Sinovli kunlarning test sinovlari
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 2020-2021 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş masalalariga bağişlangan brifing ötkazildi. Boş vazir örinbosari Behzod Musayev, Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov va DTM direktori Majid Karimovlar iştirokidagi yiğilişda qabul jarayonlari va tizimda amalga oşirilgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Joriy yilda test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos ikkita fandan ötkaziladi. Bunda töğri javob uçun 3,2 va 3,1 balldan beriladi. Endi abituriyentlar sinov ötkaziladigan fanlar majmui hamda ketma-ketligi bir xil bölgan bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça beştagaça OTMga hujjat topşiriş huquqiga ega.
Bu yil bakalavriat taʼlim yönalişiga jami 148 ming 144 nafar talaba qabul qilinadi (ötgan yilgi körsatkiçdan 36 foiz köp). Şuningdek, nogironligi bölgan, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomasiga ega, Mehribonlik uyi hamda bolalar şaharçasi bitiruvçilari, harbiy xizmatçilar va içki işlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uçun qabul kvotalari oşirilib, ularga maʼlum imtiyozlar beriladi.
Tadbirda Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan beriladigan maxsus tavsiyanomasi bor xotin-qizlar uçun 940 ta kvota ajratilgan. Tavsiyanoma kimlarga berilişi va bu röyxat qay tartibda şakllantirilişi haqida tez kunlarda maʼlum qilinişi aytib ötildi. Farğona viloyatining Söx tumani yoşlari uçun ham 500 ta kvota ajratilgan.
Abituriyentlar 20 iyundan 20 iyulgaça barça hududlardagi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali hujjat topşiradi. Taʼlim muassasasini test sinovlari taşkil etilayotgan öquv yilidan avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan kiriş imtihonlarida iştirok etiş uçun (bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari — 111 500 söm) tölov undiriş tartibi bu yil ham saqlab qolindi.
Kiriş imtihonlari esa 1 avgustdan boşlanişi rejalaştirilmoqda. Natijasi test natijalari bilan qöşib hisoblanadigan kasbiy-ijodiy imtihonlar ham 28 iyulgaça yakunlanadi. Test sinovlari mavjud bölmagan ijodiy yönalişlardagi imtihonlar 25 iyuldan 20 avgustgaça davom etişi kutilyapti.
— Kasbiy-ijodiy imtihonlarni ötkaziş jarayonlari töliq suratga olinadi. Videolavhalar bazada saqlanib, apellyatsiya yuzaga kelganida ulardan foydalaniladi, — dedi Boş vazir örinbosari Behzod Musayev.
Endi har bir fanda oson savollar soni 6 tadan 9 taga köpaytiriladi. Qiyin darajadagi savol esa 3 tadan köp bölişiga yöl qöyilmaydi. Örta darajadagi savollarning avvalgi 18 ta miqdori saqlab qolinadi.
Yana bir yangilik: bir neça yillardan buyon talabalarni qiynab kelayotgan muammo — taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklar ham yangi öquv yilidan optimallaştiriladi. Yaʼni, mutaxassisliklar soni 584 tadan 517 taga, yönalişlar soni esa 332 tadan 254 taga qisqardi. “Sport faoliyati” bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça öqiş muddati uç yil etib belgilandi.
Şuningdek, magistratura mutaxassisliklariga öqişga kiriş, bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişni köçiriş va qayta tiklaş uçun hujjatlar topşiriş jarayoni 1 iyuldan 30 iyulgaça www.edu.uz va magistr.edu.uz sayti orqali amalga oşirilişi belgilangan. Magistratura bosqiçiga kiriş imtihonlari 3 avgustdan 15 avgustgaça bölişi kutilyapti.
Öz muxbirimiz.
