka bölib, Ahmadjon Meliboyev ularning kenjasi ekan. Iqtisod fanlari doktori, professor Odiljon Olimjonov ham Qirğizistonning Namanganga tutaş Olabuqasidan.

Bir hafta davomida ular bizni rosa mehmon qilişdi. Nohaq hibs bois şikasta bölgan va yaralangan öksik dilimga malham bölişdi.

Öşanda Olabuqadan Toşkentga qaytar ekanman, Ahmadjon akaday mehrigiyo, bağri daryo insonni bir paytlar nohaq ranjitganim uçun iç-içimdan qattiq iztirob çekdim…

8.

Bugun öylab qarasam, Ahmadjon akaga yoşlik va ğörlik qilgan paytlarim köp bölgan ekan.

Bu ehtimol, mening Adabiyot gazetasida muqim işlamaganim bilan boğliq bölsa kerak. Men tahririyatda vaqtinça işga olingan bölib, doimiy işga ötkaziş masalasida boş muharrir bilan oramizda qora muşuk ötgan edi.

Men hamişa “vaqtinça” işlaydigan xodim bölib qolişni istamasdim. Ahmadjon aka esa meni “doimiy” qilib işga olişga şoşilmasdi…

Keyinçalik özim boş muharrir bölib bildimki, rahbar odam kimni qaysi işga olişni, birovlarning tazyiqisiz, özi hal qilgani maʼqul ekan.

Yana şuni bildimki, bir jamoada işlagandan keyin, har xil guruhlar taʼsiriga berilmay, öz rahbaringga quloq solib — odobli va eʼtiborli, xuşmuomala bölib işlaş kerak ekan.

Masalan, men özim boş muharrir bölgan jamoada birorta ham xodimning özimga nisbatan şakkoklik qilişiga yöl ham qöymadim, izn ham bermadim. Bunday xatti-harakatlarni sezgan zahoti, sörab-netib ötirmay, ularni öşa zahotiyoq işdan haydab yuborganman.

Mening ana şu bejilov mulozimlik şaştim va qatağonim oldida Ahmadjon Meliboyev yuz karra, ming karra bağri keng va toqatli, hur fikrli va demokratik rahbar ekanlar…

9.

Ahmadjon akaning qöllarida işlaganimda yöl qöygan xatolarim köp bölgan.

Quyidagi voqea ham ana şu “alamzadalik”ning navbatdagi körinişi bölsa, ajab emas.

Ahmadjon Meliboyev “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasiga boş muharrir bölganlarida Sobirjon aka ismli toşkentlik haydovçilari bölardi. Ustoz oq rangdagi “GAZ-31” rusumli “Volga”da yurardi.

Redaksiyada navbatçilikda qolgan xodimlarni yarim tunda boş muharrirning xizmat maşinasi uylariga olib borib qöyardi.

Biz Sobirjon aka bilan juda inoq edik. Bir gal u kişining Ahmadjon akadan ranjib qolganini eşitdim. Boş muharrirni şoşilinç Prezident devoniga çaqirib qolişganida Sobirjon aka yölovçi taşib, kira qilib yurgan ekan.

Öz vaqtida borolmagani uçun Devondan gap eşitgan Ahmadjon aka öz örnida Sobirjon akani koyigan. Holbuki, u kişi uzoq yillardan buyon tahririyatda işlagan, Odil Yoqubovni ham olib yurgan.

Şunda men: “Ranjimang, aka, hali özim boş muharrir bölib kelsam, istagança vaqt beraman, kira işlab olasiz”, deb Sobirjon akaning könglini kötargandim.

Fariştalar “Omin!” degan ekan, yuqorida yozganimdek, kun kelib men ham kötarilib ketdim.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasiga emas, balki “Hayot va iqtisod” jurnaliga rahbar böldim. Bir kuni Sobirjon aka huzurimga kelib qoldi. Öşa hazil aralaş aytgan gapimni eslatdi. Qarasam, jiddiy aytyapti.

Keyin öşa vaʼdamga binoan u kişini işga oldim.

Ahmadjon akadan söramadim ham…

10.

Bugun Toşkentdagi boş muharrirlik lavozimlarining bir neçtasini körib, matbuotga bearmon rahbarlik qilib, endi serhayajonli va şovqin-suronli hayotimning maʼlum bir “istansa”siga kelib töxtadim.

Endi bir qadar tinçib qolgan “Kanada” nomli umrim bekatidan turib, Özbekistonda ötgan öt-olovli yöllarimga nazar solarkanman, yöl qöygan xato va kamçiliklarim yaqqol közga taşlanadi.

Ahmadjon Meliboyevni Yozuvçilar uyuşmasi yiğilişida maʼnan haqqim bölmay turib, nohaq tanqid qilganim uçun, u kişidan söramay-netmay haydovçilarini işga olganim uçun, yoşlik va beboşligim uçun mudom özimni aybdor sezaman, xijolat çekaman…

11.

Bugun Toşkentdagi hamkasb döstlarimdan biri bilan gaplaşib qoldim.

Ahmadjon akaning yetmiş yoşga tölişini, kelasi şanba kuni Toşkentdagi muhtaşam restoranlarning birida şu sana bois şirin bir tadbir bölişini bildim.

XXI asrda internet olami insoniyat uçun yaratgan afsonaviy imkoniyatlardan biri şuki, hozir bir söz aytsangiz yo yozsangiz, bir daqiqa içida uni butun dunyo eşitadi, öqiydi, biladi.

Men bugun bu dil rozlarimni yozişdan maqsad — Ismat Xuşevning jurnalist bölib şakllanişida öz munosib hissasini qöşgan ustozim Ahmadjon Meliboyevni qutluğ yoşlari bilan muborakbod etiş va şu bahonada u kişidan — qöllarida işlagan paytimdagi xato va kamçiliklarim uçun yana bir bor uzr söraşdan iborat.

Ahmadjon aka bağri keng, mehri daryo va keçiruvçan odam.

Mening olis Kanadadan turib yozgan bu samimiy dil sözlarimni öqib, şiringina jilmayib qöyişlari tabiiy…

12.

Ahmadjon aka Adabiyot gazetasi boş muharrirligidan Prezident devoniga kötarilib ketdi. Söng Davlat maslahatçisi lavozimiga ham kötarildilar.

Beş-ön yil yuqori idorada işlab, yana öz örinlariga qaytib keldilar.

Nazarimda, u kişi Devonda işlasalar ham, Adabiyot gazetasiga özlari rahbarlik qilib turgan edilar. Bir neça yillardan keyin yana öz örinlarini borib egalladilar.

Şu örinda yana bir gap.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasiga bugungi kunga qadar beş taniqli ijodkor rahbarlik qildi: Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Ahmadjon Meliboyev, Saʼdulla Hakim va Sirojiddin Sayyid…

Insof bilan aytganda, Adabiyot gazetasiga Odil Yoqubov va Ahmadjon Meliboyev boş muharrir bölib işlagan yillar bu naşr Özbekistonda eng köp öqiladigan naşr edi. Albatta, bu eng avvalo, davr va siyosiy tuzumga boğliq jarayon.

Odil Yoqubov rahbarlik qilgan ötiş davrida, söng Ahmadjon aka boşçilik qilgan mustaqillikning dastlabki yillarida Adabiyot gazetasining obrö-eʼtibori nihoyatda baland ekanini bugun heç kim inkor etolmaydi…

13.

Bugun Ahmadjon aka Özbekiston Milliy universiteti öqituvçisi, biz bir paytlar öqigan jurnalistika fakultetida “Matbuot” kafedrasi mudiri.

Men bugun olis Kanadadan turib, universitetda Ahmadjon Meliboyev qölida tahsil olayotgan, öqiyotgan talabalarga havas qilaman. Ularning örnida özimni, öt-olovli yoşligimni körganday bölaman. Ular özlariga nasib etgan bu iqbol va tole qadriga yetişlarini istayman.

Ahmadjon akaday uluğ va hayratomuz insonlar bilan hamsuhbat va zamondoş böliş ularning eng oliy baxti ekanini öz vaqtida şu oliy saodat qadriga yetmagan muhojir jurnalist nomidan eslatib ötmoqçiman.

“Yetmişga ham tölib qöyibmiz”, — deb öksinib yurmang, Ahmadjon aka. Siz hali ham qirq yoşdagi qirçillama yigitday navqiron va körkamsiz.

Doim şunday bölib qoling, ilohim…

Ismat XUŞEV,

“Dunyo özbeklari” internet naşri

boş muharriri.

Toronto şahri, Kanada.

2016 yil 14 mart, yakşanba.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan