Qalbimga qöngan ön kun

Tan olaman, şu paytgaça Abduqayum Yöldoşevni yozuvçi sifatida ham, inson sifatida ham yaxşi bilmas edim. Bir-ikki hikoyalarini öqigan, asarlari böyiça işlangan ayrim telepostanovkalarni körgan edim, xolos. “Guliston” jurnaliga işga kelganimdan keyin undan hikoya sörattirdim (öşa kezlari Abduqayumning biroz tobi yöq, deb eşitgandim, 2019 yilning boşlari edi). Uning umr yöldoşi – isteʼdodli yozuvçi Zulfiya Qurolboy qizi yetkazdi hikoyani. Bizga maʼqul böldi. Sarlavhasini “Gumon” deb özgartirdik. Muallifdan ruxsat olmay özgartirganim uçun, keç bölsa-da, uzr sörayman. Abduqayumning özi bilan, bir-ikki şunçaki salom-alikni inobatga olmasak, umuman gaplaşmagan edim.

2023 yilning iyul oyida yozuvçilarning Zomindagi ijod uyida ön kun dam oldim. Şu ön kun davomida Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nurboy Jabbor, Abduqayum Yöldoşev (törtalasi ham turmuş örtoği bilan) va kaminadan iborat ajoyib bir davra paydo böldi. Tonggi va keçki sayrlarda xöp ibratli maʼrifiy suhbatlar keçdi. Zominning xuş havosi, arça-yu turli toğ giyohlarining yoqimli va foydali böylari bir taraf, şoiru adiblar hamda olim suhbati bir taraf böldi. Yozuvçi Erkin Aʼzamning purmaʼno suhbatlari, şoir Usmon Azimning içakuzdi hangomalari, zukko olim Nurboy Jabborning dissertatsiyalar himoyasidagi latifanamo voqealar haqidagi gurunglari naqadar zavqli, esda qolarli. Uluğ ustozlar, ulardan olgan saboqlarimiz, bu olamni erta tark etgan teng-töşlarimiz yodga olindi, ularning fazilatlarini qömsab xotirladik. Ğiybat yöq, fisqi-fasod yöq, hammasi ibratli, nurli eslaşlar. Qançalar gözal, qançalar maroqli, göyo donişmand muallimlar darsi — saboği kabi.

Şular boismikan, ön kun qanday ötganini sezmay qoldik.

Abduqayum ana şu gurunglarda, asosan, eşituvçi böldi, onda-sonda qöşildi suhbatlarga. Erkin Aʼzamu Usmon Azimday ustozlar, Nurboy Jabborday zakiy olim oldida odob saqladi çamamda. Gurunglarning har qaysinisi göyo oldindan belgilab qöyilganday maʼlum bir mavzu yoxud muayyan bir davr yoki ayrim ustozlarning yoşlar uçun örnak bölgilik işlari haqida böldi. Abduqayum suhbatlarni tinglab, ularning har biridan öziga kerakli narsalarni olişga intilayotganday körindi menga. Şogirdlik maqomini qattiq uşladi, biron marta şu doiradan çiqqanini sezmadim. Baraka topsin.

Ana şu ön kunda Abduqayumni kamtarin, olijanob inson va isteʼdodli yozuvçi sifatida kaşf etdim. Atigi ön kunda bir kişining qanaqa insonligini töla biliş mumkinmi? Yozuvçiligini-ku aytmasa ham böladi? Çunki ön kunda adibning nari borsa bitta kitobini öqiş mumkin. Bu bilan uning ijodi xususida xolisona baho berişning iloji yöq-ku, de­yişingiz mumkin. Haqsiz! Aslida har qanday insonning butun feʼl-atvorini, ayniqsa, içki dunyosini töla örganiş uçun ön kun emas, ön yil ham kamlik qiladi. Nimasini aytasiz: hatto bir umr birga yaşagan er-xotinlar ham bir-birini töla ang­lay ololmasligi bor gap. Zero, insonday tez özgaruvçan jon bormikan bu olamda? Yigirma-öttiz yil Layli-Majnun bölib yaşagan oilaning tösatdan ajraşib ketganini körib, yoqa uşlagan paytlarimiz bölgan. Ammo muayyan insonning gap-sözlariga, gaplarining maʼnosiga, fikrlaş tarziga, dunyo­qaraşiga, sözlaş manerasiga, özini tutişi-yu, yuriş-turişiga, atrofdagi voqelikka munosabatiga zehn qilinsa, har bir xatti-harakatiga, gapirayotgan paytida yuz ifodalaridagi özgarişlarga, eng asosiysi, köz qaraşlariga diqqat qilinsa öşa insonni bir kunda, hatto birgina suhbatda kimligini maʼlum maʼnoda bilib oliş mumkin ekan. Takror aytaman, heç bir insonning asl qiyofasini mukammal biliş juda qiyin, ehtimol umuman mumkin emasdir.

Biz köpinça tinmay gapiradigan, bir gapirib ön kuladigan odamlarni oçiq, könglida kiri yöq, bir qop yonğoq kabi şaldir-şuldir,  beğubor inson, deymiz. Kamgap, unça-munça suhbatlarga qöşilavermaydigan odamlarni içimdan top, pismiq deyişga örganib qolganmiz. Men bu fikrga unçalik qöşilmayman. Sababi birinçi toifaga mansub bölgani holda nihoyatda ayyor, tulkiga ham dars beradigan, hozir ayt­gan gapidan yarim soat ötmay tonadigan,  özining manfaati uçun heç narsadan qaytmaydigan tullak odamlar ham bor, afsuski, köp. Aksinça, biz pismiq, gap poylab yuradi, deb öylaydiganlarimiz orasida qatʼiyatli, söziga, döstlari-yu ustoz­lariga sadoqatli insonlar oz emas. Demak, har bir inson – individ, hammaga bir xil baho berib bölmaydi. Zotan, bu dunyoda bir-biriga öxşagan ikkita odam yöq! Hatto egizaklar ham, taşqi körinişi öxşasa-da, tabiatan bir-biridan farq qiladi.

Abduqayum bu ikki toifaning unisiga ham, bunisiga ham mansub emasdek. Çunki uni köp gapiradi deyiş ham, kamgap deyiş ham töğri kelmaydi. U qaçon gapirişni, nima de­yişni biladi. Eng asosiysi, ustozlar hurmatini joyiga qöyadi. Ön kun davomida men bunga guvoh böldim, uning saʼy-­harakatlariga ser soldim. Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nurboy Jabbor oldida odob saqlab turdi. Bu uning tarbiya qörganidan, madaniyatidan dalolat. Yuqorida eslaganimiz “bir qop yonğoq kabi şaldir-şuldir”lardan birontasi bölganidami, hay-hay, heç kimga gap bermas, qaysi mavzuda gap oçilmasin bilsa-bilmasa örtaga ot solib qöşilib ketaverar edi. Undaylar uçun davradagilarning ustozlik maqomi ham, yoşining uluğligi ham ahamiyatsiz. Eʼtibor berganim, Abduqayum Yöldoş özi bilmagan mavzuga aralaşmas, asossiz, dalilsiz gapirmas ekan. Keyin bilsam, u Texnika universitetida tahsil olgan ekan. Sezib turibman, uşbu satrlarni öqiganda Abduqayum möylovi ostidan mayin jilmayib, “aka sal oşirib yuboriptilar-ku” degan xayolga boradi.

Yöq, Abduqayumboy, oşirmadim, aksinça, iloji boriça vazminlik, bosiqlik va eng muhimi, xolislik bilan yozişga harakat qildim. Siz ortiqça havoyi gaplaru maqtovlarga muhtoj emassiz, ularni yoqtirmaysiz. Buni şu ön kun badalida bilib oldim. Qolaversa, siz katta lavozim egasimidingizki “özingizda yöq xislatlar”ni (A.Oripov) “tuflab yopiştirib” (A.Qahhor) sizni maqtasam. Boz ustiga, men unday yoşdan ötganimga ança böldi, biror iltifotdan umidim ham, ilinjim ham yöq.

Erkin Aʼzam özaro suhbatlarda Abduqayum haqida samimiy fikrlar bildirgani esimda. Oçiği, öşanda köp ahamiyat bermagan ekanman. Mana şu ön kun içida Erkin Aʼzamday noziktaʼb inson, talabçan adib Abduqayum Yöldoşev haqida yayrab gapirganining sababini anglab yetdim.

Darvoqe, Abduqayumni yozuvçi sifatida kaşf etganim xususida. Avvalo, uning gap-sözlarida bilimdon adibning nafasi ufurib turibdi. Qolaversa, yozuvçini birgina kitobi, hatto bittagina hikoyasidan qanaqa yozuvçi ekanini bilib oliş mumkinday tuyuldi. Hamma narsa bismillosidan maʼlum böladi, deyişadi-ku… Men Abduqayumni “Şaraf yöli” kitobidanoq dunyoqaraşi, tafakkur tarzi, hayotiy pozitsiyasi, yozuvçilik mahoratini anglab oldim. Kitobdan örin olgan roman ham, qissa ham juda masʼuliyatli mavzuda…

Öşa kunlari yoş ijodkorlarning Zomin seminarining nav­batdagi maşğulotlari böldi. Unda biz ham iştirok etdik. Şunda kitobsevar ukalarimdan biri menga bir kitob berdi. “Sizga atab olib qöygan edim”, — dedi. Qarasam, Abduqayumning “Şaraf yöli” kitobi. Varaqladim. Atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvçi, buyuk qalb egasi Şarof Raşidov haqida biografik roman va otaşnafas jadidlardan biri Ubaydulla Xöjayev töğrisida “Jadid” degan qissa. Zominda kitobni öqişga imkon bölmadi. “Yaxşi döstlar davrasida oçilursan har zamon” (E.Vohidov) deganlaridek, ahli doniş­lar suhbatini qizğandim, bu maşvaratu mubohasalardan iloji boriça köproq narsa oliş payida yurdim.

Zomin safarini yakunlab, uyga qaytgaç, kitobni qölga oldim. Yaşirmayman, juda iştiyoq bilan, yutoqib kirişmadim öqişga. Sababi – Şarof Raşidov haqida unça-munça narsa öqigan edim, eşitganlarim-ku olam-jahon. Buning ustiga Ş.Raşidovning yuz yilligiga bağişlab 2017 yilda “Maʼnaviyat” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Xalqimizning otaşqalb farzandi” kitobiga norasmiy muharrirlik qilganman. Kitobga atoqli davlat arbobi va yozuvçi Şarof Raşidov hayoti va faoliyati haqidagi xotiralar jamlangan. Ularda Ş.Raşidov faoliyatining turli qirralari, ijodi, oiladagi örni haqida aniq misollar bilan söz yuritilgan. Şu bois, yozuvçi bu romanida Şarof Raşidov haqida qanday yangi gaplar aytdi ekan, degan xavotir ham yöq emasdi xayolimning bir çekkasida. Tanişib qöyiş maqsadida boşlangan mutolaam iştiyoqqa aylanib, romanni öqib qöyganimni özim ham sezmay qoldim.

Avvalo, Abduqayum Yöldoşevning jurʼatiga tasanno! Bunday olamga maşhur insonlar haqida asar yoziş oson emas. Eng qiyin joyi, bu sof badiiy roman emas, tarixiy faktlar, tarixiy voqealar, aniq şaxslar tilga olingan. U voqealarning aksariyatiga guvoh bölgan, hatto bevosita iştirok etgan odamlarning köpi bugun ham hayot. Demak, voqealarni buzib, özgartirib talqin-tasvir etiş mumkin emas. Bu holat yozuvçini badiiy asar yozişdagiday erkin fikrlaşini çeklab qöyadi. Ayni vaqtda roman deb qöydimi, uning öqişli bölişini ham öylamoq zarur. Nazarimda, Abduqayum buni baholi qudrat uddalagan.

Romanda qizil ip bölib ötgan ğoya – yozuvçi Raşidov bilan rahbar Raşidov qaraşlarini, feʼl-atvorini uyğun holda köriş va tasvirlaşdir. Boşqaça ayt­ganda, Şarof Raşidov respublikaning birinçi rahbari sifatida fao­liyat olib borganda ham, şu maqom doirasida fikr yuritib, turli qarorlar qabul qilganida ham xayo­lining bir burçida, yuragining tub-tubida yozuvçilik – ijodkorlik feʼli, nuqtai nazari böy körsatib turgan. Deyarli barça masalalarga xalq manfaatidan kelib çiqib yondaşgan, xulosa qilgan. Şu bois, baʼzi qaltis joylarda, yaʼni kimningdir, aniqroği yuqorida turgan oğzi kattalarning sözini, u xoh iltimos, xoh topşiriq bölsin, qaytariş yoxud muayyan masala böyiça özining fikrini ayta oliş imkoni bölmagan paytlarda iç-­içidan eziladi, tişini tişiga qöyib çidaydi. Zero, boşqa iloji yöq edi-da! Bunday holatlarning har biri adib-rahbar Raşidovning yuragiga ötkir qirrali toş kabi yiğilavergan. Baʼzi rahbarlar bunday “toşlar”ni kimgadir baqirib, sökinib yuragidan çiqarib taşlaydi va yengil tortadi. Raşidovning tabiatida bunaqa odat bölmagan – dardini birovga bildirmagan, içiga yutgan. Bunday odat atrofdagilar uçun yaxşi, özi uçun yomon, juda yomon, soğlikning aşaddiy kuşandasi. Uning nisbatan yoş, oltmiş olti yoşda yurak xurujidan vafot etganiga sabab ham şudir balki. Yanayam Olloh bilguvçidir.

Abduqayum şularni bir neça misollar bilan tasvirlaydi. Aslida Şarof Raşidov hayotida bunga öxşaş oğir holatlar qança bölgan… Ehe… Yurtni obod, xalq turmuşini farovon qiliş uçun ne-ne yölu usullarni qidirmagan deysiz. Keçagidek yodimda, eslasam hozir ham quloqlarim ostida jaranglaydi öşa sözlar. 70-yillar edi çamamda. Radioni qöysam kimdir dadil-dadil, hatto biroz asabiy holda gapirayapti. Quloq tutdim. Paxta defolatsiyasi haqida söz bormoqda edi. Samolyot paxtazorga dori sepadi, u odamlar ustiga tuşadi, ariqdagi suvga tuşadi, bu suvdan odamlar ham, mol-hol ham içadi. Oqibatda nima böladi?! Odamlar ham, çorva mollari ham kasal böladi! Onalar, bolalar orasida sariq kasal, jigar kasali köpayib boryapti, deymiz. Ammo uning  sababini, ildizini öylamaymiz, qidirmaymiz. Mana ildizi, mana sabab qayerda! Axir dixlafos turgan-bitgani zarar-ku inson uçun… Şuning uçun defolyatsiyani samolyotda emas, traktor bilan qiliş kerak…

Bu gaplarni eşitib, hayron qolganman. Eʼtibor qilayapsizmi, 70-yillarda bunday gaplarni aytiş osonmidi, kimning haddi siğar edi? Oxirigaça eşitdim. Nutq tugadi. Diktor “Siz Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinçi sekretari Şarof Raşidovning respublika kolxozçilarining qurultoyida sözlagan nutqini eşitdingiz”, —  dedi. Yoqamni uşladim…

Şarof Raşidov xalqimiz tarixini, buyuk ajdodlarimiz faoliyatini yaxşi bilgan. Ular nomini abadiylaştiriş, qadamjolarini obod qiliş, asarlarini naşr etiş katta or­zusi bölgan. Yuqorida eslaganimiz “Xalqimizning otaşqalb farzandi” kitobida 80-yillarda Xorazm viloyati partiya qömitasining birinçi kotibi bölgan Madiyor Xudoyberganov xotiralarida quyidagi sözlarni öqiymiz: “Xivadan qaytayotib, yölda könglidagi köp armonlarni tökib soldi. “Bir niya­tim bor, – dedi jiddiy qiyofada. – Imkoniyat bölsa, mana şunday tarixiy joylarni obod qilsak, yana bir niyatim – yurtimizdan yetişib çiqqan juda köp allomalar bor. Mana, masalan, Xorazmning özida Mahmud al-Zamaxşariy, Najmiddin Kubro, Sayfi Saroyi, Abu Bakr Xorazmiy, Nosiriddin Rabğuziy, Majlisiy, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi uluğ insonlar faoliyat yuritganlar. Çağminiy, Juzjoniy singari buyuk olimlar nodir asarlar yaratganlar. Xöş, şularning hammasini bilamizmi? Afsuski, yöq. Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud kabi bir-ikki alloma va şoirlarni bilamiz, xolos. Ana endi res­publikamiz böyiça turli davrlarda yaşab ötgan allomalar, şoirlar, sarkardalar, yurtimiz ozodligi uçun kuraşgan insonlarni bir köz oldingizga keltiring. Ularning ruhi oldida qarzdormiz. Meroslarini bilmaymiz. Axir ular merosini, hayoti, ijodi, faoliyatini biz bilmasak, kim biladi? Ular bizlardan najot kutib, bizlardan imdod kutib yotibdi-ku. Mana, mening könglimdagi orzular, niyatlar. Ammo hozirgi şaroitda bu niyatlarni amalga oşiriş imkoniyati yöq. Lekin bu işlarni albatta qilişimiz kerak…”

Istak: yozuvçi romanni yana bir körsa, qöşimça misollar bilan töldirsa, dramatizmni yanada kuçaytirsa… Hamma narsa osonlikça hal etilmagan-ku. Ğiybatçiyu hasadçilarning rahnamolari öşa paytlari Moskvada ham ötirgan. U vaqtlarda heç narsani Moskva ruxsatisiz bajarişning iloji bölmagan… Şarof Raşidovning özi darajasidagi, adabiyotimiz tarixida qoladigan salmoqli asar bölar edi-da. Takror aytaman, A.Yöldoşev katta mehnat qilgan, şu mehnatni erinmay oxiriga yetkazsa, degan istak bor, xolos…

Abduqayumning mazkur kitobini öqigan kitobxon u juda mehnatkaş adib ekanini sezadi. Asar yozişdan oldin mavzuga doir materiallarni erinmay örgangani körinib turibdi. “Şaraf yöli” romani va “Jadid” qissasi buning amaliy isboti. Qissada tariximizning murakkab davrida faoliyat olib borgan maʼrifatparvar bobolarimiz haqida hikoya qilinadi. Eʼtirof etiş kerak, muallif öşa davrga taalluqli juda köp material töplagan. Bu davrning oğirligi va murakkabligini körsatişda muhim ahamiyatga ega, kitobxon qiziqarli maʼlumotlar oladi, asarni qiziqiş bilan öqiydi.  Öşa zamondagi siyosiy öyinlar, fitnalar, sotqinlar, körolmaslik, hasad kabi illatlar va ular keltirgan katta-kiçik fojialar yaxşi oçib berilgan. Ustozimiz Asqad Muxtorning “Çiçikov xavfli emas, Çiçikovlar xavfli” degan gapi bor. Xuddi şunday millatimizni yoruğlikka olib çiqişga bel boğlagan maʼrifatparvar bobolarimiz umriga zomin bölganlar ham, asosan, “öz mehrobimizdan çiqqan çayonlar” (M.Yusuf) – “Kölanka”lar, “Siyob”lardir. Behbudiy, Qodiriy, Çölpon, Usmon Nosir, Fayzulla Xöjayev, Akmal Ikromov kabi millatimizning yuzlab fidoyilari qatl etilişi, elliginçi yillarning boşlarida neça önlab ziyolilarimiz hibsga olinib, surgun qilinişi öşa “Kölanka” va “Siyob”larning “sadoqati” natijasi emasmi?! Ming taassufki, şunday! Ular har doim bölgan…

“Jadid” qissasi şular haqida öylaşga, tarix xatolaridan xulosa çiqarişga daʼvat etadi.

Uşbu asar böyiça ham bir taklif bor. Yuqorida aytdim, juda köp material töplangan. Ular kiçik bir qissaga köplik qilgan, faktlar, misollar qissani bosib qöyganday tuyuladi. Muallif erinmasa, şu qissa asosida yaxşigina roman yozişi mumkin. Ubaydulla Xöjayevning şaxsiy hayotiga ham kengroq örin berilsa, Katya bilan keçgan munosabatlar kabi. Badiiy asarda muallif fantaziyaga erk berişga haqli.

Aslida har ikkala asarni kitobxon qiziqiş bilan öqiydi, adabiyotimizdagi yaxşi roman va yaxşi qissa sifatida eʼtirof etadi. Men bunga işonaman. Yuqoridagi istak-takliflar yaxşi asarda, juzʼiy bölsa-da, kamçilik bölmasligini xohlagan holda yozilgan mulohazalar, xolos. Qolaversa, bu işlar Abduqayumning qölidan keladi…

“Şaraf yöli” romani va “Jadid” qissasi bir muqova ostiga jamlangani mantiqan juda töğri. Har ikkala asar qahramoni elu yurt dardi, uning istiqboli yölida tinmay xizmat qilgan fidoyilardir. Qolaversa, Şarof Raşidovni ham öz  davrining jadidi, deyiş mumkin. Axir jadid degani yangilikka intiluvçi, maʼrifatparvar degani emasmi?! Şunday!

Yana bir fikr: “Jadid” qissasining nomini “Çaqmoq” deb qöysa örinli bölardi. Zero, jadidlar ham çaqmoq kabi millatimiz hayotiga yoruğlik olib kirgan, ayni çoğda aksariyatining umri çaqmoq singari qisqa bölgan. Qissa yakunida şunday jumlalar bor: “Şu mahal nogahon osmonda çaqmoq çaqdi. Uning şuʼlasi ulkan daraxt tagida xotirjam ötirgan, közlarida nedir umid-işonç aks etayotgan Ubaydulla Xöjayevni bor böyi bilan yoritdi”. Bunga izohning hojati bölmasa kerak…

Men isteʼdodli adib Abduqayum Yöldoşevni, barça adabiyot muxlislarini yaxşi kitob bilan qutlayman. Muborak bölsin!

… Zominda ötgan ön kun özining fayzu tarovati, mazmun-mohiyati bilan qalbimda öçmas iz qoldirdi.

Qani edi har kunimiz şunday ötsa…

Mamatqul HAZRATQULOV

«Hurriyat» gazetasi, 2023 yil 16 avgust, 32-sonidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan